Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

 

 

 

 

IV bob. MARKETINGNING TARKIBIY TUZILISHI VA UNI 

BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH 

 

4.1. Marketing tizimi haqida tushuncha 

 

Marketing nazariyasi iqtisodiy asoslarining shakllanish jarayonini 

XIX asrning 40-yillarida boshlangan, deb hisoblansada, u hozirgi 

paytgacha ham  kam o‘rganilgan va munozarali bo‘lib qolmoqda. 

Marketing jarayonlarini yaxshi tariflovchi izchil nazariyalar umumiy 

metodologiya tamoyillari va qoidalarni yaratishga urinishlar marketing 

faoliyatini ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimda mavjud bo‘lgan 

fan asoslari bilan bog‘lashga yordam bergan bo‘lsada, biroq bozor 

sharoitida biznes-hamkorlarning samarali o‘zaro harakatlarini tahlil 

qilish va bashoratlash uchun nazariy asos yarata olmadi. Bunga 

marketing qarorlarining iqtisodiy samaradorligini baholash metodlari va 

metodologiyasini  iqtisodiy talqin qilish (sharhlash)ning murakkabligi 

ham sabab bo‘ladi.  

Bozor munosabatlarining tobora chuqurlashib borishi marketing 

texnologiyalarini faol ravishda firmalar va bozor faoliyatiga tatbiq 

etishni taqozo qiladi. Tadbirkolik faoliyatini samarali olib borish, 

raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi siyosatnig kuchayishi sof 

raqobatni vujudga keltirib, firmalarni o‘z faoliyatiga jiddiyroq e’tibor 

berishga undaydi. Tadbirkor, biznesmen va ishlab chiqaruvchilarning 

marketing kompleksi va metodologiyasiga murojaat etishi quyidagilar 

bilan asoslanadi. 

•  Iqtisodiyotni boshqarishga demokratik yondashuv xo‘jalik yuri-

tuvchi subyektlarga erkinlik beradi, ularning faoliyatini qattiq nazorat 

qilish, faoliyatni cheklash kabilarga esa  qonuniy tomondan barham 

beriladi. 

•  Raqobat sharoitida ilgarigi boshqaruv tizimi asosida faoliyat 

yuritishning samarasiz ekanligi. 

•  Bozor konyunkturasining keskin o‘zgarib turishi sharoitida 

tadbirkorlik korxonalarining marketingga murojaati boshqarishga 

boshqacha yondashuv zarurligini taqozo qiladi. 




80 

 

•  Iqtisodiyotdagi jiddiy islohotlar, barcha soha rivojiga innovat-



sion yondashuv, axborot texnologiyalarining, xizmat sohalarining tez 

rivoji, tadbirkorlik ko‘lamining kengayib borishini marketingsiz 

tasavvur qilib bo‘lmaydi. Korxonalar iste’molchilarning talab va 

ehtiyojlarini qondirish orqali rejalashtirgan foydani olishiga marketing 

bevosita ta’sir etadi. 

Iste’molchi va xaridor kategoriyalari marketing jarayonida o‘ziga 

xos xarakterga ega. Mahsulot ishlab chiqaruvchidan to oxirgi 

iste’molchiga yetib kelgunicha bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi. Bu 

orada savdo funksiyalari bilan chakana va ulgurji xaridolar 

shug‘ullanadilar. Ulgurji xaridor foyda olish maqsadida tovarni bevosita 

ishlab chiqaruvchi korxonadan sotib olib uni boshqa shaharlarga, savdo 

tarmoqlariga tarqatadi va shu orqali o‘zi narxlarni belgilab foyda 

ko‘radi. Bu yerda ulgurji xaridor iste’molchi emas, balki vositachi rolini 

o‘ynamoqda. Bu o‘rinda ulgurji xaridor tovar va xizmatlarga talabni 

shakllantiradi, o‘z navbatida bozorni o‘rganib, raqobatchi firmalarning 

kuchli va zaif tomonlarini aniqlaydi. Jarayonning yana bir muhim qismi 

bu tadqiqotlar asosida yangi innovatsion tovar yaratish bosqichi. Ilmiy 

tadqiqotlar, benchmarking orqali yangi texnologiyalar va tovar turlari 

yaratiladi. Kelajakda shakllanishi mumkin bo‘lgan potensial talab 

hajmlari aniqlanadi. Keyingi bosqichda yaratiladigan mahsulotning 

texnik-iqtisodiy xarakteristikalari, naflilik darajasi kabilarni modellash-

tirish amalga oshiriladi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun 

firmaning resurslari va moliyaviy imkoniyatlari aniqlanadi. Tajriba – 

sinov laboratoriyalarida mahsulotning namunalari chiqariladi va 

sinovdan o‘tkaziladi. Iste’molchi va ekspertlarning fikri tahlil qilinib, 

uning dizayni, kamchiliklari va boshqa ekspluatatsion xarakteristikalari 

haqida qaror qabul qilinadi.  


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling