Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
- §. Taklif va unga ta’sir etuvchi omillar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taklif bu bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar yig’indisidir.
- 1.Ishlab chiqarishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar narxining o’zgarishi.
- 2.Boshqa tovarlar narxi.
- 3.Narx oshish ehtimoli.
- 4.Tovar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar soni.
- 5.Foyda olishning boshqa manbai mavjudligi.
- 6.Fan-texnika sohasida qilingan ixtirolar va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish.
- 7.Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovarlik darajasi, bozorga etkazib berish.
- Iqtisodiy resurslar taklifi.
- Taklif elas
- 4- §. Talab va taklif, bozor muvozanati
- Narxga yuqoridan tazyiq o’tkaziladi.
3- §. Taklif va unga ta’sir etuvchi omillar. Taklif elastikligi Taklif bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo’lib, talab bilan chambarchas bog’liq. Taklif talab bilan qarama-qarshi turadi. Bozorda talab xaridor tarzida namoyon bo’lsa, unga qarama-qarshi sotuvchi o’z taklifi bilan turadi. Taklif bu bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar yig’indisidir. Taklif ishlab chiqarish bilan aniqlansa-da, aynan uning o’zi emas. Tovarlar taklifi yaratilgan mahsulotlar miqdoriga teng bo’lmasligi mumkin, ya’ni tovarlarni taklif qilish va ne’matlar ishlab chiqarish hajmlari bir xil bo’lmasligi mumkin. Yaratilgan mahsulotni faqat bozorga chiqariladigan qismi tovar deyiladi, uning bozorga chiqarilmaydigan qismi taklifni yuzaga keltirmaydi. Masalan, fermer, jamoa, dehqon xo’jaliklari etishtirgan qishloq xo’jalik mahsulotlarining bir qismini o’zi iste’mol qiladi. Masalan, etishtirgan kartoshkasining bir qismini o’zi iste’mol qiladi, urug’likka ishlatadi va hokazo. Agar shu maqsadlarga jami etishtirilgan kartoshkaning 20% i sarflansa, 80%i tovar bo’lib sotiladi, ya’ni taklifni yuzaga keltiradi. Undan tash-qari, agar uni bir qismi chirishi mumkinligini hisobga olsak, yana ham kam bo’ladi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida taklif talab bilan muvofiqlashgan yoki talabga nisbatan ko’p bo’ladi. Bu o’z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat kurashini kuchaytiradi. Taklif qilingan tovar miqdoriga juda ko’p omillar ta’sir qiladi. Taklifga eng avvalo, narx ta’sir qiladi. Talabni o’rganganimizda boshqa omillarni o’zgarmaydi deb narxni o’zgarishi talabni o’zgarishiga qanday ta’sir etishini ko’rib chiqdik. Endi xuddi shunday tarzda taklifni ko’rib chiqaylik. Xuddi talab kabi taklifni ham xususiy va umumiy takliflarga ajratish mumkin. Dastlab, tovar narxi o’zgarganda ayrim sotuvchi qanday ish tutishini ko’rib chiqaylik. Bir kg tovar narxi 100 so’m bo’lsa, taklif 10 kg, narx 120 ga ko’tarilsa 12 kg va hokazo tarzida taklif etiladi. Ana shu narx bilan miqdor o’rtasidagi bog’lanishni shartli ma’lumotlarimiz asosida grafikka o’tkazamiz. Nuqtalarni birlashtirsak taklif egri chizig’i hosil bo’ladi. Bu egri chiziq taklif qilingan tovar va xizmatlar miqdori bilan ularning narx o’rtasidagi bog’lanishini ko’rsatadi. Tovar uchun narx qancha yuqori bo’lsa, bozorga ishlab chiqaruvchilar tomonidan shu tovarni shuncha ko’p miqdorda taklif etiladi, negaki tovar sotuvchi olayotgan puli (tushumi) tovarning narxi oshishi bilan ko’payib boradi. Bu holat ularni mavjud tovar ishlab chiqarish hajmini o’stirishga undaydi. Demak, narxni o’sishi taklifni o’sishiga, pasayishi taklifni pasayishiga olib keladi. Bu matematik nuqtai nazardan to’g’ri proportsional bog’lanishdir. Mana shu bog’lanish, ya’ni narxni ortishi taklifni ham ortishiga, aksincha pasayishi taklifni ham pasayishiga olib kelishi taklif qonuni deb ataladi. Albatta, taklifni ko’payishi xarajatlarni ham ko’paytiradi. Agar qo’shimcha tovarlarni sotishdan tushgan daromad (tushum) ularni ishlab chiqarish va bozorga keltirish xarajatlarini qoplamaydigan bo’lsa, narx oshishiga qaramay, taklif ko’paymaydi. Boshqa tomondan, agar narx pasaygan holda ishlab chiqarish va sotish xarajatlari yanada ko’proq kamaysa, unda tovarni taklif qilish ko’-payishi mumkin. Ayrim bir tadbirkor faoliyatiga to’g’ri keladigan taklif qonuni jami tadbirkorlar, biznesmenlar faoliyatiga nisbatan ham o’z kuchini saqlab qoladi. Shu sababli jami taklif asosan xususiy takliflarga oid omillarning amal qilishiga bo’ysunadi. Narx osha boshlasa, uni ishlab chiqarishga shuncha ko’p tadbirkorlar jalb etiladi. Natijada taklif qilinadigan tovarlarning miqdori ancha ko’payadi. Agar narx yanada oshib boraversa, payti kelib «narxlar tushishi» R, narx Q, taklif 100 120 150 180 200 8 12 15 20 25 boshlanadi. Ishlab chiqarishni kengaytirishning zarurati tugaydi va ishlab chiqarilgan tovar miqdori ma’lum darajada narxga bog’liq bo’lmagan ravishda barqarorlashadi. Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga nafaqat uning narxi, balki boshqa qator omillar ham ta’sir qiladi. 1.Ishlab chiqarishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar narxining o’zgarishi. Agarda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinayotgan xarajatlarni kamaytirishga erishilsa, bunday tovarlar bozorga ko’plab chiqariladi. Ularga ham o’z navbatida, qator omillar ta’sir etadi: a) resurslar narxi. Resurslar narxining pasayishi xarajatlarni kamaytirib, tovar ishlab chiqarishni ko’paytirishga olib keladi. Taklif ko’payadi. Natijada urug’likning va o’g’itning, yonilg’ining narxi pasaysa (ob-havo qulay bo’lib) kartoshkaga bo’lgan taklifning ortishini kutish mumkin. Temir rudasi, kokslanadigan ko’-mirning narxi pasayishi po’lat ishlab chiqarishni ko’paytirishi mumkin. Bu o’z navbatida taklifni ko’paytiradi. Aksincha, resurslarning narxi ortsa, po’lat ishlab chiqarishni qisqartirib, taklifni kamayishiga olib keladi; b) ishlab chiqarish texnologiyasi. Avvalgisiga nisbatan takomillashgan texnologiya mehnat unumini oshiradi. Tovarlar va xizmatlar sifatini yaxshilaydi hamda resurslarni tejash imkonini beradi. Bularning hammasi sarf-xarajatni kamaytirib, mahsulotni ko’paytirishga olib keladi. Bu tovar taklifini ko’paytiradi; v) soliqlar va subsidiyalar. Daromadga, mol-mulkka, resurslarga, xarajatlarga qo’shiladigan soliqlarning ortishi xarajatlarni ko’paytiradi. Taklifning qisqarishiga olib keladi. Aksincha, biror tovar ishlab chiqarishga subsidiya imtiyozlari berilsa u xarajatlarning bir qismini qoplab, tadbirkor uchun ularni umumiy miqdorini pasaytiradi va tovar taklifini ko’paytiradi. 2.Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxining o’zgarishi ham taklifni o’zgarishiga olib keladi. Bug’doy narxining pasayishi fermerni ko’proq jo’xori etishtirishga undashi yoki aksincha, bug’doy narxining oshishi jo’xoriga bo’lgan taklifning qisqarishiga olib kelishi mumkin. 3.Narx oshish ehtimoli. Kelajakda mahsulot narxining o’zgarish ehtimoli ham mahsulot ishlab chiqarishga ta’sir etishi mumkin. Fermerlar joriy yil hosilini bozorga chiqarishni narx oshish ehtimolini kutib to’xtatib turishi mumkin. Bu joriy taklifning qisqarishini keltirib chiqaradi. Ayniqsa, qayta ishlov beradigan sanoatning ko’p tarmoqlarida narx oshishi ehtimoli firmalarni ishlab chiqarish quvvatini oshirishga undaydi va bu taklif ko’payishiga sabab bo’ladi. 4.Tovar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar soni. Muayyan turdagi tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko’p bo’lsa, taklif qilinadigan tovarlar miqdori shunchalik ko’p bo’ladi. Tarmoqdagi firmalar soni ortib borishi taklifni ko’paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko’payadi. 5.Foyda olishning boshqa manbai mavjudligi. Agarda muayyan tovar ishlab chiqarishga qaraganda boshqa tarmoq sohalarida ko’proq foyda olish mumkin bo’lsa, ishlab chiqarish xizmat ko’rsatishga o’tishlari mumkin. Bu o’z navbatida shu turdagi tovarlar, xizmatlar taklifini ko’paytiradi. 6.Fan-texnika sohasida qilingan ixtirolar va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish. Ixtirolar bir tomondan umuman yangi tovarlar, xizmat ko’rsatish turlari taklifini vujudga keltirishi, ikkinchi tomondan, mavjudlarini ishlab chiqarishda tub o’zgarishlar qilishi mumkin. Bular ham taklifni o’zgarishiga ta’sir qiladi. 7.Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovarlik darajasi, bozorga etkazib berish. Pomidor yoki baliqni olsak achitmay, chiritmay, yo’qotmay, sifatini buzmay bozorga etkazish ham taklifga ta’sir etadi. 8.Tashqi savdo. Taklifga tashqi savdo ham katta ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yoki kam ishlab chiqarilgan mahsulotlarni chetdan xarid qilish yoki aksincha, daromad topish uchun chetga chiqarish mumkin. Buning natijasida taklif ko’payishi yoki aksincha, kamayishi mumkin. Eksport ichki bozorda tovar taklifini qisqartirsa, import uni ko’paytiradi. Bundan tashqari, yana qator omillarni sanab o’tish mumkinki, ular ham taklifning o’zgarishiga ta’sir etadi. Taklifning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi bir yoki bir necha omil (determinant)larni o’zgarishi xuddi talab egri chizig’ini o’rnini o’zgarishiga o’xshab butun shkalani, o’z nav-batida, butun taklif egri chizig’ini ham siljishiga olib keladi. Taklif miqdori va taklifni o’zgarishini quyidagi chizmada ko’rish mumkin. Shuni eslatib o’tish joizki, ayrim tovarlarga taklif o’zgarmaydi. Masalan, noyob san’at asarlari: Behzod miniatyuralari, Leonardo da Vinchi rasmlari, Mikelandjelo haykallari kabilar. Ijodiy kasb sohiblari — shoirlar, rassomlar, musiqachilar mehnati mahsulini taklif qilish ham noo’zgaruvchan hisoblanadi. Deh-qonchilik qilishga yaroqli erlar miqdorining cheklanganligi tufayli uni taklif qilishni oshirib bo’lmaydi. O’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, iqtisodiy resurslarga talab va taklifni birgalikda alohida ko’rib chiqamiz. Iqtisodiy resurslarga talab ham tovarlarga bo’lgani kabi shakllanadi. Lekin, iqtisodiy resurslarga talab birinchi navbatda shu resurslarni qo’llagan holda ishlab chiqariladigan tovarlarga bo’lgan talabga bog’liq. Masalan, stanok ishlab chiqarish kengaysa, resurs bo’lmish metallga talab ortadi. Iqtisodiy resurslarga talabning o’zgaruvchanligi uch omil bilan belgilanadi: a) pirovard mahsulotga talabning o’zgarishi; b) resurslar o’rnini almashtirish. Bir resurs narxi oshganda o’rniga boshqasini qo’llash. Masalan, gaz o’rniga ko’mir, benzin o’rniga dizel yonilg’isi yoki umuman resurs tejaydigan texnologiya modellarini ishlab chiqarishga undaydi; v)umumiy sarf-xarajatlarda har bir resurs hissasi. Resursga talab o’zgaruvchanligi, tayyor mahsulot ishlab chiqarish sarf-xarajatlarida uning hissasi qancha ekanligiga bog’liq. Ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari tarkibidagi bir resurs boshqa resurslarga nisbatan taqqoslanganda katta hissa egallasa, ayni shu resurs narxining oshishi xarajatlarni ko’paytiradi. Masalan, poyabzal tikadigan firma xarajatida charm xarajati 50%, bo’yoq xarajati 10% bo’lsin. Charm narxini 10% oshishi narxni 5% ortishiga olib keladi. Bo’yoq 10% ga oshsa, narx 1% ga ortadi. Bu o’z navbatida talabning ham shu darajada pasayishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy resurslar taklifi. Resurslarning jami taklifi muayyan bir davrda tamoman aniq bo’ladi. Masalan, ma’lum bir yilda ish kuchi «A» mln kishi, sug’oriladigan er «B» mln ga va hokazo. Respublikamizda qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 trillion kubometr, ko’mir 2 mlrd tonna, 4,28 mln ga sug’oriladigan er maydoni mavjud. Albatta, resurslar miqdori keskin bo’lmasa-da, o’zgarishlarga uchraydi. Shubhasiz, ko’plab tabiiy resurslar cheklangan. Biroq, bu bilan ular qat’iy, o’zgarmas degan ma’no bermaydi. Yangi konlar qidirib topilib ishga solinadi. Respublikamizda 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga umumiy mineral xom ashyo potentsiali 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanmoqda. Demak, ular ishga tushirilgach taklif ham o’zgaradi. Erning taklifini ham irrigatsiya, melioratsiya va boshqa tadbirlar bilan ko’paytirish mumkin. Mehnat resurslari ham cheklangan bo’lsa-da, qator omillar tufayli o’zgaradi. Mehnat taklifini aholining mehnatga layoqatli qismi cheklaydi. Ammo ish haqi, ish kuni, ish haftasi uzunligi, mehnat sharoiti va boshqalarga qarab mehnat taklifi ham o’zgaradi. Shunday qilib, resurslar taklifini ko’paytirish mumkin. Lekin ma’lum bir davr mobaynida mavjud imkoniyat darajasida resurslar doimo cheklangan. Resurslar taklifini ehtiyojlar o’sishiga ko’ra ko’paytirib bo’lmaydi. Taklif elas - Iqtisodchilar iqtisodiy nazariyaga talab tikligi elastikligi kabi taklif elastikligi tushunchasini ham kiritishgan. U tovar miqdorining o’zgarishi raqobatli narxlarning qanday o’zgarishiga olib kelishini ko’rsatadi. Talab elastikligi narxning tebranishiga xaridorning reaktsiyasini ko’rsatsa, taklif elastikligi esa ishlab chiqaruvchining reaktsiya-sini ko’rsatadi. U taklif miqdorining nisbiy o’zgarishi narxning nisbiy o’zgarishiga nisbati sifatida hisoblanadi. ES = Q1 : P1 ; yoki Q1 ; Q0 ; yoki Q o’zgarish foizi; Q0 P0 P1 ; P0 P o’zgarish foizi Masalan, muzqaymoq 100 so’m bo’lsa, taklifi 25 dona deylik. Uning narxi 150 so’mgacha ko’tarildi, lekin taklif 25 donadan ortmadi. U holda taklif elastikligi 25/25: 150/100 = 1/1,5 = 0,66; E=0,66; Bunday taklif noelastik taklif bo’ladi. Muzqaymoqning narxi ko’tarilib 200 so’m bo’lsa, bozorga endi 50 dona keltirilsa, 50/25: 200/100 = 2/2 = 1; E=1; Taklif yagona elastik. Agarda muzqaymoq narxi 150 so’mga ko’tarilib, sotishga 75 dona keltirilsa, E>1 bo’ladi. Chunki: 75/50 : 150/100 = 3/1,5 = 2; E= 2; Taklif elastik. Agar taklif narxning har qanday o’zgarishidan qat’i nazar o’zgarmasa qat’iy elastik taklif bo’ladi. Asosan, noyob buyumlar taklifi elastikligi shunday bo’ladi. Taklif elastikligi talab elastikligiga o’xshab umumiy tushum bo’yicha hisoblanmaydi. Sababi narx bilan taklif o’rtasidagi bog’lanish to’g’ri proportsional bo’lgani uchun taklifning elastik yoki noe-lastiklik darajasidan qat’i nazar narx bilan umumiy tushum (daromad) bir yo’nalishda bo’ladi. Agarda narxning ozgina o’zgarishi uni qimmatlashuvi yoki arzonlashuvi taklifni haddan ziyod ko’payishiga yoki aksincha, qisqarishiga olib kelsa, bunday taklif absolyut elastik taklif bo’ladi. Har ikkisining o’rtasida, ya’ni qat’iy elastik taklif bilan absolyut elastik taklif o’rtasida tutgan o’rniga qarab, taklif elastik yoki noelastik bo’ladi. Elastiklik koeffitsienti birdan qancha kichik bo’lishiga ko’ra noelastik taklif qat’iy elastiklik tomon, aksincha, birdan qancha katta bo’lsa, elastiklik yuqori bo’lib, absolyut elastiklikka yaqinlasha boradi. Uni yuqoridagi misolimiz asosida grafikda tasvirlasak yuqoridagi ko’rinishda bo’ladi. Taklif elastikligiga ta’sir qiladigan eng muhim omil bu vaqt omilidir. U ishlab chiqaruvchilarni narx o’zgarishiga moslashish imkonini beradi. Vaqt omili. Ishlab chiqaruvchi narxlarni o’zgarishiga tezda moslashish imkoniyatiga ega emas. Buning uchun ma’lum vaqt kerak. Sabab, asbob-uskuna, xom ashyo, qo’shimcha ish kuchi yoki aksincha, ishchilarni bo’shatib, bank kreditlarini to’lash kerak. Shunday vaziyat ham bo’ladiki, taklif noelastik. Unda talabning o’sishi taklif o’sishiga emas, narx o’sishiga — inflyatsiyaga olib keladi. E<1 E=1 E>1 Vaqt omilini taklif elastikligiga ta’sirini tahlil etar ekanmiz, ko’p iqtisodchilar e’tiborni eng qisqa bozor davri, qisqa va o’rta davrlar o’rtasidagi farqqa qaratish zarurligini ta’kidlashadi: a) nihoyatda qisqa bozor davri. Bu shunday muddatki, bunda ishlab chiqaruvchilar talab va narxlarni o’zgarishiga, reaktsiya qi-lishga ulgurmaydi. Masalan, dehqon — fermer bozorga bir mashina pomidor olib keldi. Bu uning bir yillik hosili. Uning uchun taklif tamomila noelastik. U narxning qanday bo’lishidan qat’i nazar arzonmi, qimmatmi sotadi. Agarda kutganidan qimmatroq bo’lsa ham bozorga qo’shimcha pomidor olib kela olmaydi. Chunki, bir kechada pomidor o’stirib bo’lmaydi. Ikkinchi tomondan uni kutganidan past, arzon bo’l-sa ham, olib kelgan pomidorini sotadi. Chunki, achisa umuman hech narsa ololmaydi. Bu faqat bir fermer emas, boshqalarga ham tegishli. Chunki, bozordagi talabga qarab taklifni ko’paytirish uchun vaqt yo’q. Narxning o’sishi faqat iste’molni nor-mallashtiradi. Lekin uni ishlab chiqarishni ko’paytirmaydi; b) qisqa muddatli davr. Bu davr mobaynida alohida ishlab chiqaruvchilar va umuman butun tarmoqning quvvati o’zgarmaydi. Lekin, korxona o’z quvvatini intensiv tarzda ishga solishi uchun etarli vaqtga ega. Misolimizdagi fermer intensiv uslublardan foydalanib, erga qo’shimcha o’g’it-pestitsid, mehnat sarflab, suv quyib pomidor hosildorligini oshi-rib, evaziga taklifni ko’paytirishi mumkin. Natijada nihoyatda qisqa muddatli davrga qaraganda taklif ortadi. Lekin narx nihoyatda qisqa muddatli davrga qaraganda pastroq bo’ladi; S – taklif (supply) D – talab (demand) Nihoyatda qisqa muddatly davr S D 2 D 1 P Q Qisqa muddatli davr S 1 S 2 v) uzoq muddatli davr. Bunda firmalar bozordagi vaziyatga moslashishlari uchun vaqt etarli. Ayrim firmalar o’z quvvatini kengaytirishi, oshirishi, yangi firmalar tarmoq tarkibiga kirishi, ayrimlari chiqib ketishi mumkin. Misolimizdagi fermerimiz pomidor etishtirish uchun qo’shimcha er uchastkasi, mashina, uskuna va boshqalarni jalb qilib pomidor taklifini ko’paytiradi. Undan tashqari, boshqa fermerlar pomidor etishtirishni ko’paytiradi. U holda taklif yanada elastik bo’ladi. Uzok muddatli taklif davri Q Taklif elastikligiga vaqtdan tashqari tovarlarni u z o q s a q- l a sh mumkinligi hamda saqlash sarf-xarajatlari ta’sir qiladi. Uzoq muddat saqlab bo’lmaydigan tovarlarning taklif elastikligi past bo’ladi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlanmagan qishloq xo’jalik mahsulotlari. I sh l a b ch i q a r i sh j a r a yo n i x u s u s i ya t l a r i ham katta rol o’ynaydi. Agar korxona, firma, umuman tovar ishlab chiqaruvchilar narx ko’tarilishi bilan shu turdagi xaridorgir mollarni ishlab chiqarishni ko’paytirish, narx tushib ketsa boshqa mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’lsa, tovarlar taklifi elastik bo’ladi. Masalan, kostyum-shim deylik. Talab oshsa korxonada qo’shimcha ish smenasi tashkil etib, kostyum-shim tikishni ko’paytirish mumkin yoki aksincha. Taklif elastikligi ahamiyati talab elastikligiga qaraganda ikkinchi darajali ko’rsatkich. Talab elastikligining ustunligi shundaki, u umumiy tushgan daromad (tushum) qanday o’zgarishini ko’rsatadi, lekin taklif elastikligi ham muhim bir faktni, unda vaqt omili asosiy rol o’ynashini, qisqa muddatga qaraganda, nisbatan yuqori narxga hamma o’rganib bo’lgach, uzoq muddatli bozor davrida taklif elastikligi yuqori bo’lishini ko’rsatadi. Shunday qilib, talab va taklifning o’zgarishi narxning o’zgarishiga, o’z navbatida narxning o’zgarishi talab va taklifning o’zgarishiga olib keladi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, bu bog’lanish talab va taklif qonunida ifodalanadi. Talab va taklif qonunining amal qilishi asosida bozorda narx shakllanadi: — u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish rag’batlantiriladi; — mamlakat miqyosida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini taqsimlashga, ishlab chiqarish strukturasini shakllanishi va o’zgarishiga olib keladi; — tovar sifatini qanday bo’lishini belgilaydi, uning sifati ustidan nazorat qiladi; — talab va taklifni faqat miqdoran emas, balki tarkibi jihatidan ham bir-biriga moslashtiradi. Talab va taklif bozorda xaridor va sotuvchi tarzida uchrashar ekan, ularning bog’lanishi narx orqali amalga oshadi. Talab va taklifning mos kelishi bozor iqtisodiyotining eng muhim talabidir, chunki faqat shunday sharoitda iqtisodiy o’sish yuz beradi. 4- §. Talab va taklif, bozor muvozanati Ma’lumki, har bir xaridor muayyan pul summasi evaziga ko’p-roq va sifatli tovar olishni, ko’proq naf ko’rishni o’ylaydi, ya’ni mumkin qadar arzon sotib olishga intiladi. Sotuvchi esa bunga teskari maqsad, mumkin qadar qimmat sotishga intiladi. U tovar ishlab chiqarish uchun qilgan xarajatlarini qoplab, ma’lum miqdorda foyda olishni o’ylaydi. Shu sababli, bozorda sotuvchi narxi va xaridor narxi mavjud bo’ladi. Biroq, sotib olish va sotishdan iborat har qanday aniq faoliyat sotuvchi bilan xaridor o’rtasidagi bitim natijasi bo’lmish bitta narx bo’yicha amalga oshiriladi. Buni qanday amalga oshirishni quyidagi jadval yordamida ko’rish mumkin. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, talab va taklifning narxga bog’liqligini ifodalovchi ma’lumotlarni jadvalda keltiramiz. 1-birlik tovarning narxi, R Shu tovarga talab, D Shu tovarga taklif, S Talab va taklifning fark kilishi 100 120 150 180 200 25 20 15 12 8 8 12 15 20 25 17 8 0 -8 -17 Jadvaldan ko’rinadiki, tovar narxi 150 so’m bo’lgandagina talab bilan taklif miqdori teng. Narx ortgan sari talab kamayib taklif ortib boryapti, narx pasayishiga qarab talab ortib, taklif kamayib boryapti. Buning natijasida bozorda shu tovarga bo’lgan talab va taklif asosida narxga tazyiq o’tkaziladi. Narx 100 so’m bo’lganda, talab 25 birlik, taklif 8 birlik. Talab 7 birlik ortiq, aksincha narx 200 birlik bo’lganda taklif 25, talab esa 8, bozorda 17 birlik tovar ortiqcha. Bu nimaga olib keladi? Qandaydir favqulodda hodisa yuz bermasa 8 birlik tovar sotilganidan so’ng qolganini narxini tushira boradi, bo’lmasa sotilmay qoladi. Narxga yuqoridan tazyiq o’tkaziladi. Shunga o’xshash talabning oshib ketishi narxga quyidan tazyiq o’tkazadi. Talab ko’pligi, taklif qilingan tovar etishmasligi tufayli narx o’sib boradi. Agar narx 150 so’m bo’lsa, talab qilingan, ya’ni xaridor sotib oladigan tovar miqdori bilan taklif qilingan tovar miqdori teng bo’ladi. Bu talab bilan taklifning muvozanati deyiladi. Bozorda taklif qilingan tovar miqdori bilan talab miqdori teng bo’lgan sharoitdagi narx muvozanat narxi deyiladi. Shu narx bo’lgani holda talab qilingan tovar hajmi miqdoriy muvozanatni bildiradi. Talab va taklifning muvozanatini tahlil qilishda asrimizning yirik iqtisodchisi, Kembrij maktabi namoyandasi Alfred Marshall (1842— 1924) katta rol o’ynagan. Marshall muvozanatga vaqt nuqtai nazaridan qarab, uni 3 xil: lahzalik, qisqa muddatli, uzoq muddatli muvozanatga bo’ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling