Sotuv tizimini tashkil etish va nazorat qilish (kontrolling)
Tijorat kommunikatsiyada ishtirok etuvchi korxona, tashkilot va
shaxslar tovar sotish tizimida quyidagi vazifalarni bajaradi:
• Tovar va xizmatlarni tarqatishda strategik va taktik rejalarni
tuzish, ularni marketing tadqiqotlari va axborotlarini to‘plash.
• Sotuvni rag‘batlantirish.
• Potensial iste’molchilarga o‘zaro ta’sir.
• Iste’molchilar talabini o‘rganish, ularning talablariga tovarni
moslashtirish.
• Mahsulotlarning potensial iste’molchilarini o‘rganishda aloqa-
larni tashkil etish.
• Tovar harakatini tashkil etish va rejalashtirish (transport, saqlash,
nazorat).
• Tanlangan taqsimlash kanali bo‘yicha tovar oqimi harakati uchun
moliyalashtirish.
• Bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflarni oldini olish va kafolatlash.
Yuqorida sanab o‘tilgan funksiyalar ishlab chiqaruvchi firma yoki
vositachi sotuvchi tashkilot orqali ham bajarilishi mumkin. Tovarlarni
tarqatish kanallarini tanlash muhim bo‘lib, ko‘p jihatdan samaradorlik
shu omillarga bo‘g‘liq. Sotish kanallari samaradorligi u yoki bu
kanaldan foydalanganda kutilishi mumkin bo‘lgan samarani bu kanalni
313
tashkil qilish va eksplutatsiya qilishga sarf qilingan xarajatlarga nisbati
bilan aniqlanadi.
Tovarlarni sotish jarayonida qarorlarni qabul qilish juda murakkab
jarayon hisoblanadi. Taqsimlash qismining dastlabki muhim ko‘rsat-
kichlari quyidagilar hisoblanadi:
1) iste’molchilar xatti-harakati;
2) mahsulot xususiyatlari (saqlash, muddati, sinish-sinmasligi, haj-
mi va h.k);
3) raqobatchilarning xususiyatlari (kuchli, kuchsiz tomonlari);
4) ishlab chiqaruvchi korxonaning ko‘rsatkichlari;
5) huquqiy–ekologik omillar tahlili. (11.1.-jadval) va b.
11.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |