va fikrlashiga ta’sir etgan holda ma’lumot almashinuvi. Marketing
349
Targ‘ibot usullari:
1. Shaxsiy (Personal Selling) sotish – sotuvchi va potensial xaridor
o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni bildiradi. Shaxsiy sotish orqali
sotuvchi darhol xaridorni fikrini bilib olish va keyinchalik qaror qabul
qilishni osonlashtiradi. Ko‘p marketologlar shaxsiy sotishni tatbiq
qilishda juda qimmat va murakkab hisoblaydilar.
2. Ommaviy sotish (Mass Selling) – bir vaqtning o‘zida ko‘plab
potensial xaridorlar bilan muloqotda bo‘lish.
Odamlar gavjum joyda
«ommaviy sotish»ning eng asosiy ko‘rinishlaridan biri. An’anaviy
OAV-jurnal, gazeta, radio va TV hamda internet orqali xat yuborishni
o‘z ichiga oladi. Reklama qilishda pul to‘lanadi, lekin «ommaviy
sotish»ning boshqa ko‘rinishi publicity- oshkoralik «tekin».
3. Sotish targ‘ibot qilish - (Sales promotion) – bu reklama qilish,
ommaviy yoki shaxsiy sotishdan boshqa – mahsulotga mijozlarning
qiziqishini orttirgan holda sotish hatti-harakatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: