Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Reklama samaradorligini baholash


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Reklama samaradorligini baholash 

 

Reklamani yaxshi rejalashtirish va uni boshqarish samaradorligini 

baholashni ko‘zda tutadi. Ko‘pchilik reklama beruvchilar reklamaning 

kommunikativ samarasini, ya’ni uning tovar haqida xabardorlik, bilish 

yoki afzal ko‘rish haqidagi darajasiga potensial ta’sir etishini baholashga 

urinadilar. Kommunikativlikka qo‘shimcha ravishda reklama beruvchi-

lar shuningdek, reklamaning tijoratdan samarasini ham baholashni 

xohlar edilar. 

Kommunikativ samarani tadqiq etish reklamaning iste’molchiga 

ta’sir etish samaradorligini aniqlashga yo‘naltirilgan. Bunday tadqiqotlar 

(uni reklama testlashtirish, deb ham ataydilar) reklama e’loni joylash-

tirilgunga qadar ham, uni e’lon yoki translyatsiya qilingach ham 

o‘tkazilishi mumkin. 

Reklamaning tijoratdan samarasini baholash umuman, kommuni-

kativ samarani baholashga nisbatan sezilarli darajada qiyin. Savdo-sotiq 

darajasiga tovarning tavsifi, uning narxi va savdoda mavjudligi, 

shuningdek, raqobatchilarning xatti-harakatlari kabi ko‘plab omillar 

ta’sir qiladi. Bu omillar qancha kam bo‘lsa, ularni nazorat qilish ham 

shunchalik soddalashadi. Reklamaning savdoga ta’sirini baholash ham 

shuncha oson bo‘ladi. Hammadan osoni, reklamaning bevosita 

marketing o‘tkazishda savdo hajmiga ta’sirini baholash, eng murakkabi 

esa – firma imijini yoki savdo markasini shakllantirishga yo‘naltirilgan 




360 

 

reklamadan foydalanishni baholashdir. Bu masalani hal qilish variant-



laridan biri 12.4-rasmda keltirilgan.  

 

 



 

 

 



 

 

12.4-rasm. Savdo-sotiq hajmiga reklamaning ta’sir etishini baholash formulasi 

 

Tadqiqotchilar reklamaning savdo hajmiga ta’sirini tajribalar yorda-



mida o‘tgan davrlarni tahlil qilish asosida baholashga urinmoqdalar. 

Retrospektiv yondashuv o‘tgan davrdagi savdo hajmi va reklamaga 

xarajatning o‘zaro aloqasini statistik (hisoblab) chiqarishda ko‘rinadi. 

Boshqa tadqiqotchilar reklamaning savdo hajmiga ta’sirini baholash 

uchun eksperimental yondashuvdan foydalanadi. 

Tadqiqochilarning  yanada ko‘proq qismi reklama xarajatlarining 

savdo hajmi o‘sishiga ta’sirini baholashga urinadilar va faqat 

kommunikativ samarani o‘lchash bilan qanoatlanmaydilar. 

Bevosita savdo - xarid jarayonining ma’lum bir bosqichlarida

ayniqsa, xaridorning o‘zi sotayotgan tovarni afzal ko‘rishiga erishish va 

uni sotib olishga undash kerak bo‘lganda eng samarali kommunikatsiya 

vositasidir. Shuning uchun soddaroq vazifalar kommunikatsiyaning 

arzonroq texnik vositalari orqali uzatilgan sari, savdo xodimlarining 

strategik marketingdagi roli kuchayib boradi.  

To‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita) savdo – savdoning mustaqil vositachi-

lar xizmatlaridan foydalanmagan holda xaridorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri 

aloqa o‘rnatish imkonini beruvchi metodi. 

To‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita) savdo operatsiyalari o‘tkazish ustidan 

to‘liq nazorat yuritishga, o‘z tovarlari bozorini yaxshiroq o‘rganishga, 

o‘z iste’molchilari bilan uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatishga, o‘z 

takliflariga tez o‘zgartirishlar kiritishga, mahsulot sifatini oshirish 

bo‘yicha iste’molchilar bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishga 

imkon beradi. Ishlab chiqaruvchi va xaridorning to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa-

lari munosabatlar marketingi rivojlanishi (interfaol marketing) asosini 

tashkil etadi, bunda foyda manbayi tovar emas, mijoz hisoblanadi. Bozor 

vakili marketingni uzoq muddatli munosabatlarda bir martalik bitimga 

aylantirishga urinadi. 

Firmaning 

reklama 

xarajatlari ulushi 

Ovoz  

ulushi 


Ong va qalb 

ulushi 


Bozorning 

ulushi 



361 

 

To‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita) savdo, asosan, ishlab chiqarish vosita-



lari bozorida tarqalgan. To‘g‘ridan to‘g‘ri sotishlar asosiy tur xomashyo-

larni qayta ishlash sanoatlariga yetkazib beruvchi neft, ko‘mir, stanok 

qurilishi kompaniyalari kabilar uchun xarakterli. Jahon tajribasi 

ma’lumotlariga ko‘ra, mashina va uskunalarning 2/3 ga yaqin qismi 

eksport ta’minlanishi savdo bo‘limlari, filiallar, agentlar, vositachilar 

orqali amalga oshiriladi, faqat 1/3 qismigina oraliq savdo bo‘g‘inlari 

tomonidan bajariladi. 

Keng iste’mol tovarlari bozorida to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo yorda-

midan kam foydalaniladi. Ishlab chiqaruvchi bevosita iste’molchilar 

bilan ishlasa, u to‘g‘ridan to‘g‘ri savdoning bevosita marketing va 

shaxsiy sotish turlaridan foydalanishi mumkin. 

Bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) marketing – bevosita reklama orqali  

bevosita iste’molchilarga, ulardan reklama murojaatlariga to‘g‘ridan 

to‘g‘ri javob olish uchun mo‘ljallangan. Bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) 

marketingning quyidagi turlari mavjud: pochta bo‘yicha bevosita 

marketing, kataloglar bo‘yicha marketing, telemarketing, televizion 

marketing va elektron savdo. 

Pochta orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri marketing (“direkt-meyl”) – pochta 

jo‘natmalarini (xatlar, reklamalar, namunalar va b.) potensial mijozlarga 

tarqatish yo‘li bilan amalga oshiriladigan marketing. Tarqatiladiganlar 

ro‘yxati ma’lum guruhdagi tovarlarning eng ishonchli xaridorlari 

ro‘yxati asosida shakllantiriladi. 

Kataloglar bo‘yicha marketing – kataloglar vositasidagi to‘g‘ridan 

to‘g‘ri marketing, mijozlar yoki ularning vakillari tomonidan 

do‘konlardan tanlangan tovarlar jo‘natiladi. 

Shaxsiy muloqot strategiyasini ishlab chiqish eng avval firmaning 

marketing strategiyasini amalga oshirishda savdo xodimi o‘ynaydigan 

rolni belgilab olishni talab qiladi. Buning uchun firma har bir tovar 

bozorida o‘z mijozlari bilan o‘rnatmoqchi bo‘lgan aloqa xarakterini 

aniqlab olishi kerak. Shaxsiy savdo - “o‘lchov bo‘yicha” shaxsiy va ikki 

tomonlama (muloqot) kommunikatsiya bo‘lib, uning maqsadi mijozni 

darhol xatti-harakat qilishga undashdir va u ayni paytda firma uchun 

axborot manbayi hamdir. 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling