«Konsentrlangan yoki fokuslangan marketing» strategiyasiga
ko‘ra firma o‘z resurslarini bir yoki bir necha segmentlarning ehtiyoj-
larini qondirishga qaratadi. Ushbu ixtisoslashuv strategiyasi ma’lum bir
funksiyaga (funksional mutaxassis) yoki iste’molchilarning biror bir
guruhiga asoslangan bo‘lishi mumkin. Masalan, Moskvadagi «Diasoft»
firmasi o‘z faoliyatini tijorat banklari segmentini dasturiy mahsulotlar
bilan ta’minlashga yo‘naltirgan.
Bozorni qamrab olish strategiyalarining uchalasidan birortasini
tanlab olishda aniqlangan va potensial rentabel bo‘lgan segmentlar soni
va firmaning resurslariga e’tibor beriladi. Agar bu resurslar cheklangan
bo‘lsa, fokuslangan marketing strategiyasi amalga oshirish mumkin
bo‘lgan yagona strategiya bo‘ladi. Konsentratsiyalangan marketing
strategiyasi korxonalardan bozorning foydali segmentiga, ya’ni bitta
yoki bir necha segmentiga e’tiborni qaratishni talab qiladi. Bu bozor
segmentiga firma bitta yoki bir necha mahsulot bilan hamda maqsadli
140
marketing dasturi bilan yondashadi. O‘z mazmuniga ko‘ra bu strategiya
bozor chuqurchasi konsepsiyasiga mos keladi, ya’ni shunday bozor
segmentida ishlash kerakki, tovar ushbu firma va uning yetkazib berish
imkoniyatlari uchun ko‘proq mos keluvchi bo‘lib hisoblanadi. Konsentr-
langan marketing strategiyasi ko‘proq bozorning barcha segmentlarida
ishlash uchun hamda yetarli katta moliyaviy vositalarning bo‘lishi talab
etilmaydigan kichik va o‘rta korxonalar uchun mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |