Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashning davlat dasturi» (28 avgust 1995 yil)
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik va o’rta biznes rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari
- Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishda KO’B sub’ektlarining salmog’i (%da)
- 5-§. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi Kapital
tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashning davlat dasturi» (28 avgust 1995 yil) qabul qilinishi O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida diqqat-e’tibor qaratilayotganining ifodasidir. Bu dasturda ko’zlangan maqsadlarni amalga oshirilishi respublikamizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor munosabatlarini shakllantirish, ish bilan bandlik, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish borasidagi qator muammolarni bartaraf etishga yordam beradi. Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tadbirlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: qonuniy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, qabul qilish, ya’ni huquqiy ta’minot, moddiy-texnikaviy sharoit yaratish, moliyaviy-kredit, sug’urta ta’minoti, kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni qo’llab-quvvatlash, axborot-maslahat ta’minoti va boshqalar. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi qonun, Prezident farmonlari va hukumat qarorlarining qabul qilinishi kichik va o’rta biznes, fermer va dehqon xo’jaliklari faoliyatining huquqiy asosini mustahkamladi. Tadbirkorlikni rag’batlantiradigan va uni kafolatlaydigan kuchli tizim yaratildi. Hisobot berish tartibi soddalashtirildi. Kichik, o’rta biznes, tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi shaxslar uchun soliq tizimiga sezilarli darajada engillik kiritildi. Kredit berish tizimi yaxshilandi. Tadbirkorlar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan o’z pul mablag’larini tijorat banklaridan naqd pul holida olish imkoniyati yaratildi. Buning natijasi o’laroq mamlakatimizda kichik va o’rta biznesning barqaror rivojlanayotganini quyidagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Kichik va o’rta biznes rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari Ko’rsatkichlar O’lchov birligi 2000 2001 2002 2003 YaIM dagi KO’B ulushi % 31,0 33,8 34,6 35,5 Kichik va o’rta korxonalar % 13,1 14,8 15,7 16,4 KO’Bda band bo’lganlar soni* Ming kishi 800,0 900,3 1045,1 Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi. *) Yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari YaIMda KO’Blarning ulushini to’rt yil davomida 31,0 %dan 35,5% ga ko’tarilishi , unda band bo’lganlarning sonini ortishi albatta ijobiy hol. Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishda KO’B sub’ektlarining salmog’i (%da) Iqtisodiyot tarmoqlari 2000 2001 2002 2003 Sanoat 11,3 14,1 14,1 16,6 Qishloq xo’jaligi 72,4 75,6 76,4 76,8 Chakana tovar ayirboshlash 45,0 45,8 43,8 45,5 Pullik xizmatlar 37,9 39,9 41,3 45,7 Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi Sanoat, chakana tovar ayirboshlash, pullik xizmatlar ko’rsatishda KO’Blarning ulushini barqaror o’sib borishi respublikamizda davlatning tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlashi natijasidir. Mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektor salmog’ini oshirish, aholini ishlab chiqarish sohsida bandligini ta’minlash va kichik tadbirkorlikni intensiv rivojlantirib borish maqsadidagi 2003 yil 30 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 aprel 1998 yil qabul qilgan «Kichik va o’rta biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar haqidagi» qaroriga o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi» Farmoni qabul qilinishi KO’Bni rivojlanishiga yana bir ijobiy turtki bo’ldi. Mamlakatimizda jamiyat tayanadigan o’rta mulkdorlar sinfi vakillarini yanada ko’payishiga olib keldi. Yuqorida jadval ma’lumotlari ham bu fikrni tasdiqlaydi. «Kichik biznesni rivojlantirish, rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, ularni ro’yxatga olish tartibini sezilarli darajada soddalashtirish, eng muhimi tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha samarali mexanizmning amalda joriy etilgani iqtisodiyotimizda katta ahamiyatga ega bo’lgan xususiy tarmoqni yanada rivojlantirish va mustahkamlash imkonini berdi» 1 Albatta tadbirkorlikni rivojlantirishda respublikamizda muammolar, kamchiliklar mavjud. Lekin eng asosiysi, diqqat ularni bartaraf qilish yo’llarini topish, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilganidir. 1 . Karimov I. A. Islohotlar strategiyasi=mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir. 2002 yilda mamlakatning ijtimoiy=iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2003 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maruza. Xalq so’zi, 2003 yil, fevral, 40- son. 5-§. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi Kapital Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyati kapital harakati sarfini talab qiladi. Kapital lotincha so’z bo’lib, katta mablag’, ko’p pul, boylik degan ma’noni anglatadi. Bu so’z iqtisodiy tizimda uning o’zi yaratgan ishlab chiqarish omilini ifodalash uchun ishlatiladi. Kapitalni ishlab chiqarish omili sifatida iqtisodchilar ishlab chiqarish vositalari deb qarashadi. Bunday yondashuv klassik siyosiy iqtisoddan boshlanadi. A. Smit kapitalni jamg’arilgan mehnat mahsuli, D. Rikardo ishlab chiqarish vositalari deb hisoblashgan. Hozirgi paytda jahon miqyosida iqtisodiy fanlarda kapitalni talqin etishda yagona fikr yo’q. I. Fisher kapitalni natural va qiymat shaklidan qat’i nazar boylik zaxirasidan iborat, u o’z egasiga xizmat ko’rsatib daromad olib keladi, degan. Taniqli iqtisodchilardan J. Xiks, A. Marshall, E. Bembaverk fikrlarni davom ettirib, ishlab chiqarish uchun ajratilgan tovarlar yig’indisini kapital deb atashgan. J. Robinson kapital, hali investitsiyaga aylanmagan ma’lum miqdordagi pul, degan fikrni bildirgan. P. Xeyne fikriga ko’ra kapital bu — kelajakda ne’matlar ishlab chiqarish uchun foydalansa bo’ladigan ishlab chiqarish vositalaridan iborat. Nisbatan tor buxgalteriya hisobi bo’yicha yondashilsa firmaning barcha aktivlari (mablag’lari) kapital deb yuritiladi. Kapital tushunchasini qanday talqin qilinishidan qat’i nazar, hamma qarashlarda umumiy bo’lgan bir narsani ilg’ash mumkin. Bu daromad keltirishdir. Shunday qilib daromad topish maqsadida ishlab chiqarish resurslari va ularga sarflangan pul kapital bo’ladi. Biznes bilan shug’ullanishdan maqsad ham daromad topish. Biznesning mohiyatini quyidagi formulada ifodalash mumkin: P—T—P1. P — iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun dastlab sarf-langan pul mablag’lari. T — sotib olingan tovar (ishlab chiqarish resurslari). P1 — tovarni sotilgandan so’ng olingan, ya’ni avanslangan pulni ko’payib qaytishi, P1=P+Δn; Δn — avanslangan pulning ko’paygan qismi, ya’ni foyda. Biznes formulasi tadbirkorning faoliyatini ko’rsatib turibdi. Biznes qanday shaklda bo’lmasin daromad olish umumiy tarzda ana shunday amalga oshadi. Tadbirkor o’z pulini sarflab ishlab chiqarish resurslari sotib oladi. Agarda yakka tartibda ishlovchi yoki oilaviy tadbirkorlik bo’lsa, faqat ishlab chiqarish vositalari sotib oladi. Ishlab chiqarish jarayonida yangi tovarlar yaratilib, bozorga chiqariladi. Ularni sotib avanslagan pulini foydasi bilan qaytarib oladi. Ishlab chiqarish biznesi formulasi umumiy biznes formulasidan farq qiladi. U quyidagicha: mehnat omili (ishchi kuchi) P – T ... U ... T1 — P1 real kapital (ishlab chiqarish vositalari) U — yangi tovarlar ishlab chiqarish jarayoni T 1 — ishlab chiqarilgan yangi tovar ... belgisi muomala to’xtab ishlab chiqarish boshlanganini resurslar ishlab chiqarish omili (unumli kapital)ga aylanganini ko’rsatadi. Yangidan yaratilgan tovar qiymati avvalgisidan ko’p. Uni bozorda sotib olingan pul P1, avvalgi avanslangan puldan ko’p, ya’ni tadbirkor olishi mumkin bo’lgan foyda miqdorida pul ko’p bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonida talab taklif nisbatiga qarab, sof yoki qo’shimcha foyda olishi yoki aksincha bo’lishi mumkin (XII bob). Ishlab chiqarishni amalga oshishi uchun iqtisodiy shart-sharoit bo’lishi kerak. Har qanday tovar ishlab chiqaruvchi firma uchun ishlab chiqarish omillari zarur. Tovar ishlab chiqarish uchun eng avvalo, tabiiy resurslar zarur (minerallar, o’rmon va boshqa tabiiy boyliklar, ularni qisqacha er deb ataladi). Boshqa birovni eridan foydalanilganlik uchun haq to’lanadi. Bu haq renta bo’lib, u er egasining daromadini tashkil etadi. Kishilarning iste’molini qondiradigan tovarlar ishlab chiqarish uchun insonlarning mehnati talab etiladi. Tadbirkor tomonidan yollangan ishlovchilar mehnat shartnomasi asosida o’z mehnati uchun ish haqi oladilar. Biznes uchun kapital — pul talab etiladiki, u mashina, xom ashyo va hokazolar sotib olish uchun ishlatiladi. Agar tadbirkorning o’zidagi mablag’i etmasa, qarz olib ishlatadi. Ana shu qarz olib foydalangan pulga ham haq to’lash zarur. Bu haq protsent bo’lib, uni qarzga pul bergan oladi. Oxir-oqibat ma’lum xatar asosida o’z maqsadini, yangi g’oyasini amalga oshiruvchi hamma omillarni to’plab ishga soladigan tadbirkorning harakati kerak. Agar uning harakati muvaffaqiyatli yakunlansa, unga mukofot foydaning bir qismi tegadi (yo’qsa zarar ko’rishi mumkin). Tadbirkor kapitalini uzluksiz tarzda ishga solishga harakat qiladi. Kapital harakati dastlab pulga zarur resurslar sotib olishdan boshlanadi, ikkinchi bosqichda, resurslarni unumli iste’mol qilinadi, ya’ni tovar yaratiladi. Bu tovarning yangi qiymati eski qiymat hamda qo’shilgan qiymatdan iborat bo’ladi. Uchinchi bosqich, oxirgi bosqichda, bu ishlab chiqarilgan yangi tovar realizatsiya qilinadi. Tovar pulga aylanadi. Shunday qilib, bu harakat bozor bilan boshlanib, bozor bilan tugallanadi. Kapital o’z harakatini qaysi shaklda boshlagan bo’lsa, yana qaytib shu shaklga kelishi kapitalning doiraviy aylanishi bo’ladi. Doiraviy aylanishda kapitalning harakati uch bosqichdan iborat: birinchi bosqich muomala, ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, uchinchi bosqich yana muomaladan iborat. Boshqacha aytganda bozor, ishlab chiqarish, bozor tarzida yuz beradi. Kapital o’z doiraviy harakati jarayonida uch shakl: pul, unumli kapital, tovar shaklini oladi. Firmaning kapitali doimo ma’lum nisbatda, har uchala shakl-da mavjud bo’ladi. Kapitalning harakati bir doiraviy aylanish bilan to’xtab qolmaydi. U qaytaqayta takrorlanadi (firma miqyosida u bankrot bo’lgandagina to’xtatish mumkin). Aynan shu kapitalning doiraviy aylanishini to’xtovsiz davom etishi kapitalning aylanishi deb ataladi. Ana shu harakat ma’lum bir vaqtda yuz beradi, u ishlab chiqarish va muomala vaqtidan iborat bo’ladi. Ishlab chiqarish vaqti o’z ichiga ish davri, ishlab chiqarish resurslarini zahirada turgan vaqti va tanaffuslarni oladi. Ishlab chiqarish vaqti tarkibining nisbati turli tarmoqlarda turlicha bo’lib, ular ob’ektiv zaruriyat tufayli tarkib topadi. Ayrim tarmoqlarda kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi, o’rmonchilikda tabiiy tanaffuslar muhim rol o’ynab, uzoq muddatni o’z ichiga oladi. Muomala vaqti esa ishlab chiqarilgan tovarlarni realizatsiya qilinadigan joyga olib borish vaqti, tovarlarni sotguncha zahirada turgan vaqti va realzatsiya qilish vaqtidan iborat. Bu vaqtlarni ajratib ko’rsatishdan maqsad kapital harakatini tezlashtirish uchun tadbirkor qanday chora-chora tadbirlar ishlab chiqishi zarurligini aniqlashdir. Asosiy va aylanma A. Smit va J. S. Mill, S. Marshall va boshqa iqtisodchilar kapital kapitalning bino, inshoot, stanok, asbob-uskunalar sifatida moddiylashgan, bir necha ishlab chiqarish tsiklida qatnashadigan va bir necha yil xizmat qiladigan qismini alohida ajratib ko’rsatishgan. Kapitalni ana shu qismini asosiy kapital deb ataladi. Kapitalning bunday bo’linishining moddiy asosi mehnat vositalari bilan mehnat ashyolari o’rtasidagi farqdir. Ishlab chiqarish vositalarining bir qismi, ya’ni asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, xossasini o’zgartirmaydi. Kapitalning ikkinchi qismi xom ashyo, material, energiya resurslari va boshqa shunga o’xshashlar, bir ishlab chiqarish tsiklida qatnashib to’la sarflanadi hamda o’z xossasini o’zgartirib, yangi tovarda mujassamlashadi.Uni aylanma kapital deb ataladi. Ish kuchiga sarflanadigan mablag’, ya’ni ish haqi ham aylanma kapitalga qo’shiladi. Aylanma kapitalga sarflangan pul, mahsulotni realizatsiya qilingach, tadbirkor qo’liga to’la qaytib keladi. Asosiy kapitalga sarflangan xarajat esa tez qoplanmaydi. Bizni hisobotimizda, odatda kapital o’rniga fondlar iborasi qo’llaniladi. Fondlar mazmuni jihatidan farq qilib: 1.Aniq maqsadga mo’ljallangan, qaratilgan bo’ladi. Uni boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin emas. 2.Miqdori jihatdan cheklangan fondlarga mablag’ to’plash va ishlatish hajmi belgilangan normativlardan oshmasligi kerak. Firma, korxona fondlari harakati belgilangan normativlar bo’yicha nazorat qilinadi. Asosiy kapital ikkiga bo’linadi. Bir qismi aktiv kapital bo’-lib, unga mashina, stanok, asbob-uskuna kabi ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan mehnat vositalari kiradi. Ikkinchi qismi passiv kapital bo’lib, unga bino, inshoot, yo’llar, ko’prik va shunga o’xshashlar kirib, ular xizmat bo’yicha ancha uzoq hamda ishlab chiqarishda passiv tarzda qatnashadi. Ular iqtisodiy faoliyat uchun sharoit yaratadi. Odatda, aylanma kapital bir yil davomida bir necha marta aylanadi. Asosiy kapital esa aksincha, bir necha yil davomida bir marta aylanadi. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapital eskiradi. O’zining texnik xarakteristikasini asta-sekinlik bilan yo’qotib boradi. Mashina, asbob-uskuna va boshqalar eyiladi, eskiradi, arzonlashadi. Asosiy kapitalning mahsulotga ko’chgan qiymati kelajakda uni yangilash maqsadida jamg’ariladi. Ana shu jamg’arma, amortizatsiya fondini tashkil etadi. Amortizatsiya fondi mablag’larini ma’lum bir qismi eskirgan fondlarni qisman iste’mol xossasini tiklash, ya’ni ularni kapital (remont) ta’mirlash uchun ishlatiladi. Bunda uning yo’qotgan qiymatini tiklash amalga oshadi. Asosiy kapitalni ishlatish muddati tugagach, hisobdan chiqariladi. Jamg’arilgan amortizatsiya fondi yangi vositalarni sotib olish imkonini beradi. Asosiy kapitalni jismoniy eskirishi ikki xil bo’ladi: 1.Tabiat ta’sirida eskirish. 2.Ishlatilib eskirish, unda insonning yoshi o’tgan sari o’z jismoniy baquvvatligini yo’qotib borgani kabi asosiy kapital ham o’z iqtisodiy qiymatini yo’qotib boradi. Asosiy kapital (fondlar) faqat jismoniy emas, ma’naviy ham eskiradi. Ma’naviy eskirish ham ikki xil bo’ladi. 1.Ishlab chiqarishni samaradorligi oshishi natijasida u yoki bu turdagi mehnat vositalarining ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi, natijada asosiy kapital (fondlar) arzonlashadi. Mashina, stanok, uskuna va hokazolarni narxi avvalgi xuddi shundaylaridan arzon bo’ladi. 2.Yangi, sifati jihatidan takomillashgan, ilgarigiga nisbatan samarali mehnat vositalari yaratilishi bilan bog’liq. Ulardan foydalanish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot arzonlashadi hamda ko’plab ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Ishlatiladigan asosiy kapital jismoniy eskirmagan bo’lsa-da, ko’pincha jamiyat, sotsial nuqtai nazardan ular iste’mol qiymatini yo’qotadi. Bu — dunyodagi hamma narsani to’lovi bo’lganidek fan-texnika taraqqiyoti uchun to’lovdir. Ma’naviy eskirishning oqibati qarama- KAPITAL (IShLAB ChIQARISh FONDLARI) Asosiy kapital (fond) Aylanma kapital (fond) Er Bino, inshoot Mashina, uskuna, uzatma, mexanizmlar, transport va hokazo shunga o’xshashlar Asosiy kapital- ning boshqa turlari Xom ashë, ënilbi energiya material va sotib olingan yarim fabrikat-lar, ish haqi Tugallanmagan ishlab chiqarish, korxonaning o’zi tayërlagan yarim fabrikatlar qarshi: bir tomondan jamiyat iqtisodiy jihatdan yutqazadi, ikkinchi tomondan yutadi. Sababi eskirgan vositalar qiymatini yangilarini ishlatilishidan olingan foyda bilan tezda qoplanadi. Amaliyotda asosiy kapitalning narxi asossiz ravishda qimmat belgilansa, ma’naviy eskirish emas, balki aksincha, texnikani qimmatlashuvi tarzida namoyon bo’ladi. Bu, albatta, asosiy kapital (fondlar)ni yangilashga to’siq bo’ladi. Fan-texnika taraqqiyotiga g’ov bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu muammoni echishda talab va taklif asosiy rol o’ynaydi. Asosiy kapitalni qiymatining ishlab chiqarilgan tovarga qo’-shish amortizatsiya normasi orqali amalga oshadi. Amortizatsiya normasi asosiy kapitalning qiymati va uni xizmat qilish muddati bilan bog’liq. Amortizatsiya normasi qancha yuqori bo’lsa, asosiy kapital (fondlar) o’z qiymatini shunchalik tez muddatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o’tkazib bo’ladi. Aksi bo’lsa, uzoq muddat o’tkazadi. Amortizatsiya lotincha — so’ndirish so’zidan olingan bo’lib, asosiy kapital qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga astalik bilan xizmat muddati davomida ko’chirishdir. Amortizatsiya fondi asosiy kapital (fondlar)ni to’la tiklash uchun amortizatsiya normasiga ko’ra belgilanadi. U asosiy kapitalning xizmat muddatiga nisbatan foizda ifodalanadi. Amortizatsiya normasi=100%/xizmat muddati Masalan, ko’p qavatli temir-beton uylarning xizmat muddati 100 yil. U holda amortizatsiya normasi 100:100=1% ga teng. Yoki traktorning xizmat muddati 16 yil. Amortizatsiya normasi 100:16=6,25%. Ya’ni har yili traktor bahosining 6,25%i ishlab chiqarilgan mahsulotga ko’chadi. Agar traktorimiz 3 mln so’m turadi desak, har yili 187500 so’mlik eskirar ekan, shu miqdordagi pulni amortizatsiya fondiga o’tkazamiz. Amortizatsiya normasi shunday belgilanishi kerakki, u ham jismoniy, ham ma’naviy eskirishni hisobga olgan bo’lishi kerak. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda amortizatsiya normasi yuqori belgilangan. Masalan, AQShda qishloq xo’jalikda ishlatiladigan traktorlarning xizmat muddati 10—12 yil, o’arbiy Evropada 15—20 yil qilib belgilangan. Haqiqiy xizmat muddati 15—25 yilni tashkil etadi. Bunga texnikani asrab-avaylab ishlatish orqali erishiladi. Chunki, uning egalari bundan manfaatdor. Bizda ham 1991 yildan boshlab amortizatsiya normasini belgilash tartibi o’zgartirildi. 1. Asosiy kapitalni amortizatsiya normasi o’zgartirildi. 2. Ta’mirlash uchun amortizatsiya to’lovlari bekor qilindi. Endi korxonalar hamma remont turlarini mahsulot tannarxiga o’tkazadigan bo’ldi. Zarur bo’lsa, remont uchun alohida fond tashkil etish mumkin (tuzatish, ta’mirlash fondi). 3. Mashinalar, uskunalar va transport vositalari normativdagi xizmat muddati tugagach, amortizatsiya to’lovlari to’xtatiladi. 4. Korxonalarning asosiy kapitali (fondlar)ni yangilashni tez-lashtirish maqsadida aktiv fondlarga tezlashtirilgan amortizatsiya normalari belgilash ruxsat etiladi. Vaholanki, chet mamlakatlarda bu anchadan beri qo’llaniladi, kichik korxonalarga xizmat muddati uch yildan oshadigan kapitalni 20% gacha qiymatini ekspluatatsiya qilishning birinchi yildan ishlab chiqarish xarajatlariga qo’shishga ruxsat berildi. Bularning hammasi asosiy kapitaldan foydalanishni yaxshilashga qaratilgan. Ishlab chiqarishda asosiy kapitaldan tashqari aylanma kapital ham muhim o’rin tutadi. Aylanma kapital tarkibiga mehnat ashyolari, zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, jumladan yarimfabrikatlar, ish haqi kiradi. Bir vaqtning o’zida har bir korxonada muomalada kapital mavjud bo’lib, ular tayyor mahsulot va korxona pul mablag’larini tashkil etadi. Aylanma kapital bilan muomaladagi kapital o’rtasida chambarchas aloqa mavjud bo’lib, ular doimo biridan ikkinchisiga aylanib, har bir doiraviy aylanishda to’la yangilanadi. Shuning uchun ular birgalikda oborot mablag’lari deb ataladi. Asosiy kapital samaradorligi kapital sig’imi, kapital qaytimi kabi ko’rsatkichlar orqali aniqlansa, oborot mablag’laridan foydalanish samaradorligi aylanish tezligi bilan aniqlanadi. Qancha ishlab chiqarish vaqti va muomala vaqti qisqarsa, kapital shuncha tez aylanadi va ishlab chiqarish samaradorligi oshadi. Aylanish qancha sekinlashsa, aksincha. Shuning uchun aylanish vaqtini bilish muhim ahamiyatga ega. Chunki, shunga qarab, qaysi vaqtni qisqartirish mumkin, uni qanday amalga oshirsa bo’ladi, yo’llari va usullari axtariladi, maqbullari tanlab olib amalga oshiriladi. Oborot mablag’laridan qanday foydalanilayotganini yil davomida aylanish soni bilan o’lchanadi. Bu ko’rsatkich yil davomida realizatsiya qilingan tovar hajmini o’rtacha yillik oborot mablag’lari qoldig’iga nisbati topiladi. Aytaylik, realizatsiya hajmi 120 mln so’m, o’rtacha oborot mablag’lari qoldig’i 40 mln so’mlik bo’lsin, bu 120:40=3. Demak, yil davomida to’la uch marta aylanishini bildiradi. Bundan tashqari, aylanma mablag’larining aylanish muddatidan foydalanish mumkin. U yil davomida kunlarni aylanish soniga bo’lish bilan topiladi. Misolimiz bo’yicha 355:3=118 kun atrofida bo’ladi. Aylanma kapitaldan foydalanish darajasiga material sig’imi, energiya sig’imi, mehnat sig’imi kabi ko’rsatkichlar orqali ham baho berish mumkin. Shunday qilib, tadbirkorning resurslarga sarflagan kapitali ishlab chiqarish jarayonida unumli kapitalga, ya’ni ishlab chiqarish omillariga aylanadi. Ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarda xarajatlar tarzida gavdalanadi. Xulosa *Bozor iqtisodiyotining muhim afzalligidan biri uni tadbirkorlikka asoslanganligidir. Iqtisodiy nuqtai nazardan tadbirkorlikni 1) iqtisodiy kategoriya sifatida; 2)xo’jalik yuritish metodi; 3) iqtisodiy fikrlashning o’ziga xos tipi sifatida qaraladi. *Tadbirkorlik qobiliyatini ishga solish, faoliyatga aylantirishning namoyon bo’lishi, tashkiliy shakli g’arbda biznes deb yuritiladi. Tadbirkorlikning asosiy tashkiliy shakllari uchga: individual xususiy, sherikchilik, korporatsiyaga bo’linadi. *Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarning huquqiy maqomiga ko’ra: yuridik shaxslar, yakka xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar tadbirkorligi; Mulkchilik maqomiga ko’ra: individual-xususiy, oilaviy-xususiy, korporativ-xususiy, jamoa, davlat, aralash mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik; Faoliyat yuritish mazmuni jihatidan: ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish ( tijorat, moliya, vositachilik, servis, konsalting, maishiy va boshqalar)ga; Tadbirkorlik yuritish tarmoq, sohalariga ko’ra sanoat, qurilish, qishloq xo’jaligi, xizmat ko’rsatish; Faoliyat yuritish ko’lami, ishlab chiqarish hajmi yoki band bo’lgan ishlovchilar soniga qarab, kichik, o’rta, yirik tadbirkorlik-biznesdan iborat. *Bozor iqtisodiyotida individual –xususiy tadbirkorlik o’ziga xos muhim o’rin tutadi. Lekin iqtisodiy faoliyatga nisbatan obro’li, barqaror, uzoq muddatli vaqtga mo’ljallangan, ko’lami jihatidan salmoqli shakli korxona, firmadir. *Biznesning tashkiliy shaklining o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjudki, tadbirkor, biznesmen biznesning tashkiliy shaklini tanlaganda, davlat tadbirkorlik faoliyatini ko’llab quvatlash uchun chora-tadbirlar belgilaganda hisobga olishi zarur. *Korxona, firmalar o’z maqsadlariniamalga oshirish uchun turli iqtisodiy birlashmalartashkil etishadi. Bular xolding, kartel, va hokazolar bo’lib, undan tashqari turli jamoatchilik uyushmalari, tadbirkorlar ittifoqi, savdo-sanoat palatalari, biznesni qo’llovchi turli fondlar va hokazolardan iborat. *Tadbirkorlik riskka asoslanadi, doimo tavakkalchilik xatari mavjud. Shuning uchun ham tadbirkorlik qilish hammani qo’lidan kelavermaydi. Tadqiqotchilarning kuzatishicha riskka ishqivozlar tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga moyil bo’lishar ekan. Tadbirkorlar riskni kamaytirish yo’llarini qidirib topishadi. Tadbirkorlik faoliyati yuritishda 2 xil strategiya mavjud: mudofaaga asoslangan, hujumkorlikka asoslangan. *Tadbirkorni faoliyat yuritish uchun sarflagan mablag’i uning foyda olish maqsadiga xizmat qilishi uchun real kapitalga aylanishi zarur. Real kapital o’z xususiyatlari: ishlab chiqarish jarayonida o’z xossalarini o’zgartirish yoki o’zgartirmasligi, qiymatini tiklash muddatiga ko’ra asosiy va aylanma kapitalga bo’linadi. *Tadbirkorlar asosiy va aylanma kapital samaradorligiga alohida diqqat qaratishadi. Kapital samaradorligi, mehnat, material. Energiya sig’imi, kapitalning aylanish tezligi, kapital, mehnat unumdorligi va hokazo ko’rsatkichlar orqali baholanadi. *Tadbirkorlikning iqtisodiy o’sishni, ish bilan bandlikni ta’minlashda nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, respublikamizda uni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling