Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarqatma material namunalari 1-tarqatma material
- 3-tarqatma material Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha o’rtacha nominal ish haqi, so’m
- Javoblar: Asosiy tayanch tushunchalar: 1b); 2a); 3g); 4v); 5e); 6d); 7j); 8yo); Masala va mashqlar
- T/N 1T; 2N; 3T; 4T; 5N; 6T; 7T; 8N (Gerri Bekker); Testlar
- Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o’z manfaatlaridan kelib chiqib, yuqori daromad olish imkoniyatiga, nufuzli mavqeiga ega bo’lish uchun bosh-qalar
- 2-§. Mukammal va nomukammal raqobat
T/N 1. Qachonki yollangan ishchilar miqdori ular yaratgan me’yoriy mahsulot hajmi bilan ish haqi stavkasiga teng bo’lsa, raqobatli bozorda ish yuritayotgan firma o’z foydasini maksimallashtirishga erishadi. 2. Mehnat taklifi raqobatli bozorda faoliyat yuritayotgan firma uchun mutlaq noelastik bo’ladi. 3. Agar tovar va xizmatlarga chakana baholar nominal ish haqi stavkasiga nisbatan tezroq o’ssa, u holda real ish xaqi pasayadi. 4. Firma monopolistik mehnat bozorida ish haqi stavkasini o’rnatadi. 5. Ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqi vaqtbay yoki donabay ish haqi deb ataladi. 6. Hozirgi paytda keng qo’llaniladigan ish haqi tizimiga * guruhiy(jamoa) ishbay mukofotli; * vaqtbay mukofotli ish xaqi to’lash; * tabaqalashgan ish haqi to’lash; * ishbay progressiv ish haqi to’lash; * vaqtbay progressiv ish haqi to’lash; * «ishni analitik baholash» tizimi va boshqalar kiradi. 7. Ish xaqi bir tomondan yollangan ishchini mehnat unumdorligi va intensivligini oshirishga undaydi. Ikkinchi tomondan, samarali mehnat stimulini yaratadi. 8. Amerikalik iqtisodchi Jeyms Byukenen «Inson kapitali» fundamental tadqiqoti, inson kapitali nazariyasiga oid ishlari uchun 1992 yili iqtisod sohasida Nobel mukofotini olgan. Testlar 1. Real ish xaqini o’zgarish darajasini, nominal ish xaqi darajasi bilan: a) tovar va xizmatlar bahosi darajasi; b) foyda normasi; v) soliqqa tortish stavkasi; g) ish vaqtining uzunligi; d) mehnat unumdorligi bilan taqqoslash orqali aniqlash mumkin. 2. Ish xaqi stavkasini o’sishi bilan a) agar mehnatga talab elastik bo’lsa, bandlik qisqaradi; b) agar mehnatga talab mutloq noelastik bo’lsa, bandlik qisqaradi; v) agar mehnatga talab elastik bo’lsa, bandlik o’sadi; g) agar mehnatga talab noelastik bo’lsa, bandlik o’sadi; d) agar mehnatga talab noelastik bo’lsa, bandlik qisqaradi. 3. Ish xaqini kasaba uyushmalari bosimi bilan oshirilishi bilan a) bandlik miqdori o’zgarmaydi; b) bandlikni kamayishiga olib keladi; v) bandlikni o’sishiga olib keladi; g) mehnat unumdorligini pasaytiradi; d) ish vaqtini uzaytirishga olib keladi. 4. Mehnat taklifini ishchi sonining o’zgarmagani holda bo’sh vaqt evaziga ko’payishi a) daromad effekti; b) baho effekti; v) o’rin bosish effekti; g) miqdor effekti; d) alohida manfaatlar effekti deb ataladi. 5. Ishlovchining bo’sh vaqtni ko’prok qadrlashi evaziga mehnat taklifini kamayishi a) baho effekti; b) o’rin bosish effekti; v) daromad effekti; g) miqdor effekti; d) alohida manfaatlar effekti deb ataladi. 6. Ish haqi dinamikasi va darajasiga mehnat bozori kon’yunkturasidan tashqari quyidagilardan qaysi biri ta’sir qilmaydi? a) tabiiy mehnat resurslari; b) texnika, texnologiya darajasi; v) mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi; g) mamlakatda qonunlar ijrosi va siyosiy vaziyat; d) ishchilarni hohish-ehtiyoji. 7. Firma mehnat bozorida monopsoniya hisoblanadi, lekin tayyor mahsulot bozorida monopol mavqega ega emas. Raqobatdosh firmalarga nisbatan u: a) ko’proq ishchilarni yollaydi va nisbatan yuqori ish haqi belgilaydi; b) kamrok ishchilarni yollaydi va nisbatan pastrok ish xaqi belgilaydi; v) kamrok ishchilar yollaydi va yuqorirok ish xaqi tayinlaydi; g) ko’prok ishchilar yollaydi va kamrok ish xaqi belgilaydi; d) ishchilar sonini o’zgartirmaydi, ko’prok ish xaqi belgilaydi. Tarqatma material namunalari 1-tarqatma material Kasaba uyushmalarining ish haqi darajasiga ta’siri uslublari: Mehnat taklifini cheklash, qonunlar yordamida ish vaqtini cheklash, kasaba uyushmasiga a’zo bo’lmaganlarni ishga qabul qilishni ta’qiqlash, mehnat intensivligini va og’irligini limitlash. Tadbirkorlar bilan jamoa mehnat shartnomasi tuzish jarayonida ish xaqi stavkalarini ko’tarish maqsadida ularga bosim o’tkazish. Mehnatga talab vujudga keltiradigan mahsulot ishlab chiqarish turlarini o’stirishga ta’sir ko’rsatish orqali ish xaqini o’sishiga ta’sir ko’rsatish. Ishlab chiqarish monopolizatsiyasiga qarshi kurash. Monopoliyalar ishlab chiqarishni qisqartirish hisobiga narxni oshiradi. Bu ish xaqi darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Monopoliyaga qarshi kurash ish xaqini pasayib ketish tendentsiyasini to’xtatish. 2-tarqatma material Mehnat taklifiga ta’sir etuvchi omillar Mamlakatda mehnatga layokatli kishilar soni Ish xaqi darajasi Ish kuni uzunligi (haftasiga 39, 40, 41 yoki 42 soat) Aholini mutaxassislik, kasb egallashi, malakasi darajasi Bo’sh katakni to’ldiring. 3-tarqatma material Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha o’rtacha nominal ish haqi, so’m Davr O’rtacha ko’rsatkich Sanoa Trans-port Quri lish Savdo Axborot bilan ta’min- lash Sog’liq-ni saqlash Xalq ta’limi Moliya va kredit 2000 1249 23166 20259 20299 9901 42387 8566 9967 25046 2001 1842 29797 24002 23193 12312 40228 10853 1930 31401 2001/200 0 o’sish % da 47,5 28,6 18,5 14,3 24,4 - 5,3 6,7 19,7 25,4 2002 2751 42747 37882 34405 21677 70008 16227 17262 47672 2002/200 1o’sish % hisobida 49,3 43,5 57,8 48,3 76,1 74,0 49,5 44,7 51,8 Manba: O’zR Davlat Statistika q¢mitasi 4-tarqatma material Respublika hududlari bo’yicha o’rtacha ish haqi, ming so’m Davr o’rtacha ko’rsatkich Nukus Andijon Buxoro Jizzax Qarshi Navoiy Namangan Samarqand Termiz Sirdaryo Toshkent vil. Farg’ona Xorazm Toshkent sh. 2000 12,5 10,6 10,7 12,9 8,8 9,7 21,2 9,9 8,2 9,72 10,7 15,0 10,4 10,1 22,7 2001 18,4 13,6 13,8 17,0 12,6 14,1 36,2 13,1 13,4 14,2 16,8 22,3 15,2 13,8 27,2 2002 27,5 20,0 20,8 25,2 18,3 21,0 54,5 18,9 19,9 18,2 24,5 35,6 22,7 20,3 40,3 Javoblar: Asosiy tayanch tushunchalar: 1b); 2a); 3g); 4v); 5e); 6d); 7j); 8yo); Masala va mashqlar: 1. O’rtacha bir soatlik ish xaqi Germaniyaga nisbatan Shveytsariyada 89%, Gollandiya 73,3%, Frantsiya 60,7%, Italiyada 56,6%ni tashkil etadi. 4. Umumiy daromad 4913 mlrd. doll. Ish xaqi 81,5%, renta 0,6%, protsent 8,3%, xususiy tadbirkorlar daromadi 9,6%ni tashkil etadi. 5. 6. Tabakalanish asosida qobiliyat, nazariy va amaliy tayyorgarlik, bajariladigan ishning obro’li bo’lish-bo’lmasligi, malaka, mohirligi nomukammal raqobatga asoslanishi, taklif va talab elastikligi ham ta’sir qiladi. 7. 1) Bu nazariy va amaliy tayyorgarlik ko’rish natijasida yuqori malaka talab qiladigan ishlarni bajarish imkonini beradigan insonda jamg’arilgan potentsial. 2) Bu bilim olish, malaka, ko’pincha mohirlikka ega bo’lish va sog’lom bo’lish uchun qilingan xarajatlar, qaysiki kelajakda daromadlarni ko’payishiga olib keladi. 8. Ishchi soni Me’yoriy mahsulot 1 2 110000 3 82500 4 55000 5 33000 6 5000 7 6000 8 5500 9 8000 10 5500 Firma 5 ta ishchini ishga qabul qiladi. Chunki 6-ishchi yaratgan me’yoriy mahsulot atigi 5000 so’mni tashkil etadi. Ish haqi esa 30000 so’m. 9. Insoniy kapitalga investitsiya, shuncha uzoq muddat jarayonida olingan bilim malaka, kelajakda muvaffaqiyatga erishish, jumladan yuqori daromad olishga yo’l ochadi. Jumladan, J.Vulsining shu darajaga etishish imkoniyatida ifodalanadi. Bunday misollarnijuda ko’plab keltirish mumkin. 10. Daromad effekti amal qiladi. 11. Tanballik T/N 1T; 2N; 3T; 4T; 5N; 6T; 7T; 8N (Gerri Bekker); Testlar 1a); 2a); 3b); 4v); 5v); 6d); 7b); XIV BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA RAQOBAT Bozor iqtisodiyotida raqobat muhim ahamiyatga ega, uning afzalligi ham ko’p jihatdan raqobatga bog’liq. Raqobat iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, yangiliklar yarvtish, ishlab chiqarishga so’nggi fan-texnika yutuqlarini joriy qilishga ham raqobat undaydi. Shuning uchun raqobatni tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega. Mazkur bob raqobatga bagishlangan. Unda raqobatning mazmuni, mukammal va nomukammal raqobat, monopoliya va uning vujudga kelish sabablari, monopoliya turlarini o’rganamiz. Raqobatning cheklanishi qanday oqibatlarga olib kelishi, raqobatchilik muhiti yaratilishi naqadar zarurligi, uni vujudga keltirishda davlatning rolini ko’rib chiqamiz. 1-§. Raqobat va uning shakllari Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri uning raqobotga asoslanganligidir. Raqobot bo’lmasa iqtisodiyot rivojlanmaydi. Raqobot kishilik jamiyatining barcha jabhalariga xos. Raqobot qaysi jabhada olib borilishidan qat’i nazar uning markazida inson manfaatlari turadi. Inson tabiatan o’zini, o’z manfaatlarini o’ylaydigan qilib yaratilgan. Xar bir inson o’z imkoniyatlarini namoyon qilish, farovon hayot kechirish, kishilar o’rtasida obro’- e’tibor qozonish (kabilar) uchun harakat qiladi. Kishilik jamiyati hayotining asosini iqtisodiy faoliyat tashkil etar ekan, demak jamiyat hayotida iqtisodiy sohalardagi raqobat asosiy rol o’ynaydi. Ma’lumki, tirik tabiatda ham yashash uchun kurash uzluksiz davom etadi. Xar qanday tizim: biologik, fizik, kimyoviy, iqtisodiy hammasi mutanosiblikka intiladi. Raqobat ana shu mutanosiblikning optimal darajada bo’lishini ta’minlaydi. Raqobat (konkurentsiya) lotincha — cancuro degan so’zdan olingan bo’lib, to’qnashuv degan ma’noni bildiradi. O’zbek tilida raqobat kim o’zdi, basma-baslikka bellashuv ma’nosini anglatadi. Basma-baslikka kim bilan bellashiladi? Raqib bilan. Raqiblar — bir-biriga qarama- qarshi turuvchilar bo’lib, biror narsani talashuvchilar ma’nosini ifodalaydi. Demak, raqib so’zi bilan konkurentsiyaning ma’nolari yaqin. Iqtisodiyotning barcha ishtirokchilari bir-biri bilan raqobatlashadi. Ijtimoiy faoliyat jarayonida manfaatlar to’qnashuvi yuz beradi. Ana shu to’qnashuvda kuchlilar yutib chiqadi, zaiflar mag’lub bo’ladi yoki har ikki tomon mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib o’zaro manfaatli bitim tuzadi. Tabiiy savol tug’ilishi mumkin, nima sababdan raqobat yuz beradi? Raqobatning asosiy sababi, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, manfaatlarning mavjudligidir. Xar bir kishining manfaati esa uning mulki doirasida alohidalashgan. Xar bir kishi o’z manfaati yo’lida harakat qiladi. Raqobatni iqtisodiy nuqtai nazardan qisqa qilib ta’riflaydigan bo’lsak, quyidagicha ifodalash mumkin. Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o’z manfaatlaridan kelib chiqib, yuqori daromad olish imkoniyatiga, nufuzli mavqeiga ega bo’lish uchun bosh-qalar bilan bellashuvi, kurashidir. «Raqobat – bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir.» 1 Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat qonuni amal qiladi. Bu qonunga ko’ra iqtisodiy sub’ektlarning maqsadlariga ko’ra o’z manfaatlaridan kelib chiqib o’zaro kurashishlari muqarrar bo’ladi. u qonun barcha iqtisodiy qonunlar kabi ob’ektiv xarakterga ega. Sababi iqtisodiy muhitning o’zi uni amal qilishini taqozo qiladi. Chunki, birinchidan, insonga taiatan o’z-o’zini saqlash instinkti berilgan, Avval ta’kidlab o’tganimizdek uni hech Kim, hech qanday cheklovlar yo’qqa chiqara olmaydi. 1 Karimov I. A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T. O’zbekiston, 1999, 34-bet. Ikkinchidan, o’zlashtirish mulk doirasida amalga oshadi. Iste’mol o’zgarishi uchun mulk qayta taqsimlanishi kerak. Resurslar mulk bo’lar ekan, cheklangan ekan, undan samarali foydalanish ob’ektiv zaruriyatga aylanadi. Zaruriyat mavjud ekan, inson doimo uni amalga oshirish uchun harakat qiladi, tinmay izlanadi, doimo o’z manfaatini himoya qiladi. Raqobat qonuni barcha jabhalarga xos, uning amal qilish doirasi kengayib boradi. Raqobat kurashi turli tarzda namoyon bo’ladi. Bozorda firmalar resurslarni arzon olish, o’z tovarlarini qimmatroqqa sotish, shuni asosida ko’proq foyda olishga intilsalar, ishchi va xizmatchilar yaxshiroq ish haqi olish uchun harakat qiladilar. Xaridor bozorda tovarni arzonroq sotib olishga intiladi. Sotuvchi esa qimmatroqqa sotish dardida yonadi. Ijaraga mulkni beruvchi ko’proq ijara haqi olishga harakat qilsa, aksincha ijaraga oluvchi uni pasaytirishga intiladi. Raqobat ishtirokchilarining ijtimoiy-iqtisodiy maqomi bir xil emas. Shu sababdan ularning bevosita maqsadi ham farqlanadi. Mulkni iqtisodiy jihatdan alohidalashuviga ko’ra, raqobat faqat individual manfaatni emas, balki jamoa, oilaning manfaatlarini ham ko’zlaydi. Chunki, ayrim kishining manfaati bir tomondan alohidalashgan, ikkinchi tomondan jamoa manfaatlariga birlashgan. Bu manfaatlar birlashuvi ham mulk doirasida amalga oshadi. Masalan, ishlovchilarning har biri yaxshi ish joyi uchun kurashsa, ular jamoa doirasida birgalikda, uning manfaati yo’lida boshqa jamoalar bilan, viloyat miqyosida boshqa viloyatlar bilan, oila miqyosida boshqa oilalar bilan, davlat miqyosida boshqa davlatlar bilan raqobatlashadi. Raqobat xo’jalikning hamma sohasida, iqtisodiy faoliyatning hamma turlarida boradi, unda iqtisodiy faol aholi qatnashadi. Bozor iqtisodiyotida raqobat kim bilan bo’lishidan qat’i nazar yaxshi ishlaganlarning, ishning o’zini emas, balki ko’zini bilganlarning yutib chiqishini bildiradi. Raqobat iqtisodiy resurs-larni tejamli ishlatish, tovar va xizmatlarni ko’plab, sifatli ishlab chiqarishga undaydi. U xo’jalik yuritishning eng samarali usullarini yuzaga keltiradi, iqtisodiy aloqalarning eng ma’qulini topishga undaydi. Fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilishni tezlashtiradi. U faqat ishlab chiqarishning o’zinigina o’sishga undab qolmay, iqtisodiy munosabatlarni ham takomillashtirishga olib keladi. Raqobat iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi. U o’z navbatida raqobat doirasini kengaytiradi. Ana shu jihatdan qarasak, raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Bozor va raqobat bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Raqobat bo’lmasa bozor, bozor bo’lmasa raqobat yo’q. Bozor iqtisodiyotining ilk belgilari paydo bo’lishi bilan unga xos raqobat ham yuzaga keladi. Iqtisodiyot rivojlanishiga qarab, raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib boradi. Raqobat bozor holatiga ko’ra mukammal va nomukammal raqobatga ajratiladi (3- §). U raqobat kurashini yuz berishida to’sqinlik qilish mavjudligi yoki yo’qligi, uning darajasiga ko’ra baholanadi. Raqobatning yuz berishi, xarakteriga ko’ra tartibsiz — stixiya-li, hamda tsivilizatsiyalashgan, ya’ni tartibga solinadigan raqobatdan iborat bo’ladi. Faqat ular o’rtasidagi nisbat o’zgaradi. Jamiyat rivojlangani sari tsivilizatsiyalashgan raqobat asosiy o’ringa chiqa boradi. Raqobat Bozor holatiga ko’ra Yuz berish xarakteriga ko’ra Miqyosiga ko’ra Usuliga ko’ra Erkin, mukammal Cheklangan, nomukammal Stixiyali (yovvoyi) Tartibga solinadigan Milliy xo’jalik Jahon xo’jaligi Narx vositasida Narxdan foydalanmay Tarmoq ichida Tarmoq o’rtasida Raqobat shakllari Raqobat kurashi jamiyat taraqqiyotining natijasi. U milliy xo’jalik doirasidan chiqib, xalqaro miqyosda yuz beradi. Raqobat, eng avvalo bir tarmoqqa qaraydigan firmalar o’rtasida yuz beradi. Xar bir firmaning imkoniyat darajasi, mehnat unumi turlicha bo’lishi, ulardagi o’rtacha xarajatlarning har xil bo’lishiga olib keladi. Natijada bozordagi muvozanat narxiga ko’ra ayrimlar xarajatlarini qoplab foyda olishlari, ayrimlari aksincha zarar ko’rishlari mumkin. Tarmoq ichidagi raqobat kurashi fan-texnika taraqqiyotini rag’-batlantiruvchi kuch hisoblanadi. Kapital doimo harakatda bo’lar ekan, uning egalari o’z kapitallarini mo’may daromad keltiradigan sohalarga qo’yishga harakat qiladilar. Turli tarmoq firmalari yuqori foyda olish uchun raqobatlashar ekan, har biri o’zi ishlab chiqarayotgan mahsulot, xizmat ko’rsatishdan tashqari boshqa raqiblari ishlab chiqarayotgan mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatishga ham ko’proq foyda olib keladigan bo’lsa, kapital qo’yadilar. Kapitalni foyda kam tar-moqdan ko’p tarmoqqa ko’chirish ishlab chiqarishning tarkibini o’zgarishiga olib keladi. Ya’ni diversifikatsiyalash amalga oshiriladi. Raqobatni hamma turlarida kurash keskin boradi. Ayniqsa, jahon bozoridagi raqobat juda shiddatli yuz beradi. Raqobat kurashi usuliga ko’ra: narx vositasi va narxdan foydalanmay olib boriladigan raqobat kurashiga ajratiladi. Raqobat kurashining barcha turlarida yozilgan, yozilmagan qonun-qoidalarga ozmi- ko’pmi rioya qilinadi. Raqobatni iqtisodiyotdagi ahamiyati beqiyos. Birinchidan, raqobat mavjudligi sababli ishlab chiqarish va muomalada ijtimoiy normal shart-sharoitlar vujudga keltiriladi. Ikkinchidan, raqobat doimo yangilikka, ilg’orlikka yo’l ochadi. Uchinchidan, bozor sahnasini samarasiz, qoloq xo’jaliklar tark etishi ta’minlanadi. Nobel mukofoti laureati iqtisodchi F. Xayek ta’biriga ko’ra «raqobat samarali ishlab chiqarishni o’rgatadi». 2-§. Mukammal va nomukammal raqobat Iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi firmalar, sohalar, tarmoqlar juda ko’p. Xar bir firma, soha, tarmoqni o’rganish nihoyatda qiyin. Shuning uchun bozor tarkibini narx va ishlab chiqarish hajmining shakllanishiga ko’ra o’rganish realroq. Iqtisodchilar nisbatan bir-biridan farq qiluvchi bozordagi vaziyatga ko’ra uni to’rt modelga ajratishadi. Bu modellar bir-biridan firmalar soni, mahsulotlar turi, narxlar ustidan nazorat, turli sohalarni monopollashish darajasi, narxning shakllanishi, axborot olish imkoniyatlari va boshqalar bilan farq qiladi. Bu to’rt model: a) erkin raqobatga asoslangan bozor; b) monopolistik raqobatga asoslangan bozor; v) oligopoliya; g) sof monopoliyadan iborat. Bozor tarkibini raqobat erkinligi yoki cheklanishiga ko’ra iqtisodchilar ikki turga: mukammal va nomukammal (takomillashgan, takomillashmagan) raqobatga ajratishadi. Mukammal raqobat yuqoridagi to’rt modelning erkin raqobatga asoslangan modelini o’z ichiga oladi. Nomukammal raqobatga esa monopolistik raqobat, oligopoliya va sof monopoliya modellari kiradi. Erkin raqobatga asoslangan modelda u yoki bu tovarni ishlab chiqarishda asosiy o’rin tutadigan bir yoki bir necha firmaning yo’qligi alohida ahamiyatga ega, chunki ana shunday firmaning paydo bo’lishi bozorni nazorat qilishni boshlanishiga qadam bo’ladi. Erkin raqobat kurashiga asoslangan modelning asosiy ajralib turuvchi tomoni: 1. Mustaqil harakat qiluvchi ishlab chiqaruvchi, sotuvchilar va xaridorlarning cheklanmaganligidir. Masalan: qishloq xo’jaligi tovarlari bilan savdo qiluvchi dehqon bozori, fond birjalari. 2. Standartlashgan mahsulot yoki bir turdagi, bir xildagi mahsulot ishlab chiqarish. Bunda xaridor uchun qaysi sotuvchidan mol olish baribir. Chunki A firmaning mahsuloti B, V, S va hokazo firmalar mahsulotining xuddi o’zi. Standartlashgan mahsulot belgilangan standart bo’yicha ishlab chiqarilgani uchun mahsulotlar sifat jihatdan farq qilmaydi. 3. Tarmoqqa kirib kelish erkinligi bilan xarakterlanadi. Yangi firmalar tarmoqqa erkin kirib kelish, eskidan ishlayotgan firmalar xohlagan paytda chiqib ketish imkoniyatiga ega. 4. Sof erkin raqobat real hayotda kam, shuning uchun erkin raqobat haqida mantiqiy fikr yuritish o’rinsiz emas. Chunki: a) bir necha tarmoqlar borki, ular boshqa bozor modellari (strukturasi)dan ko’ra ko’proq erkin raqobat modeliga to’g’ri keladi; b) erkin raqobat eng oddiy tushunarli vaziyatni ifoda qiladi. Daromad va xarajatlarni taqqoslash asosida narx va ishlab chiqarish hajmi bo’yicha har qanday munozaraning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi; v) erkin raqobat kurashiga asoslangan iqtisodiyot namunasi real iqtisodiyotni samaradorligini baholash, taqqoslash imkonini beradi. Xullas, erkin raqobat — bu o’rganilishi ham nazariy, ham ma’lum amaliy ahamiyatga ega bozor modelidir. Erkin raqobat kurashini tahlil qilish, birinchidan, sotuvchilar nuqtai nazaridan talabni o’rganish, ikkinchidan, qisqa muddatli davrda bozor narxiga ishlab chiqaruvchi qanday moslashuvini tushuntirish, uchinchidan, tarmoqda uzoq muddat talab etiladigan o’zgarishlarni qay tarzda yuz berishini, to’rtinchidan butun jamiyat miqyosida raqobatchi tarmoqlarning samaradorligini baholash uchun zarur. Nomukammal raqobatga asoslangan bozorning birinchi modeli monopolistik raqobatga asoslangan bozordir. Monopolistik raqobat deganda quyidagi bozor holati tushuniladi: 1) ko’p sonli uncha yirik bo’lmagan, lekin o’xshash tovarlarni xaridorlarga taklif etadilar. Uni erkin raqobatdan farqi shundaki, bu erda ishlab chiqaruvchilar unchalik ko’p bo’lmaydi, lekin ular o’zaro til biriktira olmaydilar. Xar bir firmaning bozor narxiga ta’siri cheklangan bo’ladi. Ular bir-biridan mustaqil harakat qiladilar, ayrim raqobatchining qo’llagan chora- tadbirlari bozor ahvoliga unchalik ta’sir qilmaydi; 2) firmalar bozorga bir xil mahsulotning turli ko’rinishlarini olib chiqadilar. Tovarlarning sifati, shakli, o’ralishi, qadoqlanishi, sotish sharoiti tabaqalashadi. Ikkinchi tomondan, bir turdagi tovarlar, masalan, dorixona, restoran, oshxonalar kabi o’z mahsulotlarini tabaqalashtiruvchi turli raqiblar ko’pchilikni tashkil etadi. Xaridorning tanlash imkoni bor. Sotuvchilar o’rtasida shuning uchun xaridorni o’ziga jalb qilish maqsadida raqobat kurashi ketadi. Nomukammal raqobatning yana bir turi oligopoliyadir. Unda raqobat bilan monopoliya o’ziga xos tarzda birlashib, qo’shilib ketadi. Oligopoliya (yunoncha — ozchilik, sotaman) ishlab chiqarish va bozorda uncha ko’p bo’lmagan, sanoqli firmalar hukmronligidir. Uning eng muhim tomoni raqobat kurashida ozchilik qatnashib, narx ustidan nazorat o’rnata oladi. U ozchilik hukmronligi yoki guruhiy monopoliyadan iboratligi tufayli korporatsiyalar rahbarlari o’zaro muzokaralar, telefon qo’ng’iroqlari, birgalikdagi ziyoratlar orqali narxni kelishib oladilar va uni o’zgarishini nazorat qiladilar. Erkin raqobat tashabbuskori Adam Smit ikki asr avval «Ishbilarmonlarni istisno tarzida jamiyatga qarshi bitim tuzish uchun til biriktirish maqsadida to’planishlarini hisobga olmaganda, birgalikda juda kam yig’ilishadi» deb bildirgan fikrini eslasak, uning naqadar haqligini his etamiz. Oligopolistlar o’rtasida bitim tuzish osongina kechmaydi. Chunki bozorda olish mumkin bo’lgan foydani, ta’sir doirasini bo’lishish kerak. Oligopoliya sharoitida hukmron tarmoqlarda bir xil yoki o’rin bosuvchi standartlashgan va tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqariladi. Standartlashgan mahsulotlarga po’lat, rux, mis, alyuminiy, tsement va hokazolar, tabaqalashgan mahsulotlarga esa turli rusumdagi avtomobillar, kir yuvish mashinalari, apparatlar, maishiy elektr asboblari va boshqalarni kiritish mumkin. Oligopoliya tarmoqlarida yirik uch-to’rt firma mahsulot ishlab chiqarishning asosiy qismini nazorat qiladi. Masalan, AQSh da avtomobilsozlikda katta uchlik: «Djeneral Motorz», Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling