Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6
Qiziqarli savollar-2 1.Marketologlarning aytishlaricha bu uch so‘zdan iborat yozuv ko‘pgina mashhur firmalarning ashaddiy kushandasi ekan. Savol: yozuvni aniq talaffuz qiling. 2. «BARSELONA» futbol klubining rahbariyati futbolchilarning maydondagi samarali faoliyatini ta’minlash uchun erkaklarga xos bo‘lmagan bir xizmat ko‘rsatish bo‘limini tashkil etgan. Savol: bu erkaklar uchun qanday noodatiy bo‘lim bo‘lishi mumkin? 3. Savol: Familiyasi Tven bo‘lgan mashhur adib ismi + “go‘sht” so‘zining sinonimi + ingliz tilida “Davom” zamonining qo‘shimchasi =”........” Bu qaysi so‘z ? 4. Gitler hukmronligi davrida Germaniyada Coca-cola ichimligi qat’iyan taqiqlanadi. Shundan so‘ng nemislar fantaziyasidan kelib chiqib. U kashf etiladi. Savol: uni toping? 5. Quyidagi ro‘yxatni o‘qing: fotokamera, videokamera, uyali telefon. Marketloglarning aytishi bo‘yicha aynan ro‘yxatdagilar bo‘yicha eng ko‘p X (iks) sotuv usuli qo‘llanilar ekan. Savol: qanday sotuv usuli yoki X (iks)ni toping? 376
6. “Kung Fu Panda“ multfilmida Pandaning otasi, o‘rdak, oshxona- sida bir marketing rejasi qo‘llagani keltiriladi. Savol: marketing rejasining asosini o‘zbekchada ayting. 7. Mikelanjelo yoshligidan juda mohir haykaltarosh bo‘lgan. U haykallarini juda ishonchli qilib yasagan, shuning uchun haykallarini xaridorlarga qimmat narxda bir hiyla ishlatib sotgan. Savol: qanday hiyla?
8. Yaqinda ilk nashr etila boshlangan bir gazeta muharrirlari o‘z gazetalarining qo‘lma-qo‘l bo‘lishini ta’minlash uchun bir ish qilishdi. Savol: ular nima qilishgan? 9. Poyga uyushtiramiz: kim birinchi bo‘lib menga “baqiradi”?! Javoblar : 1. MADE IN CHINA. 2. PEDIKYUR. 3. MARK + ET + ING = MARKETING! 4. FANTA. 5. O‘sha tovarga taalluqli biror jihozni tekinga qo‘shib sotish. 6. “Sirli qayla”. 7. “Antik davrga tegishli haykallar” deb sotgan. 8. Gazetalarni tekin tarqatishgan. 9. Reklama!!!
Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling