Imtiyozli narxlar strategiyasi. Bu strategiyaning mohiyati
shundaki, sotuvchi (masalan universamda) eng xaridorgir tovarga
me’yordagi bahosidan, hatto tannarxidan arzonroq narx belgilaydi.
Savdo uchun bunday strategiyaning maqsadi – xaridorlarni ular ushbu
arzon tovar bilan bir qatorda yana boshqa tovarlarni ham normal narxda
sotib olish umidida do‘konga jalb etish, ishlab chiqaruvchilar uchun esa
– hamma assortiment guruhiga xaridorlar qiziqishini orttirish. Do‘konlar
bu strategiya bilan o‘z tovar aylanmalarini sezilarli orttirishga erisha-
dilar.
Zarar ko‘rayotgan yetakchi qo‘yilgan maqsadini realizatsiya qilishi
uchun tanlangan tovar narxlarga nisbatan o‘ta ta’sirchan odamlar
tomonidan tez-tez xarid qilinadigan bo‘lishi kerak. Tovarni narxi oson
eslab qolinadiganini (shakar, sut) tanlash lozim. Xaridorlar xaridlarini
qaytara borib (bir narsani bir necha marta xarid qilib), shu do‘konga
kelishga o‘rganib qolishi mumkin. Biroq shuni ham e’tiborga olish
kerakki, tanlangan tovarlarni juda uzoq vaqt pasaytirilgan narxlarda
sotish xaridorlarning bunday narxlar normal (tabiiy), deb qabul qilishiga
olib kelishi mumkin. Imtiyozli narxlar strategiyasi uzoq vaqt uchun
to‘g‘ri kelmasligi ana shundan kelib chiqadi.
Raqobat sharoitiga mo‘ljallangan narxlar strategiyalari quyidagilar-
ni o‘z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |