Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/41
Sana14.11.2020
Hajmi1.81 Mb.
#145384
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


 
 

 
 
5-§. Insoniy kapitalga investitsiya haqidagi nazariyalar 
 
 Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, jamiyatdagi tub o’zgarishlar inson kapitaliga investitsiya 
to’g’risidagi nazariyalarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. . Fan-texnika va axborotdagi 
revolyutsiya inson, uning ilmiy-ma’rifiy potentsialini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hal 
qiluvchi omiliga aylantiradi. 
 Keyingi paytlarda iqtisod fanida inson kapitali tushunchasi keng qo’llanila boshladi. 
 Hozirgi zamon inson kapitali haqidagi nazariyalar 60-yillardan boshlab shakllandi. Juda 
ko’p iqtisodchilar bu haqda o’z fiklarini bildirishdi. Chunonchi G. Bekker, U. Bouen, M. Blaug, 
V. Veysbrod, E. Denison, M. Fisher va boshqalar. Amerikalik iqtisodchi G. Bekker “Inson 
kapitali” fundamental tadqiqoti, inson kapitali nazariyasiga oid ishlari uchun 1992 yili iqtisod 
sohasida Nobel mukofotini olishga sazovor bo’ldi. 
 Inson kapitali deganda odatda insondagi salomatlik bilan malaka, salohiyat, mehnatga 
ishtiyoq tushuniladi. Bular o’z navbatida mehnat unumdorligi hamda daromadlar o’sishiga ta’sir 
etadi. 
 Har bir inson farovon yashash maqsadida ko’proq daromad olish uchun harakat qiladi. Bu 
harakat qator xarajatlarni talab qiladi. Kelajakdagi daromadni ko’paytirish uchun qaratilgan 
barcha xarajatlar inson kapitaliga investitsiya hisoblanadi. Bularga sog’liqni saqlash, bilim olish, 
ish o’rnini qidirish, professional tayyorgarlik, farzand tug’ish va tarbiyalash kabi xarajatlar 
kiradi. 
 Har bir kishi o’z bilimini oshirishga, sog’ligi uchun, kasb-hunar egallashi uchun 
investitsiya sarflashga qaror qilar ekan, kelajakda olishi mumkin bo’lgan daromadi bilan 
taqqoslaydi. U ko’proq ish haqi yoki pul daromadi shaklida obro’li ish yoki biron nufuzga 
erishishi shaklida bo’lishi mumkin. 
 Insoniy kapital odamlar yillar davomida to’plagan bilim, malaka, tajriba tarzida bo’lib, 
uni egasidan ajratib bo’lmaydi. 
 Inson o’z sog’lig’ini saqlashi, bilim olishi, malaka, mutaxassislikka ega bo’lish, malaka 
oshirish, tajriba to’plash, ish o’rni qidirish, kelajakda o’z o’rnini bosuvchi farzand tug’ish, 
tarbiyalab voyaga etkazish – barchasi ma’lum miqdorda xarajatlarni talab qiladi. Ana shu 
xarajatlar insoniy kapitalga investitsiya deb ataladi. 
 
Har bir kishi o’z bilimini oshirish, sog’lig’i uchun, kasb-hunar egallashi uchun 
investitsiya sarflashga qaror qilar ekan, kelajakda olish mumkin bo’lgan natija bilan taqqoslaydi. 
U ko’proq ish haqi yoki pul daromadi shaklida obro’li ish yoki biron nufuzga erishish shaklida 
bo’lishi mumkin. 
 Insoniy kapitalga investitsiya qilish izoh muddatli integral xarak-terga ega bo’lib, 
samarasi ham iqtisodiy ham ijtimoiy ahamiyatga ega. Bilim olish muddati 12-18 yilgacha va 
undan uzoqqa ham cho’zilishi mumkin. Insoniy kapitalni ishga solinishi, uni qo’llashdan 
olinadigan samara har bir kishini o’ziga, uning qiziqishi, nimani afzal ko’rishi, javobgarlik hissi, 
umumiy madaniyati va ma’naviyatiga bog’liq bo’lib, u xohlaganini tanlaydi. 
 Insoniy kapitalni shakllantirish unga qo’yilgan investitsiya samarasini aniqlash muhim 
ahamiyatga ega. 
 Iqtisodchilar tomonidan bu haqda turli fikrlar bildirilgan. 
 Insoniy kapitalni shakllantirishning bir qancha modellari mavjud. Shulardan biri Turou 
modeli. U Kobb-Duglas funktsiyasidan foydalanib, shu modelni ishlab chiqqan: 
 IK = g’(K·IK
x
·R·IA)  
 
IK – yaratilgan insoniy kapital; K – jismoniy kapital; IK
x
 – insoniy kapitalga investitsiya 
(qo’yilmalar); R – tabiiy resurslar; IA – turli individlar (kishilar)ning iqtisodiy qobiliyati. 
 T. Shults, N. Ben-Poretning insoniy kapitalni yaratish modeli boshqacharoq: 
  
 Q – B

(S
t
 x K
t
)
B1
D
 B2
 tarzida ifodalanadi 
 

 
 
Bu erda Q – yaratilgan insoniy kapital hajmi; t – ma’lum bir vaqt oralig’i; B
0
 – insoniy 
kapitalni ko’paytirish qobiliyati koeffitsienti;
 
S
t
 – mavjud insoniy kapital zahirasidan, shu 
kapitalni yaratishga qo’shilgan qismi; K
t
 – insoniy kapitalni umumiy zahirasi; B1,
 
B2 - 
B1+B2<1, 1 dan kichik koeffitsientlar; D – qoplanadigan qo’yilmalar. 
Shularga o’xshash, ulardan farq qiladigan modellar ham bor. Lekin real hayotda keng 
ravishda insoniy kapitalga qo’yilgan investitsiya miqdori bilan keyingi olinadigan daromad bilan 
taqqoslash usullari keng qo’llaniladi. 
 Insoniy kapitalga qo’yilgan investitsiya samarasi undan foydalanishdan oldingi samara, 
ya’ni yalpi daromad bilan aniqlanadi. Kelajakdagi daromadning diskontlangan miqdoriga teng 
bo’ladi. Hozirgi kundagi har qanday summa miqdori bilan kelajakda olinishi mumkin bo’lgan 
miqdorni hisoblab chiqish diskontlash deyi-ladi. Umumiy tarzda diskontlash quyidagi formula 
bilan hisoblanadi. 
 
 
 
 
Bu erda D
i
 – daromadning kelajakdan miqdori D
0
 
D
i
 =--------;    
 D
0
 – daromadning bugungi miqdori  
 (|+i)
t  
 
i - foizning joriy stavkasi; 
  
 
 t – yil (vaqt). 
 Bu ma’lum miqdordagi i protsent normasi bo’yicha t vaqtga qo’yilgan pul bo’lib, u shu 
vaqt ichida, olingan protsent bilan Di —miqdorigacha o’sadi. 
 Insoniy kapital nazariyasida maorif, bilim olishning iqtisodiy aspektiga katta ahamiyat 
beriladi. Chunki FTT va iqtisodiy o’sishning bosh omili inson bo’lib, ta’lim-tarbiyaga sarflangan 
kapitalga qarab shakllanadi. 
 
Kapital sarfi har bir kishining daromadini ko’payishiga qanday ta’sir qilishini 
quyidagicha aniqlash mumkin. Ma’lum ta’lim darajasi bo’yicha olinadigan ish haqi ikki qismdan 
iborat. Birinchi qism hech qanday bilim olmay olish mumkin bo’lgan ish haqi, ikkinchi qismi 
insoniy kapitalga qo’yilma natijasida o’sgan kapital, ya’ni insoniy kapitalga investitsiya tufayli 
olinayotgan daromad. 
 
  U
n
 = X
0
+R·C

 
Bu erda Vn — W yil ma’lumoti bo’lgan kishining ish haqi (daromadi). 
 X0 — hech qanday ma’lumoti bo’lmagan kishining ish haqi (daromadi). 
 R — ma’lumot olish uchun sarflangan mablag’ning joriy kapital qaytimi normasi. 
 Cn — Wn yil davomida o’qish, ma’lumot olish uchun sarflangan investitsiya.  
 Insoniy kapital nazariyasi doirasida ish haqi tarkibiga qavat-qavat tarzda qaraladi. Har bir 
qatlamga o’ziga xos ma’lumot darajasi hamda pul daromadi to’g’ri keladi. Masalan, oliy 
ma’lumot samarasi oliy maktabni tugatganlar bilan o’rta ma’lumotlilar o’rtasidagi umr bo’yi 
oladigan daromadlarini farqi tarzida yuzaga chiqadi. Ma’lumot darajasi qancha yuqori bo’lsa, 
uning samarasi ham shuncha yuqori bo’ladi. Yuqori ma’lumot olish uchun sarflangan mablag’ 
yuqori darajada ish haqi olishni ta’minlashi real hayotda amaliyotda tasdiqlanib turibdi. 
Ko’pgina mamlakatlarda oliy ma’lumotli diplomga ega bo’lganlar o’rta ma’lumotlilarga 
qaraganda o’rtacha 1,5—2 baravar, o’qiyotgan lekin hali o’rta maxsus ta’lim olgani haqida 
diplom olmaganlarnikidan 3—4 marta yuqori ish haqi oladilar. 
 Shunday qonuniyat amal qiladi: ma’lumoti va ishga qarab ish haqi o’sishi odatda 
pensiyaga (55—60 yosh) chiqqaniga qadar, ma’lum chegaragacha davom etadi, so’ngra esa 
pasayish tendentsiyasi amal qiladi. 
 Insoniy kapitalni pulda ifodalash uning absolyut miqdorini aniqlash imkonini beradi. 
Insoniy kapitalning absolyut miqdori (ta’lim olish fondi) qator ko’rsatkichlarni hisoblash 
imkonini beradi. Shunday ko’rsatkichlardan biri ishlab chiqarishning intellektuallik sig’imidir. 
Bu ko’rsatkich fond sig’imiga o’xshash ko’rsatkich. 

 
 
 Ishlab chiqarishning intellektuallik sig’imi ma’lumot, ta’lim berish fondi YaMM (yalpi 
milliy mahsulot)ga nisbati tarzida hisoblanadi. U har bir mahsulot ishlab chiqarish uchun ta’lim-
tarbiya ishlariga qancha pul sarflanganligini ko’rsatadi.  
 
 I
k = 
MOF
 
 
 YaMM 
 Bu erda: MOF — ta’lim-tarbiya ishlariga (maorif va oliy ta’limga) ajratilgan fondning 
mablag’lari (pul miqdorida). 
 YaMM — yalpi milliy mahsulotning pul miqdori. 
 
Olingan ma’lumotni iqtisodiy samarasini aniqlash uchun ichki qaytim normasi 
ko’rsatkichidan foydalaniladi. U quyidagicha hisoblanadi: 
n B
t  
n
 
 
C
t
 
Σ -------- = Σ -------- 
t=0 (| + r)
t  
t=0 (| + r)
t
 
 
 Vt—t — vaqtda ma’lumotiga qarab olgan daromadi. 
 Ct—t — vaqtda ma’lumot olish uchun xarajatlar. 
 n — vaqt davrlari soni (yil). 
 r — ichki qaytim normasi. 
 r — qancha yuqori bo’lsa, ta’lim olish uchun quyilgan investitsiya shuncha ko’p foyda 
keltiradi. 
 Odatda, turli darajadagi ma’lumot olish uchun qilingan xarajatlar qaytimini, xarajat 
qilgunga qadar topilgan daromad bilan taqqoslashdan ko’proq foydalaniladi. U quyidagicha 
hisoblanadi. 
 
  
   
 
D
0
 – D
o’
  
  
 
 r = ------------- 
  
 
   
S

D
0
 – oliy ma’lumotli kishilar ish haqi(daromadi)ning o’zgarishi; 
D
o’
 – o’rta ma’lumot bilan umr bo’yi oladigan ish haqi (daromadi);  
S
0
 – oliy va o’rta ma’lumot olish uchun xarajatlar farqi. 
Insoniy kapital nazariyasida qaytim normasi ko’rsatkichi markaziy o’rin tutadi. U foyda 
normasi ko’rsatkichiga o’xshash. U insoniy kapitalga qo’yilgan xarajatlarni xuddi moddiy 
kapitalga sarflangan qo’yilmalarga o’xshab taqqoslash imkonini beradi. 
 Moddiy kapitalga sarf-xarajatlarni qaytimini foyda normasi orqali aniqlasak, insoniy 
kapitalga qo’yilgan investitsiyani qoplash foydaliligi darajasini ana shu ko’rsatkich orqali 
aniqlaymiz. 
Ma’lum vaqt mobaynida joriy samarani aniqlashdan ichki qaytim normasi shunisi bilan 
farq qiladiki, u ma’lumot tufayli umr bo’yi oladigan samarani ko’rsatadi. Amerikalik 
mutaxassislar iqtisodiyotni, ta’lim sohasini tadqiq qilib, xususiy shaxslar tomonidan ma’lumot 
olish uchun sarflangan kapitallarni tez orada qoplanishi va foyda keltirishini aniqlashdi. Ularning 
hisobiga ko’ra xususiy terzda sarflangan kapitallarni qoplash koeffitsienti bakalavr darajasini 
olish uchun 11,8 dan 13,4% gacha, bir yillik diplomdan keyingi daraja uchun 8%, magistrniki 
7,2%, falsafa doktorniki 6,6%ni tashkil etgan. 
Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, olingan ma’lumotning samarasini faqat pul shaklidagi 
daromad bilan o’lchash etarli emas. Sababi oliy ma’lumotli kishi qator qo’shimcha (manfaat) 
imtiyozlarga ega bo’ladi. Bular qaror qabul qilishda katta erkinlik, mehnatning ijodiy 
xarakterining yuqoriligi, ish sharoiti yaxshiligi, imkoniyatlar doirasi kengligi, sotsial nufuzi 
yuqori bo’lish va boshqalar. 
 Buni shartli misolda ko’rib chiqaylik. Aytaylik 4 yil davomida narxlar o’zgarmasin. Foiz 
stavkasi ham shu davr ichida o’zgarmagan holda bo’lib 10% ni tashkil qilsin. Ma’lumot olishga 

 
 
qilingan investitsiya va undan keladigan daromadni shu vaqt ichida diskontlash asosida bir 
ko’rsatkichga keltiramiz. 
 Ta’lim olish uchun qilingan xarajatlarni o’qish uchun sarflar va ish haqida yo’qotishni 
qo’shib hisoblab, yo’qotilgan (manfiy) daromad tarzida ifodalaymiz. Uni o’tgandan, malaka 
oshirgandan keyin olinadigan ish haqi, daromad bilan taqqoslaymiz. 
 Olimjonning oldida, yaqin kelajagida ikkita muqobil yo’l, boshqacha qilib aytganda 
loyiha turibdi. Birinchi yo’l, to’rt yil davomida bankda oddiy xizmatchi bo’lib ishlab, yiliga 60 
ming so’m daromad topish. 
 Ikkinchisi — bankda bir yil «Bank-moliya akademiyasi»da o’qib, ma-lakani oshirish. 
Malaka oshirish uchun 1mln. so’m to’lanadi. Akademiyani tugatgach, unga uch yil mobaynida 
tijorat bankida marketing bo’limi boshlig’i o’rnini va’da qilishyapti. Bu uch yil davomida uning 
maoshi har yili 100 ming so’mdan ortiq 700000, 800000, 900000 so’m bo’lishi mumkin. 
Olimjon uchun qaysi yo’lni tanlagan ma’qul? 
 Buning uchun, ya’ni qaysi yo’l ma’qul ekanligini aniqlash uchun malaka oshirish (bilim 
olishi)ga sarflangan xarajatlar bilan malaka oshirishdan keyin olinadigan daromadni taqqoslash 
kerak. 
 Agar Olimjon malakasini oshirishni tanlasa 1mln. so’m malaka oshirish uchun xarajatlar 
hamda 600000 so’m boy berilgan imkoniyat (ya’ni shuncha maosh olgan bo’lur edi, yil 
davomida) xarajatlar hammasi 1600000 so’m bo’ladi. Shu miqdorni o’qigandan so’ng oladigan 
diskontlangan daromadi bilan solishtiramiz. Agarda u musbat, ya’ni sarflangan xarajatlardan 
ko’p bo’lsa, o’qib malakasini oshirgan ma’qul bo’ladi. Uni quyidagicha hisoblab chiqamiz. 
 
Investitsiya natijasida olingan qo’shimcha sof daromad (QSD)ni quyidagicha 
hisoblaymiz: 
 
 
QSD= -1600000 + 700000/(1+0,1) + 800000/ (1+0,2) + 900000/(1+0,3)= 
636363+666666+692307 = 1995336; 1995336 – 1600000 = =395336;  
 Ko’rinib turibdiki, o’qish samaraliroq ekan, demak ikkinchi yo’lni tanlagan ma’qul, 
agarda natija manfiy bo’lganda birinchi yo’l, ishlash ma’qul bo’lardi. Bu erda yana shuni yoddan 
chiqarmaslik kerakki, bilim olishga qilingan xarajatlar qoplanmasligi ham mumkin. Lekin uni 
faqatgina pul miqdori bilan o’lchamaslik kerak, chunki ilgarigiga nisbatan obro’li, kelajagi 
istiqbolliroq ishga joylashishi mumkin. Qaytim normasi ko’rsatkichidan mehnat bozorida uzoq 
muddatli tenden- 
tsiyasini tahlil qilishi, ish haqini o’zgarishi, uni asosida taklif qanday o’zgarishi 
mumkinligi hisoblab chiqiladi. 
Mehnat bozoridagi nomutanosiblik, ish kuchi malakasi, ayrim kasb kishilariga bo’lgan 
talab bilan taklif nisbatining mos kelmasligi bartaraf etiladi. 
Insoniy kapitalga investitsiyaning ortib borishi kishilarning ma’na-viy, madaniy, ahloqiy 
va boshqa jihatlardan ham yuksalishini ifodalaydi. Demak, davlat byudjetdan sarflanadigan 
mablag’larni ko’paytiribgina qolmay, aholi va firma (korxonalar) tomonidan ham mablag’lar 
qo’yilishini rag’batlantirish lozim. 
 Qaytim normasi ko’rsatkichidan mehnat bozorida uzoq muddatli tendentsiyani tahlil 
qilishda foydalaniladi. Chunki, unga qarab qaysi kasb, ixtisoslik ish haqini o’zgarishi, uni 
asosida taklif qanday o’zgarishi mumkinligi hisoblab chiqiladi. 
 Mehnat bozoridagi nomutanosiblik, malaka ayrim kasb kishilariga bo’lgan talab bilan 
taklif nisbatining mos kelmasligi bartaraf etiladi. 
 Shuni eslatish kerakki, inson uchun qilingan har qanday xarajat insoniy kapitalga 
investitsiya hisoblanmaydi. U tsivilizatsiyalashgan jamiyat nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq 
deb topilgan xarajatnigina aytish mumkin.  
 
Ma’lumki, Fan-texnika taraqqiyoti sur’atlarining jadallashuvi mavjud bilimlar, 
ko’nikmalar, malaka ko’rsatkichining eskirishi munosabati Bilan inson kapitali ma’naviy 
eskirishiga olib keladi. Shuning uchun hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda faqat asosiy kapitalning 
ma’naviy eskirishigina emas, balki bilimlar, ko’nikmalarni, jumladan, mehnat jarayonida odat 

 
 
tusiga kirib qolgan andozalarning ma’naviy eskirishini ham izchillik bilan engish zarurligiga 
ahamiyat qaratilmoqda.  
 Inson kapitali ma’naviy eskirishining ikki shchakli bo’lib, birinchisi, mavjud bilimlar 
doirasida inson kapitali ko’rsatkichlarining yomonlashuvi Bilan bog’liq. Bilimlar to’liq 
bo’lmagani tufayli eskirishga uchraydi. Natijada inson kapitalining jamg’arilish jarayoni to’xtab 
qoladi. Ma’naviy eskirishning ikkinchi turi mutlaqo yangi bilim paydo bo’lishi uni egallamay 
turib, inson kapitalidan foydalanish imkoni bo’lmasligi bilan bog’liq.  
 
Inson kapitaliga solinadigan investitsiyalar ilmiy g’oyalar, texnika-texnologiya 
yangiliklarini qabul qilish qobiliyati oshishiga, shu bilan birga iqtisodiy tizimning moslashish 
imkoniyati, uning doimiy o’zgarishlarga moslashib rivojlanish imkoniyatlari oshishiga 
yordamberishi kerak. Aks holda jamg’arilgan inson kapitalini ishga solib bo’lmaydi, hamda 
jamiyatning tegishli sifatdagi va miqdordagi inson kapitaliga bo’lgan talabini qondirib 
bo’lmaydi. Inson kapitalini takror ishlab chiqarishlagi bunday tarkibiy buzilishlarning 
chuqurlashuvi amalda investitsiyalangan mablag’lardan mahrum bo’lishga olib keladi. 
 Jamiyat taraqqiy qilishi bilan yuksak malakali mutaxassislarga talab o’sishini hisobga 
olgan holda respublikamizda «Kadr-lar tayyorlashning Milliy dasturi» ishlab chiqilib, amalga 
oshirilmoqda. 
 Insoniy  kapitalga  investitsiya davlat, korxona (firma) aholi-ning o’zi tomonidan 
qo’yiladi. Aholi uchun o’z mablag’i etmagan taqdirda Prezident farmoni bilan imtiyozli kredit 
bilan ta’minlanishi respublikamizda zamona talablariga muvofiq ravishda mutaxassis kadrlar 
tayyorlashni yanada yangi bosqichga ko’taradi.  
 
Xulosa 
 
  *Inson yashashi uchun turli ne’matlarni ishlab chiqarishi kerak. Ishlab chiqarish asosida 
mehnat yotadi. Mehnat bu mehnat omilining egasi bo’lgan ish kuchining o’z qbiliyatini ishga 
solishi, ishlatishidir. Ish hai mehnat omilining YaIM, milliy daromaddagi ulushi bo’lib, u ish 
haqi deb ataladi.  
 *Ish haqi ish kuchiga bo’lgan talab va taklifning muvozanat bahosidir. Mehnatga talab 
ish haqi miqdoriga teskari, mehnat taklifi esa to’g’ri proportsional bog’lanishda. Mehnat taklifiga 
o’rin bosish va daromad effekti ta’sir ko’rsatadi. Buni natijasida mehnat taklifi o’sishi yoki 
pasayishi mumkin.  
 *Ish haqini tashkil etishning ikki shakli vaqtbay va ishbay shakli, muvofiq ravishda qator 
ish haqi tizimlari mavjud. Qanlay ish haqi qo’llash unga ta’sir etadigan omillarga bog’liq bo’lib, 
u ishga yollovchi bilan yollanuvchi o’rtasilagi tuzilgan mehnat shartnomalarida o’z aksini topadi.  
  *Fan texnika taraqqiyoti borgan sari yuqori malakali ish kuchiga talabni kuchaytirishi 
iqtisodiy nazariyada insoniy kapital nazariyasini (Teory of human capital) ishlab chiqishga olib 
keldi. Unga muvofiq ish haqidagi farq insoniy kapitalga qilingan investitsiyadagi farqning 
oqibati. Kam ish haqi to’lanadigan ishchilarning daromadlari esa investitsiyalarning hajmini 
ortishi natijasida o’sadi. Shuning uchun borgan sari insoniy kapitalga investitsiya sarflash o’sib 
boradi. 
 
ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR 
 
 1.Mehnat munosabatlari. 2. Mehnat. 
 3. Ish haqi. 4. Nominal ish haqi. 
 5. Real ish xaqi. 6. Insoniy kapital. 
 7. Jamoa bitimi. 8. Yagona tarif setkasi.  
a) insonning (jismoniy va aqliy energiyasi) kuchi, energiyasini sarflab, jamiyat tomonidan 
tan olingan natijaga erishishga qaratilgan maqsadli faoliyatidir;  
b)mehnat omilidan foydalanish jarayonida yuzaga chiqadigan munosabatlardir;  
v) pul shaklidagi ish xaqi; 

 
 
g) mehnat bozoridagi ish kuchiga talab va taklifning muvozanat bahosidir; 
d) odamlar yillar davomida to’plagan bilim, malaka, tajriba tarzida bo’lib, uni egasidan 
ajratib bo’lmaydi; 
e)pul shaklida olingan ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar 
miqdorida ifodalanishi;  
yo) mehnat haqi bo’yicha milliy iqtisodiyotda band bo’lganlarni mehnat razryadi va ular 
bo’yicha tarif koeffitsienti. Har bir razryadga muvofiq gorizontal razryadlar ham bo’lishi ko’zda 
tutilgan; 
j) ishchi-xizmatchilar jamoasi bilan firmalar o’rtasida tuzilgan shartnoma.  
 
Takrorlash va munozara uchun savollar 
 
 1. Mehnat munosabatlari deganda qanday munosabatlarni tushunasiz? 
 2. Ish haqi darajasiga qanday omillar ta’sir qiladi? 
 3. Mehnat taklifida o’rin bosish effekti va daromad effekti qanday rol o’ynaydi? 
 4. Ish haqi va uni tashkil etish shakllarini izohlang. 
 5. Mehnat shartnomalari mehnat munosabatlarini tartibga solishda qanday rol o’ynaydi? 
 6. Insoniy kapitalga investitsiya deganda nimani tushunasiz? Nima sababdan hozirgi 
paytda unga alohida e’tibor qaratilmoqda? 
 
Masala va mashqlar. 
 
1. Rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlarida minimal ish haqi miqdori 
quyidagicha (AQSh dollarida) 
 
Germaniya 
31,8 
Shveytsariya 
28,3 
Gollandiya 
23,3 
Frantsiya 
19,3 
Italiya 
18,0 
 
Hozirgi paytda Germaniya sanoatida o’rtacha ish haqi darajasi bo’yicha dunyoda birinchi 
o’rinni, Shveytsariya esa uchinchi o’rinni egallaydi. 
Jadval ma’lumotlari asosida boshka mamlakatlarning Germaniyaga nisbatan o’rtacha 
soatlik ish haqi darajasini hisoblang. Agar bu ko’rsatkichni O’zbekiston bilan taqqoslasak 
kanday xulosa chiqarish mumkin? 
Ish xaqini hohlaganimizcha ko’tara olamizmi? U nimalarga bog’liq. Bu borada 
hukumatimiz qanday chora-tadbirlar ko’rayapti? Fakat nominal ish haqiga qarab turmush 
darajasi haqida xulosa chiqarish mumkinmi? 
2. O’zbekistonda tarmoqlar bo’yicha mehnat haqi quyidagicha (o’rtacha respublika 
darajasiga nisbatan, %da) 
 
 1990 
1995 
2000-2003 
Milliy iqtisodiyotda jumladan: 
100 
100 
100 
Sanoat 108 
159 
192 
Qishloq xo’jaligi 
107 
70 
50 
Qurilish 131 
175 
158 
Transport 115 
159 
172 
Aloqa 157 
168 
216 
Savdo 84 
58 
70 
Kommunal xo’jalik 
76 
101 
120 
Xalq ta’limi 
81 
72 
87 
Kredit, sug’urta 
149 
198 
215 
 
Ularni taqqoslang, bunday tabaqalanishni sabablari nimada deb o’ylaysiz, ko’rsating. 

 
 
 
3. Quyidagilarga diqqat qiling. 
O’zbekistonda turli mulk shakllariga ko’ra mehnat xaqining tabaqalanishi (o’rtacha 
respublika darajasiga nisbatan %da) 
 
 1995 
2000 
2003 
Milliy iqtisodiyotda o’rtacha 
jumladan: 
100 100 
1. Davlat mulkchiligiga asoslangan 
korxonalar, tashkilotlarda 
114,9 120,1 
2.Nodavlat mulkchiligiga asoslangan 
korxonalarda, undan: 
a) xususiy individual mulkchilik 
b) aktsionerlik mulkchilik 
v) qo’shma korxonalarda 
g) kooperativ mulkchilik 
d) jamoa mulkchiligi 
e) ijara korxonalar 
j) ijtimoiy tashkilotlar mulki 
 
86,6 
69,4 
121,5 
165,8 
108,9 
69,3 
104,7 
75,9 
 
86,0 
65,3 
142,2 
269 
50,1 
41,4 
63,6 
127,8 
 
Ulardan qanday xulosa chiqarish mumkin, izohlang. Nima sababdan ish xaqi qo’shma 
korxonalarda eng yuqori darajada. Fikringizni asoslang. 
 
4. AQShda ish xaqi va maosh 4005 mlrd. dollarni, renta 28 mlrd. dollarni, protsent 407 
mlrd dollarni, xususiy tadbirkorlarning daromadi esa 473 mlrd. dollarni tashkil etdi. Ularning 
umumiy daromadga nisbatan ulushini hisoblang. 
 
O’zbekistonda hozirgi paytda ish xaqi aholining umumiy daromadlarining deyarli 1
/3 
qismini tashkil etadi. Ularni taqqoslang. Ish xaqining ulushi yuqoriligi nimani ko’rsatadi, 
izohlang. 
 
5. Firma ishchilarni raqobat asosida ishga qabul qiladi. Agar bir dona mahsulotning 
bozordagi narxi 5500 so’m bo’lsa, firma nechta ishchini ishga qabul qiladi? Hisoblang, jadvalni 
to’ldiring va javobingizni izohlang. 
 
 
ishchilar soni 
Mahsulot hajmi, 
dona 
mehnat haqiga 
xarajatlar, ming so’m 
Me’yoriy mahsulot
ming so’m 
0 0  
 
1 15 30 
 
2 35 60 
 
3 50 90 
 
4 60 
120 
 
5 66 
150 
 
6 67 
180 
 
7 68 
210 
 
8 69 
240 
 
9 70 
270 
 
10 71 300 
 
 
6. Korporatsiya prezidenti, mohir futbolchi, bokser, shaxmatchi, tennischi kabilar bir 
yilda bir necha yuz mln.lab dollar ishlashi mumkin. Oddiy xizmatchi esa atigi bir necha ming 

 
 
dollar ishlaydi. Ish xaqidagi bu farqni tahlil qiling, hamda ish xaqi stavkasini tabaqalanishi 
asosida qanday omillar turganini ko’rsating. 
 
7. AQShda bilim olish uchun sarflangan xarajatlar, so’ngra olinadigan daromadlar 
urtasidagi bog’lanish quyidagicha: o’rta ta’limga nisbatan bilim olish muddatini 2 baravar 
ko’payishi, o’qishni tugatgach daromadni 5 martaga ko’payishiga olib keladi. 
Bu fikrni tahlil qiling va quyidagi savollarni: «Insoniy kapital» nima? Insoniy kapitalga 
investitsiya deganda nimani tushunasiz? izohlang. 
 
8. Odiljonning oldida ikki yo’l bor. To’rt yil davomida bankda etakchi mutaxassis bo’lib 
ishlab yiliga 720 ming so’m daromad topish. Ikkinchisi - bir yil «Bank va moliya 
akademiyasi»da o’qish. O’qish uchun 1 mln. so’m to’lanadi. O’qishni tugatgach unga bo’lim 
boshlig’i o’rnini va’da qilishyapti. Keyinchalik bank boshqaruvi raisi bo’lishi mumkin. Uch yil 
davomida uning maoshi har yili 960 ming so’m bo’lishi mumkin. Sizningcha Odiljon qaysi 
yo’lni tanlagani ma’kul. 
 
9. AQShda Bill Klinton prezident bo’lgan paytda MRB (Markaziy razvedka boshqarmasi) 
direktori vazifasiga J.Vulsi tayinlangandi. U Stenford universitetini tugatgan. Oksfordda o’qigan. 
Xuquqshunoslikdan Yelsk universitetida dissertatsiya yoqlagan. Ko’pincha shunday ko’p 
boskichli bilim olish shunday yuqori mansabga ko’tarilishda qanday rol o’ynaydi? 
Tanishlaringiz ichidan kimlarni bilasiz?. Siz ularga havas qilasizmi? 
10. Nima sababdan yaxshi ta’minlangan oilalarning ko’pchiligida ayollar to’la bo’lmagan 
ish kuni ishlashadi yoki umuman ishlashmaydi. Oiladagi bolalar soni, uy yumushlari kam 
ta’minlangan shunday oilalarnikidan ko’p emas. Bu erda qaysi effekt: o’rin bosishmi yoki 
daromad effekti ustun? 
 
11. Topishmoq: Uning o’g’li o’g’irlik, qizi esa ocharchilik. U nima?  
Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling