Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6
374
QIZIQARLI MARKETING Qiziqarli savollar-1 1. Tijoratda raqobatga qarshi uchta asosiy va qudratli qurol bor: 1) sifat; 2) narx; 3-nima? 2. O‘zbekiston qonunchiligida uning to‘rt turi belgilangan — oddiy, qiyosiy, noto‘g‘ri, yashirin. Savol: gap nima haqida ketmoqda? 3. Ushbu pullarni nima birlashtiradi – vona, austral, lira, yuan, to‘g‘rik, afg‘oni? 4. Bu ikkala o‘zaro raqobatchi kompaniyaning qishloq xo‘jaligiga hech qanday aloqasi yo‘q. Lekin ulardan ikkovi ham o‘z ramzlarida qishloq xo‘jaligining yirik sohalari bilan bog‘liq narsalarni o‘zlariga ramz qilib olishgan. Ulardan biri qishloq xo‘jaligi sohalaridan birining eng asosiy mahsulotlaridan birini o‘z ramziga tushirgan bo‘lsa, ikkinchisi qishloq xo‘jaligining yana bir sohasining asosiy mahsulotini yaratuvchilarini o‘ziga ramz qilib olgan. Shu kompaniyalarning nomini ayting.
5. Oskar Uayld shunday yozgan: “Jamiyatning pul haqida boylardan ham ko‘proq o‘ylovchi faqat bitta sinf bor, bu ulardir”. Savol: ular kimlar? 6. Genri Ford “Model-T” deb nomlangan avtomobillarini asosan qora rangga bo‘yab sotgan. Savol: nima uchun? 7. Genri Ford korxonadagi ishchilarini kam maoshga shukur qilib, sidqidildan ishlashlari uchun ularga navbati bilan bir yumushni bajartirgan. Agar o‘sha davrlardagi iqtisodiy holatni bilsangiz, aytingchi bu qanday yumush? 8. 1940- yillarda Ford kompaniyasi avtomobillarga signalizatsiya o‘rnatib sota boshladi. Lekin signalizatsiyaga talab sezilarli bo‘lmadi. Buning ikkita asosiy sababi bor edi. Birinchisi-o‘g‘rilarning kamligi. Fordni bilgan holda 2-sababini siz ayting. 9. Genri Ford 1916-yilda o‘z kompaniyasini davlat tasarrufidagi kompaniya, deb e’lon qiladi. Savol: shundan so‘ng kompaniya qanday texnikalar ishlab chiqargan? 375
10. Savolda ortiqchasini toping: aka-uka Lumyerlar, Genri Ford, Tomas Edison, Aleksandr Bell, Alfred Nobel. Javoblar: 1.Reklama. 2. Reklama. 3. VALUTA izoh: bosh harflar o‘qilsin. 4. UMS-tuxum, BEELINE- asalari! 5. Kambag‘allar! 6. U arzon narxdagi mashinalar ishlab chiqarishga intilgan. Qora rang eng arzon rang hisoblangan. 7. Deraza oynasini arttirgan. Chunki ishsizlar eshik oldida qator bo‘lib turishgan. 8. Signalizatsiya mashinani qimmatlashtirgan. 9. Harbiy texnikalar. 10. Genre Ford. Qolganlar ixtirochilar. Ford esa avtomobil targ‘i- botchisi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling