Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarqatma materiallardan namunalar
- Javoblar Asosiy tayanch tushunchalar: 1v); 2a); 3g); 4b); 5d); 6j); 7e); 8z); 9yo); 10i); Masala va mashqlar:.
- XV BOB. RAQOBAT VA BOZOR NARXLARINING ShAKLLANISHI
- 1. O’lchov, hisob-kitob qilish.
- 2. Iqtisodiyotni tartibga solish.
- 4. Ijtimoiy himoya vazifasi.
- 2-§. Narx turlari
T /N 1. Raqobatli bozorda uzoq muddatli davrda normal foyda nolga teng. 2. Ishlab chiqarishdagi ob’ektiv texnologik jarayonlarni xususiyatlaridan hamda kamyob, erkin tarzda takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslar, infrastrukturaning jamiyat uchun alohida strategik ahamiyatga ega tarmoqlari tabiiy monopoliyalarga kiradi. Respublikamizda tabiiy monopoliyalar faoliyati «Tabiiy monopoliyalar to’g’risida»gi qonun (1999 y.) asosida tartibga solinadi. 3. Monopoliya raqobatbardosh tarmoqqa nisbatan yuqori samaradorligi boisi yuqori foyda oladi. 4. Talab egri chizig’i monopoliya uchun doimo gorizontal. 5. Mukammal raqobatli firmalar bozorda monopolistik bozorga qaraganda nisbatan ko’prok turli-tuman tovarlar taklif qiladi. 6. Agar oligopolistik bozorda firma mahsulot narxini ko’tarsa yoki tushirsa, mahsulot hajmini ko’paytirsa yoki kamaytirsa u raqobatchi firmalarning foydasi va mahsulot sotish hajmiga ta’sir qiladi. 7. Monopolistik raqobatli bozorda resurslardan samarali foydalanib bo’lmaydi. 8. Oligopoliyalar o’rtasidagi raqobat ko’pincha narx yordamida amalga oshiriladi. 9. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch. 10. Raqobatni qanday tarzda amalga oshirilishiga ko’ra halol yoki g’irrom raqobatga bo’linadi. 11. Bozor iqtisodiyotining muhim afzalligi uning raqobatga asoslanganligidir. 12. Bozor iqtisodiyotida reklama qilish-qilmaslikning ahamiyati yo’q. Testlar 1. «Mukammal raqobatdosh firma» tushunchasi bu firma: a) o’z raqiblari bilan raqobatning faqat qonuniy metodlarini qo’llashni; b) bozor bahosi shakllanishiga ta’sir o’tkazmasligini; v) bozorni egallash uchun har qanday metodlarni qo’llashni; g) raqobatda o’zi uchun ko’zlagan bahosini o’rnatishga erishishni; d) o’z raqiblari bilan halol raqobat kurashi olib borishini anglatadi. 2. Agar firma mukammal raqobatli bozorda faoliyat yuritar ekan, o’z mahsulotini taklifini qisqartirsa, u holda: a) mahsulotni bozor bahosini pasayishiga olib keladi; b) taklifni kamaytiradi, mahsulot narxini ko’taradi; v) mahsulotning bozor bahosini o’sishiga olib keladi; g) bozorga hech qanday ta’sir o’tkazmaydi; d) taklifni ko’paytiradi, mahsulot narxini pasaytiradi. 3. Quyidagi bozorlardan qaysi birlarini mukammal raqobatga asoslangan bozorga kiritish mumkin? a) avtomobil, velosiped bozori; b) muzlatkich, televizor bozori; v) dehkon bozori, qimmatli qog’ozlar bozori; g) axborot, intellektual mulk bozori; d) ko’chmas mulk bozori. 4. Tabiiy monopoliyaga ... misol bo’la oladi. a) OPEK – xalqaro neft karteli; b) Fallabank; v) «Sharq» matbaa ishlab chiqarish kontserni; g) IBM kompaniyasi; d) Toshkent metropoliteni. 5. Aytaylik monopolist 10 birlik tovarini 10000 so’mdan sota oladi. 11- tovarni sotish esa uni bahosini 9950 so’mga tushishga olib keladi. Bunda me’yoriy daromad sotish hajmini 10dan 11gacha o’sishi evaziga a) 10000; b) 9950; v) 9450; g) 9400; d) 10995 teng bo’ladi. 6. O’zbekiston iqtisodiyotida ko’pchilik bozor: a) mukammal raqobatga asoslanadi; b) tartibga solib bo’lmaydigan monopoliya; v) tartibga solinadigan monopoliya; g) muayyan raqobatga va monopolistik bozorga xos elementlarga xos; d) tabiiy monopoliyalardan iborat. 7. Oligopoliya – bu. . . a) bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi raqobatlashuvchi ko’plab firmalar; b) tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqaruvchi ko’plab raqobatdosh firmalar; v) bir necha yirik raqobatdosh firmalar; g) bitta yirik firma; d) yagona yirik iste’molchi kompaniya. 8. Birinchi bo’lib oligopoliya nazariyasini asoslashga harakat qilgan iqtisodchi – bu . . . a) Ogyusten Kurno; b) Edvard Chemberlen; v) Joan Robinson; g) Jon Gelbreyt; d) Alfred Marshall. 9. Mukammal va monopolistik raqobatga asoslangan bozorning umumiy tomoni a) tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqaradi; b) bozorda sotuvchi va xaridorlar soni ko’p; v) har bir firma o’z mahsulotiga talab egri chizig’i gorizontal bo’lgan sharoitga duch keladi; g) bir turdagi tovarlar ishlab chiqarishadi; d) har bir firma o’z raqiblarini reaktsiyasiga ko’ra ish tutadi. 10. Oligopolistik bozor monopolistik raqobatli bozor bilan quyidagi tomonlari bilan o’xshash a) tarmoqqa kirish uchun to’siklar yo’qligi; b) firmalar uchun strategik yo’nalish xos; v) uncha ko’p bo’lmagan sotuvchilar ish yuritishadi; g) firmalar bozorda hukmron rol o’ynaydi; d) firmalar tarmoqdan to’siqlarsiz chiqib ketadi 11. Kartel bitimini buzish uchun urinish shuncha kam bo’ladi, qachonki: a) bitimni buzilishi va uni aniqlash o’rtasida uzoq vaqt o’tishi; b) bitimga rioya qilinmagani sezilmaslik ehtimoli yuqori bo’lsa; v) diskontlash koeffitsienti yuqori bo’lsa; g) kartel a’zolari o’rtasida xarajatlar teng bo’lsa; d) kartel bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishni tartibga solganda. 12. Tarmoqda 40ta firma bo’lib, ulardan hech biriga umumiy ishlab chiqarish hajmining 3%dan ortig’i to’g’ri kelmaydi. Mahsulot bozorda tabaqalashgan hisoblanadi. Bunday tarmoq: a) monopolistik raqobatga; b) sof monopoliyaga; v) mukammal raqobatga; g) oligopoliyaga; d) monopsoniyaga misol bo’la oladi. 13. Oligopoliyani boshqa bozor modellariga nisbatan tahlil qilish qiyin, sababi a) firmalar soni shuncha ko’pki, ularni nima qilishini aniqlik bilan aytib bo’lmaydi; b) me’yoriy xarajat va me’yoriy tushum egri chiziqlari oligopoliyalar uchun muvozanatli narxni va miqdorni aniqlashda hech qanday rol o’ynamaydi; v) firmalar faoliyati bir-biriga bog’liq bo’lmay, har biri haqida ma’lumot to’plash qiyin; g) boshqa bozor modelidagi firmalardan farqli ravishda oligopolistik bozorda firmalar foydani maksimallashtirishga intila di deb, faraz qila olmaymiz; d) firmalar o’rtasida sezilarli darajada bog’lanish mavjud hamda oligopolistik bozorda firmani bir qarorga kelishi boshqa bozorlarga nisbatan noaniqroq Tarqatma materiallardan namunalar Monopolistik ittifoqlarning qay tarzda vujudga kelishini quyidagi chizma orqali ko’rish mumkin. Monopolistik ittifoqlarning vujudga kelishi Bozor tarkibini farqlovchi xarakteristikasi. 1) firmalar soni; 2) mahsulot tipii; 3) tarmoqqa kirish naqadar osonligi; 4) narx o’rnatish imkoniyati; 5) raqobat usullari: narx yordamida yoki narxdan foydalanmay. Javoblar Asosiy tayanch tushunchalar: 1v); 2a); 3g); 4b); 5d); 6j); 7e); 8z); 9yo); 10i); Masala va mashqlar:. 1. Taklifning o’sishi, bahoni tushishi kuzatiladi. 2. 70 mln. so’m. 3. Monopol korxonalar 1996 yilga nisbatan 2,5 marta, mahsulotlar 17 marta kamaygan. Bu albatta ijobiy holat. Xizmat ko’rsatishda 106 turdagi xizmat, qurilish materiallarining 47 turi monopol iahsulot. 5. Agarda ko’mir, gaz, neft-kimyo sanoati, xizmatlarni tabiiy monopoliyalarga kiritsak, korxonalar sonida ularning ulushi 50%ni, mahsulotlari 47%ni tashkil etadi. 6. 1)(ming so’m hisobida) P Q TR TC TVC TFC ATC AVC MC 5,0 100 500 400 250 150 4 2,5 6 2) foydani maksimallashtirish MR (R)>MS; R>ATs; 3) optimal foyda olish uchun mahsulot ishlab chiqarishni shu darajaga etkazish kerakki, R =MR=MS bo’lishi, lekin ATs bahodan past bo’lishi lozim; 4) firma R omillarining rivojlanishida I shlab chiqarishda kapital sakrash sig’imining o’sishi ishlab chiqarish va kapital to’planuvi va arkazlashuvi yirik korxonalarning vu judga kelishi kuchayishi raqobat kurashining monopolistik ittifoqlar mumkinligi zarurligi monopolistik ittifoqlar monopoliyalar tashkil topishi 7. 1) «Tarmoqqa kirish to’siqlari» deb shunday to’siqlarga aytiladiki, shu tarmoqda ilgaridan faoliyat yuritayotgan firmalar bilan raqobatlashadigan yangi firmalarni shu tarmoqda faoliyat yuritishini qiyinlashtiradigan shart-sharoitlar tushuniladi; 2) to’siqlarni engish muammosi ularni bartaraf qilish mumkinligi va mumkin emasligida ifodalanadi; 3) bunday to’siqlar: - siyosiy; - tashkiliy; - tabiiy; - moddiy; - vaqtinchalik va hokazo bo’lishi mumkin. 8. a, b, v, e, j – rivojlangan mamlakatlarga ham xos. Shu bilan birga «g» punkti ham katta rol o’ynaydi. O’zbekistonda hozirgi paytda barcha punktlar ahamiyatga ega. Shuning uchun ham ularga diqqat qaratilmoqda. T/N 1N; 2T; 3N; 4N; 5N; 6T; 7T; 8N; 9T; 10T; 11T; 12N; Testlar 1b); 2g); 3v); 4d); 5v); 6g); 7v); 8a; 9b); 10b); 11v); 12a); 13d); XV BOB. RAQOBAT VA BOZOR NARXLARINING ShAKLLANISHI Iqtisodiyot nazariyasida mikromiqyosdagi tadqiqotda narx alohida o’rin tutadi. Ma’lumki mukammal raqobat kurashiga asoslangan bozorda narxga hech bir firma tomonidan tazyiq o’tkazish imkoni yo’q. Narxning shakllanishi talab va taklif asosida yuz beradi. Cheklangan raqobatga asoslangan bozorda esa narx shakllanishining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Navbatdagi bobda ana shu masalalarga diqqat qaratamiz. Oligopolistik, monopolistik va monopsonistik bozorda qanday tarzda narx va mahsulot hajmi o’rnatiladi ko’rib chiqamiz.. 1-§. Narx va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati Sotsiologlarning hisob-kitobiga qaraganda insonlarni eng ko’p qiziqtiradigan narsa ob- havo va narx-navo ekan. Narxning ahamiyatini tushuntirishning hojati yo’q. Chunki u har birimizning manfaatimizga taalluqli. Aqlimizni tanib biron narsani sotib olgan kunimizdan yoki oila a’zolarimizni qilgan xaridlaridan maishiy darajada narx nima, u kishilarning hayotida qanday rol o’ynashini his qila boshlaymiz. Narx qancha yuqori bo’lsa, demak buyum qimmat, uni sotib olish uchun ko’p pul talab etiladi, narx arzon bo’lsa, aksincha nisbatan kam pul kerak. Lekin narx, to’g’rirog’i narxlar faqat shaxsiy tushunchanigina emas, balki ijtimoiy kategoriyani ham ifodalaydi. Narxlar har bir kishining tovar xarid qilishi yoki sotishiga ta’sir qilibgina qolmay, barcha iqtisodiy jarayonlarni ham tartibga soladi. Narx bir tomondan nozik, moslashuvchan vosita bo’lsa, ikkinchi tomondan iqtisodiyotni boshqarishning, bozor mexanizmining qudratli quroli. Narx tarixiy kategoriya bo’lib, uning vujudga kelishi pulning vujudga kelishi bilan bog’liq. Dastlab, natural ayirboshlashdayoq ayirboshlash nisbatlari tarzida namoyon bo’lgan. Tovar shaklidagi, so’ngra metall va qog’oz pullarning vujudga kelishi bilan narx tovarga to’lash lozim bo’lgan pul miqdorini bildirgan. Bu erda shunday savol tug’iladi: «U yoki bu tovar uchun necha pul to’lash kerak?», boshqacha aytganimizda, narx qanday shakllanadi, ya’ni narx mexanizmi qanday ishlaydi? Narx deganda o’zi nimani tushunamiz? Narxni tashkil topishiga iqtisodiy nazariyada ikki xil yondashuv mavjud: klassik va neoklassik. Ana shu ikki xil yondashuvdan kelib chiqib, narxlarga ikki xil ta’rif beriladi. Birinchisi, klassik yondashuv, ya’ni ishlab chiqarish nuqtai nazaridan yondashish. Bunda narxlar ishlab chiqarish omillari, eng avvalo mehnat omili bilan bog’liqligi asoslanadi. Bunda narx quyidagicha ta’riflanadi: «Narx — tovar qiymatining puldagi ifodasidir». Narxni bunday ta’riflaganda asosiy diqqat qiymatga qaratiladi. A. Smit va D. Rikardo tomonidan asos solinib, keyinchalik J. S. Mill tomonidan rivojlantirilgan mehnat nazariyasiga ko’ra, tovarning qiymati unga sarflangan mehnat xarajatlari bilan o’lchanadi. Lekin avval ta’kidlaganimizdek u nazariy kategoriyaligicha qola berdi. Chunki amalda tovar ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnatni o’lchashning iloji yo’q. Amalda qiymat bilan narx o’rtasidagi bog’lanish xarajatlar printsipini qo’llash orqali tatbiq etildi. Unga ko’ra narx miqdori tovar birligini ishlab chiqarish uchun barcha omillarga qilingan xarajatlar bilan o’lchanadi, ya’ni narx xarajatlar asosida shakllanadi. Xarajatlarga ma’lum miqdorda olinadigan foydaning qo’shilishi natijasida narx tashkil topadi. Narxni shunday tarzda ta’riflanishi: a) tovar va xizmatlarni baholashni faqat mehnat mahsuli bo’lgan tovarlar bilan cheklashga; b) xarajatlar ko’paygan sari narxni qimmatlashuvini o’rinli deb e’tirof etishga olib keladi. Ikkinchi, neoklassik nuqtai nazarga ko’ra «Narx tovarlar va xizmatlarning nafliligini baholash vositasi bo’lib, unga to’lanadigan pul miqdorini ifodalaydi». Narxni bunday ta’riflashda ikki narsaga: a) narxni tovar va xizmatlarning nafliligi, foydaliligi bilan bevosita bog’liq ekanligiga e’tibor qaratiladi; b) tovar va xizmat narxi ayirboshlash jarayonidagina yuzaga chiqishi ta’kidlanadi. Demak, bozorsiz, bozorda yuz beradigan oldi-sotdisiz narx haqida bir nima deyish qiyin. Faqat bozordagina narx o’rnatilishi mumkin. Xozirgi zamon iqtisodiy nazariyasida iqtisodchilar tomonidan eng ko’p qo’llab- quvvatlangan neoklassik nazariya Marshallning baho1 kontseptsiyasidir. U qiymatni inkor qilib, faqat almashuv qiymati, ya’ni baho mavjudligini tan oladi. U bahoning shakllanishida me’yoriy naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif kontseptsiyalarini birlashtirib, yagona kontseptsiya tarzida ilgari suradi: qisqa muddatli muvozanatda narxga naflilik ko’proq ta’sir ko’rsatsa, uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish xarajatlari muhim rol o’ynashini ko’rsatib beradi. Xar ikkisini solishtirib ko’rib, narxni ta’riflashga bozor mexanizmi nuqtai nazaridan yondashuv nisbatan universal hamda amaliy ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Narx va uning o’sish darajasiga qarab nainki bozordagi vaziyatga, kon’yunkturaga, balki mamlakatdagi iqtisodiy holatga ham baho berish mumkin. Narxning iqtisodiy mazmuni, ahamiyatini uning funktsiyalari to’laroq ko’rsatib beradi. Narx asosan quyidagi funktsiya va vazifalarni bajaradi. 1. O’lchov, hisob-kitob qilish. Narx vositasida tovarning naf-liligini taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lamiz. Narxlar orqali qilingan sarflar va olingan natijani, ishlab chiqarish va iste’mol hajmini o’lchash mumkin bo’ladi. Ma’lumki, hamma narsa ham moddiy o’lchamli bo’lavermaydi. Masalan, sozanda ijro etgan musiqa, xonanda ijro etgan qo’shiq, shifokor, o’qituvchi mehnati va boshqa shunga o’xshash ishlarning moddiy o’lchami yo’q. Ularni faqat xizmatning narxiga qarab pulda o’lchash mumkin. Qolaversa moddiy o’lchamga ega bo’lgan taqdirda ham hamma mahsulotlarni faqat narx orqaligina umumiy ko’rsatkichda ifodalash mumkin. Chunki moddiy o’lchamlar turlicha hisoblanib, ularni bir butun qilib qo’shib bo’lmaydi. Masalan, gaz ishlab chiqarish kubometrda ifodalansa, neft tonnada, gazlama metrda o’lchanadi va hokazo. YaIM miqdori bozor narxi asosida hisoblanib, avvalgi yillar bilan taqqoslanadi. Umuman olganda, har bir oiladan, firmadan boshlab to butun mamlakat miqyosigacha narxlar yordamida faoliyat natijalari o’lchanadi, tahlil qilinadi, rejalashtiriladi hamda kelgusidagi o’zgarishlar taxmin qilinadi, istiqbol belgilanadi. 2. Iqtisodiyotni tartibga solish. Bozor narxi va uning o’zgarib turishi orqali qanday tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish zarurligi aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab chiqarishga asoslanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchini bir-biri bilan bog’laydi. Ana shu bog’lanish narx-navo orqali yuz beradi. Narxdagi o’zgarish bozor holatini belgilaydi. U talab va taklif nisbatidan kelib chiqadi. Qanday turdagi tovarga talab yuqori bo’lsa, narxi baland bo’ladi, aksincha bo’lsa narxi past bo’ladi. Natijada talabning ko’pligi ishlab chiqarishning hajmini ko’paytirish, aksincha taklifning ko’pligi ishlab chiqarish hajmini qisqartirish zarurligini ko’rsatadi. Bu erda narx ishlab chiqaruvchi faoliyatiga o’z-o’zidan emas, balki uning oladigan daromadi orqali ta’sir qiladi. Muayyan ishlab chiqarish xarajatlari saqlangan holda narx yuqori bo’lsa, foyda ko’p bo’ladi, narx pasaysa foyda kamayadi. Agarda narx qilgan xarajatlarni qoplamasa zarar ko’riladi. Foyda olgan korxona rivoj topadi, kengayadi, zarar ko’rgani bankrot bo’lib yopilib ketadi. Bunda talab katta bo’lgan tovarlar ishlab chiqarish uchun qo’shimcha resurslar jalb qilinadi, zarar keltirgan tovarlar ishlab chiqarish to’xtatiladi. Shunday qilib, resurslar foyda keltiradigan soha, tarmoqlariga oqib o’tadi. Natijada zarur tovarlar taklifi ko’payadi, narxlar tushadi. O’z navbatida resurslar endi narxi yuqori tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohasiga ko’chadi. Shunday qilib, narxlarning tebranib turishi re-surslarni kerakli sohalarga oqib o’tishini ta’minlaydi. Narx firmalarni kerakli mahsulot ishlab chiqarishga majbur qiladi. Narx ana shu yo’sinda iqtisodiyotni tartibga soladi. 3. Taqsimlash. Narxning bu vazifasi avvalgi tartibga solish funktsiyasi bilan bog’liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab taklifga qaraganda yuqori bo’lsa, yuqori narx orqali xaridorning puli sotuvchi, ishlab chiqaruvchining cho’ntagiga o’tib, uni ana shu xaridorgir mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishga undaydi, rag’batlantiradi. Aksincha, taklif ko’p bo’lib, narxning past bo’lishi ishlab chiqaruvchining, sotuvchining ko’zlagan daromadini ololmay, xaridorning qo’shimcha naf ko’rishiga olib keladi. Aytaylik, bir hafta avval ko’ylak 1000 so’m bo’lsin. Xaridor kelasi hafta ko’ylak olish maqsadida bozorga chiqqanda ko’rdiki narx tushib 500 so’m bo’libdi. Endi u xohlasa 2 ta ko’ylak olishi yoki bir ko’ylakdan ortgan puliga boshqa zarur tovarni sotib olishi mumkin. Narx orqali daromad taqsimlanadi. U o’z navbatida korxona, soha, tarmoqlar o’rtasida resurslarni taqsimlanishiga olib keladi. 4. Ijtimoiy himoya vazifasi. Aholining iste’mol byudjeti yashash minimumi, turli ne’matlarni iste’mol qilishi, xarajatlari hajmi, tarkibi, qolaversa turmush darajasi, narxlar va ularning o’zgarishiga bog’liq. Narxlarning o’zgarishi kishilarning reaktsiyasi, munosabatida juda sezgirlik bilan aks etadi. Kishilar narxlarning o’sishi turmush darajasini pasaytiradi deb qarashadi. Odatda, daromadlarning ortishi, bozordagi tovarlar taklifi miqdori, iste’mol tarkibi o’zgarishiga bunchalik ahamiyat berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining nochor va kambag’al qatlamlariga tovarlar arzonlashtirilgan narxda sotiladi. Bular ijtimoiy dotatsiyalashgan narxlar bo’lib, ular moliyaviy jihatdan davlat byudjeti yoki turli xayriya mablag’lari orqali ta’minlanadi. Masalan, g’arb mamlakatlarida aholi kambag’al qatlamlari uchun alohida do’konlar mavjud. Respublikamizda non, shakar kabi oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsion narx belgilanadi. Bu narx ijtimoiy himoyani ta’minlasa-da, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirmaydi. Chunki narx hamma uchun bir xil bo’ladi. Ular ma’lum vaqtgacha qo’llanib, so’ngra erkin bozor narxlariga almashtiriladi. Bulardan tashqari, narx bozor iqtisodiyotining muhim vositasi sifatida o’zaro bog’langan boshqa qator vazifalarni ham bajaradi. 2-§. Narx turlari Bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-birini taqozo etuvchi, har xil maqsadlarda qo’llanuvchi, turli vazifalarni bajaruvchi narxlar majmui amal qiladi. Narxlarga qaysi nuqtai nazardan yondashishga hamda iqtisodiyotda qanday amal qilishiga qarab, ularni turli guruhlarga ajratish mumkin. 1. Sotish usuli, operatsiyasi, miqyosi, sohasi jihatidan narxlar ulgurji, chakana, xarid narxlari, xizmat ko’rsatish tariflaridan iborat. Mahsulotlarni ko’tarasiga, ya’ni katta miqdorda sotish narxlari ulgurji narxlar deyiladi. Firmalar, korxonalar, maxsus do’konlar, tovar birjalari tomonidan ulgurji narxlar bo’yicha sotiladi. Odatda, ulgurji narxlarda ishlab chiqaruvchilar bir-birlariga yoki vositachilarga mahsulotlarini sotadilar. Ulgurji narxlar ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga, fan va texnika taraqqiyotining rivojlanishiga ta’sir qiladi. Ulgurji narxlar ko’pincha shart-noma— kontrakt narxlari tarzida qo’llaniladi. Bu narxlar ishlab chiqaruvchilarning xarajatlarini qoplash va ma’lum miqdorda foyda olishini ta’minlashi kerak. Ulgurji narx odatda chakana narxning 60—80% ini tashkil etadi. Tovarning iste’molchiga chakana savdo tarmoqlari orqali donalab yoki kichik miqdorlarda sotilganda qo’yiladigan narx chakana narx deyiladi. Chakana narxlarda asosan iste’mol tovarlari aholiga, nisbatan kamroq — firma, tashkilot, tadbirkorlarga sotiladi. Chakana savdo orqali, chakana narxlarda tovarlar pirovard iste’molchiga sotiladi. Chakana narxlarning ulgurji narxlarga qaraganda savdo ustamasi miqdori ko’p. Savdo ustamasi chakana savdo xarajatlarini qoplash va foyda olish imkoniyatini beradi. Respublikamizda savdo ustamasi ulgurji narxga nisbatan 20% miqdorida belgilangan. Chakana narx talab va taklifga qarab o’zgarib turadi. Xarid narxlari — bu davlat tomonidan korxona, tashkilot, aholidan sotib olinadigan mahsulotlarga belgilanadi. Xarid narx-lari bo’yicha amaliyotimizda davlat korxonalardan qishloq xo’jalik mahsulotlari chunonchi bug’doy, paxta, pilla sotib oladi. Bu narxlar xarajatlarni qoplash bilan birgalikda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur jamg’arishni ta’minlashni ham ko’zda tutadi. Bu narxlarning alohida xususiyati shundaki, ma’lum hollarda xarid narxlariga ustamalar, imtiyozlar ko’zda tutiladi. O’ziga xos narx turlaridan biri tariflardir. Tariflar xizmat ko’rsatish sohalarida qo’llaniladi. Xizmat ko’rsatish jarayonida yangi mahsulot yaratilmaydi, balki mavjud mahsulotning sifati o’zgartiriladi. Ko’pincha, xizmat jarayoni uni iste’mol qilish bilan birga boshlanadi. Xizmat ko’rsatishni iqtisodiy faoliyat turi sifatida o’ziga xos xususiyatga ega ekanligi ularga narx belgilashda ham namoyon bo’ladi. Uni tarif deb yuritiladi. Xizmatlarga tarif belgilaganda faqatgina ish hajmi emas, balki vaqti, sifati ham muhim rol o’ynaydi. Tariflarning tipik shakli sifatida misol qilib maishiy xizmatlar — telefon, kommunal xizmat tariflarini ko’rsatish mumkin. 2. Tartibga solish darajasi va uslubiga ko’ra narxlar qat’iy belgilangan, tartibga solinadigan, shartnoma va erkin narxlarga bo’linadi. Qat’iy narxlar davlat tashkilotlari tomonidan belgilanadi va uning darajasi rasmiy hujjatlarda aks ettiriladi. Bu turdagi narxlar asosan davlat iqtisodiyotida monopol mav- qega ega bo’lgan mamlakatlarda mavjud. Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan qat’iy belgilangan narxlardan erkin bozor narxiga o’tib boriladi. Bu jarayonni liberallashtirish yoki erkin narxlarga o’tish deb yuritiladi. Tartibga solinadigan narxlar — bu davlat idoralari tomonidan tartibga solinadigan narxlardir. Davlat soliq imtiyozlari berib, narxni tushirishni rag’batlantirishi mumkin. Yoki ayrim tovarlarga narx miqdorini cheklashi mumkin. Bu albatta narxlarning o’sib ketishining oldini oladi. Lekin, uning qator kamchiliklari bor. Narxni yuqori chegarasini davlat tomonidan belgilab qo’yilishi ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga olib kelishi mumkin. Sababi narx ketgan xarajatlarni qoplab ishlab chiqarishni kengaytirish imkoni darajasida foyda olish imkonini bermaydi. Natijada tovar taqchilligi vujudga keladi. Bu o’z navbatida qat’iy belgilangan narxlar kabi, nolegal — chayqov bozorini vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solinadigan narxlar davlat tomonidan mamlakatdagi shart-sharoitga ko’ra tatbiq etiladi. Bunda davlat narxning yuqori chegarasini belgilab qo’yadi. Aytaylik, rentabellik darajasi, foyda normasi 50% dan oshmasligi kerakligi ko’rsatilgan bo’lsa, demak mahsulotga sarflangan xarajatlar 800 so’m bo’lsa, uning narxi 1200 so’mdan oshmasligi kerak. Odatda, ko’pincha bunday narxlar jamiyat hayotida muhim o’rin tutadigan tovar va xizmatlarga nisbatan qo’llaniladi. Xozirgi payt-da juda ko’p mamlakatlarda ana shunday tovarlar 15—20% ni tashkil etadi. Shartnoma narxlari — oldi-sotdi qilish yuzasidan shartnoma asosida kelishilgan narx bo’lib, u shartnoma hujjatlarida rasmiylashtiriladi. Xozirgi paytda shartnomalarda alohida bo’lim narx masalasiga bag’ishlanadi. Unda ko’pincha narxning absolyut miqdori emas, balki narxning diapazoni (dan boshlab gacha, chegarasi) yoki bu narxlarni davlat, bozor, jahon narxlari bilan aloqasi ko’rsatiladi. Shuningdek, shartnomada ko’rsatilgan narxlarni o’zgartirish mumkin bo’lgan holatlar, aytaylik inflyatsiya, yangi qonunlarni qa-bul qilish kabilar izohlanadi. Erkin narxlar. Nomining o’zi ko’rsatib turibdiki, bu narxlar bozordagi talab va taklif asosida belgilanadi. U bozordagi muvozanat narxi bo’ladi. Bu baholar xalq iste’mol mollarining barcha turlari yoki aholiga ko’rsatiladigan xizmat tariflarida namoyon bo’ladi. Savdo tashkilotlarining turli do’konlarida, dehqon bozorida, iste’mol bozorida yo boshqa turdagi bozorlarda har kuni biz chakana narxlarni ko’ramiz. Yuqoridagi sanab o’tilgan narxlar turli me’yoriy hujjatlarda o’z ifodasini topadi. Ulgurji va chakana narx preyskurantlari, narx kataloglari, smeta-normalar, narx kitoblari kabi hujjatlar shular jumlasidandir. Aholiga hujjatlar yoki birja e’lonlari orqali ma’lum qilinadigan baholar — nominal narxlar deb ataladi. Bunday hujjatlar narxlar haqida axborot bankini tuzib narx siyosatini yuritishda zamonaviy kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan savdo tashkilotlari o’rtasida oldindan kelishib olingan va belgilangan baho kelishilgan narx deyiladi.Bu narxlar davlat belgilagan qat’iy narx-dan ham, erkin bozor narxlaridan ham farq qilishi mumkin, ammo faqat kelishilgan muddat davomida amal qilishi bilan boshqa narxlardan ajralib turadi. Bunday narxlarni qo’llashda tegishli nazorat joriy etilishi kerak.Chunki monopoliya tovarlar taqchilligidan foydalanib, kelishilgan holda narxni sun’iy oshirib, xalq hisobidan foyda ko’rishi yoki chayqovchilik vositasiga ayla-nishi mumkin. Tovarlarni ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan uni iste’mol etuvchi (xaridor) o’rtasida bitimga binoan har ikki tomonni roziligiga qarab belgilangan narxlar shartnoma narxlari deyiladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan narxlardan tashqari turli jihatlariga ko’ra guruhlarga ajratilgan narx turlari xilma-xil. Iqtisodiy tahlil qilish statistikada iqtisodiy taraqqiyot darajasi, erishilgan natijalarni taqqoslash uchun o’zgarmas yoki qiyosiy narxlardan foydalaniladi.Chunki real hayotda narxlarga inflyatsiya ta’sir etadi.Buni hisobga olinmasa noto’g’ri xulosa chiqarish mumkin. Yangi turdagi tovar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilayotganda, yangi o’zlashtiriladigan tovar, xizmat, material, yarim fabrikatlar, energiya, ishlab chiqarish uchun ob’ektlar qurishda loyiha baholari qo’llaniladi. Yangi tovar xizmatlari sifatini aniqlash uchun qo’llaniladigan baholar bazis narxlari bo’ladi. U namunaviy narx sifatida xizmat qiladi. Xalqaro savdoda ham bazis narxlar ishlatiladi. Agarda tovarning sifati kelishilgandan farq qilsa, bazis narx boshlang’ich narx sifatida xizmat qiladi. Monopoliyalar tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarish bahosidan baland yoki past qilib belgilangan narx — monopoliya narxi deb ataladi.Odatda, monopoliyalar sotadigan tovarlarning narxini yuqori, boshqa firmalardan oladigan mahsulotlar narxini esa past qilib belgilashadi. Maksimal va minimal chegaralari belgilangan baholar limit narxlari deb ataladi. Bu narxlardan yangi tovarni bozorda qaysi narxda o’tishini sinab ko’rish va yangiliklarni rag’batlantirish uchun foydalaniladi. Erning, suvning, har xil er osti qazilmalaridan olinadigan xom ashyolarning va hayvonot dunyosining o’z narxlari bor. Qonun bilan taqiqlangan faoliyat uchun yashirin narxlar mavjud. Jahon bozorida tovar va xizmatlar jahon narxlari asosida oldi-sotdi qilinadi.Bozorlarni egallash maqsadida demping narx-lari belgilanishi mumkin.Bu narxlar bozordagi mavjud narxlardan past darajada belgilanadi.Uni xususiy firmalar qo’llashi yoki davlatning o’zi belgilashi mumkin. Umuman, narxlar xilma-xil bo’lib, u iqtisodiy tizimda o’ziga xos mustaqil yo’nalishni tashkil etadi. Narxlar olamini yaxshi bilish, tushunish bozor iqtisodiyoti sharoitida nihoyatda katta aha-miyatga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling