Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6
11.3- rasm. Sotuv kontrollingi (nazorat) strukturasi va xarakteristikasi
Portfel tahlili orqali faoliyatning afzallik tomonlari, raqobatchilarga nisbatan kuchli va kuchsiz tomonlari, tavakkalchilik va xavflarning oldini olish, istiqbolli bozor segmentlarini topish mumkin. 324
Samarali sotuv tizimi faoliyati afzalliklari strategik tahlili amaliyotida real holatga asoslanadi. Firmani mijozlar bilan o‘zaro munosabatlari, raqobatchilar bilan o‘zaro ta’siri (kurashi) kabi omillar strategik tahlilning afzalliklarida yoritiladi. Korxonaning hozirgi holati tahlili tovar assortimentini, tovar guruhini tahlil qilishdan, mijozlarga xizmat qilish va raqobatni o‘rganishdan boshlanadi. Raqobat sharoitida bozorning jozibadorligi va firmaning pozitsiyasi har doim ham bir-biriga mos kelmaydi, amalda qaysi tovar qanday pozitsiyani egallaganligini aniqlash qiyin. O‘tkazilgan bunday tahlillar ko‘pincha aniq holatni ko‘rsatmaydi. Raqobatli bozor sharoitida korxona faoliyatini kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor berish kerak: • ma’lum tovar yoki xizmat turi texnologiyasiga monopoliyaning mavjudligi; • tovar sifatining yuqoriligi; • tovar sotilganda va undan keyin yuqori servis xizmati ko‘rsatish; • mijozlar talabiga moyilligi; • buyurtmalar yetkazib berishda tezkorlik; • ma’lum hajmdagi tovarni o‘rnatilgan vaqtda yetkazib berish; • mijozlar bilan aloqada bo‘ladigan xodim (malakasi); • doimoy mijozlar bilan aloqalarni mustahkam o‘rnatish. Bundan tashqari har bir alohida vaziyatda muammodan kelib chiq- qan holda savolnomalar (anketalar) tuzish, mijozlar fikrini o‘rganish, bozor kommunikatsiyasini tahlil etish mumkin. Firma mahsulotlarining bozordagi istiqboli xaridorlar hamda firma ulgurji mijozlari segmentlari va bozor tokchasi tahlili asosida aniqlanadi. Firma bozorda yangi iste’molchilar segmenti, yoki bozor segmenti uchun qanday narxlarda mahsulot ishlab chiqaradi. Yangi yo‘nalashlarda o‘z ishlab chiqarishini segmentlashtiradimi, tovar assortimenti va nomenklaturasini kengaytiradimi? Bu savolga firma o‘zining SWOT tahlili asosida javob topishi va keyingi xatti–harakati haqida qaror qabul qilishi kerak. Tovarlarni yetkazib berishda servis darajasining yuqoriligi, tarqatish kanallarining darajalari juda muhim. Ishlab chiqaruvchi quvvatlarini yo‘lga qo‘yishi va tovar yetkazib berishida servis va sifatga alohida e’tibor berishi lozim. Ishlab chiqaruvchi quvvatini oshirish keng assortimentdagi va ko‘p nomenklaturadagi tovarlarni ishlab chiqarishga imkoniyat yaratib, yangi bozor va mijozlar izlashga imkon yaratadi.
325
Takliflar muvaffaqiyati Sotuv iqtisodiy samarasini aniqlash Berilgan buyurtmalar Olingan summa Buyurtmalar kelishi Kommivoyajerlar ulushiga mos keluvchi buyurtma qismi Kommivoyajerlar ulushiga to‘g‘ri keladigan summa/umumiy buyurtma
Rejali buyurtma bo‘yicha portfel buyurtma Oy oxiriga buyurtmalar portfeli/joriy oydagi hajm Buyurtmalar portfeli
tovarlar aylanmasi rentabelligi Foyda
Tovar aylanmasi
Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling