Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Qiziqarli savollar-3 

 

1. Marketing darsligida keltirilishicha tovarning bozorga sinmasdan 

kirish ehtimoli aynan shunchaga teng ekan. Savol: qanchaga? 

2. Turistik agentliklar mijozlarni jalb qilish uchun: «Sharqdan 

G‘arbgacha sayohat» kabi reklama brendlari ostida ishlashadi. 

Germaniyadagi eng nufuzli turistik agentliklardan biri «Misrdan-

Kiprgacha» degan xitob bilan firma ish ko‘lami kengligini bildirmoqchi 

bo‘ladi. Misr bilan Kipr orasi uncha uzoq emas, buning ustiga iqlimi

tabiatida ham uncha katta farq yo‘q.  Savol: nega turistik firma bu 

reklama brendini ishlatgan? 

3. Bilasizki, Shvetsariya soatlari bilan ham mashhur. Shvatseriyalik 

soatsozlar soatlarga ertalabki vaqtda tob berishni maslahat berishadi. 

Menga qolsa bu maslahatga ishonmang degan bo‘lar edim. Savol: nima 

uchun bunday maslahat berishadi? 




377 

 

4. 50-60-yillarda Yevropada bir mikser ishlab chiqaruvchi 



kompaniya, insonlar imijlarini o‘rgangan holda o‘sha davr uchun yangi 

bo‘lgan bir elektron moslama ishlab chiqaradi. Savol: o‘sha davrlarni 

esga olingda ayting qanday moslama? 

5. Devid Bekhemning “MY SIDE” nomli avtobiografik kitobi nashr 

qilindi. Nashriyot bu kitobning ommalashishini bilib, u bilan 3 mln 60 

ming funt sterlingga shartnoma tuzadi. Savol nima uchun aynan shuncha 

summaga shartnoma tuzilgan? 

6. 1879 – yilda Nobellar oilasi Markaziy Osiyoga tashrif buyurdi. 

Emmanuel va Gustav Nobellar Farg‘onada neft qazib chiqarishni yo‘lga 

qo‘yishdi. Ularning tashrifi bois yana bir qulaylik yaratildi. Savol:  

1880-yillarda Nobel firmasi yana qanday yangilikka asos soldi? 

7. O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq bunday turdagi mahsulotlar-

ning har qanday reklamasi qattiq taqiqlangan. Savol: qaysi turdagi 

mahsulotlar? 

8. XIX asrning 2- yarmidan boshlab Yevropa gazetalarida asarlar 

chop etila boshlangan. Aynan shu davrdan boshlab gazetalarda biz doim 

duch keladigan uch so‘zdan iborat gap ham urf bo‘lgan. Savol: qaysi 

gap? 


9. Makeyavellining “Boshqaruvchi” asarida: “Iqtisodiyotga 

buxgalterlar emas, ular kerak” deyilgan. Ular shug‘ullanadigan asosiy 

fan ehtimollar nazariyasi fanidir. Savol: ularni toping. 

10. 1970-yillardagi Budapesht shahri. Shahar kafelarida qiziq 

holatni kuzatish mumkin. Aniqrog‘i, menyuda. Xuddi shu menyuda bir 

dona sosiska 6 pul birligi. Xuddi shu menyuda bir dona sosiska 8 pul 

birligi, deb ko‘rsatilgan. Savol: ikkinchi holatda unga nima qo‘shib 

sotilgan? 



Javoblar:.  

1. 0,80!  

2. Nemischada Misr-A bilan, Kipr- Z bilan boshlanadi. Bu bilan 

firma dunyoning istalgan mamlakatiga olib boramiz, demoqchi bo‘lgan. 

Nemislarda alfavit A-Z.       

3. Chunki ertalab tob berilsa soat buzilishi tezlashadi. Bu esa yangi 

soat sotib olish degani!  

4. O‘sha davrlarda hatto erkaklarda ham uzun soch moda bo‘lgan, 

shuning uchun FEN ishlab chiqarila boshlangan. 

 5. Bekhem o‘zi haqida kitob yozish uchun yozuvchi yollagan. 

Yozuvchi haqi 60 ming bo‘lgan, shunda Bekhemga 3 mln qoladi. 



378 

 

6. Temir yo‘l. 



7. Spirtli ichimliklar.  

8. Davomi kelgusi sonda.  

9. Bashoratchilar.  

10. Agar sosiskani musiqa tinglab yemoqchi bo‘lsangiz biroz 

qimmatroq to‘laysiz! 

 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling