Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent aviatsiya birlashmasi, «O’zbekiston havo yo’llari»
- «Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi»
- «Monopolistik raqobat nazariya-si»
- «Ameriken tele- foun end telegraf»
- 3-§. Monopoliya. Bozorda uning roli va o’rni
- Mukammal raqobat va monopoliya
- Iqtisodiyotni qamrab olish darajasiga ko’ra — ma’lum tarmoq miqyosida sof monopoliya.
- Kelib chiqish sabablari va xarakteriga ko’ra monopoliyaning quyidagi turlari mavjud
- Kelib chikish sabablari Monopoliya turlari
- Sun’iy monopoliyalarning
- 4-§. Raqobat usullari
- «Pan Ameriken» bilan «Delta»
- «Tovar sifatini mo’ljalga olish davri».
- «Sotishni mo’ljalga olish davri».
- «Bozorni mo’ljalga olish»
- «Marketingga asoslanib ish yuritish davri».
- «halol» yoki «g’irrom»
- 5-§. Raqobat cheklanishidan yo’qotishlar
«Ford», «Kraysler», Yaponiyada «Toyota», «Xonda», «Nissan» kompaniyalari mavjud bo’lib, ishlab chiqarilgan avtomobillarning 90% i ular hissasiga to’g’ri keladi. Oligopoliya hozirgi paytda keng tarqalgan, nomukammal raqobatning real hayotdagi ifodasidir. Oligopoliya tarmoqlariga yangi firmalarning kirib kelishi qiyin, chunki mavjud firmalar bilan raqobatga kirish katta kuch, mablag’, vaqtni talab qiladi. Buni uddasidan chiqish juda qiyin. Raqib qo’ygan to’siqlarni engib o’ta olgan kuchli firmalargina tarmoqqa kirib kelishi mumkin. Nomukammal raqobatning yana bir turi sof monopoliyadir. Sof monopoliyada mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda bitta firma hukmronlik qiladi. Firmaning ishlab chiqaradigan mahsulotini boshqalar ishlab chiqara olmaydilar. Sof monopoliyada bu tarmoqqa boshqalarni kirib kelishiga to’siq kuchli, narxni to’la nazorat qiladi. Iste’molchining sof monopoliyasi tarzida monopsoniya namoyon bo’ladi. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotning iste’molchisi bitta bo’ladi. Sof monopolist milliy bozorda hukmron firma jahon miqyosida shunday mavqega ega bo’lmasligi mumkin. Masalan, Toshkent aviatsiya birlashmasi, «O’zbekiston havo yo’llari» va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Ayrim firmalar esa jahon miqyosida ham shunday mavqeni egallashi mumkin. Masalan, mashhur «De Birs» firmasi, jahon miqyosida olmosga ishlov berib, sotishda hukmron mavqega ega. Umuman olganda bozor tarkibi va raqobat turlarini aniq chegaralash juda qiyin. XIX asrning 70- yillaridan XX asrning 30- yillarigacha iqtisodiy nazariyada neoklassik yo’nalish hukmron mavqega ega bo’lib, ular mukammal raqobat to’g’risidagi eskirgan dogmani himoya qilishardi. Ularning fikricha, mayda mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar asosiy o’rin tutadi, unga muvofiq ravishda iqtisodiyotda mukammal raqobat kurashi mavjud. Vaholanki bozorda monopollashuv jarayoni jadal kechib raqobatchilik asoslari emirilayotgan edi. 30- yillarning boshlarida iqtisodiy nazariyada ayrim olimlarning fikricha revolyutsiya yuz berdiki, uning natijasida mukammal raqobat to’g’risidagi dogmaga barham berildi. Kembridj universitetining professori Joan Robinson o’zining 1933 yili chop etilgan «Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi» kitobida raqobat to’g’risidagi neokonservativ kentseptsiyani qattiq tanqid qiladi. Uning fikricha, iqtisodiy nazariyada turli qonuniyatlarni o’rganish, tadqiq qilishni odat tusiga kirgan mukammal raqobat sharoitlarini ko’rib chiqib, monopoliyani alohida hodisa sifatida qarash emas, balki tadqiqotni monopoliyalardan boshlab mukammal raqobatni alohida hodisa sifatida qarash to’g’riroq bo’lardi, deydi. Nomukammal raqobat tushunchasiga amerikalik iqtisodchi Eduard Chemberlin katta hissa qo’shgan, u «Monopolistik raqobat nazariya-si» (1933) kitobida bozordagi real narxlar sof raqobatga ham, sof monopoliyaga ham yon bosmaydi, aksincha ular o’rtasidagi har ikki holatning nisbatiga ko’ra shakllanadi deb ko’rsatadi. Raqobat bilan monopoliyaning birlashuvi monopolistik raqobat tarzida yuz beradi. U mahsulotni tabaqalanishini vujudga keltiradi. Tabaqalanish mahsulotning ma’lum bir xususiyatlariga ko’ra amalga oshadi. Masalan, tovar markasi, firma nomi, tovarlarni o’ziga xos, diqqatni jalb etadigan qilib o’rash yoki bo’lmasa tovarning individual xususiyatlari: sifati, rangi, shakli — stili va hokazolarga qa-rab tabaqalanishi mumkin. Chakana savdoda bu — sotuvchining joylashgan o’rni, yaratilgan umumiy muhit, sotuvchining ish olib borish manerasi, o’zini tutishi, halol, ishbilarmon sifatida erishgan obro’-e’tibori, shaxsiy aloqalari kabilarni o’z ichiga oladi. Monopoliya va konkurentsiyani hozirgi zamondagi nisbatini real tushunish sof monopoliya ham, mukammal raqobat ham yo’q ekan, unda bozor qanday holatda degan savolga javob berishni zarur qilib qo’yadi. G’arbda hozirgi zamon bozori holatini «Ekonomiks» darsligining mualliflari «nomukammal raqobat» deb atashadi. Ularning hammasi «mukammal raqobatdan» hozirgi paytda iz ham qolmadi, uning o’rniga o’ziga xos tarzda monopoliya bilan raqobatning birga qo’shilib ketgan shakllari keldi deb e’tirof etishadi. Erkin raqobat klassik kapitalizmga xos. U mukammal raqobat tarzida XIX asrda faqat Angliyada mavjud bo’lgan xolos, hozirgi paytda erkin raqobat kam uchraydigan holat. o’arb mamlakatlarida erkin raqobatni qimmatbaho qog’ozlar bozorida va fermerlar faoliyatida ko’rish mumkin. Industrial ishlab chiqarish bosqichida moliya kapitali vujudga kelishi bilan erkin raqobat o’rniga monopoliyalar kirib keladi. Iqtisodiyotni monopollashuvi fan-texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ishlab chiqarishning kontsentratsiyasi kuchayishining qonuniy oqibati bo’lib maydonga chiqadi. Samuelson bu holatga baho berib, yirik ishlab chiqarish biznesni monopollashuviga olib kelishini ko’rsatadi. Monopoliyalar vujudga kelishi, raqobatni cheklasa-da, lekin u albatta qoladi. Xatto o’z bozorlarida etakchi rol o’ynaydigan firmalarning ham doimo bir-ikki kichik bo’lsa ham raqobatchisi bo’ladi. Xozirgi vaqtda sof monopoliya tizimiga to’g’ri keladigan bozorni ham topish qiyin. Sof monopoliya ko’pincha noyob mahsulotga ega bo’lish bilan bog’liq. Ammo, noyob-likning o’zi abadiy emas. Noyob mahsulotning o’rinbosari yoki undan ham yaxshirog’i yaratiladiki, bu monopoliyani zil ketishiga olib keladi. 80- yillarning boshlarida AQShda uzoq masofali telefon aloqasi sof monopoliya tizimiga kirgan. «Ameriken tele- foun end telegraf» kompaniyasi o’z aktivlarining miqdori jihatidan dunyoda birinchi o’rinda turgan. Raqobat kurashi natijasida bu tarmoqqa boshqa kompaniyalarning kirib kelishi ekspress poch-ta va sun’iy yo’ldosh aloqalaridan foydalanishni yo’lga qo’yilishi bu bozorni oligopoliyaga aylantirdi. P. Samuelson hozirgi zamon iqtisodiy hayotida raqobat bilan monopoliyalarning qo’shilib ketishi xarakterli ekanini ko’rsatib, raqobat mukammal emas, balki ustun darajada nomukammal monopolistik xarakterga ega, deydi. Real va ideal bozor nazariyada farqlanadi. Nazariy jihatdan raqobat turlari mukammal raqobat, nomukammal cheklangan raqobat, oligopoliya, sof monopoliya alohida ajratib tahlil qilinsa, real hayotda esa ular ko’pincha chirmashib, tutashib ketgan tarzda uchraydi. 3-§. Monopoliya. Bozorda uning roli va o’rni Monopoliya so’zi yunoncha «mono» — bitta, «polis» — sotaman so’zlaridan tarkib topib, iqtisodiy faoliyatning biror (ishlab chiqarish, savdo va hokazolar) sohasida shaxs yoki kishilar guruhi, davlatning yakka hukmronligini ifodalaydi. Bu o’z tabiatiga ko’ra monopoliyaning raqobat bilan to’g’ridan-to’g’ri qarama-qarshiligini bildiradi. Real hayotda bozorda yagona firma faoliyat ko’rsatadigan vaziyatni topish qiyin. Monopoliya termini ayniqsa «sof» monopoliya doimo shartli ravishda qo’llaniladi. Mukammal raqobat va «sof» absolyut monopoliya — bu bozordagi ikki qutb, ikki mantiqiy chegarani ifodalovchi nazariy abstraktsiya. Uni quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin. Mukammal raqobat va monopoliya Bozor holati (vaziyati) Mukammal raqobat Monopoliya Sotuvchilar soni Ko’p Bitta Bozorga kirish va chiqishdagi to’siqlar mavjudligi Yo’q Bor (bozorga kirishga) Mahsulot turlari Mahsulot bir turda , standartlashgan Bir mahsulot Narx ustidan nazorat Yo’q Nazorat o’rnatiladi Ishlab chiqarishni industrlashuvi kapitalni kontsentratsiyasi va markazlashuvini talab etadi. Chunki yangi texnika-texnologiya uchun katta kapital kerak. Kapitalning kontsentratsiyasi hamda markazlashuvi, ya’ni raqobatchilarning birlashuvi qo’shilishi esa monopoliyaga olib keladi. Taniqli iqtisodchi M. Fridmenning fikriga ko’ra, monopoliyaning vujudga kelish manbai uchta: a) texnik zaruriyat; b) hukumatning bevosita yoki bilvosita qo’llab-quvvatlashi; v) xususiy kelishuv. Iqtisodiyotda raqobat kurashi ikki yoqlama tendentsiyada namoyon bo’ladi. Raqobat kurashining o’zi bir tomondan monopoliyaga olib kelsa, ikkinchi tomondan monopoliyalarni zil ketishiga olib keladi. Monopoliyalar tashkil topishi, iqtisodiyotdagi qamrovi va boshqa jihatlari bilan bir- biridan farq qiladi. Monopoliyalar haqida fikr yuritganda, ular faoliyatini tahlil etganda unga turli jihatdan yondashish mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda monopoliya turlari quyidagicha tasniflanadi: Iqtisodiyotni qamrab olish darajasiga ko’ra — ma’lum tarmoq miqyosida sof monopoliya. Bunda sotuvchi bitta, bozor boshqa sotuvchilar uchun yopiq. U sotish uchun tovarlar miqdori va narx ustidan to’la nazorat o’rnatadi. Milliy xo’jalik miqyosida — absolyut monopoliya. Bu davlat yoki uning xo’jalik idoralari tomonidan o’rnatilgan monopoliya. Masalan, tashqi savdo bo’yicha davlat monopoliyasi. Monopsoniya (sof va absolyut) — bunda resurs va tovarlarni sotib oluvchi bitta bo’ladi. Kelib chiqish sabablari va xarakteriga ko’ra monopoliyaning quyidagi turlari mavjud: Monopoliyaning kelib chiqish sabablari va uning turlari Tabiiy monopoliyalar. Bular ishlab chiqarishdagi ob’ektiv texnologik jarayonlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, hamda kamyob, erkin tarzda takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan (masalan, metallar, er uchastkalari) resurslarga ega bo’lgan mulkdorlar va xo’jalik yurituvchi korxona infrastrukturaning jamiyat uchun alohida strategik ahamiyatga ega tarmoqlari kiradi. Masalan, temir yo’l transporti, energetika, harbiy-sanoat kompleksi va hokazolar. Tabiiy monopoliyalar ko’pincha ishlab chiqarishning katta miqyosi bilan iqtisodiy afzallikka, yutuqqa ega bo’lishlari bilan o’zini oqlaydi. Bunda tovarlar eng kam xarajat qilib ishlab chiqarilishi bilan xarakterlanadi. Boshqa shu turdagi faoliyat ko’rsatadigan ko’pgina firmalar bo’lganda bunday natijaga erishib bo’lmasdi. Odatda, jamiyat a’zolarining manfaatini himoya qilish maqsadida tabiiy monopoliyalarga davlat egalik qiladi yoki tartibga solib turadi. Legal monopoliyalar. Ular qonuniy asosda vujudga kelgan monopoliyalar bo’lib, quyidagi shakllarni o’z ichiga oladi: a) patent tizimi. Patent hukumat tomonidan qilingan ixtiro uchun faqat ixtirochiga beriladigan guvohnoma, hujjat bo’lib, undan ixtirochi o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanadi. Patent deb, ovchilik, savdo bilan shug’ullanish huquqini beradigan hujjatga ham aytiladi; b) mualliflik huquqi, unga muvofiq faqat mualliflar o’z asarlarini ma’lum bir davr yoki bir umrga sotish, ko’paytirish huquqini olishadi; v) savdo belgilari, nishonlari, maxsus rasmlari, nomi, simvol-belgilar bo’lib, ular tovar, xizmat yoki firmaning boshqalardan ajralib turishini ta’minlaydi. Ro’yxatdan o’tkazilgan savdo nishonlaridan raqiblarning foydalanishi taqiqlanadi. Sun’iy monopoliyalar. Shartli ravishda tabiiy monopoliyadan ajratish uchun shunday nomlanadi. Bu monopolistik manfaatni ko’zlab, korxonalarning birlashuvidan iborat. Bu monopoliyalar bozor tarkibini ataylab o’zgartiradilar: — yangi firmalarning bozorga kirishiga to’sqinlik qiladilar; — autsayder (monopolistik birlashmaga kirmagan korxona)lar uchun arzon xom ashyo, energiya manbalaridan foydalanishni cheklaydilar; — yuqori darajadagi (yangi firmalarga nisbatan) texnologiya yaratadilar; — katta kapital sarflab, ishlab chiqarish miqyosini ko’paytirish imkoniga ega bo’ladilar; — yaxshi yo’lga qo’yilgan reklamalar yordamida yangi firmalarni molini kasodga uchratadilar. Kelib chikish sabablari Monopoliya turlari Ishlab chiqarishdagi ob’ektiv texnologik zaruriyat, ishlab chiqarish- ning kontsentratsiya(to’planuvchi) darajasi yuqori bo’lishi zaruriyati Tabiiy monopoliya Bir markazdan amal qilish zarurli- gi, qonuniy asosda vujudga kelishi Legal monopoliya Raqiblarni engish maqsadida kelish Sun’iy monopoliya Bozorda boshqalar egallamagan joy, ishlab chiqarilmagan tovar, xizmat- larni qidirish, topish, taklif ko’p yoki kamligini o’rganish. Tasodifiy monopoliya Sun’iy monopoliyalarning qator shakllari mavjud bo’lib, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ularning keng tarqalgan shakllari kartel, sindikat, trest va kontsernlar bo’lgan. Kartel — bir tarmoqdagi bir necha korxonalarning ittifoqi bo’lib, uning qatnashchilari o’z ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga egalik qilishni to’la saqlab qoladi, mahsulotlarni o’zlari realizatsiya qilishadi. Bitim, kvota-umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulush, sotish bahosi, bozorlarni bo’lib olish yuzasidan tuziladi. Kartel tarixan Germaniyada keng tarqalgan. Xozirgi zamon karteliga misol sifatida «OPEK» tashkilotini ko’rsatish mumkin. Sindikat — bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi bo’lib, ishlab chiqarish alohida yuritilib, mahsulot esa o’zaro tashkil etilgan idora orqali sotiladi. Monopoliyaning bu shakli asrimiz boshida Rossiyada tarqalgan. Trest — ma’lum tadbirkorlar guruhining ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga birgalikdagi egalik qilishi bo’lib, foyda har birining qo’shgan kapitaliga qarab taqsimlanadi. Monopoliyaning bu shakli AQShda keng tarqalgan. Trestlar vatani AQSh hisoblanadi. Trestlar dastlab radikal tarzda texnologik yangilanish, eski, qoloq ishlab chiqarishni yangilashga olib keldi. Bu o’z navbatida xarajatlarni pasaytirish va ishlab chiqarish masshtabini kengaytirishga olib keldi. Trest shaklidagi monopoliyalar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida elektrotexnika va avtomobilsozlikni, kimyo, metallurgiyani rivojlantirishga olib keldi. Kontsernlar monopoliyaning eng yuqori va murakkab shakli bo’lib, turli sohalardagi rasman mustaqil kompaniyalardan tashkil topib, bosh kompaniya ular ustidan moliyaviy nazorat o’rnatadi (VIII bob). Kontsernlarning boshqa monopoliya shakllaridan afzalligi shundaki, birinchidan, rasman mustaqil, bu ozmi-ko’pmi ularga faoliyat erkinligini beradi. Ikkinchidan, qaysi tarmoq mahsuloti — xizmatlariga talab yuqori bo’lsa, aynan shu sohaga tezda kapital qo’yish imkonini beradi. Kontsernlar universallikning afzalligi bilan ixtisoslanishning ustunliklarini o’zida mujassamlashtiradi. Monopoliyaning kontsernlar shakli tarixan Yaponiyada keng tar-qalgan. Bulardan tashqari, monopoliyalarning boshqa turlari ham bor, lekin ular unchalik ko’p tarqalmagan. Umuman olganda, monopoliyalar ham iqtisodiyotning rivojlanishida o’ziga xos o’rin tutib, o’ziga xos ijobiy rol o’ynaydi. Ma’lum chegaradan o’tgach esa taraqqiyotga to’sqinlik qilib, jamiyat hayotiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Lekin bu monopoliyalarning vujudga kelishi bilan raqobat kurashi barham topadi degani emas. Raqobat kurashi monopoliya hukm-ronligi sharoitida ham muqarrar va keskinroq yuz beradi. 4-§. Raqobat usullari Iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub’ektlar o’zaro raqobatga kirishar ekan raqobatda yutib chiqish uchun turli-tuman uslublardan foydalanishadi, «tesha tegmagan» yangi yo’llarni o’ylab topishadi. Ularning xilma-xilligidan qat’i nazar umumiy tomoni bor. U narxga kelib taqaladi yoki bo’lmasa narx ishtirok etmaydi. Shunga ko’ra raqobatnnig ikki usuli bor: narx vositasida raqobatlashuv, narxdan foydalanmay raqobatlashuv. Ularni qay biridan ko’proq foydalanish iqtisodiyotda bozorda mavjud shart-sharoitdan kelib chiqadi. Raqobatning dastlabki bosqichlarida asosiy o’rinda narx vositasida raqobat turgan. Erkin raqobat davrida raqobat kurashining bosh usuli tovarlarni raqibnikidan ko’ra pastroq narxda sotish bo’lgan. Iqtisodiyotni monopollashuvi raqobat kurashi usullarini ham o’zgartiradi. Narx vositasida raqobat kurashi olib borishga nisbatan narxdan foydalanmay raqobat kurashi olib borish usullari kengroq qo’llanila boshlaydi. Raqobat kurashida tovar sifati, uni sotish shart-sharoitlari, reklama qilishning ahamiyati ortib boradi. Ko’p firmalar o’z mahsulotlarini raqiblarinikidan yaxshiligini ko’rsatish maqsadida o’zlarining tovar belgilari, firma muhrlari orqali ko’rsatishga harakat qilishadi. Savdo bilan shug’ullanadigan kishilarni maxsus ko’rik, testlardan o’tkazib, ularni shirinsuxan, jozibali, «istarasi issiq» bo’lishiga ahamiyat beriladi. Ko’pgina tovarlar sotilganda qo’shimcha imtiyozlar, bepul xizmatlar joriy etiladiki, ular ham qo’shimcha xaridorni jalb etadi. Masalan, AQSh da ikki aviakompaniya «Pan Ameriken» bilan «Delta» o’rtasidagi raqobat kurashi «Delta» kompaniyasi g’alabasi bilan yakunlandi. Sababi, bu kompaniya o’z xizmatidan 30 marta foydalanganlarga er sharining xohlagan joyiga bepul uchishni tashkil etdi. Yoki «Koka-Kola» korporatsiyasi o’z mahsulotlariga ko’proq potentsial xaridorlarni jalb etish uchun turli qimmatbaho yutuqlar joriy qiladi. Narxdan foydalanmay, raqobatlashuv usullarining o’zgarishi jarayonini kuzatib, uni quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin: 1. 1860 — 1930 yillar «Tovar sifatini mo’ljalga olish davri». Bu davrda iste’molchilar ehtiyojini hisobga olmay, sohibkor o’z nuqtai nazaridan tovar sifatini yaxshilashga harakat qilgan. Bu davrda talab taklifga nisbatan yuqori, raqobat nisbatan kuchsiz bo’lgan. 2. 1930 — 1950 yillar «Sotishni mo’ljalga olish davri». Bunda xaridorga reklama va boshqa uslublar yordamida ta’sir qilib, yuqori darajada tovarlarni sotishga erishishni ta’minlash ko’zda tutilgan. Raqobat kurashi kuchaygan. Sotishning yangi uslublari: nasiyaga sotish, pochta orqali sotish va boshqalar yordamida potentsial xaridorlarni qondirilmagan ehtiyojlarini qondirishga erishilgan. 3. 1950 — 1960 yillar «Bozorni mo’ljalga olish», ya’ni nihoyatda yuqori sifatli (yuqori iste’mol naflilikka ega) alohida talabga ega tovarlar guruhini ajratish hamda maksimum darajada ana shunday tovarlarni sotishni ta’minlash. Lekin bunday tovarlarni ajratish oldindan rejalashtirilgan bo’lmay, ko’pincha tasodif va sotuvchining sezgirligi tufayli amalga oshirilgan. 4. 60- yillardan hozirga qadar «Marketingga asoslanib ish yuritish davri». U quyidagilarda ifodalanadi: — firma, korxona faoliyatini uzoq muddat (10—15 yil) ga mo’ljallab biznes reja tuzish; — aniq maqsadga yo’naltirilgan holda bozor, tovar va xaridorlarni o’rganish, tadqiq qilish; — sinchkovlik bilan «hisoblab chiqilgan» potentsial xaridorlarni ehtiyojlarini qondiradigan tovarlarni, «bozor yangiliklari» bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish; — talabni shakllanishi va sotishni rag’batlantirishni kompleks metodlaridan foydalanish; — mavjud axborotlardan tezda xabardor bo’lish, axborot to’plash. Bozorlarni tovarlar bilan to’lib-toshgani keskin raqobat kurashi, FTR natijasida tovarlar assortimentini tezda yangilash, nozik ta’bli turli-tuman xaridorlarning talabi hozirgi paytda bozorning talabini sinchkovlik bilan o’rganishni zarur qilib qo’yadi. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasida xaridorning puli uchun raqobat kurashining naqadar keskinligini quyidagi misolda ko’rishimiz mumkin. Ikkinchi jahon urushining 1 minuti AQSh ga 9000 dollarga, Vetnam urushi 22000 dollarga tushgan bo’lsa, umummilliy telekanalda 1 minutlik reklama ko’rsatuvi 1000000 dollar turadi. Urush qimmat, lekin marketing urushi nihoyatda qimmat. Raqobatda mahsulotning sifatini oshirish, iste’molchilarga kafolatli va qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish, keng reklama 1 va boshqalarning rolini ortishi ob’ektiv ravishda, avvalo fan- texnika taraqqiyotiga bog’liq. Qolaversa, kishilarning dunyoqarashi, ruhiyatidagi o’zgarishlarga bog’liq. Buning natijasi o’laroq iste’molchilarning mahsulot sifatiga, ko’rsatiladigan «serviz» xizmatlariga talablari orta boradi. Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarining keng qo’llanishi narx vositasida raqobat umuman qo’llanilmaydi, degani emas. Narx vositasida raqobat kurashi mavjud, kelgusida ham bo’ladi. Faqat uni qo’llash usullari o’zgarib bormoqda. Aytaylik, narxni arzonlashtirishning yashirin yo’llaridan foydalanish. Narx vositasida raqobat keyingi paytlarda jahon bozorida qo’llanilyapti. Raqobat kurashi «halol» yoki «g’irrom» lik bilan amalga oshirilishi mumkin. Iqtisodiy sohadagi raqobatda g’olib chiqish uchun: a) mavjud qonunlarni buzmaslik; b) ichki ishlarga aralashmaslik; v) jismoniy kuch ishlatmaslik va boshqalar talab etiladi. Shunga qaramay, real hayotda «g’irrom» usullar ham qo’llanib turiladi. Unga sanoat josusligi (raqibning moliya rejalari, yangilik «nou xau» lari, boshqa sirlarini o’g’irlash), raqibini xom ashyo, transportdan mahrum qilish, terrorchilik uyushtirish, ommaviy axborot vositalarida raqibning obro’sini tushirish va boshqalar kiradi. Xar bir mamlakatda bunday usullardan foydalanganlar qonun yo’li bilan jazolanadi. 1 Reklama lotincha so’zdan olingan bo’lib, baland ovozda baqirish, chaqirish, ma’lum qilish ma’nolarini bildiradi. Reklamaning dastlabki shakllari meloddan oldin shakllangan. 1841 yilga kelib esa reklama bilan maxsus shuƒullanuvch birinchi agentlik Palmer tomonidan AQShda ochildi. Ћozirgi paytda reklama nihoyatda keng qo’llanilib, marketingda, tovarlarni sotishda, raqobat kurashida asosiy o’ringa chiqdi. 5-§. Raqobat cheklanishidan yo’qotishlar Mukkammal raqobatga asoslangan bozor modeli jamiyatning resurslardan ratsional foydalanishini, mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy sarflarni minimallashtirishni ifodalaydi. Nomukammal raqobat esa erkin raqobatda erishilgan muvozanatdan chetga chiqishni bildiradi. Raqobat cheklanishi, xo’jalik hayotini monopollashuvi jamiyatda ma’lum miqdorda yo’qotishlarga olib keladi. Ma’lumki, monopoliya eng avval narxlar ustidan nazorat o’rnatishi bilan ajralib turadi. Narx ustidan hukmronlik (u doimo nisbatan bo’ladi) ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishi, bozorni standartlashgan tovarlar bilan to’ldirish, ularning narxi ko’pchilik sotib olishi mumkin bo’lgan darajada bo’lishi bilan birga yuz bersa jamiyat yutadi. Narx ustidan hukmronlikni insonni tabiat ustidan hukmronlik o’rnatishga urinishiga qiyos qilish mumkin. Masalan, er unumsiz bo’lsa, unga o’g’it solish va meliorativ ishlarni bajarish orqali o’zimiz uchun tabiatdan ko’proq in’om olishimiz mumkin. Lekin ta’sirimiz ma’lum chegaradan o’tib ketsa, atrof muhitga salbiy ta’sir ko’rsatamiz, muvozanatni buzamiz. Bu esa yaxshilik bilan tugamaydi. Monopolizatsiya ham xuddi shunday. Ma’lum chegaradan o’tgach, u jamiyat uchun salbiy oqibatlar olib keladi. Ayniqsa, monopoliyalarni kelishib, sun’iy taqchillik hosil etishi eng xavfli sanaladi. Bunda ataylab korxona to’la quvvat bilan ishlatilmaydi. Chunki, foyda olishni ko’paytirishga xarajatlarni pasaytirishdan ko’ra narxni ko’tarishdan yoki, aksincha, raqobat kurashini cheklab, narx-ni arzonlashuviga yo’l qo’ymaslik bilan erishish osonroq. Shuning uchun talabni taklifga nisbatan ustun bo’lishini sun’iy ravishda saqlab turiladi. Buning natijasida mahsulot ishlab chiqarish sur’ati pasayadi. Xarajatlarni pasaytirishga intilish susayadi. Raqobatni cheklash tufayli jamiyat uchun bo’ladigan yo’qotishlarni g’arb iqtisodchilari chizma yordamida quyidagicha ifodalaydilar. Biror firmaning mahsulot ishlab chiqarish uchun me’yoriy xarajatlari MS egri chizig’ida, me’yoriy daromadlari esa MR egri chizig’ida ifodalanadi. U holda me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajatlarning kesishgan nuqtasi E bo’lib, bunda narx o’rtacha xarajatlarga teng R=MS=AS bo’ladi (XI bob). Shu mahsulotga talab esa D chizig’ida ifodalanadi. Bunda narx E1 nuqtasi bo’yicha o’rnatiladi. Bu nuqta MS — me’yoriy xarajatlar bilan talab egri chizig’ining kesishgan nuqtasi. Bunda narx R1 darajasida bo’ladi, taklif Q1 bo’ladi. Narxning bunday belgilanishi mukammal raqobat kurashi sharoitiga to’g’ri keladi. Narx me’yoriy xarajatlarga teng bo’ladi. U holda iste’mol to’kinligi R1 E1R0 uchburchak maydoniga teng bo’ladi. Endi raqobat kurashini cheklash natijasida taklif kamaytirilib Q2 ga ko’chdi, deylik. Sababi shu hajmda D - talab me’ëriy daromad AS - o’rtacha xarajatlar MS – me’ëriy xarajatlar mahsulot ishlab chiqarganimizda me’yoriy xarajatlar me’yoriy daromadga teng bo’ladi. Maksimal darajada foyda olinadi (VIII bob, 6- §). U holda narx E2 nuqtasi darajasida (talab bilan taklif kelishgan nuqta) belgilanadi, ya’ni R2 ga teng bo’ladi. E2 nuqtasi E nuqtasi bilan bir vertikalda joylashgan Q2 olinadigan monopol foyda miqdori shtrixlangan to’rtburchak R1SE2R2ga teng bo’ladi. Lekin asosiysi grafikda jamiyat uchun sof zarar (sof yo’qotishlar) ko’rinib turibdi. Bu EE1E2 uchburchak maydoni. Shunday qilib, monopoliya go’yo «iste’mol to’kinligi»ni ikkiga bo’ladi. Uning bir qismi ishlab chiqaruvchiga, ya’ni monopoliyaga monopol foydasi (shtrixlangan maydon) shaklida tegadi. Ikkinchi, iste’molchiga tegishli qismi SE1E2 ishlab chiqaruvchiga tegishli ESE1 hech kimga tegmaydi. U jamiyat uchun umuman yo’qotiladi. P. Samuelson hisoblariga ko’ra ana shu monopolistik asosida resurslarni taqsimlanishi tufayli jamiyat tomonidan ko’rilgan zarar AQShda yalpi milliy mahsulotning 0,5—2% iga teng ekan. Shuning uchun ham davlat monopoliyaga qarshi, raqobat uchun zarur muhit yaratish uchun chora-tadbirlar belgilaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling