Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil
Tovar mahsulot narxi o‘zgarishi
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy elementlar bo‘yicha xarajatlar tarkibi va dinamikasi tahlili O‘tgan yil Hisobot yili
- 6.6. Moddiy xarajatlarning omilli tahlili
- Oshxona servizi ishlab chiqarishga materiallar sarfi. Hisobot kalkulyatsiyasi ma’lumotlari Reja bo‘yicha
- Material sarflar miqdoriga “me’yor” omili, “narx” omili va “materiallarni almashtirish” omili ta’sirini hisoblash
- 6.7. Mehnat haqi xarajatlari tahlili
Tovar mahsulot narxi o‘zgarishi. Korxona mahsulotlarining ulgurji narxi pasayganda boshqa teng sharoitlarda ulgurji narxda ishlab chiqarilgan mahsulotning 1 so‘mi uchun xarajatlar ortadi. Va aksincha, korxona mahsulotlarining ulgurji narxi ko‘tarilganda mahsulotning 1 so‘mi uchun xarajatlar kamayadi. 6.5. Tannarx elementlari va moddalari bo‘yicha xarajatlar tahlili Elementlari bo‘yicha ishlab chiqarish uchun xarajatlarni tahlil qilishda nafaqat hisobot, balki o‘tgan davr uchun ma’lumotlardan foydalanish va xarajatlarning alohida elementlarining ishlab chiqarish xarajatlari umumiy miqdoriga nisbatini foizlarda aniqlash zarur, bu jadvalda amalga oshirilgan. Elementlar bo‘yicha guruhlash ishlab chiqarish xarajatlari smetasini ishlab chiqishga imkon beradi, unda tashkilotning material resurslarga umumiy ehtiyoji, summa asosiy vositalardan amortizatsiya ajratmalari miqdori, mehnatga haq to‘lash xarajatlari va korxonaning boshqa pul xarajatlari belgilanadi. Guruhlash asosida xarajatlarni turdosh iqtisodiy elementlar bo‘yicha aks ettirish tamoyili yotadi. Guruhlash aylanma mablag‘larni rejalashtirish va ularning foydalanilishi ustidan nazorat qilish uchun tannarx bo‘yicha rejani boshqa bo‘limlar bilan muvofiqlashtirish uchun qo‘llaniladi. Iqtisodiy elementlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi yuritiladi va ishlab chiqarish uchun xarajatlarning umumiy miqdori bo‘yicha pul hisoboti tuziladi. Iqtisodiy elementlar bo‘yicha xarajatlarni guruhlash korxonaning material va pul sarf-xarajatlarini ularni mahsulotlarning alohida turlari va boshqa xo‘jalik ehtiyojlariga taqsimlamagan holda ko‘rsatadi. Umumiy xarajatlarda alohida iqtisodiy elementlar nisbati ishlab chiqarish xarajatlari nisbatini belgilaydi. Tarkibi bo‘yicha xarajatlarni o‘rganish shu bilan shartlanganki, o‘tgan yil va reja bo‘yicha xarajatlarishlab chiqarishning mutanosib hajmlarini tavsiflaydi va hisobot davri mahsulotida qayta hisoblanmaydi. Shuning uchun 122 mahsulotlarning turli hajmlarida mutlaq miqdordagi xarajatlarni taqqoslash o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Mahsulot (ish, xizmatlar) ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar o‘z iqtisodiy mazmuniga mos ravishda quyidagi elementlarga guruhlanadi: - ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytadigan chiqindi qiymati chiqarib tashlangan holda); - ishlab chiqarish xarakteridagi mehnat uchun haq to‘lash; - ishlab chiqarish xodimlari bo‘yicha ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; - asosiy vositalar va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; - ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar. “Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq mahsulot tannarxiga ma’muriy, tijorat, umumxo‘jalik va moliyaviy xarajatlar kiritilmaydi. Har bir hisobot davrining mazkur xarajatlari mahsulot sotishdan foyda kamayishi hisobiga yoziladi. Bundan tashqari, oldinroq mahsulot tannarxiga kiritilgan barcha xarajatlardan bevosita ishlab chiqarish (korxonaning asosiy faoliyati) ga aloqadorlari, ya’ni yuqorida qayd qilinganidek, materiallar uchun bevosita va bilvosita xarajatlar, mehnatga bevosita va bilvosita xarajatlar, ishlab chiqarish xarakteridagi qo‘shimcha xarajatlar ajratiladi. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, moddiy xarajatlarning ulushi oldingi davrga nisbatan oshgan. Bu shartnoma asosida xomashyo va materiallar yetkazib berish ulushi ortishi oqibati bo‘lib, mahsuldorlik o‘sishi va tannarx pasayishiga imkon beruvchi ancha ijobiy holat sanaladi. Ishlab chiqarish xodimlari mehnat haqining ulushi 20,5% dan 19,1% gacha pasaygan. Ushbu pasayish yangi texnikalarni joriy qilish, texnologiyalarni takomillashtirish, o‘zi ishlab chiqaradigan detal va uzellarni sotib olinadigan mahsulot va yarimfabrikatlar bilan almashtirish negizida mehnat sig‘imi qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Amortizatsiya ajratmalarining ulushi biroz kamaygan bo‘lsa-da, ularning mutlaq miqdori o‘sgan. Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlarning (ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar, ishlab chiqarish
123 jarayoniga taalluqli mehnat safari xarajatlari, yaroqsiz mahsulotlardan yo‘qotishlar, bekor to‘xtab turish va boshqalar) ulushi pasaygan. Ishlab chiqarish smetasi bajarilishi, xarajatlar dinamikasi, texnik-iqtisodiy va boshqa ko‘rsatkichlar tahlili jarayonida pirovard rejalashtirilgan davr uchun xarajatlarni kamaytirish imkoniyati aniqlanadi. 6.4-jadval Iqtisodiy elementlar bo‘yicha xarajatlar tarkibi va dinamikasi tahlili O‘tgan yil Hisobot yili Ko‘rsatkichlar summa, ming so‘m salmog‘i, % summa, ming so‘m salmog‘i, % Material sarflar 116734 69,7 134720 71,2 Mehnat haqi xarajatlari 34334 20,5 36140 19,1 Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar 7537 4,5
8325 4,4
Amortizatsion ajratmalar 6029 3,6 6433 3,4 Boshqa ishlab chiqarish xarajatlari 2847 1,7 3595 1,9 Jami ishlab chiqarish tannarxi 167481
100 189213
100 Jumladan:
-o‘zgaruvchan xarajatlar 125611 75 144370 76,3 -doimiy xarajatlar 41870 25 44843 23,7
Xarajatlarni iqtisodiy elementlar bo‘yicha guruhlash bilan bir qatorda ishlab chiqarish xarajatlari xarajatlar moddalari (kalkulyat- siya moddalari) bo‘yicha rejalashtiriladi va hisobga olinadi. Xarajatlar moddalari bo‘yicha tannarxni rejalashtirish va hisobga olish tannarxning mazkur darajasi qanday omillar ta’sirida shakllan- ganligi va uni qanday yo‘nalishlarda kamaytirish mumkinligini aniq- lash uchun zarur. Kalkulyatsiya moddalari tahlili rejadagi va haqiqatdagi xarajatlarni taqqoslash, keyin esa birinchi navbatda tannarx tarkibida eng yuqori solishtirma og‘irlikka ega moddalar bo‘yicha og‘ishlarni va ularning sabablarini o‘rganishga asoslangan. Tannarx bo‘yicha reja bajarilishiga har bir modda bo‘yicha alohida tejamkorlikning ta’siri nafaqat ushbu modda bo‘yicha xarajatlarni kamaytirish sur’atiga, balki shu moddaning mahsulot tannarxining umumiy miqdoridagi ulushiga ham bog‘liq. Bu ta’sir ( 1 1
124 bo‘yicha xarajatlarning bazis darajasidan og‘ishlarning mutlaq miqdorini rejaviy mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga yoki uning boshqa bazis darajasiga bo‘lish yo‘li bilan foizlarda o‘lchanadi 1 1
) , (
r S q S
aynan 1 1 1 1 * 1 0 0 % . * i i n r S q S q S q D D = е
Tannarxni umumiy pasaytirishda moddalarning alohida guruhla- rining ulushli ishtirokini aniqlash tahlilni keyinchalik detallashtirish uchun muhim sanaladi. Agar shunday dalillar aniqlangan bo‘lsa, birinchi navbatda alohida moddalar bo‘yicha xarajatlarning bazis darajaga nisbatan ortishi sabablari va noishlab chiqarish xarajatlarini o‘rganish zarur. Keyin esa korxonaga bog‘liq bo‘lmagan narx va tariflar o‘zgarishi omillari, shuningdek, hukumat qaroriga ko‘ra mehnat haqi oshirilishining tannarxga ta’sirini aniqlash talab etiladi. Mahsulot tannarxi va uning tarkibiy qismlari haqida ma’lumotlar bilan tanishilgandan so‘ng har bir modda bo‘yicha alohida va avvalo ortiqcha xarajatlar aniqlangan moddalar bo‘yicha omilli tahlilga o‘tiladi. Demak, bozor munosabatlarida mahsulot tannarxi ahamiyati kes- kin o‘sdi. Iqtisodiy va ijtimoiy nuqtayi nazardan mahsulot tannarxining pasayishi ahamiyati korxona uchun quyidagilardan iborat: – korxona tasarrufida qoladigan foydaning ortishi, o‘z navbatida, nafaqat oddiy, balki kengaytirilgan ishlab chiqarishda yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishi; – xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilish imkoniyati kengayishi; – korxonaning moliyaviy holati yaxshilanishi va bankrotlik riski darajasi kamayishi; – o‘z mahsulotining sotish narxini kamaytirish imkoniyati mahsulotlar raqobatbardoshligini sezilarli darajada yuksaltirish va sotish hajmini oshirishga imkon beradi; – aksiyadorlik jamiyatlarida mahsulot tannarxi pasayishi, bu dividendlar to‘lash va ularning stavkasini oshirish uchun yaxshi manba hisoblanadi.
125 6.6. Moddiy xarajatlarning omilli tahlili Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida moddiy xarajatlar eng katta solishtirma og‘irlikka ega bo‘lib, bu oziq-ovqat sanoatining ayrim tarmoqlarida 90% gacha yetsa, mashinasozlikda qariyb 65%ga teng. Shuning uchun sanoatning material sig‘imli tarmoqlarini tahlil qilishda asosiy e’tibor moddiy xarajatlarning asosiy moddalari bo‘yicha reja bajarilishi va dinamikasini o‘rganishga qaratilib, ulardagi tejamkorlik mahsulot tannarxini umumiy pasaytirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Moddiy xarajatlarning asosiy qismi, aynan esa: mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo, materiallar va sotib olinadigan yarimfabrikatlar xarajatlari, texnologik ehtiyojlar uchun yonilg‘i va energiya hisobotda tannarxni kalkulyatsiyalashda tannarxning mustaqil moddalari sifatida ajratiladi. Tahlil jarayonida korxona tomonidan material resurslarni sarflash me’yorlarini pasaytirish bajarilishiga; haqiqatdagi natijalarning rejadagi yoki normativdan og‘ishlarini aniqlashga asosiy e’tibor qaratiladi. Og‘ishlar sabablari, shuningdek, mahsulot tannarxini kamaytirish zaxiralarini aniqlash maqsadida haqiqatda qilingan xarajatlarning mahsulot tannarxi darajasiga ta’siri o‘rganiladi. Moddiy xarajatlar darajasining rejaviy va oldingi davrdan, ilg‘or me’yor va boshqa taqqoslash bazalaridan og‘ishlari sabablarini o‘rganishda ushbu sabablar uch guruhga ajratiladi, ular shartli ravishda
va almashtirish omillari, deb nomlanadi. Omillarning uchala guruhining umumqabul qilingan nomlari shartliligi quyidagidan iborat. Narx omili deganda, nafaqat xomashyo va materiallar yetkazib beruvchilarning narxlari, balki transport- tayyorlash xarajatlari o‘zgarishi ham tushuniladi. Me’yor omili nafaqat moddiy xarajatlari me’yorlari o‘zgarishini, balki mahsulot birligiga haqiqatdagi xarajatlarning (solishtirma xarajatlar) o‘rnatilgan me’yordan og‘ishini ham aks ettiradi. Almashtirish omili deganda, faqatgina material resurslarning bir turini boshqasi bilan to‘liq almashtirish ta’siri tushunilib qolmay, aralashma (retseptura) dagi nisbat o‘zgarishlari va foydali moddalar miqdori ham tushuniladi. Narx omili , ya’ni materiallarning tayyorlash tannarxini belgilab beruvchi omillar guruhi yetkazib beruvchilarning ulgurji narxlari bo‘yicha materiallar qiymati va transport-tayyorlash xarajatlaridan shakllanadi.
126 Transport-tayyorlash xarajatlari darajasi qator shart-sharoitlarga bog‘liq: tashish uzoqligi, transport turi, uning yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanish, yuklash va ombor operatsiyalari mexanizatsiyasi. Ularning xaridor korxonaga ta’sir darajasi turlicha. Ushbu shartlarning ta’sirini aniqlash qiyin, chunki ularning o‘zgarishlari haqida umumlashtirilgan ko‘rinishda axborotlar mavjud emas. Odatda, jiddiy o‘zgarishlar(masalan, temir yo‘l transporti o‘rniga samolyotda tashish) haqida ma’lumotlarni ta’minot bo‘limi va buxgalteriya to‘playdi. Tannarxni pasaytirishda naturada materiallar tejamkorligi – me’yor omili va materiallarni oqilona almashtirish – almashtirish omili hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, narx omili ta’sirida moddiy xarajatlar tejamkorligi moddiy xarajatlar moddalari bo‘yicha miqdor kamayishi orqali tannarx pasayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Me’yor omili va almashtirish omili ta’sirida tejamkorlik esa nafaqat ushbu moddalarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, balki mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonni yuzaga keltiradi va bu bilan mahsulot birligiga doimiy xarajatlar darajasi qisqarishiga ham bilvosita ta’sir qiladi. Shunday qilib, almashtirish va me’yor omillari hisobiga moddiy xarajatlar tejamkorligining mahsulotlar tannarxini pasaytirishga ta’sir diapazoni narx omiliga nisbatan kengroqdir.
A 1 2 3 4 5 6
Gil 3,35 1529 5122,1 3,50 1500 5250 Kaolin 15,16 1369 20754 15,26 1380 21058,8 Dala shpati - - 480 - - - Kvarts – qum 5,44 1184 6440,9 5,54 1190 6592,6 Pegmatit va b. - - 444 - - 460 Jami - - 33241 - - 33361,4 127 6.6-jadval Material sarflar miqdoriga “me’yor” omili, “narx” omili va “materiallarni almashtirish” omili ta’sirini hisoblash Moddiy xarajatlar, so‘m Rejadan og‘ish (+,-) jumladan quyidagilar hisobiga Materialla r nomi reja, rejavi y me’yor va rejaviy narxlarda haqiqatda, haqiqiy me’yor va narxlarda shartli, pri haqiqiy me’yor va rejaviy n arx la rd a jami gr.8-gr.7 me’yor gr.9-gr.7 nar x gr. 8-gr.9 almashtirish A 7 8 9
10 11
12 13
Gil 5122,1 5250
5351,5 +127,9
+229,4 -101,5 - Kaolin 20754 21058,8 20890,9
Dala shpati 480 -
-175,2 - -312,1 +136,9 Kvarts - qum
6440,9 6592,6 6559,3 +151,7 +118,4 +33,3 - Pegmatit va b.
444 460 460 +16 +16 - - Jami 33241 33361,4 - +120,4 +363,8 380,3
+136,9
Oshxona servizi ishlab chiqarish moddiy xarajatlari materiallarni almashtirish va moddiy xarajatlar me’yorlariga rioya qilinmaganligi hisobiga rejaga nisbatan 120,4 so‘m ko‘paygan. Material narxining pasayishi moddiy xarajatlar 380,3 so‘m tejalishiga olib kelgan. Endi moddiy xarajatlar darajasiga ta’sir qiluvchi omillarni hisoblash metodikasini ko‘rib chiqamiz. Avvalo, umumiy og‘ish, ya’ni hisobot bo‘yicha va reja bo‘yicha xarajatlar miqdori o‘rtasidagi farq topiladi (6.6-jadvalning 8-7 gra- falariga qarang). Materiallarning solishtirma xarajatlari o‘zgarishining moddiy xarajatlar miqdoriga ta’sirini o‘lchash uchun haqiqatdagi va rejaviy xarajatlarni bir xil bahoga taqqoslash zarur. Shu maqsadda qayta hi- soblangan ko‘rsatkich miqdori xarajatlarning rejalashtirilgan miqdori (rejaviy miqdorni rejaviy narxga) bilan har bir band bo‘yicha alohida ravishda taqqoslanadi. Farq me’yor hisobiga og‘ishni ko‘rsatadi (gr.9- gr.7).
128 Narx omili ta’siri sarflangan materiallarning bir xil haqiqatdagi miqdorini ikki bahoda – haqiqatdagi va rejaviy narxda taqqoslash yo‘li bilan, ya’ni qayta hisoblangan ko‘rsatkichni xarajatlarning haqiqiy miqdoridan chiqarib tashlash natijasi sifatida o‘lchanadi (gr. 8 – gr. 9). Endi esa almashtirish ta’sirini aniqlash qoldi. Bir materialni ikkinchisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashtirish emas, balki retsepturani o‘zgartirish, ya’ni rejada nazarda tutilganga qaraganda boshqacha nisbatda bir necha materiallarni saralash amaliyotda tez-tez qayd qilinadi. Almashtirish natijasi haqiqatda foydalanilgan materiallar to‘plamining rejaviy tannarxini rejalashtirilgan tannarx bilan taqqoslash yo‘li orqali aniqlanadi. Qayta hisoblangan ko‘rsatkich uchun ajratilgan grafalarda haqiqatda foydalanilgan materiallar to‘plami yoziladi, lekin reja bo‘yicha 21234 so‘m (20754+480) o‘rniga rejaviy tayyorlash tannarxi bo‘yicha jami 21370,9 so‘m (20890,9+480). O‘z navbatida, almashtirish hisobiga qimmatlashish 136,9 so‘mga teng bo‘lgan bo‘lsa, ayni vaqtda sarflangan dala shpatini tayyorlash tannarxi 312,1 so‘mga kamaygan (narx omili).
6.7. Mehnat haqi xarajatlari tahlili Mehnat xarajatlari mahsulot tannarxida sezilarli solishtirma og‘ir- likka ega va uning darajasi shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun mehnat haqi dinamikasi tahlili, uning mahsulot tannarxidagi ulushi, uning miqdorini belgilab beruvchi omillarni o‘rganish va ushbu xarajatlar moddasi bo‘yicha mablag‘larni tejash zaxiralarini izlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat haqi ko‘plab iqtisodiy funksiyalarni bajaradi, ularning orasida ikkita asosiysini ajratib ko‘rsatish mumkin:
, u aholi pul daromadlarining asosiy manbasi hisob- lanadi, shuning uchun ishlovchilar, ularning oila a’zolari turmush va farovonlik darajasini belgilab beradi. Ularning nafaqat mehnatga, balki boshqa ko‘plab ijtimoiy masalalarga nisbatan munosabatini shakl- lantiradi. Ikkinchidan , mehnatga haq to‘lash xo‘jalik mexanizmining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi, ishlab chiqarish samarador- ligiga ancha jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 129 “Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga haq to‘lash uchun xarajatlar” elementiga quyidagi moddalar kiritiladi: 1. Korxonalarda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakl va tizimlariga muvofiq ishbay baho, tarif stavkalari va lavozim oyliklaridan kelib chiqib hisoblangan mehnat haqi. 2. Rag‘batlantirish xarakteridagi to‘lovlar: ishlab chiqarish natijalari uchun mukofotlar, kasb malakasi uchun tarif stavkalari va oylikka ustamalar. 3. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq kompensatsiyalash xarakteridagi to‘lovlar: tungi vaqtda ishlash, ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlash uchun tarif stavkalari va oylik mehnat haqiga ustama va qo‘shimcha haq to‘lash. 4. Amaldagi qonunchilikka muvofiq navbatdagi (har yillik) va qo‘shimcha ta’tillar (foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyalar), o‘smirlarning imtiyozli soatlari, onalar ishida bolasini ovqatlantirish uchun tanaffuslar uchun to‘lovlar. 5. Mehnat haqi qisman saqlangan holda majburiy ta’tildagi xo- dimlar uchun to‘lovlar va boshqalar. 6.3-chizmada mehnatga haq to‘lash mablag‘lari omilli tizimining mahsulot tannarxidagi tuzilmaviy-mantiqiy modeli tasvirlangan. Endi modelga kiritilgan asosiy omillarning ta’sir xarakterini ko‘rib chiqamiz. Mehnatga haq to‘lash xarajatlarining o‘zgaruvchan qismi ishbay baholar bo‘yicha to‘lovlar, ishbaychilar va vaqtbaychilar uchun mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha eng yaxshi sifat yoki miqdoriy ko‘rsatkichlarga erishganligi uchun mukofotlar to‘lash hamda mehnat haqining o‘zgaruvchan qismiga taalluqli ta’tilning bir qismini o‘z ichiga oladi. Ko‘rsatilgan haq to‘lash turlari avvalo ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘ladi. U qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishchilarga hisoblanadigan mehnat haqi shuncha yuqori bo‘ladi. Hajm omili tuzilma omili bilan, ya’ni katta yoki kichik mehnat sig‘imi va mos ravishda mahsulot birligi uchun haq to‘lashga ega alohida mahsulotlarning ulushi o‘zgarishi bilan birgalikda ta’sir qiladi, bu esa ishbay asosida ishlovchilar mehnati uchun hisoblangan mehnat haqi o‘zgarishiga olib keladi. Mehnatga haq to‘lash xarajatlarining o‘zgaruvchan qismi ta’sir qiluvchi uchinchi omil mahsulot birligi uchun bevosita mehnat haqi to‘lash hisoblanadi. U ham o‘z navbatida, ilmiy-texnik taraqqiyot va ishlab chiqarish hamda mehnatni tashkil qilish yaxshilanishi omillari
130 ta’sirida o‘zgaruvchi mahsulot birligi uchun mehnat sig‘imi va soatbay mehnat haqi to‘lashga bog‘liq bo‘ladi.
Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling