Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/41
Sana14.11.2020
Hajmi1.81 Mb.
#145384
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
  
  
  
  
 
 
 
 
 
 
 
 
  
 
 
 
 
 
                                  
 
 
 
 
 
 
p  
 ED = Q1 : P1 ; yoki Q1 ; Q0 ; yoki Q o’zgarish foizi;  
 Q0 P0 P1 ; P0 P o’zgarish foizi  
 
 i  
 ED = Q1 : I1 ;  
 Q0 I0  
 
 Taklif elastikligi – bozorda narxlarning o’zgarishi sotuvchiga ishlab chiqaruvchiga 
qanday ta’sir kilishini, reaktsiyasini ko’rsatadi. U taklif elastikligi koeffitsienti orqali ifodalanadi. 
 
 
 
 
Qanday 
ehtiyojlarning 
qondiri-lishi 
 
Talab elastikligiga ta’sir etuvchi omillar 
Tovarlarni turli maqsadlarda
ishlatish imkoni. 
Ehtiyojni to’yinish 
darajasi. 
O’rinbosar 
tovarlar-ning 
ko’p yoki 
kamligi 
O’rinbosar 
tovarlar- 
ning sifati 
Iste’mol 
byudjetida 
shu tovar- 
ning qan- 
day ulush-ga 
egaligi. 
Umumiy 
iste’mol-da 
shu 
tovarning 
ulushi. 
O’rinbosar 
tovarlar- 
ning 
narxi. 
 
Vaqt omili 
 
Talab elastikligi bozorda narxning o’zgarishi haridorga qanday ta’sir qi-
lishi(reaksiyasi)ni ko’rsatadi.U elastiklik koeffitsenti orqali ifodalanadi. 
Elastiklik koeffitsenti (narxga 
ko’ra,daromadga ko’ra hisoblanadi).
 
Narxga ko’ra elastiklik 
koeffitsenti tovar narxining 1% 
ga o’zgarishi talabni necha foizga 
o’zgarishini ko’rsatadi. 
Daromadga ko’ra elastiklik 
koeffitsenti daromadning          
1% ga o’zgarishi talabni necha 
foizga o’zgarishini               
ko’rsatadi. 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
      p  
 Es = Q1 ; P1 ; yoki Q1 ; Q0 ; 
 Q0 P0 P1 ; P0 
Javoblar:  
Asosiy tayanch tushunchalar: 
1b), 2g), 3v), 4d), 5e), 6j), 7yo), 8z), 9)a, 10m), 11y), 12l), 13k), 14i). 
Masala va mashqlar: 
1. O’tgan yili 5mln. so’m bu yilgi 6 mln. so’mga to’g’ri keladi. 5mln x 120 = 6mln so’m. 
Yil davomida eskirganini hisobga olsak aytaylik, amortizatsiya 10% bo’lsa, 50000 desak 5,95 
mln. so’m bo’ladi. O’tgan yilga qaraganda arzon sotdi. 
 
2. Ikkinchi xaftada talab elastikligi koeffitsienti 1,4ga, birinchi haftaga nisbatan uchinchi 
haftada E = 1ga, to’rtinchi xaftada esa E = 0,46 ga teng. Bozor bunday kostyui-shimlarga 
to’yinib borayapti, xarajatlarni pasaytirib, yana narxini tushirish, buning iloji bo’lmasa ishlab 
chiqarish hajmini qisqartirish va boshqa turdagi mahsulot ishlab chiqarishga o’tish kerak  
 
3. Narx, so’m Talab, dona, bilet Tushum, so’m Talab Normal  
 elastikligi foyda  
 700 300 210000 - -15000 
 600 400 240000 1,14 15000 
 500 500 250000 1,19 25000 
 400 600 240000 1,14 15000 
 300 700 210000 1,00 -15000 
Umumiy xarajatlar 225000 so’m. Eng optimal varianti 500 so’mdan narx belgilash 
 
4. 
Tovar 
turlari 
Narx, 
so’m 
Taklif 
hajmi, 
dona 
Narxga 
ko’ra 
taklif 
elastikligi 
koeffitsienti 
Elastikligi 
A 12  24  E=1 
Yagona 
elastik 
B 44 610  E=0,6 Noelastik 
V 810 125  E=1,44  Elastik. 
 
5. Kordinalizm naflilikni absolyut miqdorini o’lchash yo’llarini qidirsa, ordinalizm 
naflilikni nisbatan tarzda o’lchashni taklif qiladi.  
6. 
Omil (boshqa 
Talab 
Talab 
Taklif Taklif  Taklif 
Taklif elastikligiga tasir etuvchi omillar 
Vaqt omili 
*nihoyatda 
qisqa bozor 
* qisqa muddatli davr 
*uzoq muddatli davr 
 
Ishlab chiqarish 
Jarayonining 
xususiyatlari 
 
Tovarlarni saklash mum 
kinligi va saqlash 
arajatlari 

 
 
shartlar teng) 
egri 
chizig’i 
siljishi 
egri 
chizig’i 
bo’yicha 
egri 
chizig’i 
siljishi 
egri 
chizig’i 
bo’yicha 
egri 
chizig’i 
bo’yicha 
1.Raqobatdosh 
tovarlarga baho 
o’zgarishi 
+  
 
 

 

2.Yangi 
texnologiya joriy 
qilindi 
 
 

 

 
 
3.Tovarga moda 
o’zgardi 
 

 
 
 

 

4.Daromad 
o’zgardi 
 

 
 
 

 

5.Homashyoning 
bahosi o’zgardi 
 
 

 

 
 
 
7. Echish: 
 Iste’molchining cheklangan daromadi (puli) bo’yicha olish mumkin bo’lgan mahsulot  
 
Kombinatsiya 
(variant) 
Ko’y 
go’shti 
kg 
Mol go’shti 
kg 
Byudjet, so’m 











1.25 
2.5 
3.75 

2500·4=10000 
3·2500+1.25+2000=10000 
2·2500+2.5·2000=10000 
1·2500+3.75·2000=1000 
5·2000=10000 
  
Byudjet chizigi (A,D)iste’molchi 
Qo’y go’shti Mol go’shti bilan qo’y go’shtini 
tanlashda murosali tanlovni  ko’rsatadi.     
             
 
 
 
 
 
 
 
 
 
       
             
                                              
                                        
 
 
 . . . . Mol go’shti  
8. b) javob to’g’ri; 
 T/N 
 1T; 2N; 3N; 4T; 5T; 6T; 7N; 8T; 9T; 10N;  
 Testlar: 
 1v); 2a); 3b); 4d); 5b); 6g); 7a); 8b); 9g); 10d); 11v); 12g); 13a); 14b); 15v); 16b); 17v; 
18g; 19d;  
 
 
В 


D    
А 

 
 
III-BO’LIM. MIKROIQTISODIYOT NAZARIYASI ASOSLARI 
 
XI BOB. BOZOR IQTISODIYOTIDA 
TADBIRKORLIK. TADBIRKORLIK  
KAPITALINING HARAKATI 
 
 Iqtisodiyot murakkab, ko’p bosqichli tizim. Uning barcha bo’g’inlari o’zaro bog’liq va 
bir-birini taqozo qiladi. Firma, korxona tarmoqlar, uy xo’jalik yuritish printsiplari iqtisodiyotni 
bir butun tizim sifatida rivojlanishi qonunlaridan farq qilishi mumkin emas. Shuning uchun ham 
iqtisodiyot nazariyasi cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini 
mikrodarajada o’rganadi.  
 Rusurslarni etishmasligi, extiyojlarni esa cheksizligi iqtisodiyot nazariyasi fanining bosh 
masalasi, aynan ana shu muammo bizni tanqis resurslardan samarali foydalanish metodlarini 
qidirishga majbur qiladi. Uni ikki yo’l bilan hal qilishga harakat qilinadi:  
1. Mavjud resurslarni to’la bandligi, ishlatilishini ta’minlash. U makroiqtisodiy tadqiqot 
predmeti.  
2. Ishlatilayotgan resurslarni tejab, tergab samarali foydalanish, unga mikroiqtisodiy 
darajadagi tahlil yordam beradi. 
 Mazkur bo’limimiz mikrodarajadagi muammolarni o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, u 
tadbirkorlik nazariyasini o’rganishdan boshlanadi. 
Aynan bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri ham uning tadbirkorlikka 
asoslanishidir. Mavzuni o’rganishni eng avvalo tadbirkorlik deganda nimani tushunamiz, 
tadbirkorlik birinchidan iqtisodiy kategoriya sifatida, ikkinchidan xo’jalik yuritish metodi, 
uchinchidan, iqtisodiy fikr yuritishning o’ziga xos tipi sifatida qarasak nimalarni ifodalaydi, 
tadbirkorlik faoliyati turlarini chuqur o’rganishdan boshlaymiz. 
 Bozor iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy sub’ektlari firma, korxonalar ekan, ularning 
turlarini turli jihatidan yondashgan holda kichik, individual xususiy korxona, sherikchilik asosida 
tashkil etilgan o’rta korxona, yirik korporatsiyalarning afzalliklari va kamchiliklarini ko’rib 
chiqamiz. O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash qanday amalga 
oshirilayotganiga diqqat qaratamiz. 
 Bu bob yana shu bilan ajralib turadiki, unda tadbirkorlik kapitali va uning harakatini ham 
tahlil qilamiz.  
 
 
1-§. Tadbirkorlik va uning iqtisodiyot nazariyasida 
talqin etilishi 
 
 Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlikka asoslanadi. Tadbirkorlik (ing. entrepreneur) insonning 
xislati, uning erkin, tavakkal qilib foyda yoki boshqa iqtisodiy naf ko’rish uchun o’z mulkidan 
ham ayrilib qolish xavf-xataridan qo’rqmay faoliyat yuritish, puxta o’ylab, natijasini ko’z 
o’ngiga keltirib ish tutish qobiliyati. Ana shu qobiliyatga ega kishilar tadbirkor deyiladi. 
Tadbirkorlik qobiliyatini ishga solish, faoliyatga aylantirishning namoyon bo’lishini g’arbda 
biznes (business — ish, faoliyat, mashg’ulot) deb ataladi. Biznes bilan shug’ullanuvchilarni esa 
biznesmen (business — ish, man — odam) deyiladi. Biznes bilan shug’ullanuvchilarni, ya’ni 
biznesmenlarni harbiy qo’mondon bilan qiyoslash mumkin. U o’z ishini tamal toshini qo’yar 
ekan, uning potentsialini vujudga keltiradi, oldindan strategiyasini ishlab chiqadi, taktikasini 
belgilaydi. 
 Biznesni tashkiliy shaklini g’arbda uchga bo’lishadi: individual (xususiy) korxona, 
sherikchilik, korporatsiya. 
 O’zbek tilida, odatda tadbirkorlik deganda faqatgina insonning qobiliyati emas, balki uni 
namoyon qilish (yuzaga chiqarish), faoliyat yuritishning tashkiliy shakli ham tushuniladi. Lekin 
keyingi paytda biznes so’zi ham tez-tez ishlatilmoqda. 

 
 
 Bizning yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan yana qayta 
jonlandi. Yurtimizda tadbirkorlik uzoq tarixga ega. Bu avvalo, savdogarlik shaklida rivoj topgan. 
Buyuk ipak yo’li savdo-sotiqning o’z navbatida tadbirkorlikning rivojlanishida nihoyatda katta 
ahamiyatga ega bo’lgan. Qolaversa, islom aqidalari ham tadbirkorlikning rivojlanishida muhim 
rol o’ynagan. Chunki, islom dinida mehnat qilmay topilgan daromadni harom deyiladi. Har bir 
inson, albatta biron faoliyat, ish bilan shug’ullanishi darkor. Buning natijasida turli-tuman 
hunarmandchilik, kulolchilik, temirchilik, tikuvchilik, to’quvchilik, qandolatchilik va hokazolar 
rivojlangan. Bu xususiy tadbirkorlikning naqadar rivojlanganidan darak beradi. Shu bilan birga 
me’morchilik va sug’orish inshootlarining qurilishi o’z navbatida jamoatchilikka asoslangan 
tadbirkorlikni ham rivojlanishiga olib kelgan deya olamiz. Tadbirkorlik tushunchasi XVIII asrga 
xos bo’lib, bu atamani iqtisodiy nazariyaga ingliz iqtisodchisi R. Kantilon olib kirgan. Uning 
fikricha tadbirkor bu noaniq daromadga ega kishilar (dehqon, hunarmand, savdogar va 
boshqalar). Ular boshqalarning tovarlarini ma’lum narxlarda sotib oladilar. O’z tovarlarini 
qanchaga sotishlari esa noma’lum. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: tavakkalchilik 
xatari tadbirkorlikning bosh farqlanuvchi xususiyatidir. 
 A. Smit tadbirkorni tijorat bilan shug’ullanib, foyda olish uchun iqtisodiy tavakkalchilik 
qiluvchi mulk egasi deb ta’riflaydi. 
 J. B. Sey tadbirkorlikni kengroq ma’noda talqin etadi. Tadbirkor o’z foydasi uchun faol 
iqtisodiy agent sifatida ishlab chiqarish omillarini o’z tajribasi va bilimi asosida tavakkalchilik 
xataridan qo’rqmay ishga soluvchi kishi sifatida ta’riflaydi. Sey fikricha, tadbirkorning daromadi 
uning tadbirkorlik faoliyati evaziga olingan. 
 Tadbirkorlik haqidagi nazariyaga nemis olimi V. Zombert va Avstriya iqtisodchisi Y. 
Shumpeter katta hissa qo’shganlar. Zombert fikricha tadbirkor bu «zabt etuvchi», g’alaba uchun 
kurashuvchi (xatarga tayyor, ruhan erkin, g’oyalarga boy, irodali, tirishqoq) tashkilotchi, ya’ni u 
birgalikda ishlash uchun kishilarni birlashtira oladi. U haqiqiy savdogar, tovarlarini sotish uchun 
odamlarni jalb qila oladi, ularni ishontira oladi. Zombert tadbirkorning maqsadi foydaning 
o’sishiga erishish bo’lib, buning uchun u o’z ishini o’sishi, ravnaq topishiga intiladi, harakat 
qiladi. 
 
I. Shumpeter esa tadbirkorni novatorligiga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha 
tadbirkor deb, ishlab chiqarish omillarini yangi nisbatlarini (kombinatsiyasini) izlovchi, vujudga 
keltiruvchi, shu bilan iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi kishi tushuniladi. Shumpeterning fikricha 
tadbirkor ishlab chiqarishda individual xususiy mulk egasi bo’lishi shart emas. U bank 
boshqaruvchisi bo’lishi yoki aktsioner jamiyatining boshqaruvchisi bo’lishi ham mumkin. 
 Tom ma’nosi bilan mulk egasi va tadbirkorni yagona kishi sifatida qarash kredit vujudga 
kelishi bilan buzila boshladi. Tadbirkorlikni mulkdan ajralishi aktsionerlik jamiyatlarida nisbatan 
osongina ko’zga ko’rinadi. Korporativ mulk aktsionerlik jamiyatida har bir aktsiya egasi o’zi 
alohida mulkni tasarruf qilish huquqini yo’qotadi. Bu yuridik fakt. Ishlab chiqarishda hokimiyat 
mulk egasidan ishlab chiqarishni tashkil etuvchiga o’tadi. Mulk egasining roli passivlashib 
boradi. An’anaviy mulk sifatida tushunilgan aniq buyumlar o’rniga aktsioner bir parcha qog’oz, 
mulk tituli — aktsiyaga ega xolos. 
Korxona ishi yuzasidan aktsiya egasi shartli nazorat o’rnatadi. U korporatsiya faoliyati 
yuzasidan javobgar emas. Bunday javobgarlik mulk egasi bo’lmagan tadbirkor — menejer 
zimmasida bo’ladi. Shunday qilib, kredit munosabatlarining rivojlanishi boylikni individual 
xususiy mulk shaklidan korporativ xususiy mulk shakliga o’tishi tadbirkorni tasarruf etishini 
egalik qilishdan ajralishiga olib keladi. Bundan shunday nazariy xulosa chiqarish mumkin: 
tadbirkorlik bilan mulk egaligi o’rtasida qat’iy aloqa yo’q. Tadbirkorlik bu faqat mulk egasiga 
xos xislat emas. 
 
Iqtisodiy nuqtai nazardan tadbirkorlik deganda nimani tushunish mumkin? Ilmiy 
adabiyotlarda uni uch jihatdan qarash tavsiya etiladi. 
 1.Iqtisodiy kategoriya sifatida qarash. Buning uchun uning ob’ekti va sub’ektlarini 
aniqlash zarur. 

 
 
 Tadbirkorlik ob’ekti maksimal darajada daromad olish maqsadida ishlab chiqarish 
omillari (kapital, er, mehnat) ni eng samarali nisbatini topib ishga tushirishdir. 
 I. Shumpeter fikricha tadbirkorning asosiy ishi iqtisodiy resurslarni ishlatishning eng 
optimal-maqbul variantini va ularni eng ratsional nisbatlarini qidirishdir. Aynan ana shu xislati 
bilan tadbirkor oddiy xo’jalik yurituvchidan farq qiladi. Tadbirkor iste’molchilarga ma’lum 
bo’lmagan ne’matlar ishlab chiqarish, ishlab chiqarishning yangi usuli (texnologiyasi)ni yaratish, 
yangi bozorlarni egallash, yangi xom ashyo manbalarini o’zlashtirish va hokazolarga intiladi. 
 Tadbirkorlik sub’ektlari,  eng avvalo jismoniy shaxslar (yakka hol, oilaviy) bo’lishi 
mumkin. Bunda ular o’z mehnatlari asosida, shu bilan birga chetdan ishchi yollab ish yuritishlari 
mumkin. 
 Tadbirkorlik faoliyati bir guruh shaxslar tomonidan o’zaro shartnoma va iqtisodiy 
manfaatdorlik asosida bog’langan kishilar jamoasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 
Jamoaviy tadbirkorlik sub’ektlari sifatida aktsionerlik jamiyatlari, ijara jamoalari, kooperativ, 
shirkat va boshqalar, alohida tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat, uning tashkilotlari (organlari) 
ish olib borishi mumkin. 
 2.Tadbirkorlikka  xo’jalik yuritish uslubi (metodi) sifatida qarasak, uning bosh 
xususiyati,  xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligi va erkinligidir. Tadbirkorning 
mustaqilligi huquqiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Eng avvalo, tadbirkorlik faoliyat turini 
tanlash, ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini tanlash, resurslarni 
sotib olish, mahsulot sotish, ularga narx belgilash, foydani tasarruf qilish va hokazo. 
Tadbirkorlik erkinligi ma’nosida uni faoliya-ti ustidan rahbarlik qiluvchi, ya’ni nima faoliyat 
bilan shug’ullanishi kerak, nima ishlab chiqarishi, qancha xarajat qilishi, kimga sotishi, necha 
puldan sotishi, qancha ishlab chiqarishini ko’rsatadigan, belgilab beradigan tashkilot — organ 
yo’q. Lekin, tadbirkorning faoliyati doimo bozor, undagi talab va taklif nisbati, narx bilan 
chambarchas bog’liq. 
 Tadbirkorlikning  ikkinchi xususiyati natija qanday bo’lishidan qat’i nazar qabul qilingan 
qarorga javobgar bo’lish. Tadbirkorning faoliyati doimo tavakkalchilik xatari bilan bog’liq. U 
esa doimo noaniqlik, bilib bo’lmaydigan natija bilan bog’liq. Nihoyatda aniq hisob-kitob ham, 
uni asosida qilingan taxmin (prog-noz) ham nazariy jihatdan to’g’ri bo’lishiga qaramay, amalda 
hammasi puchga chiqishi mumkin. Tadbirkorning oldindan qilgan mo’ljali oqibatining 
noaniqligi uning doimiy yo’ldoshidir. 
 Tadbirkorlikning uchinchi xususiyati uning faoliyatini muvaffaqiyatga erishishga 
yo’naltirilganligi, foydani ko’proq olishga intilishidir. Hozirgi paytda esa shu maqsaddagina 
faoliyat yuritish emas, balki jamiyatda sotsial muammolarni hal qilish, madaniyat, fan, sog’liqni 
saqlash, maorif, atrof-muhitni muhofaza qilish va hokazolarda faol qatnashishi ham ko’zda 
tutiladi. 
 3.Tadbirkorlikni  iqtisodiy fikr yuritishning o’ziga xos tipi sifatida qarasak, tadbirkor 
o’z faoliyatidagi turli muammo va masalalarni echishda o’ziga xos kutilmagan yondashuvi, 
original echimlar topishi, ya’ni yo’llarini qidirishi, xullas tinmay izlanishi bilan xarakterlanadi. 
Bunda asosiy o’rinda tadbirkor shaxsi turadi. 
 Har qanday bozor xo’jaligining asosini iqtisodiy faol sub’ektlar —tadbirkorlar tashkil 
etadi. Insonning tabiat in’om etgan eng muhim xususiyatidan biri uning qanday moddiy va 
ijtimoiy mavqega ega bo’lishidan qat’i nazar, o’zining qobiliyatini tatbiq etishga harakat qilishi, 
imkon qidirishidir. 
 O’z maqsadiga muvofiq biron ishni yo’lga qo’yish xuddi o’z eriga ishlov berishga 
harakat qilish kabi insonning tug’ma intilishidir. 
 
Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy jarayonning markaziy omili tadbirkordir. Bozor 
iqtisodiyotini tadbirkorsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Tadbirkorlar sinfi erkin, bozor iqtisodiyotiga 
tayangan demokratik jamiyatdagi o’rtacha tabaqa, ular iqtisodiy faol, qonunga rioya qilishga 
harakat qiluvchi qatlam hisoblanadi. Ular ikki qutb: boylar va kambag’allar hisobidan ortib 
boradi. 

 
 
 Tadbirkorlik bu biron ish bilan oddiygina mashg’ul bo’lish emas, u insonning o’ziga xos 
fikrlashi, dunyoqarashi, shaxsiy intuitsiyaga ega bo’lishi, xislatidir. Tadbirkor bo’lish — demak 
bosh-qalar qilmagan ishni qilishdir, deb hisoblaydi Shumpeter. Uzoqni ko’ra bilish, tasavvur 
qilish, doimo qoloqlik, eskilikka, to’siqlarga, chetdan ko’rsatiladigan bosimlarga dosh berish, 
qarshi tura bilish kabi xislatlarga ega bo’lish kerak. Tavakkal qilishni bilish, noaniqlik oldidan 
qo’rquvni engishi, yuz beradigan jarayonlarga qarab ish tutish emas, balki ana shu jarayonlarni 
izmiga bo’ysundirishga harakat qilishi kerak. Tadbirkorni g’alabaga bo’lgan intilishi olg’a 
undaydi. Bu uning o’ziga xos mehnati va shu mehnatining iqtisodiy xarakterga ega ekanligidir. 
 Har bir kishi tadbirkor bo’lishi uchun eng avvalo o’zidagi xislatlarga to’g’ri baho bera 
olishi kerak. Tashkil etiladigan turli kichik firmalarning 15 — 20% i qolib, qolganlari kasodga 
uchrashining asosiy sabablaridan biri ham shunda. Tadbirkorlik iste’dod va maxsus 
tayyorgarlikni talab etadi. Bizni adabiyotlarimizda tadbirkorlik ko’proq xo’jalik yuritish nuqtai 
nazaridan qaraladi. 
 
Respublikamizda qabul qilingan tadbirkorlik to’g’risidagi qonunda tadbirkorlikka 
shunday ta’rif berilgan: «Tadbirkorlik mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida, 
tavakkalchilik va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan 
iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdir». 
 Jahon adabiyotida tadbirkorlikning uchta funktsiyasi ajratib ko’rsatiladi. 
 Birinchi funktsiyasi — resurs bilan ta’minlash. Har qanday xo’jalik faoliyatining asosini 
resurslar tashkil etadi. Chunki, resurslarsiz hech nima qilib bo’lmaydi. Ishlab chiqarishning 
ob’ektiv (ishlab chiqarish vositalari, ya’ni er, kapital) hamda sub’ektiv (zarur bilim, kasb, tajriba 
va mohirlikka ega kishilar) omillari birlashgandagina biron ishlab chiqarish yoki xizmat 
ko’rsatish, umuman olganda biron faoliyat yuritish mumkin. 
 Ikkinchi funktsiya — tashkilotchilik. Buning ma’nosi — biron faoliyat uchun zarur 
bo’lgan ishlab chiqarish omillarini birlashtirish va kombinatsiyalashning maqsadga tez va 
samarali tarzda olib boradigan yo’llarini topish va shu asosda ish olib borish. 
 Uchinchi funktsiya — ijodkorlik, tashkiliy xo’jalik novatorligi, yangilikka intilishi bilan 
bog’liq. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti sharoitida, ayniqsa, narxsiz raqobat kurashi uslublari 
kuchaygan sharoitda biznes uchun bu funktsiyaning ahamiyati yanada kuchayadi. Natijada 
innovatsiya bilan bog’liq tadbirkorlik uchun yangi sharoit yaratiladi, ilmiy-texnikaviy 
ishlanmalar, venchur biznesi (texnika-texnologiya yangiliklarini qo’llashga asoslangan biznes) 
bozori rivojlanadi. Tadbirkorlikning axborot infrastrukturasi takomillashadi. Davlat 
tashkilotlarining foydali axborotlaridan foydalanish imkoni, patent-litsenziya xizmatlari, elektron 
hisoblash mashinalari, kompyuterlar yordamida ma’lumot to’plash, internet orqali axborot olish 
imkonlari kengayadi. 
 Shunday  qilib,  tadbirkorlik risk qilgan holda, mablag’larni samarali sarflab, ishlab 
chiqarish omillarini eng optimal nisbatini topib ishga tushirish evaziga daromad, foyda 
olishga qaratilgan, insonlarga naf keltiruvchi, iqtisodiy faoliyatdir. 
 

 
 
2-§. Tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari 
 
 Tadbirkorlik faoliyati nihoyatda xilma-xil bo’lib, unga turli nuqtai nazardan qarash 
mumkin. 
 Tadbirkorlik  faoliyati sub’ektlarining huquqiy maqomiga ko’ra: 
 a)  jismoniy shaxslar, ya’ni yuridik shaxs tashkil qilmay faoliyat yuritadiganlar. Ular 
patent, litsenziya asosida faoliyat yuritishadi; 
 b)  huquqiy shaxslar, ya’ni yuridik shaxs maqomiga ega holda tadbirkorlik qilish. Ular 
asosan turli shakldagi firmalar, korxonalar bo’lib, qabul qilgan nizomlari asosida ish yuritadilar. 
 Mulkchilik maqomiga ko’ra tadbirkorlik faoliyati, asosan individual, oilaviy-xususiy, 
korporativ-xususiy, jamoa, davlat, qo’shma mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikka bo’linadi. 
Ulardan har biri xo’jalik yuritish tizimida o’z o’rnini topadi. 
 Tadbirkorlik  faoliyatining  mazmuni, xarakteri, takror ishlab chiqarish jarayoni, 
Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling