Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


uning asosiy bosqichlarining farqlanishiga


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/41
Sana14.11.2020
Hajmi1.81 Mb.
#145384
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


uning asosiy bosqichlarining farqlanishiga ko’ra tadbirkorlik quyidagi turlarga bo’linadi: 
ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy, sug’urta, vositachilik va boshqalar. 
 Mamlakatda amal qilinayotgan qonunlar asosida ish olib borishi yoki yo’qligiga qarab, 
tadbirkorlik legal-rasmiy ochiq hamda yashirin (jinoiy) — xufiya tadbirkorlikka bo’linadi.  
 Tadbirkorlikni ish ko’lami, ishlab chiqargan mahsuloti hajmi, yoki band bo’lganlar 
soniga qarab iqtisodchilar kichik, o’rta, yirik biznesga bo’lishadi. 
 
Respublikamizda qabul qilingan «Tadbirkorlik to’g’risida»gi qonunga ko’ra 
tadbirkorlikni quyidagi turlari e’tirof qilinadi: 
 — yakka tartibdagi mehnat faoliyati asosidagi tadbirkorlik; 
 — ayrim fuqaro tomonidan yollanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan 
xususiy tadbirkorlik; 
 — bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi; 
 — oilaviy tadbirkorlik; 
 — yuridik shaxslar va fuqarolar, o’z mulklari va mulkiy huquqlarini birlashtirish asosida 
amalga oshiriladigan tadbirkorlik. 
 Tadbirkorlik  faoliyatini  boshlashda eng qiyini — aniq maqsadni tanlash, uni amalga 
oshirishdir. U quyidagi bosqichlardan tarkib topadi. 
 Birinchi bosqich, g’oya qidirish va uni baholash bosqichi. U o’z ichiga: 
 a) yangi g’oyani, o’ylab qo’yilgan fikrni amalga oshirishni tashkil etish; 
 b) g’oyani bevosita va potentsial qadr-qimmatini aniqlash; 
 v) tavakkalchilik xatarini hamda olinishi mumkin bo’lgan foydani aniqlash; 
 g) raqobatdoshlarning mahsuloti yoki bajarayotgan ishlari bilan taqqoslash; 
 d) korxonaning mulk shaklini belgilash. 
 Ikkinchi bosqich. Bisnes-reja tuzish: 
 a) bozorni o’rganish, bozor segmentini qaysi bo’g’inini egallash rejasini, marketing 
rejasini tuzish; 
 b) ishlab chiqarish rejasi; 
 v) moliya rejasi va moliyaviy ta’minot; 
 g) bozorga kirib borish strategiyasini ishlab chiqish. 
 Uchinchi bosqich. Shartnomalar tuzish: 
 a) biznes-operatsiya ishtirokchilari o’rtasida shartnomalar miqyo-sini aniqlash; 
 b) potentsial xaridorlar bilan shartnomalar; 
 v) mehnat shartnomalari; 
 g) resurs egalari bilan shartnomalar tuzish. 
 To’rtinchi bosqich. Zarur resurslar ta’minoti: 
 a) mavjud resurslarni aniqlash
 b) etishmovchi resurslar va ularni potentsial etkazib beruvchilarni aniqlash; 
 v) zarur resurslarni jalb qilish usulini belgilash. 
 Beshinchi bosqich. Firmani boshqarish. 

 
 
 a)  rahbarlik  strukturasi va stili; 
 b) muvaffaqiyatning asosiy omillari; 
 v) zaif tomonlar va ularni bartaraf etish yo’llarini aniqlash. 
 Iqtisodiy faoliyat faqat o’zi hamda oilasi uchungina daromad topish maqsadida emas, 
boshqalar uchun olib ham borilar ekan, u qabul qilingan qonunlar bo’yicha aniq belgilangan 
shakl, tashkiliy va boshqarish tarkibiga muvofiq bo’lishi zarur. 
 Firmalarning asosiy maqsadi maksimal darajada foyda olish, lekin bu hammaning 
qo’lidan kelavermaydi. Firma o’z maqsadini amalga oshirish uchun uzoq muddatli strategiya 
belgilaydi. Bu strategiya 2 turga bo’linadi: 
 1. Mudofaaga asoslangan strategiya. 
 2. Hujumkorlikka asoslangan strategiya. 
 Mudofaaga asoslangan strategiya ikkita yo’nalishda olib boriladi: 
 Imitatsion  strategiya — yangiliklarni qo’llashdan keladigan xatarning kam bo’lishi 
uchun raqiblari fan-texnika yutuqlaridan foydalanib, erishgan yutug’iga qarab, o’z faoliyatida 
qo’llaydi. 
 Kutish  pozitsiyasiga asoslangan strategiya. Bunda firma bir necha turdagi mahsulot 
ishlab chiqarish xizmat ko’rsatishga ixtisoslashadi. Shulardan qaysi birida raqiblari 
muvaffaqiyatga erishsa yoki mag’lub bo’lsa, shunga qarab ish yuritadi. 
 Hujumkor strategiya 4 yo’nalishda olib boriladi: 
 1.Ratsionalizatsiya  strategiyasi. Yangiliklarni joriy qilishga, yangi texnologiyani sinab 
ko’rishga harakat qiladi. Bunda ularni ko’pincha venchur1 kompaniyalar moliyaviy qo’llab-
quvvatlaydi. 
 2.Kvota  (mahsulot ulushi)ni tabaqalashtirish strategiyasi. Bunda firma maksimal foyda 
olish maqsadida investitsiya qilib, mahsulot sotish bo’yicha bozorda tovar sotishdagi ulushini 
ko’paytirishga harakat qiladi. Tovarni narxini tushirib, talabni ko’paytirishni ko’zda tutadi. 
 3.Innovatsion  strategiya. Bunda firma mahsulot va xizmatlarni yangilashni ko’zda 
tutadi.  U mahsulotni yangilash yoki  texnologiyani yangilash bo’lishi mumkin. Mahsulot 
yangilanganda xarajatlarni pasaytirish orqali foyda olish ko’payadi. 
 4.Bozorni boshqalar egallamagan segmentini to’ldirish. Bu yo’nalishda ilmiy 
izlanishlar olib borib, uning asosida ishlab chiqarishni tashkil etish. Masalan, dorivor 
o’simliklardan (boshqa erda o’smaydigan) turli dorilar tayyorlashni yo’lga qo’yish. Bu 
anchagina xatar bilan bog’liq. (Xatar — bu ko’zlagan daromadini ola bilmaslik yoki zarar 
ko’rish ehtimoli.) 
 Bozor iqtisodiyotida individual tadbirkorlik o’ziga xos o’rin tutadi, lekin iqtisodiy 
faoliyatga nisbatan obro’li, barqaror, uzoq muddatli vaqtga mo’ljallangan, tashkil etish ko’lami 
jihatidan salmoqli shakli — korxonadir. Aynan u xo’jalik faoliyatining eng ko’p tarqalgan tipik 
shaklidir. Korxona qaysi mulkka taalluqli bo’lmasin firma, zavod, fabrika nomlari bilan ataladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida mulkchilikning barcha shakllariga mansub korxonalarni 
barpo etish, ular faoliyatini tashkil etish va tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari, 
O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risidagi qonunida belgilab berilgan. 
 Korxona xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida mulkchilikning biron shakliga asoslangan 
holda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida maydonga chiqadi. 
Korxona bozor munosabatlarining sub’ekti sifatida qatnashibgina qolmay, uning ob’ekti hamdir. 
Korxona mulkchilikning muayyan ob’ekti bo’lib, uning qo’lida resurslar va yaratilgan mahsulot 
mavjud. Korxona iqtisodiy faoliyat jarayonida munosabatlarning sub’ekti sifatida maydonga 
chiqadi. 
 Har qanday iqtisodiyot kabi bozor iqtisodiyoti ham murakkab tizim sifatida ichki tarkibga 
ega. Undagi turli bo’g’inlarning har biri ma’lum vazifani bajaradi. Korxona har qanday ishlab 
chiqarishning birlamchi, asosiy bo’g’inidir. Bozor iqtisodiyotida asosiy tarkibiy birlik, xo’jalik 
yurituvchi bo’g’in korxona (firma) hisoblanadi. 

 
 
 
Korxona (firma) ishlab chiqarish resurslarini rejali asosda, ma’lum nisbatda, 
kombinatsiyada birikishini ta’minlab, o’z manfaatini mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat 
ko’rsatish yo’li bilan amalga oshiruvchi, xo’jalik yurituvchi bo’g’in «zveno»ni ifodalaydi. 
 Firma ham, korxona ham xo’jalik yurituvchi huquqiy shaxs bo’lgani uchun xo’jalik 
faoliyatining ob’ekti bo’ladi. Shu bilan birga iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi xo’jalik 
yuritish  sub’ekti  hamdir. Iqtisodiyotda, odatda firma ko’proq umumlashtiruvchi tushuncha 
sifatida ishlatiladi. Firma o’z ichiga bitta yoki bir necha korxona, ishlab chiqarish turini 
olishi mumkin. Korxona  esa  odatda bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga, bir xil narsa 
ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. 
 Barcha korxonalar faoliyatining majmui iqtisodiyotni tashkil etadi. Ishlab chiqarish 
omillari korxonada birikib, bu erda mehnat yuz beradi. Jamiyatning talab-ehtiyojini qondirishga 
qaratilgan moddiy mahsulotlar yaratiladi va har xil xizmatlar ko’rsatiladi. 
 Firmalarni tasniflash (klassifikatsiya qilish) uchun iqtisodiy adabiyotda turli mezonlar 
olinadi. Ulardan eng asosiysi 2 ta: mulkchilik shakli, firmaning katta-kichikligi. 
 Mulkchilik bo’yicha qarasak, ular 3 xil: 
 a) individual yoki xususiy firma; 
 b) sherikchilik asosida tashkil topgan firma; 
 v) korporatsiya (aktsionerlik jamiyati). 
 Korxona o’z mulkiga o’zi egalik qilishi uni erkin bo’lishi ga-rovidir. Korxona xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt sifatida iqtisodiy mustaqillikka ega. Nimani qancha, qanday usullar bilan 
ishlab chi-qarish, uni kimga, qaerda qanchadan sotishni, tushgan pulni qaysi maqsadda 
ishlatishni korxonaning o’zi hal qiladi. 
 Barcha muammolarni echishda korxona bozorga qarab ish tutadi. U bozordagi resurslar 
narxi, o’zining tovarlari narxi, qilgan xarajatlariyu oladigan foydasi miqdoriga qarab ish tutadi. 
Narx-navo va xarajatlar miqdori korxonaga el qatori foyda olish imkonini bergandagina u faol 
ishlaydi. Bozordagi raqobat korxonani iqtisodiy sharoitga tez moslashib doimo manyovr qilishi 
— tovarlarni yangilash sifatini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi, investitsiya 
va innovatsiya bilan shug’ullanish, faol reklama siyosatini olib borish kabilarga undaydi. 
Korxonalar mulkiy maqomi, tashkiliy-huquqiy asoslari, xo’jalik yuritish uslublariga ko’ra xilma-
xil bo’lib, asosiylari: 
 — xususiy firma, shirkat firmalari, mas’uliyati cheklangan firma, davlat korxonasi, 
aralash firmalar. Hozirgi paytda korxonalarning keng tarqalgan shakli — aktsioner jamiyatlari 
yoki korporatsiyalardir. 
 Xususiy firma — ayrim shaxslarga yoki oilalarga qarashli korxona. Ular asosan o’ta 
kichik va kichik biznes doirasida faoliyat ko’rsatadilar. O’rta va yirik biznesda hozirgi paytda 
nihoyatda kam uchraydilar. XIX asrda esa ular korxonalarning asosiy turi hisoblangan. 
 Shirkat firmalari mulk egalarini o’z mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olingan 
foydani qo’shgan hissasiga ko’ra baham ko’rishga asoslangan korxona. 
 Mas’uliyati cheklanmagan firma. Uning mol-mulki sherikchilik asosida yuzaga keladi. 
Ularning dastlabki qo’ygan kapitali Nizom kapitali bo’lib, uning faoliyati uchun to’la huquqli 
sheriklar birgalikda javob beradilar. Agarda firma sinib, qarzlarni to’lash uchun aktivlari etarli 
bo’lmasa, qolgan qarzni to’la huquqqa ega bo’lgan ta’sischilar o’z zimmasiga oladi. Bunda 
uning hajmi qanchagacha bo’lishi mumkinligi ustav kapitalidagi badaliga nisbatan necha marta 
ko’pligi (firma nizomida belgilanadi) shartnomada ko’rsatiladi. 
 Franchayzing (franchise — imtiyozli) firmalar — bu mayda xususiy firmalar tizimi 
bo’lib, u yirik firmalar qanotida ish yuritib, uning tovar markasidan ma’lum hudud va muhitda 
foydalanadi. Narxlarga chegirma olish va boshqa imtiyozga ega. Tovarlarni tashishda, uskunalar 
sotib olish, kredit olishda yordam beradi. Bu mayda firmalar yirik kompaniyalarning chakana 
sotuvchisi bo’lib qoladi. 
 Venchur (venture — xatarli) firmalari — bu ilmiy izlanishlar bilan shug’ullanib, ularni 
ishlab chiqarishga joriy qilish bilan shug’ullanadi. Ular ishining xatari yuqori. Sababi yaratgan 

 
 
yangiliklari, ixtirolari bozor talabiga mos kelmasligi mumkin. Bu turdagi firmalar dastlab AQSh 
da vujudga kelgan, hozirgi paytda boshqa mamlakatlarda ham mavjud. 
 Mas’uliyati cheklangan firma. Uning kapitali ham sherikchilik asosida tashkil etiladi. 
Uning nomi ko’rsatib turibdi — mas’uliya-ti, ya’ni majburiyati cheklangan. Bu cheklanish 
nizom kapitali doirasida bo’lib, bordi-yu firma sinsa, undan faqat nizom kapitaliga teng bo’lgan 
miqdordagina pulni undirish mumkin. To’lov majburiyatidan ortiqcha qarzni hech qanday yo’l 
bilan undirib bo’lmaydi. Bunday firmalar nomiga odatda «limited» so’zi qo’shiladi. U inglizcha 
«cheklangan» degani. 
 Agar firmada mulk egasi sifatida sheriklar miqdori ortib ketsa, u aktsionerlik jamiyati 
sifatida ro’yxatdan o’tishi kerak. Hozirgi paytda firmalarning keng tarqalgan shakli 
aktsiyadorlik jamiyatlari yoki korporatsiyalardir. Bu aktsiyadorlarning uyushmasi bo’lib, 
uning a’zolari biznes ishi yo’lida jamiyatga birlashadilar. Jamiyatga qo’yilgan kapitalga qarab, 
maxsus qimmatbaho qog’oz — aktsiya chiqaradilar. Aktsiyani sotib olganlar hissadorlarga 
aylanadi va foydadan o’z hissasiga muvofiq — dividend oladi. Aktsioner jamiyatlarining yopiq 
va ochiq turlari bo’ladi. 
 Yopiq jamiyat aktsiyalari faqat ma’lum guruh kishilari, masalan, korxona ishchi-
xizmatchilari o’rtasida tarqatiladi. Ochiq jamiyatda esa uning aktsiyasi barcha xohlovchilarga 
sotiladi. 
 Davlat korxonalari davlat mulki bo’lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonadir. 
Bozor iqtisodiyotida davlat tadbirkorligi mavjud bo’lganidan davlat korxonalari ham mavjuddir. 
Bu korxonalar markaziy va mahalliy hokimiyatga qarashli bo’ladi. Ular birgalikda davlat 
sektorini tashkil etadilar va iqtisodiy-ijtimoiy hayotda ishlab chiqarishning eng muhim va 
mas’uliyatli vazifalarini bajaradi (mudofaa, aloqa, transport va boshqalar). 
 Aralash firmalarga ikki nuqtai nazardan qarash mumkin: 
 a) turli mulk shakliga asoslangan milliy korxona; 
 b) milliy va xorijiy kapital asosida vujudga keltirilgan qo’shma korxona. Ularning 
kapitali hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi ham shunga qarab taqsimlanadi. 
O’zbekistonda hozirgi paytda xorij kapitali ishtirokida tuzilgan 1000 dan ortiq qo’shma korxona, 
400 atrofida aralash mulkka asoslangan milliy korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. 
 Firmalar  shoxobchasi  (filiali)  yirik firmalarning tarkibiy qismi bo’lib, turli joylarda ish 
yuritadi. U mustaqil emas, bosh firmaning bir qismi. Ish ko’lami hududiy jihatdan kengaygan 
sharoitda firma bo’limlari tashkil etiladi. Bu ayniqsa, xalqaro korporatsiyalarga xos bo’lib, ular 
turli mamlakatlarda o’z bo’limlarini ochadilar. 
 Korxonalar ishlab chiqargan mahsuloti, ish ko’lamiga qarab: kichik korxona (biznes), 
o’rta korxona (biznes) va yirik korporatsiya (biznes)ga ajratiladi. Buning uchun mezon qilib 
firmada ishlovchilar soni yoki firmaning ishlab chiqarish va savdo-sotiq hajmi qabul qilingan. 
 AQShda ishlovchilar soni necha kishidan iboratligiga qarab, korxonalar 5 toifaga 
bo’linadi: 
 1) o’ta kichik korxona (10 kishi), 
 2) juda kichik korxona (20 kishi), 
 3) kichik korxona (99 kishigacha), 
 4) o’rta korxona (500 kishigacha), 
 5) yirik korxona (500 dan ziyod kishi). 
 Respublikamizda sanoat va qurilishda 50 kishigacha, boshqa ishlab chiqarishda 25 
kishigacha, fan va ilmiy xizmat ko’rsatish sohasida 10 kishigacha, chakana savdoda 5 kishigacha 
bo’lgan korxonalar kichik korxonalar hisoblanadi. Kichik korxonalar yirik korxonalarga nisbatan 
qator afzalliklarga ega. Ular quyidagilar: 
 a) tez muddatda qurilishi; 
 b) kapital aylanish tezligining yuqoriligi
 v) talabning o’zgarishiga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini tezda o’zgartirish 
imkoniyati; 

 
 
 g) mabodo, korxona bozor iqtisodiyoti sharoitida sinsa ham mulk egasi ko’radigan zarar 
yirik korxonaga qaraganda kamligi va boshqalar. 
 Shuning uchun ham xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishda kichik korxonalar shubhasiz 
ustunlikka ega. 
 Hozirgi paytda AQSh da iste’mol mollari ishlab chiqaradigan umumiy sanoat ishlab 
chiqarishning 48%, Yaponiyada 51%, Frantsiyada 45%, Germaniyada 25% i kichik korxonalar 
hissasiga to’g’ri keladi. AQShda 18 million atrofida kichik korxona mavjud. 
 Respublikamizda  ham  ularning  afzalligini hisobga olib, kichik korxonalar barpo etishga 
katta ahamiyat berilyapti. Mamlakatimizda hozir 500 mingdan ortiq kichik korxona faoliyat 
ko’rsatmoqda. 
 Ma’lumki, Osiyoda, jumladan respublikamiz aholisiga mayda tovar ishlab chiqarish, 
hunarmandchilik an’analari xos. Bu xususiyat respublikamizda xususiy mulkchilikka asoslangan 
individual, oilaviy ishlab chiqarish kichik biznesni rivojlantirish imkonini beradi. Ularning 
asosiy kamchiligi moliyaviy resurslarning etishmasligi. 
 Turli-tuman mulkchilik sharoitida qaysi mulk turiga asoslangan, qanday iqtisodiy faoliyat 
yuritish afzal ekanligi aniq shart-sharoitdan kelib chiqib aniqlanadi. Uni quyidagi mezonlar 
asosida solishtirish mumkin: 
 1. Xo’jalik yuritish turini tashkil etish osonmi yoki qiyinligi. 
 2. Mulkiy mas’uliyat va boshqarishni amalga oshirish darajasi. 
 3. Bozordagi talabni o’zgarishiga moslashish darajasi. 
 
4. Fan-texnika taraqqiyotini ta’minlay olish, ishlab chiqarish sifatini yaxshilash 
imkoniyati. 
 5. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish darajasi. 
 Xususiy mulkchilikka asoslangan xususiy-oilaviy fermer xo’jaligi ko’pchilikni diqqatini 
shunisi bilan jalb etadiki, uni tashkil etish oson, ko’p mablag’ talab etmaydi. Mulk egasi eng 
avvalo o’z bilimi, tajribasiga tayanadi. Bozordagi talabga tezda moslasha oladi. O’zi 
xohlagancha xo’jaligida o’zgarishlar qila oladi. Daromad uning o’ziga tegishli. Qonun bo’yicha 
cheklashlar minimal darajada.  
 Bu xo’jalik yuritishning eng kata kamchiligi mulkiy mas’ulicht mulk egasining bo’ynida 
bo’lgani uchun, barcha faoliyatga o’zi javob beradi. Bordi-yu, sinsa- bankrot bo’lsa, qarzlarni 
o’zi to’laydi. Buni natijasida ayrim paytlarda uy-ro’zg’or buyumlarini ham sotishga to’g’ri 
keladi. Ikkinchidan, xo’jalik yuritish uchun zarur bo’lgan daromad va mablag’larini kamligi, 
cheklanganligidir. 
 Shirkat, kooperativ, kichik jamoa xo’jaliklarini yuqoridagi xo’jalik shakllaridan afzalligi 
shundaki, bir necha mulk egalarining qo’shilishi omillarni ko’paytiradi. Bozorga tez moslasha 
oladi. Bu xo’jalik turida ham ko’pincha daromad, ishlab chiqarishni tashkil etish, kengaytirish 
uchun mablag’ etishmaydi. 
 Xususiy — korporativ mulkka asoslangan aktsionerlik jamiyatlari bu kamchilikdan xoli. 
Fan-texnika taraqqiyotiga katta ta’sir o’tkazadi. Pay mulkdan umumiy maqsadda yagona 
boshqaruv orqali foydalaniladi. Shu bilan birga har bir paychini o’z mulki boshqarishda 
qatnashishini ta’minlaydi. Korxona xo’jalik faoliyatining pirovard natijasiga qarab, har bir mulk 
egasi o’z ulushini oladi. Aktsiya egalarining javobgarligi cheklangan. Agar korxona bankrot 
bo’lsa, u o’z aktsiyasi miqdorida mulkini yo’qotadi, xolos. Xohlaganda aktsiya sotib olib mulk 
egasi bo’ladi yoki aksincha, sotib mulk egalari safidan chiqadi. Bunday xususiylik bilan 
umumiylikning afzalliklari qo’shilishi xususiy va umumiy o’zlashtirishning asosiy tamoyillarini 
bir butun qilib biriktiradi. 
 Korporatsiyalar  katta  miqdorda pul sarflab biron mahsulot ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgach, yangi mahsulot ishlab chiqarishga tezda moslashishi qiyin. 
 Biznesning korporativ shaklida ba’zi bir suiiste’mol qilish uchun imkoniyat mavjud. U 
hech qanday qiymatga ega bo’lmagan qimmatbaho qog’ozlarni sotishi va sotib olish uchun baza 
bo’lishi mumkin. Undan tashqari, tipik aktsiya egasi korxona faoliyatiga ta’sir ko’rsata olmaydi. 

 
 
Ko’pchilik o’zining ovoz berish huquqidan foydalanmaydi. Undan tashqari, soliq ikki marta: 
foydadan hamda dividenddan olinadi. 
 Mulk va xo’jalik yuritish shakllarini qiyoslar ekanmiz, hech qaysi shaklini har taraflama 
afzal deya olmaymiz. Biridagi afzallik ikkinchisida yo’q. Biri ikkinchisining o’rnini bosa 
olmaydi. 
 Milliy iqtisodiyotda har birining o’z o’rni, ahamiyati borki, undan kelib chiqib davlat har 
bir mulk va xo’jalik shaklini rivojlanishi uchun sharoit yaratishi lozim. 
 Hozirgi  sharoitda  iqtisodiy faoliyat yuritish uchun turli korxonalarni ittifoq 
(assotsiatsiya)larga birlashuvi jarayoni yuz bermoqda. 
 Rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan, bizda ham hozirgi paytda vujudga kelayotgan 
assotsiatsiya shakllaridan biri konsortsiumdir. 
 Konsortsium korxonalarning maxsus tashkil etilgan birlashmasi bo’lib, uning 
ishtirokchilari o’z mustaqilligini saqlab qoladi, ammo muayyan maqsad yo’lida birlashadilar. 
Odatda, konsortsium moliyaviy ishlar yuzasidan tuzilib, unga davlat, banklar, moliya, 
investitsiya kompaniyalari, yirik firmalar, har xil pul fondi tashkilotchilari uyushadi. U katta 
mablag’ talab etadigan ishlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi. Konsortsium odatda 
xolding kompaniya shaklida tuziladi. Uni tarkibida bosh — ona korxona, atrofida tarmoq 
korxonalar ma’lum maqsad yo’lida hamjihatlik bilan ish olib boradilar. 
 Kontsern korxonalarning shunday birlashmasiki, u ishlab chiqarish, investitsiya — 
moliya, texnika va tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida birgalikda ish yuritishni ko’zlaydi. Kontsern 
bir tarmoq doirasida yoki tarmoqlararo (konglomerat) birlashmalar shaklida tashkil etiladi. 
 Kontsern monopol turdagi birlashma bo’lib, investitsiyalarni samarali joylashtirish, 
bozordagi o’zgarishlarga qarab diversifikatsiyani amalga oshirishga yordam beradi. 
 Korxona birgina kontsernga a’zo bo’lishi mumkin, vaholanki, konsortsiumda unday 
emas. 
 
Qanday mulkchilikka asoslanishidan qat’i nazar, korxonani korporativ guruhiy 
manfaatlari mavjud. Korxona mulk shaklidan mustasno holda, ishlab chiqarish jamoasi 
uyushmasini tashkil etadi. Bu jamoa a’zolarini birlashtiruv manfaati bo’lib, faqat korxona 
doirasidagina, korxona normal ishlagandagina yuzaga chiqadi. Korxona jamoasi uch toifa 
kishilardan tashkil topadi. Korxona egalari, menejerlar (boshqaruvchilar), yollanib ishlovchilar. 
Ular turlicha mulkiy mavqega ega. Korxona egalari mulkdorlar, korxonadagi moddiy resurslar, 
yaratilgan tovarlar va pul mablag’lari ularga tegishli. Ammo korxona maqomiga qarab 
mulkdorlar tarkibi turlicha bo’ladi. Korxona egasi — tadbirkorlardan tashqari ularning sheriklari 
bo’lgan menejerlar, oddiy ishchi-xizmatchilar ham bo’lishi mumkin. Ular korxona ishida nafaqat 
mablag’i, mehnati va tadbirkorlik iste’dodi, boshqarish mahorati bilan qatnashadilar. Korxona 
ishida kapitaldan tashqari mehnat ham qatnashar ekan, olingan foyda omillar ulushiga qarab 
taqsimlanishi amalga oshiriladi. 
 Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona xuddi shunday tovar chiqaruvchi xizmat 
ko’rsatuvchilar yoki shu tovarni o’rnini bosa oladigan tovar ishlab chiqaruvchilar bilan ularga 
qaraganda qulayroq sharoitga ega bo’lish hamda yuqoriroq daromad olish uchun kurashadi. 
Raqobatda g’olib chiqishda insoniy omil muhim rol o’ynaydi. Korxonaning raqobat kurashi 
natijasida tabaqalanishi kuchaya-di. U nihoyatda katta daromadga ega bo’lishi yoki sinishi 
mumkin. Raqobat kurashida yutib chiqishda tijorat siri muhim. Korxonaning tijorat siri 
deganda korxonaning ishlab chiqarish, texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirish, 
moliyasi va boshqa faoliyati bilan bog’liq bo’lgan hamda e’lon qilinishi, uning 
manfaatlariga zarar etkazishi mumkin bo’lgan, davlat siri bo’lmagan ma’lumotlar 
tushuniladi.  Tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar tarkibi va hajmi, ularni himoya qilish 
tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi. Har bir korxona uni mahkam tutishga harakat 
qiladi. Qaysi korxonada uning jamoasida «firma — meniki» degan hissiyoti paydo bo’lishi 
uchun iqtisodiy sharoit yaratilar ekan, u erda tijorat sirini sotishga intilish, mehnat intizomini 
buzish, mulkni o’g’irlash, firma obro’sini to’kish ishlovchilarning xayoliga ham kelmaydi. 
Chunki, har bir kishi firma erishgan yutuqdan manfaatdor. Firma korporativ manfaatini amalga 

 
 
oshirishning muhim omili — firma ishini yaxshi boshqarish hisoblanadi. Korxona o’z faoliyati 
davomida ko’plab iqtisodiy faoliyat sub’ektlari bilan aloqa bog’laydi. Firma ichida uning ichki 
tuzilishiga muvofiq turli bo’linmalari o’rtasida aloqa mavjud. Bu o’z navbatida korxona 
bo’linmalari ishini bir-biriga moslash, korxona faoliyatini bozorga, bozordagi vaziyatga, 
boshqalar faoliyatiga muvofiqlashtirish  talab qilinadi. Ana shu faoliyatlarni moslashtirish 
Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling