Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6
10.2.-rasm. Narxdan qoniqqanlikning vujudga kelishi va oqibatlari Qoniqqanlik – bu tovarlar sifatini kutilgan daraja bilan solishtirish, o‘rganish demakdir. Qoniqqanlik darajasining uch fazasi farqlanadi. 1. Kutishning shakllanishi. Xaridorlar narxlarga nisbatan kutgan holatlarini, narx ularning ehtiyojlarini qondirishini, reklama va servis darajasini o‘rganadi. Normativ kutish kutilgandan ortig‘iga duch kelishi: 2. Qiyoslash jarayoni. Xarid jarayonida xaridor tovar narxining alohida atributlarini his qiladi. Mavjud narxlar kutilgan narxlar bilan qiyoslanadi. Agar natijalar kutilgandan yomon bo‘lsa, narxdan qoniqmaslik vujudga keladi. Aksincha, xaridor narxdan qoniqadi. 3. Narxdan qoniqqanlikning oqibatlari. Narxdan qoniqish ham chakana xaridor uchun, ham ulgurji xaridor uchun ko‘p ijobiy natijalar- ga, yangi bitimlar tuzilishiga sabab bo‘ladi. Xaridorlarning takroriy xarid qilib, firma mijoziga aylanishiga olib keladi. Narxdan qoniqishni differensiallashgan holda ko‘rib chiqish lozim: 1. Xaridorlar tovarni baholayotganda uning har bir belgisini baho- laydilar. Masalan, avtomat kir yuvish mashinasining funksiyalari sonini, energiyani tejashini, dasturlar sonini, kir vazniga mo‘ljallanganini baholaydilar. 2. Xaridorlar tovarning bir atributidan qoniqishsa, boshqasi uni qoniqtirmaydi. Masalan, avtomobil dizayni, markasi, narxi yoqsa, uning ko‘p benzin sarf qilishi yoqmaydi. Narxning qabul qilish natija bilan solishtirish Narxni qabul qilish Narxni kutish Ehtiyojlar Kutish
Og‘zaki reklama
Ishlab chiqaruvchi, sotuvchi bilan aloqa
272
3. Narxdan qoniqishning defferensial o‘lchovi o‘ziga xos axborot hisoblanib, yuqori diagnostik ahamiyatga ega. Amaliy ahamiyati ko‘p bo‘lib, narxdan qoniqishning o‘lchami hisoblanadi. Tovar narxidan qoniqish ko‘p tomonlama baholangani uchun avval narx-navoni bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimolli darajasini kutilgan daraja bilan baholab mahsulotdan mahsulotga, tarmoqdan tarmoqqa, sotuvchidan sotuvchigacha bo‘lgan holati o‘rganiladi. Narxning sofligi (tiniqligi). Narx sofligi, aniqligi haqida iste’mol- chi to‘liq ma’lumotga ega bo‘lib, korxonaning tovarga qo‘ygan narxiga xaridorda ishonch hosil bo‘lishi kerak. Narxning sof belgilanganligi xaridorning qoniqish darajasini mezoni bo‘lib hisoblanadi. Bu holda 4 vaziyatga e’tibor qaratish kerak.
Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling