Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


-§. Bozor iqtisodiyoti umuminsoniy iqtisodiyot


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/41
Sana14.11.2020
Hajmi1.81 Mb.
#145384
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


2-§. Bozor iqtisodiyoti umuminsoniy iqtisodiyot 
 
 Jamiyat insonlardan tarkib topar ekan, ularning har birini o’z shaxsiy hayoti, hayotdan 
maqsadi, orzusi mavjud. Xar bir kishi jamiyatda yashaganligi tufayli bu orzu-maqsadlarni 
amalga oshirish jamiyat orqali sodir bo’ladi. Pirovard natijada har bir kishining taqdiri jamiyat 
va undagi hukmron sotsial-iqtisodiy tizim bilan bog’liq bo’ladi. 
 Xar bir inson farovon yashashga, kishilar o’rtasida obro’-e’tibor qozonishga, qolaversa 
o’zidan so’ng tarixda nom qoldirishga intiladi. 
 Tadqiqotchi-psixologlarning  fikricha insoniyatning asosiy qismi farovon yashash uchun 
harakat qilar ekan. Turmush farovon bo’lishi uchun turli-tuman ne’matlar mo’l-ko’l bo’lishi 
kerak. Bunday mo’l-ko’llikni yuqori darajadagi mehnat unumdorligi ta’minlaydi. 
 Kishilik jamiyati o’z taraqqiyoti davomida mehnat unumini oshirish uchun insonni 
mehnatga jalb qilishning turli yo’llarini qo’llagan. Ularni asosan 3 guruhga bo’lish mumkin: 
 a) mehnatga majbur qilish; 
 b) mehnatga iqtisodiy rag’batlantirish; 
 v) mehnatga ma’naviy rag’batlantirish. 
 Bu usullar birgalikda qo’llanib kelingan, lekin tarixiy rivojlanish bosqichlarida, turli 
sotsial-iqtisodiy tizimlarda ularning nisbati turlicha bo’lgan. 
 Inson ongida har doim o’z mehnat faoliyatini baholovchi psixologik jarayon sodir bo’lib 
turadi. U o’z ishining natijasini baholanishini, taqdirlanishini doimo tahlil etadi. Agar mehnatini 
taqdirlanishidan ko’ngli to’lmas ekan, hafsalasi pir bo’ladi, ishga qo’li bormaydi. Xar bir 
insonning mehnat qilishi va mehnati munosib taqdirlanishi jamiyat taraqqiyotida muhim rol 
o’ynaydi. 
 Insonning  fe’l-atvoriga  to’g’ri keladigan mehnatga jalb qilish-ning eng ma’quli mehnatga 
iqtisodiy rag’batlantirish ekan. Bu usulni ustun darajada bozor iqtisodiyoti sharoitidagina keng 
qo’llashga imkoniyat yaratiladi. Mulkning turli-tumanligi va teng-ligi, raqobat kurashi, iqtisodiy 
faoliyat erkinligi buning uchun asos yaratadi. Xar bir insonning hayot tarzi, turmush darajasi, 
eng avvalo uning topgan daromadiga bog’liq. 
 Umuman olganda daromad olishning ikki yo’li mavjud: 
 1. Mehnat evaziga. 
 2. Mulki evaziga. 
 Mehnat evaziga olinadigan daromad mehnatni iqtisodiy rag’batlantirish bilan bog’liq. 
Mehnat evaziga daromad topish hozirgi paytda ham asosiy o’rinda turadi. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida har bir inson o’z aqli, zakovati, salohiyati, malakasi, qiziqishi, tajribasiga qarab 
xohlagan mehnat faoliyati bilan shug’ullanish imkoniga ega. 
 Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi bozor iqtisodiyotining umuminsoniy iqtisodiyot 
ekanligini ko’rsatdi. Chunki, bozor iqtisodiyoti jamiyat a’zolarining asosiy maqsadi farovon 
hayot kechirishni amalga oshirish uchun zarur imkoniyat yaratish bilan boshqa iqtisodiy 
tizimlardan ustun turadi. 
 
Uning eng muhim afzalligi har bir kishini mehnat unumini oshirish uchun 
rag’batlantiradi. 
 «Faqat uyushgan bozorgina bugungi kunda xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini 
ochib bera oladi, boqimandalikka xotima beradi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira 
oladi, rag’batlantirishni va yo’qotilgan xo’jayinlik tuyg’usini qayta tiklaydi»1. 
 Bozor iqtisodiyotida daromad manbalaridan biri mulk hisoblanadi. Mulk egalari o’z 
mulklarini daromad topish maqsadida ishlatar ekan, u o’z navbatida mulkdan asrab-avaylab 
foydalanishga, eng samarali variantlarini topib ishlatishga undaydi. 
 
Bozor iqtisodiyotining afzalliklaridan biri resurslarni samarali taqsimlanishini 
ta’minlashdir. 
 Bozor iqtisodiyoti cheklangan resurslarni taqsimlash va ishlatishda almashuvga asoslanar 
ekan, eng avvalo zarur tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni yuqori darajada samarali bo’lishini 
ta’minlaydi. Kuchli raqobat kurashi sharoitida har bir iqtisodiy faoliyat yurituvchi o’z mavqeini 

 
 
saqlab qolishga harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchilar esa bunday sharoitda iloji boricha ko’proq 
harakat qilishadi. Buning asosiy yo’li ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishdir. 
 
Faqat bozorgina tejamli xo’jalik yuritishning kuchli oqilona jihatlarini yaratadi, 
xarajatlarni kamaytiradi, talon-toroj va lapashanglikka qarshi kurashadi1. 
 Xarajatlarni pasaytirishga esa mehnat unumdorligini oshirish, fan-texnika yangiliklarini 
ishlab chiqarishga joriy qilish orqali erishiladi. Xar bir ishlab chiqaruvchining resurslarni 
tejashga intilishi, ularni samarali taqsimlanishini ta’minlaydi. 
 
O’zgarayotgan sharoitga yuqori darajada tezda moslashuvchanlik ham bozorning 
ustunligi hisoblanadi. 
 Bozor mexanizmi yuqori darajada samarali tarzda zarur tovarlar ishlab chiqarishi va 
xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yadi. Chunki, jamiyat talabiga mos bo’lmagan tovarlar realizatsiya 
qilinmaydi. Natijada uning egalari sarflangan xarajatlarini qoplay olmaydilar, zarar ko’radilar. 
Ana shu xatar har bir ishlab chiqaruvchini bozordagi talabga tezda moslashishga majbur qiladi. 
 Natijada ana shu ishlab chiqarish tarkibi va hajmi talab asosida shakllanadi va unga 
binoan resurslar ham taqsimlanadi. 
 
«Faqat bozorgina ishlab chiqarishni iste’molchining manfaatlariga bo’ysundirish, 
mahsulotga bo’lgan talabni aniq hisobga olish, kon’yunktura o’zgarishlariga qarab tezlikda ish 
tutish imkoniyatini beradi»2. 
 Fan-texnika yutuqlaridan maksimal darajada foydalanish novatsiyaga moyilligi bozor 
iqtisodiyotining yana bir ustunligidir. 
 Raqobat kurashi natijada bankrot bo’lmaslik, sinmaslik uchun har bir ishlab chiqaruvchi 
va xizmat ko’rsatuvchi boshqalarga nisbatan kamroq xarajat qilishga, sifatliroq mahsulot ishlab 
chiqarishga, yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga intiladi. Bu 
maqsadlarga erishishda asosiy rolni fan-texnika yangiliklari o’ynaydi. Shuning uchun bozor 
mexanizmi yangiliklar qidirish, ixtirolar qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilishga doimiy 
amal qiluvchi stimul yaratadi. 
 «Faqat bozorgina yangiliklarga sezgir qiladi, fan va texnikaning eng so’nggi yutuqlarini 
dadil va g’ayrat bilan joriy etadi, o’z ishining ustasiga, kasb-mahoratiga munosib baho beradi»3. 
 Bozor iqtisodiyoti turli-tuman ehtiyojlarni qondirish tovar va xizmatlar sifatini yaxshilash 
imkoniyati kengligi bilan ham ajralib turadi. Bozor iqtisodiyotini yuqorida va boshqa boblarda 
sanab o’tilgan belgilari tovarlar va xizmatlar to’kinchiligini yuzaga keltiradi. Bu o’z navbatida 
xaridorlarni tanlab olish imkoniyatini kengaytiradi. Bozor iqtisodiyotining boshqa boblarda ham 
ko’rilgan ijobiy tomonlari iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlaydi. Uni umuminsoniy 
iqtisodiyotga aylantiradi. 
 Bozor iqtisodiyoti shubhasiz afzallikka ega, lekin uni har qanday kamchilik va qarama-
qarshiliklardan holi ideal mexanizm deb qarash xato, bozor iqtisodiyotini xolisona baholashdan 
yiroq. Uning o’ziga xos kamchiliklari, zaif tomonlari mavjud: 
 1.Bozor iqtisodiyoti qayta tiklanmaydigan resurslarni asrash, tabiatni muhofaza qilish
atrof-muhitni talab darajasida saqlashni, ekologik muvozanatni ta’minlashni yuzaga 
chiqarmaydi. 
 2. Ish bilan va narxlar darajasi stabilligini kafolatlamaydi. 
 
3.Fanda fundamental tadqiqotlar olib borish imkoniyati cheklanadi. Tezda foyda 
keltirmaydigan, lekin ilm-ma’rifat, kelajak uchun muhim bo’lgan tadqiqot, nazariy izlanishlar 
rag’batlantirilmaydi. 
 4.Foyda keltirmaydigan yoki zarar keltiradigan, jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin 
sarflangan xarajatlar tezda qoplanmaydigan, katta mablag’lar talab qiladigan, jamoa birgalikda 
foydalanadigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish rag’batlantirilmaydi. 
 5.Aholini  tabaqalanishini  kuchayishiga olib keladi. 
 6.Narxlar  pariteti  (qaychisi) sanoat foydasiga hal bo’ladi. 
 Yuksak rivojlangan bozor iqtisodiyotida ana shu kamchiliklarni cheklash uchun davlat 
tomonidan chora-tadbirlar belgilanadi. 

 
 
 Bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlarining buyuk kuchi shundaki, u kishilar mehnat 
faoliyati aktivligini uzluksiz tarzda ta’minlaydi. Mavjud resurslardan asrab-avaylab 
foydalanishga, novatsiyaga intilishga, har bir ishga qo’l urishdan avval natijasi qanday bo’lishini 
puxta o’ylashga, oqilona tavakkalchilikka undaydi. Natijada uning eng asosiy afzalligi 
bozorning to’kinligini ta’minlashi namoyon bo’ladi. 
 

 
 
3-§. Noaniqlik bozor iqtisodiyotining yo’ldoshi 
 
 Bozor iqtisodiyotini nazariy jihatdan o’rganar ekanmiz, biz uni shartli ravishdagi abstrakt 
modelini yaratamiz. Jumladan bozor iqtisodiyoti sharoitida axborot simmetrik tarzda 
taqsimlanadi, ya’ni bozorda qatnashuvchi sub’ektlarning barchasi axborot olishda teng 
imkoniyatga ega. Noaniqlik yo’q, shuning uchun resurslar va mablag’lar eng samarali tarzda 
ishlatiladi deymiz. 
 Lekin real hayotda mukammal raqobat modeli buziladi, axborotni asimmitrik tarqalishi 
yuz beradi. Axborotni asimmetrik tarqalishi deganda bozorda qatnashuvchi sub’ektlarning 
axborot olishdagi teng imkoniyatini buzilishi, shu axborotdan manfaatdor ayrim 
sub’ektlarning boshqalarga nisbatan ustun mavqega ega bo’lishlari tushuniladi.  
 Axborotni asimmetrik tarqalishining ob’ektiv asoslari mavjud:  
1. Bozor aloqalarida o’z mulki doirasida iqtisodiy alohidalashgan, o’z manfaatiga ega 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar qatnashadilar. Ular tabiiy zarar ko’rib, mulklaridan ajrab qolmaslik 
uchun harakat qilishadi. O’z-o’zini saqlash instinkti odamga tabiatan berilgan. Uni hech Kim, 
xech qanday cheklovlvr yo’q qila olmaydi. Yashash uchun kurash raqobatda engilmaslikka 
undaydi. Buning uchun esa ko’proq foyda olish zarur.  
2. Insonning ehtiyojlari cheksiz. Extiyojlarni qondirish uchun zarur bo’lgan ne’matlarni 
ishlab chiqarish uchun zarur resurslar esa cheklangan. Inson yana o’z manfaatidan kelib chiqib, 
ko’proq ne’matlarga ega bo’lgisi keladi. Ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida insonnning 
jamiyatdagi o’rni, mavqei, obro’si, imkoniyatlari ko’p jihatdan mulkchilik nuqtai nazaridan 
nazaridan baholanar ekan, o’z-o’zidan kishilar o’z mulklarini yo’qotmaslik, iloji boricha 
ko’paytirish harakatida bo’lishlariga olib keladi.  
Bu maqsadlarni qay darajada amalga oshishi esa ko’p jihatdan axborotga ega bo’lishga 
bog’liq. Shuning uchun har bir kishi iloji boricha axborotga boshqalarga qaraganda avvalroq ega 
bo’lish., olgan axborotini sir saqlashga, undan imkoni boricha o’z manfaatini ko’zlab 
foydalanishga intiladi. Mana shu harakat axborotni assimetrik tarqalishiga olib keladi.  
 
Axborotni assimetrik tarqalishi tufayli noaniqlik – yuz berishi mumkin bo’lgan 
o’zgarishlar haqida axborot etishmovchiligi yuz beradi. 
 Iqtisodiy nazariyada iqtisodiyotdagi noaniqlik xaqida turlicha qarashlar mavjud. 
 Bir gurux neoklassik yo’nalishdagi iqtisodchilar fikricha, noaniqlik iqtisodiy sub’ektlarga 
ratsional tarzda tanlash, qaror qabul qilishga to’siq bo’ladi. Resurslardan samarali foydalanishga 
yo’l bermaydi. 
 Ikkinchi gurux iqtisodchilar fikricha esa aksincha bozorning qudrati ham shundaki, 
axborotni dastlab tor doiradagi kishilargagina nasib qilishi undan to’g’ri foydalana bilishni 
o’rganishda namoyon bo’ladi. Ana shunday qarash tarafdorlaridan F.A. Xayek fikricha foyda, 
naf faqat shunday, axborotga xamma ham birday ega bo’lmagan holatdagina vujudga keladi.
1
 
Boshqalar xam to shu axborotga ega bo’lgunga qadar foyda olish imkoniga ega bo’ladi. 
 Xar ikki guruh iqtisodchilar fikrida ham jon bor. Bozordagi noaniqlik, axborotni 
assimetrik tarqalishi bu bozor (bozor iqtisodiyoti)ning kamchiliklaridan biri. Ana shu kamchilik 
nima bilan bog’liq? degan savol tug’iladi. 
 Birinchilan, zarur axborotga ega bo’lganlar, boshqalarga qaraganda ustun mavqega, 
qo’shimcha naf, foyda olish imkoniga ega bo’ladilar. Shuning uchun ham hozirgi paytda N. 
Vinerning «Kimki axborotga ega bo’lsa, dunyoni tebratadi», degan iborasi mashhur bo’lib, tez-
tez ishlatilmoqda.  
 Ikkinchidan, axborot asimmetriyasi tufayli internal (ichki) effekt, ya’ni shartnoma 
qatnashchilari tomonidan tuzilgan bitimlarda aks etmagan olinadigan foyda yoki xarajatlar 
yuzaga keladi. Unga ko’plab misollar keltirish mumkin. Masalan, iste’molchi tovar sotib oldi, 
                                                 
1
 
Xayek F. Pagubnaya samonadeyannost. M. «Novosti» 1992, s. 156-157 
2
 Transaktsion xarajatlar-umumiy tarzda shartnoma, bitimlar tuzish uchun sarflanadigan vaqt, 
mehnat, vositalar uchun xarajatlardir. 

 
 
lekin u sifatsiz ekan. Repititor ingliz tilini ikki oyda o’rgataman deb, xizmat xaqqini oldi, lekin 
va’dasini ustidan chiqmadi, Ishga yollovchi o’z malakasini o’zi mustaqil oshirgan ishchini ishi 
natijasidan bahramand bo’layapti, lekin unga ish xaqqini oshirgani yo’q. 
 Misollardan  ko’rinib  turibdiki, bitim shartlari buzulmoqda, yoki ular bitimda aks 
etmagan. Ana shu internal effektni vujudga kelishiga sabab nima? Nima sababdan odamlar 
aldanishgani yoki iste’molchilik huquqi buzilganini bilgach, aybdorni jazolashga xarakat 
qilishmaydi? Xamma gap shundaki, buning uchun ham axborot kerak. 100% axborot to’plash 
uchun transaktsion
2
 xarajatlar juda yuqori bo’lishi mumkin. Olingan naf, ko’rilgan foyda esa bu 
xarajatlarni qoplay olmaydi. 
 Sotib olinayotgan tovarni sifatini oldindan qanday bilishimiz mumkin? Sifat sertifikatini 
oldindan so’rash mumkin. Agar sertifikat noqonuniy yo’l bilan olingan bo’lib, qalbaki bo’lsa-
chi? 
 Tovarni ishlab chiqargan firmaga telefon qilib yoki xat bilan murojaat qilish, iste’molchi 
xuquqini buzgani uchun sudga murojaat qilishi va boshqa yo’llarni tanlash mumkin. Lekin 
bunday tadbirlar uchun sarflangan vaqtga olingan natija arzimasligi mumkin, ya’ni vaqt nisbatan 
yuqori muqobil qiymatga ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun odamlar ko’pincha 
aldanishganini bilishsa ham indamay qo’yaqolishadi. Xar birimiz «Olgan puling osh bo’lmasin» 
yoki «Egin, ichgin, to’ymagin!» deya noroziligimizni bildirib qo’ya qolamiz.  
 Shunday qilib, axborot asimmetrikligi tufayli bozor mexanizmini amal qilish printsipi 
buziladi. Sababi, narx haqidagi signal real ahvolni ifodalamay qo’yadi, real vaziyatni 
ko’rsatmaydi. Klassik misol tariqasida g’arbda juda ko’p iqtisodiy darsliklarda amerikalik 
iqtisodchi Jorj Akerlofning ishlatilgan avtomobillar bozoridagi vaziyatni bayon qiluvchi 
«Limonlar bozori» (1970y) nomli maqolasida keltirilgan holat ko’rsatiladi. 
 Bozorda ishlatilgan, lekin ahvoli yaxshi avtomobillar mavjud. Bunday avtomobillarga 
xaridor 6000 doll. to’lashga tayyor. Sotuvchi esa 5000 dollardan yuqori har qanday narxga rozi. 
 Lekin bozorda boshqa sotuvchilar deffektli avtomobillar – «limonlar» (amerikaliklar 
jargonida)ni sotishga xarakat qilishayapti. Ularga xaridorlar 2000 dollardan ortiq pul berishsa 
bo’ldi. Xaridorlar esa 3000 dollardan ortiq haq to’lamoqchi emas. Agar axborot simmetrik tarzda 
tarqalganda edi, birinchi guruxlar uchun ham, ikkinchi guruhlar uchun ham bozor, hamda o’z 
guruhi uchun bozor bahosi amal qilgan bo’lardi. Xamma gap shundaki, simmetriya yo’q. 
 Faqat sotuvchigina o’z mashinasi haqida hamma narsani biladi. Xaridor esa hech narsani 
bilmaydi. Natijada o’rtacha baho 4500 doll. o’rnatiladi: (6000+3000):2=4500doll. Bunday baho 
bilan yaxshi mashina egalari o’z mashinalarini sotishmaydi, «Limonlar» esa real bahosidan 
yuqori narx bilan sotiladi. «Limonlar» bozordan sifatli tovarni siqib chiqarishadi. Bu xolat 
iqtisodiy nazariyada «nobop tanlov» deb yuritiladi. Aynan ana shunday tanlovni amalga 
oshishidan manfaatdor shaxslar axborotni assimetrik tarqalishidan manfaatdor. 
 Xuddi shunday holatni sug’urta jarayonida ham ko’rish mumkin. Bunda ham sug’urta 
qildirayotganlar nimani sug’urta qildirishsa uni holatini boshqalardan yaxshi bilishadi. Sug’urta 
qildirishda esa har bir sug’urta qildiruvchi o’z manfaatidan kelib chiqib ko’proq sug’urta puli 
olishni ko’zlaydi.  
 Ikkinchi tomondan, sug’urta qildirganlar ko’pincha sug’urta qilingan ob’ektga nisbatan 
befarqliklarini kuchaytirishlari mumkin. Masalan, avtomobilini sug’urta qildirganlar endi 
avvalgidek ehtiyot choralarini ko’rishga urinishmaydi. Sug’urta kompaniyalari ehtiyot choralari 
ko’rishga rag’batni yo’qolishi bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlar qilishlariga to’g’ri keladi.  
 Oxir oqibat shunday holat kelib chiqishi mumkin-ki, sug’urta faoliyati xarajatlarni qoplay 
olmay qoladi. Lekin sug’urta faoliyati jamiyat uchun zarur.  
 Axborot asimmetriyasi doimo mavjud bo’ladi. Chunki bozor iqisodiyoti raqobatga 
tayanar ekan, raqobatda g’olib chiqish yoki hech bo’lmaganda yutqazmaslik bu insonning tabiat 
tomonidan berilgan muhim xislati - o’zini saqlash instinkti bilan bog’liq.  
                                                 
 

 
 
Bozorda hamma aldanishdan, zarar ko’rishdan qo’rqadi. Sotuvchi mahsulotini iloji 
boricha qimmatroqqa sotishga, xaridor esa arzonroqqa olishni istaydi.  
Tovar ishlab chiqaruvchi kelajakda talabni qanday o’zgarishini oldindan sezish, 
payqashga harakat qilib, tovarga talab yuqorilik paytida ko’proq ishchlab chiqarib yuqori narxga 
sotish uchun harakat qiladi. Shu bilan birga raqobatchilar ham shunday tovarlarni ishab 
chiqarayotgan bo’lib, u orqada qolgan bo’lishi o’z tovarlarini arzimagan pulga sotishi mumkin. 
Raqobatni kimni foydasiga hal bo’lishi aynan axborotni kimni qo’lida bo’lishi va unlan qay 
darajada mohirlik bilan foydalagishiga bog’liq. Shuning uchun natijasi noaniq. Noaniqlik esa 
odamlarni o’z iqtisodiy faoliyatlarida tavakkal qilishga majbur qiladi. Uning natijasi ham noaniq.  
 Shunday qilib axborot asimmetriyasi nobop tanlov bilan birga yana bir salbiy oqibat 
tavakkalchilik xatari kelib chiqishiga ham sabab bo’ladi. Tabiiy xavf-xatar doimo 
bo’lganidek, noaniqlik bozor iqtisodiyotining doimiy yo’ldoshi ekan, iqtisodiy xavf-xatar ham 
doimo u yoki bu darajada majud bo’ladi. Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan esa uning 
sub’ektlari faoliyatida noaniqlik, iqtisodiy muhitni o’ortib boradi.  
Bozor sub’ektlari iqtisodiy erkin faodiyat yuritish imkoniga ega. Dunyoda hamma 
narsaning to’lovi bo’lganidek, iqtisodiy erkinlik ham shunday to’lovni talab qiladi. Bunday 
to’lov iqtisodiy xatarni mavjudligi, faoliyat yuritish uchun bozor sub’ektlari iqtisodiy risk 
qilishga majbur bo’lishlarida ifodalanadi. Bu erda shuni qayd etish kerak-ki, bozor iqtisodiyotida 
ham to’la erkinlik bo’lishi mumkin emas, chunki faoliyat yuritish uchun boshqa bozor 
sub’ektlari bilan aloqada bo’lar ekan, ilojsiz ularning ham fikri, manfaati, talabi bilan 
hisoblashishga majbur. Lekin bozor iqtisodiyotida xo’jalik yuritish uchun etarli darajada erkinlik 
mavjud bo’ladi. Bu erkinlik esa tavakkalchilik xatari bilan bog’liq. Chunki bozordagi vaziyat 
doimo ehtimollik xarakteriga ega. Shchuning uchun ham iqtisodiy risk bozor mexanizmining 
amal qilishidan kelib chiqadi.  
Risk, tavakkalchilik bu - noaniqlik vaziyatidan o’tib, qo’yilgan maqsad uchun, 
kutilayotgan natija qanday yakunlanishidan qat’iy nazar, faoliyat boshlashga muqobil 
variaantlardan birini tanlab qaror qabul qilish va uni amalga oshirishni ifodalaydi.  
Rejali iqtisodiyotda risk muammosiga etarli ahamiyat berilmagan. Bu termin juda kam 
ishlatilgan. Xozirgi paytda ko’rib o’tganimizdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida noaniqlik uning 
yo’ldoshi bo’lar ekan, muvofiq ravishda risk so’zi ham tez-tez ishlatilmoqda.  
Risk so’zi murakkab ma’noga ega bo’lib, mashhur rus olimi, Peterburg Fanlar 
akademiyasining faxriy a’zosi (1863) V.I. Dalning riskni tadbirkorlik bilan bog’lab, oxiri 
yaxshilik bilan tugashiga umid bilan tavakkal qilib ish yuritish tarzida talqin qiladi. Tilshunos 
olim Ojegov S. I. esa yuz berishi mumkin bo’lgan xavf, muvaffaqiyatli natijaga xavf soluvchi 
xatar sifatida ta’riflaydi. Risk so’zi o’zbek tilida 1) xavf, xavf-xatar, tahlika, qaltis ish; 2) 
tavakkal, tavakkalchilik tarzida tarjima qilinadi. Birinchisi bo’yicha falokat, halokat, baxtsiz 
hodisaning yuz berish xavfi ma’nolari ustun darajada bo’lib, ikkinchisida uzoq mulohaza qilib 
o’ltirmay, nima bo’lsa bo’ldi qabilida ish yuritish,yoki butun umidni xudoga bog’lab, har ish 
xudodan deb, yaxshilik bilan tugashiga umid qilib, xudoga ishonib ish yuritish ma’nosida 
qo’llaniladi. Lekin bir so’z bilan natijasi noaniq faoliyat, yaxshilik bilan tugashiga umid qilingan 
tavakkalchilik, muvaffaqiyatli natijaga xavf soluvchi xatar, zarar keltirishi mumkin bo’dgan 
faoliyat sifatida aynan zarur tarzda ifodalash imkoniyati bo’lmagan hollarda iqtisodiy 
adabiyotlarda ifodalanayotgan fikrning ma’nosiga ko’ra o’zbek tilida ham risk so’zi 
ishlatilmoqda.  
 Bozor iqtisodiyoti sharoitida axborot assimmetriyasi doimo mavjud bo’lar ekan, uning 
salbiy oqibatlarini oldini olish yoki yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash zarur.  
Birinchidvn, respublikamizda, ayniqsa viloyatlarda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni 
axborot bilan ta’minlanishini yaxshilash lozim. Xozirgi paytda axborotlar turli-tuman 
manbalardan olinadi. Ularning manbalari rasmiy va norasmiy bo’lishi mumkin. Axborotga 
bo’lgan talabni rasmiy kanallar bilan ta’minlash uchun respublikada, ayniqsa viloyatlarda hali 
ko’p ishlar qilinishi kerak.  

 
 
 Rasmiy axborotlar fond birjalari, tovar, xom ashyo birjalari gazeta, jurnal, radio, 
telkvidenie, turli maxsus reklama nashrlari, global kompyuter tarmog’i internet, O’zbekiston 
Davlat statistika qo’mitasi, O’zbekiston axborotlashtirish va aloqa agentligi chop etadigan 
maxsus ma’lumotlar to’plami va boshqalardan olish mumkin. Xozirgi kunda ayniqsa internetdan 
foydalanishga katta ahamiyat berilayapti. Internet tarmog’idan foydalanayotganlar 2003 yili 
avvalgi yilga nisbatan 2 baravar o’sib, 0,5 mln kishiga etdi. Lekin hali respublikamizda axborot 
bozori to’la shakllanib ulgurgani yo’q. Shuning uchun tumanlarda xizmat ko’rsatishning shakli 
sifatida axborot markazlari tashkil qilish kerakki, ular murojaat qiluvchilarni qiziqtirgan barcha 
axborot bilan ta’minlash imkoniga ega bo’lsinlar.  
Ikkinchidan, tavakkalchilik natijasida katta zarar, tang ahvoldan chiqishga yordam olish 
chorasini ko’rish zarur. Bu tavakkalchilik xatari boshqacha aytganda riskni sug’urtalash orqali 
amalga oshiriladi.  
Bu sug’urta turi xo’jalik sub’ektlari qiyin ahvolga tushib qolgan taqdirda ularni zararlarini 
qoplashga yordam beradi. Shu bilan birga sug’urta faoliyatida yuz beradigan axborot 
asimmetriyasi davlatni sug’urta faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishga aralashuvini taqozo 
etadi.  
Uchinchidan, respublikamizda axborot asimmetriyasi tufayli kelib chiqadigan salbiy 
oqibatlarni kamaytirsh uchun antimonopol, iste’molchilarni huquqini himoya qiluvchi qonunlar 
qabul qilingan. Lekin olinadigan foyda, nafdan ko’ra transaktsion xarajatlarni yuqoriligi ana shu 
qonunlar asosida iste’molchilarni o’z huquqlarini himoya qilishga undamaydi. Shuning uchun bu 
sohada faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni 
rivojlantirish davlat qo’mitasining faol aralashuvini talab etadi.  
Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling