Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/41
Sana14.11.2020
Hajmi1.81 Mb.
#145384
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


«Ford», «Kraysler», Yaponiyada «Toyota», «Xonda», «Nissan» kompaniyalari mavjud bo’lib, 
ishlab chiqarilgan avtomobillarning 90% i ular hissasiga to’g’ri keladi. 
 Oligopoliya hozirgi paytda keng tarqalgan, nomukammal raqobatning real hayotdagi 
ifodasidir. 
 Oligopoliya tarmoqlariga yangi firmalarning kirib kelishi qiyin, chunki mavjud firmalar 
bilan raqobatga kirish katta kuch, mablag’, vaqtni talab qiladi. Buni uddasidan chiqish juda 
qiyin. Raqib qo’ygan to’siqlarni engib o’ta olgan kuchli firmalargina tarmoqqa kirib kelishi 
mumkin. 
 Nomukammal raqobatning yana bir turi sof monopoliyadir. Sof monopoliyada mahsulot 
ishlab chiqaruvchi tarmoqda bitta firma hukmronlik qiladi. 
 Firmaning ishlab chiqaradigan mahsulotini boshqalar ishlab chiqara olmaydilar. Sof 
monopoliyada bu tarmoqqa boshqalarni kirib kelishiga to’siq kuchli, narxni to’la nazorat qiladi. 
 Iste’molchining sof monopoliyasi tarzida monopsoniya namoyon bo’ladi. Bunda ishlab 
chiqarilgan mahsulotning iste’molchisi bitta bo’ladi. Sof monopolist milliy bozorda hukmron 
firma jahon miqyosida shunday mavqega ega bo’lmasligi mumkin. Masalan, Toshkent aviatsiya 
birlashmasi, «O’zbekiston havo yo’llari» va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Ayrim 
firmalar esa jahon miqyosida ham shunday mavqeni egallashi mumkin. Masalan, mashhur «De 
Birs» firmasi, jahon miqyosida olmosga ishlov berib, sotishda hukmron mavqega ega. Umuman 
olganda bozor tarkibi va raqobat turlarini aniq chegaralash juda qiyin. XIX asrning 70- yillaridan 
XX asrning 30- yillarigacha iqtisodiy nazariyada neoklassik yo’nalish hukmron mavqega ega 
bo’lib, ular mukammal raqobat to’g’risidagi eskirgan dogmani himoya qilishardi. Ularning 
fikricha, mayda mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar asosiy o’rin tutadi, unga muvofiq ravishda 
iqtisodiyotda mukammal raqobat kurashi mavjud. 
 
Vaholanki bozorda monopollashuv jarayoni jadal kechib raqobatchilik asoslari 
emirilayotgan edi. 
 

 
 
 30- yillarning boshlarida iqtisodiy nazariyada ayrim olimlarning fikricha revolyutsiya yuz 
berdiki, uning natijasida mukammal raqobat to’g’risidagi dogmaga barham berildi. Kembridj 
universitetining professori Joan Robinson o’zining 1933 yili chop etilgan «Nomukammal 
raqobatning iqtisodiy nazariyasi» kitobida raqobat to’g’risidagi neokonservativ kentseptsiyani 
qattiq tanqid qiladi. Uning fikricha, iqtisodiy nazariyada turli qonuniyatlarni o’rganish, tadqiq 
qilishni odat tusiga kirgan mukammal raqobat sharoitlarini ko’rib chiqib, monopoliyani alohida 
hodisa sifatida qarash emas, balki tadqiqotni monopoliyalardan boshlab mukammal raqobatni 
alohida hodisa sifatida qarash to’g’riroq bo’lardi, deydi. 
 Nomukammal raqobat tushunchasiga amerikalik iqtisodchi Eduard Chemberlin katta 
hissa qo’shgan, u «Monopolistik raqobat nazariya-si» (1933) kitobida bozordagi real narxlar 
sof raqobatga ham, sof monopoliyaga ham yon bosmaydi, aksincha ular o’rtasidagi har ikki 
holatning nisbatiga ko’ra shakllanadi deb ko’rsatadi. Raqobat bilan monopoliyaning birlashuvi 
monopolistik raqobat tarzida yuz beradi. U mahsulotni tabaqalanishini vujudga keltiradi. 
Tabaqalanish mahsulotning ma’lum bir xususiyatlariga ko’ra amalga oshadi. Masalan, tovar 
markasi, firma nomi, tovarlarni o’ziga xos, diqqatni jalb etadigan qilib o’rash yoki bo’lmasa 
tovarning individual xususiyatlari: sifati, rangi, shakli 
— 
stili va hokazolarga qa-rab 
tabaqalanishi mumkin. Chakana savdoda bu — sotuvchining joylashgan o’rni, yaratilgan 
umumiy muhit, sotuvchining ish olib borish manerasi, o’zini tutishi, halol, ishbilarmon sifatida 
erishgan obro’-e’tibori, shaxsiy aloqalari kabilarni o’z ichiga oladi. 
 
Monopoliya va konkurentsiyani hozirgi zamondagi nisbatini real tushunish sof 
monopoliya ham, mukammal raqobat ham yo’q ekan, unda bozor qanday holatda degan savolga 
javob berishni zarur qilib qo’yadi. 
 
G’arbda hozirgi zamon bozori holatini «Ekonomiks»  darsligining mualliflari 
«nomukammal raqobat» deb atashadi. Ularning hammasi «mukammal raqobatdan» hozirgi 
paytda iz ham qolmadi, uning o’rniga o’ziga xos tarzda monopoliya bilan raqobatning birga 
qo’shilib ketgan shakllari keldi deb e’tirof etishadi. Erkin raqobat klassik kapitalizmga xos. U 
mukammal raqobat tarzida XIX asrda faqat Angliyada mavjud bo’lgan xolos, hozirgi paytda 
erkin raqobat kam uchraydigan holat. o’arb mamlakatlarida erkin raqobatni qimmatbaho 
qog’ozlar bozorida va fermerlar faoliyatida ko’rish mumkin. Industrial ishlab chiqarish 
bosqichida moliya kapitali vujudga kelishi bilan erkin raqobat o’rniga monopoliyalar kirib 
keladi. Iqtisodiyotni monopollashuvi fan-texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ishlab 
chiqarishning kontsentratsiyasi kuchayishining qonuniy oqibati bo’lib maydonga chiqadi. 
Samuelson bu holatga baho berib, yirik ishlab chiqarish biznesni monopollashuviga olib 
kelishini ko’rsatadi. Monopoliyalar vujudga kelishi, raqobatni cheklasa-da, lekin u albatta qoladi. 
Xatto o’z bozorlarida etakchi rol o’ynaydigan firmalarning ham doimo bir-ikki kichik bo’lsa 
ham raqobatchisi bo’ladi. Xozirgi vaqtda sof monopoliya tizimiga to’g’ri keladigan bozorni ham 
topish qiyin. Sof monopoliya ko’pincha noyob mahsulotga ega bo’lish bilan bog’liq. Ammo, 
noyob-likning o’zi abadiy emas. Noyob mahsulotning o’rinbosari yoki undan ham yaxshirog’i 
yaratiladiki, bu monopoliyani zil ketishiga olib keladi. 80- yillarning boshlarida AQShda uzoq 
masofali telefon aloqasi sof monopoliya tizimiga kirgan. «Ameriken tele- 
foun end telegraf» kompaniyasi o’z aktivlarining miqdori jihatidan dunyoda birinchi o’rinda 
turgan. Raqobat kurashi natijasida bu tarmoqqa boshqa kompaniyalarning kirib kelishi ekspress 
poch-ta va sun’iy yo’ldosh aloqalaridan foydalanishni yo’lga qo’yilishi bu bozorni oligopoliyaga 
aylantirdi. 
 
P. Samuelson hozirgi zamon iqtisodiy hayotida raqobat bilan monopoliyalarning 
qo’shilib ketishi xarakterli ekanini ko’rsatib, raqobat mukammal emas, balki ustun darajada 
nomukammal monopolistik xarakterga ega, deydi. 
 Real va ideal bozor nazariyada farqlanadi. Nazariy jihatdan raqobat turlari mukammal 
raqobat, nomukammal cheklangan raqobat, oligopoliya, sof monopoliya alohida ajratib tahlil 
qilinsa, real hayotda esa ular ko’pincha chirmashib, tutashib ketgan tarzda uchraydi. 
 

 
 
3-§. Monopoliya. Bozorda uning roli va o’rni 
 
 Monopoliya so’zi yunoncha «mono»    bitta,  «polis»    sotaman so’zlaridan tarkib 
topib, iqtisodiy faoliyatning biror (ishlab chiqarish, savdo va hokazolar) sohasida shaxs yoki 
kishilar guruhi, davlatning yakka hukmronligini ifodalaydi. Bu o’z tabiatiga ko’ra 
monopoliyaning raqobat bilan to’g’ridan-to’g’ri qarama-qarshiligini bildiradi. 
 Real hayotda bozorda yagona firma faoliyat ko’rsatadigan vaziyatni topish qiyin. 
Monopoliya termini ayniqsa «sof» monopoliya doimo shartli ravishda qo’llaniladi. 
 Mukammal raqobat va «sof» absolyut monopoliya — bu bozordagi ikki qutb, ikki 
mantiqiy chegarani ifodalovchi nazariy abstraktsiya. Uni quyidagi ko’rinishda ifodalash 
mumkin. 
 
Mukammal raqobat va monopoliya  
 
 
Bozor holati 
(vaziyati) 
Mukammal raqobat 
Monopoliya 
 
Sotuvchilar soni 
Ko’p 
Bitta 
Bozorga kirish va 
chiqishdagi to’siqlar 
mavjudligi 
Yo’q 
Bor (bozorga 
kirishga) 
 
Mahsulot 
turlari 
Mahsulot bir turda , 
standartlashgan 
Bir mahsulot 
 
Narx ustidan nazorat 
Yo’q 
Nazorat o’rnatiladi 
  
 
 Ishlab chiqarishni industrlashuvi kapitalni kontsentratsiyasi va markazlashuvini talab 
etadi. Chunki yangi texnika-texnologiya uchun katta kapital kerak. Kapitalning kontsentratsiyasi 
hamda markazlashuvi, ya’ni raqobatchilarning birlashuvi qo’shilishi esa monopoliyaga olib 
keladi. Taniqli iqtisodchi M. Fridmenning fikriga ko’ra, monopoliyaning vujudga kelish manbai 
uchta: a) texnik zaruriyat; b) hukumatning bevosita yoki bilvosita qo’llab-quvvatlashi; v) xususiy 
kelishuv. 
  
 Iqtisodiyotda raqobat kurashi ikki yoqlama tendentsiyada namoyon bo’ladi. Raqobat 
kurashining o’zi bir tomondan monopoliyaga olib kelsa, ikkinchi tomondan monopoliyalarni zil 
ketishiga olib keladi. 
 Monopoliyalar tashkil topishi, iqtisodiyotdagi qamrovi va boshqa jihatlari bilan bir-
biridan farq qiladi. 
 Monopoliyalar haqida fikr yuritganda, ular faoliyatini tahlil etganda unga turli jihatdan 
yondashish mumkin. 
 Iqtisodiy  adabiyotlarda  monopoliya  turlari quyidagicha tasniflanadi: 
 Iqtisodiyotni qamrab olish darajasiga ko’ra — ma’lum tarmoq miqyosida sof 
monopoliya. Bunda sotuvchi bitta, bozor boshqa sotuvchilar uchun yopiq. U sotish uchun 
tovarlar miqdori va narx ustidan to’la nazorat o’rnatadi. 
 Milliy xo’jalik miqyosida — absolyut monopoliya. Bu davlat yoki uning xo’jalik 
idoralari tomonidan o’rnatilgan monopoliya. Masalan, tashqi savdo bo’yicha davlat 
monopoliyasi. 
 Monopsoniya (sof va absolyut) — bunda resurs va tovarlarni sotib oluvchi bitta bo’ladi. 
 
 Kelib chiqish sabablari va xarakteriga ko’ra monopoliyaning quyidagi turlari 
mavjud: 

 
 
 
Monopoliyaning kelib chiqish sabablari va  
uning turlari  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tabiiy monopoliyalar. Bular ishlab chiqarishdagi ob’ektiv texnologik jarayonlarning 
xususiyatlaridan kelib chiqib, hamda kamyob, erkin tarzda takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan 
(masalan, metallar, er uchastkalari) resurslarga ega bo’lgan mulkdorlar va xo’jalik yurituvchi 
korxona infrastrukturaning jamiyat uchun alohida strategik ahamiyatga ega tarmoqlari kiradi. 
Masalan, temir yo’l transporti, energetika, harbiy-sanoat kompleksi va hokazolar. Tabiiy 
monopoliyalar ko’pincha ishlab chiqarishning katta miqyosi bilan iqtisodiy afzallikka, yutuqqa 
ega bo’lishlari bilan o’zini oqlaydi. Bunda tovarlar eng kam xarajat qilib ishlab chiqarilishi bilan 
xarakterlanadi. Boshqa shu turdagi faoliyat ko’rsatadigan ko’pgina firmalar bo’lganda bunday 
natijaga erishib bo’lmasdi. Odatda, jamiyat a’zolarining manfaatini himoya qilish maqsadida 
tabiiy monopoliyalarga davlat egalik qiladi yoki tartibga solib turadi. 
 Legal monopoliyalar. Ular qonuniy asosda vujudga kelgan monopoliyalar bo’lib, 
quyidagi shakllarni o’z ichiga oladi: 
 a) patent tizimi. Patent hukumat tomonidan qilingan ixtiro uchun faqat ixtirochiga 
beriladigan guvohnoma, hujjat bo’lib, undan ixtirochi o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanadi. Patent 
deb, ovchilik, savdo bilan shug’ullanish huquqini beradigan hujjatga ham aytiladi; 
 b) mualliflik huquqi, unga muvofiq faqat mualliflar o’z asarlarini ma’lum bir davr yoki 
bir umrga sotish, ko’paytirish huquqini olishadi; 
 v) savdo belgilari, nishonlari, maxsus rasmlari, nomi, simvol-belgilar bo’lib, ular tovar, 
xizmat yoki firmaning boshqalardan ajralib turishini ta’minlaydi. Ro’yxatdan o’tkazilgan savdo 
nishonlaridan raqiblarning foydalanishi taqiqlanadi. 
 Sun’iy monopoliyalar. Shartli ravishda tabiiy monopoliyadan ajratish uchun shunday 
nomlanadi. Bu monopolistik manfaatni ko’zlab, korxonalarning birlashuvidan iborat. Bu 
monopoliyalar bozor tarkibini ataylab o’zgartiradilar: 
 — yangi firmalarning bozorga kirishiga to’sqinlik qiladilar; 
 — autsayder (monopolistik birlashmaga kirmagan korxona)lar uchun arzon xom ashyo, 
energiya manbalaridan foydalanishni cheklaydilar; 
 — yuqori darajadagi (yangi firmalarga nisbatan) texnologiya yaratadilar; 
 — katta kapital sarflab, ishlab chiqarish miqyosini ko’paytirish imkoniga ega bo’ladilar; 
 — yaxshi yo’lga qo’yilgan reklamalar yordamida yangi firmalarni molini kasodga 
uchratadilar. 
Kelib chikish sabablari 
Monopoliya turlari 
Ishlab chiqarishdagi ob’ektiv 
texnologik zaruriyat, ishlab chiqarish-
ning kontsentratsiya(to’planuvchi) 
darajasi yuqori bo’lishi zaruriyati 
Tabiiy monopoliya 
Bir markazdan amal qilish zarurli- 
gi, qonuniy asosda vujudga kelishi 
Legal monopoliya 
Raqiblarni engish maqsadida 
kelish 
Sun’iy monopoliya 
Bozorda boshqalar egallamagan joy, 
ishlab chiqarilmagan tovar, xizmat- 
larni qidirish, topish, taklif ko’p 
yoki kamligini o’rganish. 
Tasodifiy monopoliya 

 
 
 Sun’iy monopoliyalarning qator shakllari mavjud bo’lib, XIX asr oxiri va XX asr 
boshlarida ularning keng tarqalgan shakllari kartel, sindikat, trest va kontsernlar bo’lgan. 
 Kartel — bir tarmoqdagi bir necha korxonalarning ittifoqi bo’lib, uning qatnashchilari 
o’z ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga egalik qilishni to’la saqlab qoladi, mahsulotlarni 
o’zlari realizatsiya qilishadi. Bitim, kvota-umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulush, sotish 
bahosi, bozorlarni bo’lib olish yuzasidan tuziladi. Kartel tarixan Germaniyada keng tarqalgan. 
Xozirgi zamon karteliga misol sifatida «OPEK» tashkilotini ko’rsatish mumkin. 
 Sindikat  — bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi bo’lib, ishlab 
chiqarish alohida yuritilib, mahsulot esa o’zaro tashkil etilgan idora orqali sotiladi. 
Monopoliyaning bu shakli asrimiz boshida Rossiyada tarqalgan. 
 Trest  — ma’lum tadbirkorlar guruhining ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga 
birgalikdagi egalik qilishi bo’lib, foyda har birining qo’shgan kapitaliga qarab taqsimlanadi. 
Monopoliyaning bu shakli AQShda keng tarqalgan. Trestlar vatani AQSh hisoblanadi. 
 Trestlar dastlab radikal tarzda texnologik yangilanish, eski, qoloq ishlab chiqarishni 
yangilashga olib keldi. Bu o’z navbatida xarajatlarni pasaytirish va ishlab chiqarish masshtabini 
kengaytirishga olib keldi. Trest shaklidagi monopoliyalar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida 
elektrotexnika va avtomobilsozlikni, kimyo, metallurgiyani rivojlantirishga olib keldi. 
 Kontsernlar  monopoliyaning eng yuqori va murakkab shakli bo’lib, turli sohalardagi 
rasman mustaqil kompaniyalardan tashkil topib, bosh kompaniya ular ustidan moliyaviy nazorat 
o’rnatadi (VIII bob). 
 Kontsernlarning boshqa monopoliya shakllaridan afzalligi shundaki, birinchidan, rasman 
mustaqil, bu ozmi-ko’pmi ularga faoliyat erkinligini beradi. 
 Ikkinchidan, qaysi tarmoq mahsuloti — xizmatlariga talab yuqori bo’lsa, aynan shu 
sohaga tezda kapital qo’yish imkonini beradi. Kontsernlar universallikning afzalligi bilan 
ixtisoslanishning ustunliklarini o’zida mujassamlashtiradi. 
 Monopoliyaning kontsernlar shakli tarixan Yaponiyada keng tar-qalgan. 
 Bulardan tashqari, monopoliyalarning boshqa turlari ham bor, lekin ular unchalik ko’p 
tarqalmagan. 
 Umuman olganda, monopoliyalar ham iqtisodiyotning rivojlanishida o’ziga xos o’rin 
tutib, o’ziga xos ijobiy rol o’ynaydi. Ma’lum chegaradan o’tgach esa taraqqiyotga to’sqinlik 
qilib, jamiyat hayotiga salbiy ta’sir o’tkazadi. 
 Lekin bu monopoliyalarning vujudga kelishi bilan raqobat kurashi barham topadi degani 
emas. Raqobat kurashi monopoliya hukm-ronligi sharoitida ham muqarrar va keskinroq yuz 
beradi. 
 

 
 
4-§. Raqobat usullari 
 
 Iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub’ektlar o’zaro raqobatga kirishar ekan raqobatda yutib 
chiqish uchun turli-tuman uslublardan foydalanishadi, «tesha tegmagan» yangi yo’llarni o’ylab 
topishadi. Ularning xilma-xilligidan qat’i nazar umumiy tomoni bor. U narxga kelib taqaladi 
yoki bo’lmasa narx ishtirok etmaydi. 
 
Shunga ko’ra raqobatnnig ikki usuli bor: narx vositasida raqobatlashuv, narxdan 
foydalanmay raqobatlashuv. 
 Ularni qay biridan ko’proq foydalanish iqtisodiyotda bozorda mavjud shart-sharoitdan 
kelib chiqadi. 
 Raqobatning dastlabki bosqichlarida asosiy o’rinda narx vositasida raqobat turgan. Erkin 
raqobat davrida raqobat kurashining bosh usuli tovarlarni raqibnikidan ko’ra pastroq narxda 
sotish bo’lgan. 
 Iqtisodiyotni monopollashuvi raqobat kurashi usullarini ham o’zgartiradi. 
 Narx vositasida raqobat kurashi olib borishga nisbatan narxdan foydalanmay raqobat 
kurashi olib borish usullari kengroq qo’llanila boshlaydi. 
 Raqobat kurashida tovar sifati, uni sotish shart-sharoitlari, reklama qilishning ahamiyati 
ortib boradi. Ko’p firmalar o’z mahsulotlarini raqiblarinikidan yaxshiligini ko’rsatish maqsadida 
o’zlarining tovar belgilari, firma muhrlari orqali ko’rsatishga harakat qilishadi. Savdo bilan 
shug’ullanadigan kishilarni maxsus ko’rik, testlardan o’tkazib, ularni shirinsuxan, jozibali, 
«istarasi issiq» bo’lishiga ahamiyat beriladi. 
 Ko’pgina tovarlar sotilganda qo’shimcha imtiyozlar, bepul xizmatlar joriy etiladiki, ular 
ham qo’shimcha xaridorni jalb etadi. 
 Masalan, AQSh da ikki aviakompaniya «Pan Ameriken» bilan «Delta» o’rtasidagi 
raqobat kurashi «Delta» kompaniyasi g’alabasi bilan yakunlandi. Sababi, bu kompaniya o’z 
xizmatidan 30 marta foydalanganlarga er sharining xohlagan joyiga bepul uchishni tashkil etdi. 
 Yoki «Koka-Kola» korporatsiyasi o’z mahsulotlariga ko’proq potentsial xaridorlarni jalb 
etish uchun turli qimmatbaho yutuqlar joriy qiladi. 
 Narxdan foydalanmay, raqobatlashuv usullarining o’zgarishi jarayonini kuzatib, uni 
quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin: 
 1. 1860 — 1930 yillar «Tovar sifatini mo’ljalga olish davri». Bu davrda iste’molchilar 
ehtiyojini hisobga olmay, sohibkor o’z nuqtai nazaridan tovar sifatini yaxshilashga harakat 
qilgan. Bu davrda talab taklifga nisbatan yuqori, raqobat nisbatan kuchsiz bo’lgan. 
 2. 1930 — 1950 yillar «Sotishni mo’ljalga olish davri». Bunda xaridorga reklama va 
boshqa uslublar yordamida ta’sir qilib, yuqori darajada tovarlarni sotishga erishishni ta’minlash 
ko’zda tutilgan. Raqobat kurashi kuchaygan. Sotishning yangi uslublari: nasiyaga sotish, pochta 
orqali sotish va boshqalar yordamida potentsial xaridorlarni qondirilmagan ehtiyojlarini 
qondirishga erishilgan. 
 3. 1950 — 1960 yillar «Bozorni mo’ljalga olish», ya’ni nihoyatda yuqori sifatli (yuqori 
iste’mol naflilikka ega) alohida talabga ega tovarlar guruhini ajratish hamda maksimum darajada 
ana shunday tovarlarni sotishni ta’minlash. Lekin bunday tovarlarni ajratish oldindan 
rejalashtirilgan bo’lmay, ko’pincha tasodif va sotuvchining sezgirligi tufayli amalga oshirilgan. 
 
4. 60- yillardan hozirga qadar «Marketingga asoslanib ish yuritish davri». 
quyidagilarda ifodalanadi: 
 — firma, korxona faoliyatini uzoq muddat (10—15 yil) ga mo’ljallab biznes reja tuzish; 
 — aniq maqsadga yo’naltirilgan holda bozor, tovar va xaridorlarni o’rganish, tadqiq 
qilish; 
 
— sinchkovlik bilan «hisoblab chiqilgan» potentsial xaridorlarni ehtiyojlarini 
qondiradigan tovarlarni, «bozor yangiliklari» bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish; 
 — talabni shakllanishi va sotishni rag’batlantirishni kompleks metodlaridan foydalanish; 
 — mavjud axborotlardan tezda xabardor bo’lish, axborot to’plash. Bozorlarni tovarlar 
bilan to’lib-toshgani keskin raqobat kurashi, FTR natijasida tovarlar assortimentini tezda 

 
 
yangilash, nozik ta’bli turli-tuman xaridorlarning talabi hozirgi paytda bozorning talabini 
sinchkovlik bilan o’rganishni zarur qilib qo’yadi. 
 Ishlab chiqaruvchilar o’rtasida xaridorning puli uchun raqobat kurashining naqadar 
keskinligini quyidagi misolda ko’rishimiz mumkin. Ikkinchi jahon urushining 1 minuti AQSh ga 
9000 dollarga, Vetnam urushi 22000 dollarga tushgan bo’lsa, umummilliy telekanalda 1 minutlik 
reklama ko’rsatuvi 1000000 dollar turadi. Urush qimmat, lekin marketing urushi nihoyatda 
qimmat. 
 Raqobatda mahsulotning sifatini oshirish, iste’molchilarga kafolatli va qo’shimcha 
xizmatlar ko’rsatish, keng reklama
1
 va boshqalarning rolini ortishi ob’ektiv ravishda, avvalo fan-
texnika taraqqiyotiga bog’liq. Qolaversa, kishilarning dunyoqarashi, ruhiyatidagi o’zgarishlarga 
bog’liq. Buning natijasi o’laroq iste’molchilarning mahsulot sifatiga, ko’rsatiladigan «serviz» 
xizmatlariga talablari orta boradi. Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarining keng 
qo’llanishi narx vositasida raqobat umuman qo’llanilmaydi, degani emas. Narx vositasida 
raqobat kurashi mavjud, kelgusida ham bo’ladi. Faqat uni qo’llash usullari o’zgarib bormoqda. 
Aytaylik, narxni arzonlashtirishning yashirin yo’llaridan foydalanish. Narx vositasida raqobat 
keyingi paytlarda jahon bozorida qo’llanilyapti. Raqobat kurashi «halol»  yoki  «g’irrom» lik 
bilan amalga oshirilishi mumkin. 
 Iqtisodiy sohadagi raqobatda g’olib chiqish uchun: a) mavjud qonunlarni buzmaslik; b) 
ichki ishlarga aralashmaslik; v) jismoniy kuch ishlatmaslik va boshqalar talab etiladi. Shunga 
qaramay, real hayotda «g’irrom» usullar ham qo’llanib turiladi. Unga sanoat josusligi (raqibning 
moliya rejalari, yangilik «nou xau» lari, boshqa sirlarini o’g’irlash), raqibini xom ashyo, 
transportdan mahrum qilish, terrorchilik uyushtirish, ommaviy axborot vositalarida raqibning 
obro’sini tushirish va boshqalar kiradi. 
 Xar bir mamlakatda bunday usullardan foydalanganlar qonun yo’li bilan jazolanadi. 
 
                                                 
1
 Reklama lotincha so’zdan olingan bo’lib, baland ovozda baqirish, chaqirish, ma’lum 
qilish ma’nolarini bildiradi. Reklamaning dastlabki shakllari meloddan oldin shakllangan. 1841 
yilga kelib esa reklama bilan maxsus shuƒullanuvch birinchi agentlik Palmer tomonidan AQShda 
ochildi.  Ћozirgi paytda reklama nihoyatda keng qo’llanilib, marketingda, tovarlarni sotishda, 
raqobat kurashida asosiy o’ringa chiqdi. 

 
 
5-§. Raqobat cheklanishidan yo’qotishlar 
 
 Mukkammal raqobatga asoslangan bozor modeli jamiyatning resurslardan ratsional 
foydalanishini, mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy sarflarni minimallashtirishni ifodalaydi. 
 Nomukammal raqobat esa erkin raqobatda erishilgan muvozanatdan chetga chiqishni 
bildiradi. Raqobat cheklanishi, xo’jalik hayotini monopollashuvi jamiyatda ma’lum miqdorda 
yo’qotishlarga olib keladi. Ma’lumki, monopoliya eng avval narxlar ustidan nazorat o’rnatishi 
bilan ajralib turadi. 
 Narx ustidan hukmronlik (u doimo nisbatan bo’ladi) ishlab chiqarish xarajatlarini 
pasaytirish, fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishi, bozorni standartlashgan tovarlar bilan to’ldirish, 
ularning narxi ko’pchilik sotib olishi mumkin bo’lgan darajada bo’lishi bilan birga yuz bersa 
jamiyat yutadi. 
 Narx ustidan hukmronlikni insonni tabiat ustidan hukmronlik o’rnatishga urinishiga qiyos 
qilish mumkin. Masalan, er unumsiz bo’lsa, unga o’g’it solish va meliorativ ishlarni bajarish 
orqali o’zimiz uchun tabiatdan ko’proq in’om olishimiz mumkin. Lekin ta’sirimiz ma’lum 
chegaradan o’tib ketsa, atrof muhitga salbiy ta’sir ko’rsatamiz, muvozanatni buzamiz. Bu esa 
yaxshilik bilan tugamaydi. 
 Monopolizatsiya ham xuddi shunday. Ma’lum chegaradan o’tgach, u jamiyat uchun 
salbiy oqibatlar olib keladi. Ayniqsa, monopoliyalarni kelishib, sun’iy taqchillik hosil etishi eng 
xavfli sanaladi. Bunda ataylab korxona to’la quvvat bilan ishlatilmaydi. Chunki, foyda olishni 
ko’paytirishga xarajatlarni pasaytirishdan ko’ra narxni ko’tarishdan yoki, aksincha, raqobat 
kurashini cheklab, narx-ni arzonlashuviga yo’l qo’ymaslik bilan erishish osonroq. Shuning 
uchun talabni taklifga nisbatan ustun bo’lishini sun’iy ravishda saqlab turiladi. 
 Buning natijasida mahsulot ishlab chiqarish sur’ati pasayadi. Xarajatlarni pasaytirishga 
intilish susayadi. Raqobatni cheklash tufayli jamiyat uchun bo’ladigan yo’qotishlarni g’arb 
iqtisodchilari chizma yordamida quyidagicha ifodalaydilar.  
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Biror firmaning mahsulot ishlab chiqarish uchun me’yoriy xarajatlari MS egri chizig’ida, 
me’yoriy daromadlari esa MR egri chizig’ida ifodalanadi. U holda me’yoriy daromad bilan 
me’yoriy xarajatlarning kesishgan nuqtasi E bo’lib, bunda narx o’rtacha xarajatlarga teng 
R=MS=AS bo’ladi (XI bob). Shu mahsulotga talab esa D chizig’ida ifodalanadi. Bunda narx E1 
nuqtasi bo’yicha o’rnatiladi. Bu nuqta MS — me’yoriy xarajatlar bilan talab egri chizig’ining 
kesishgan nuqtasi. Bunda narx R1 darajasida bo’ladi, taklif Q1 bo’ladi. Narxning bunday 
belgilanishi mukammal raqobat kurashi sharoitiga to’g’ri keladi. Narx me’yoriy xarajatlarga teng 
bo’ladi. U holda iste’mol to’kinligi R1 E1R0 uchburchak maydoniga teng bo’ladi. Endi raqobat 
kurashini cheklash natijasida taklif kamaytirilib Q2 ga ko’chdi, deylik. Sababi shu hajmda 
D - talab 
me’ëriy  
daromad
AS - o’rtacha 
xarajatlar 
MS – me’ëriy 
xarajatlar 

 
 
mahsulot ishlab chiqarganimizda me’yoriy xarajatlar me’yoriy daromadga teng bo’ladi. 
Maksimal darajada foyda olinadi (VIII bob, 6- §). U holda narx E2 nuqtasi darajasida (talab bilan 
taklif kelishgan nuqta) belgilanadi, ya’ni R2 ga teng bo’ladi. E2 nuqtasi E nuqtasi bilan bir 
vertikalda joylashgan Q2R2E2R0 uchburchagi maydoniga teng bo’ladi. Taklif miqdori kamaytirilib, narx o’sishi hisobiga 
olinadigan monopol foyda miqdori shtrixlangan to’rtburchak R1SE2R2ga teng bo’ladi. Lekin 
asosiysi grafikda jamiyat uchun sof zarar (sof yo’qotishlar) ko’rinib turibdi. Bu EE1E2 
uchburchak maydoni. Shunday qilib, monopoliya go’yo «iste’mol to’kinligi»ni ikkiga bo’ladi. 
Uning bir qismi ishlab chiqaruvchiga, ya’ni monopoliyaga monopol foydasi (shtrixlangan 
maydon) shaklida tegadi. Ikkinchi, iste’molchiga tegishli qismi SE1E2  ishlab chiqaruvchiga 
tegishli ESE1 hech kimga tegmaydi. U jamiyat uchun umuman yo’qotiladi. 
 P. Samuelson hisoblariga ko’ra ana shu monopolistik asosida resurslarni taqsimlanishi 
tufayli jamiyat tomonidan ko’rilgan zarar AQShda yalpi milliy mahsulotning 0,5—2% iga teng 
ekan. Shuning uchun ham davlat monopoliyaga qarshi, raqobat uchun zarur muhit yaratish uchun 
chora-tadbirlar belgilaydi. 
 

 
 
Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling