Toshkent moliya instituti «iqtisodiy xavfsizlik» kafedrasi makroiqtisodiyotfanidan yozma ish varianti-16
Download 18.21 Kb.
|
Makroiqtisodiyot 19.04.2023
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI «IQTISODIY XAVFSIZLIK» KAFEDRASI MAKROIQTISODIYOTFANIDAN YOZMA ISh VARIANTI-16 1. Iqtisodiy o‘sishning R.Xarrod modeli 2. Pulga bo‘lgan talab va taklif. Pul bozoridagi muvozanat. 3. Yalpi talabning bahodan boshqa omillariga izoh bering Javoblar
2.Pul bozorida muomalada pul miqdori ortiqchaligi mavjud deb faraz qilamiz. Tabiiyki, Markaziy bank ortiqcha pul massasini kamaytirishga harakat qiladi. Buning uchun, oʻzida mavjud boʻlgan oʻzining qimmatli qogʻozlarini u ochiq bozorda aholi va banklarga taklif etadi, ular esa uni xarid qila boshlaydilar. Davlat qimmatli qogʻozlarini (sotish yoki xarid qilish yoʻli bilan) taklifi oshib borgan sari, unga boʻlgan baho pasayadi, oʻz navbatida, unga boʻlgan foiz (ya’ni, qimmatli qogʻozlarni sotib olganlarga foiz shaklida toʻlanadigan haq) oshadi, bu esa unga boʻlgan talabni oshiradi. Banklar va aholi qimmatli qogʻozlarni koʻproq xarid qila boshlaydi, pirovard natijada banklarning zaxiralari qisqaradi, oʻz navbatida, bu hol pul taklifining bank multiplikatoriga teng nisbatda qisqarishiga, shuningdek, bank zaxirasi va pul taklifining ortishiga olib keladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki ham pul kredit siyosatini yuritishda bu vositaning rolini keskin oshirishni maqsad qilib olgan. Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri – bu, hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim koʻzda tutilmagan zarurat tugʻilganda va moliyaviy ahvoli mustahkam boʻlgan hollardagina oladilar. Hisob stavkasining pasayishi bilan tijorat banklarida Markaziy bankdan qoʻshimcha zaxiralarni olish imkoniyatlari kengayadi. Oʻz navbatida, bu tijorat banklarining zaxiralardan yangi kreditlar berish bilan pul taklifini koʻpaytiradi. Yana shunday hollar mavjudki, Markaziy bank hisob stavkasini koʻtara borib, tijorat banklari 488 tomonidan qoʻshimcha zaxiralarni olish yoʻlidagi toʻsiqlarni biroz koʻtarganday boʻladi va kreditlar berish boʻyicha ularning faoliyatini pasaytiradi, shu yoʻl bilan pul taklifini cheklaydi. Agar ushbu stavka past boʻlsa, unda tijorat banklari koʻproq kredit olishga harakat qiladilar. Natijada banklarning ortiqcha zaxiralari ortib boradi va muomaladagi pul massasi miqdorining oshib borishiga olib keladi. Agarda hisob stavkasi miqdori yuqori boʻlsa, unda banklar kamroq kredit olishga, olganlarini esa qaytarib berishga harakat qiladilar, pirovard natijada ortiqcha bank zaxiralari qisqaradi, muomaladagi pul miqdori kamayadi. 2018-yil 25-sentyabrdan boshlab qayta moliyalash stavkasi 16 % etib belgilandi. 25.2-jadval Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash STAVKASI Amal qilgan davri Foizda 2018-yil 25-sentyabr – hozirgi kungacha 16 2018-yil 28-iyul – 2018-yil 24-sentyabr 14 2018-yil 7-fevral – 2018-yil 27-iyul 14 2017-yil 28-iyun – 2018-yil 6-fevral 14 2016-yil 1-yanvar – 2017-yil 27-iyun 9 2015-yil 1-yanvar – 2015-yil 31-dekabr 9 2014-yil 1-yanvar – 2014-yil 31-dekabr 10 2011-yil 1-yanvar – 2013-yil 31-dekabr 12 2006-yil 15-iyul – 2010-yil 31-dekabr 14 2006-yil 1-yanvar – 2006-yil 14-iyul 16 2004-yil 21-dekabr – 2005-yil 31-dekabr 16 2004-yil 5-iyul – 2004-yil 20-dekabr 18 2003-yil 10-sentyabr – 2004-yil 4-iyul 20 2003-yil 16-iyul – 2003-yil 9-sentyabr 24 2002-yil 1-yanvar – 2003-yil 15-iyul 30 2000-yil 1-iyul – 2001-yil 31-dekabr 24 2000-yil 1-iyun – 2000-yil 30-iyun 27,6 489 2000-yil 1-may – 2000-yil 31-may 28,8 2000-yil 1-aprel – 2000-yil 30-aprel 30 1998-yil 1-yanvar – 2000-yil 31-mart 36 1997-yil 1-noyabr – 1997-yil 31-dekabr 30 1997-yil 1-yanvar – 1997-yil 31-oktyabr 39,6 1996-yil 1-avgust – 1996-yil 31-dekabr 48 1996-yil 1-iyul – 1996-yil 31-iyul 60 1995-yil 1-avgust – 1996-yil 30-iyun 84 1995-yil 1-yul – 1995-yil 31-iyul 120 1995-yil 20-mart – 1995-yil 30-iyun 300 1995-yil 1-fevral – 1995-yil 19-mart 250 1994-yil 1-oktyabr – 1995-yil 31-yanvar 225 1994-yil 2-may – 1994-yil 30-sentyabr 150 Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta’sir etishi jarayonlarini oʻrganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil yondashuvchi iqtisodchilar oʻrtasida koʻp yillardan beri tortishuvlar boʻlib kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonaviy pul miqdori nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul taklifining nominal YaIM ga ta’sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta’sirning ahamiyatiga har xil baho beradilar. Keynschilar fikricha, monetar siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat aralashuvi shart deb hisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha deb hisoblaydilar. Monetaristlar pul miqdorining oʻzgarishi bilan YaIM oʻzgarishi oʻrtasida yaqinroq aloqa mavjud; ya’ni, pul miqdorining oʻzgarishi bevosita YaIM oʻzgarishiga olib keladi deb hisoblashadi. Buni ular pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi bilan izohlaydilar. Ayni paytda monetaristlar pulning aylanish tezligini barqaror deb hisoblaydilar, keynschilar esa, aksincha, beqaror deydilar. Hozirda mavjud boʻlgan monetaristik siyosatning modellari bu ikki yondashuvni sintez qilgan, ya’ni, bu yondashuvlarning ijobiy jihatlarini 490 qoʻshib, oʻzida aks ettiradi. Pul kredit siyosatining uzoq muddatli maqsadlariga erishish uchun monetaristik yondashuv koʻproq ishlatiladi. Shu bilan birga qisqa muddatli davrlarda esa davlat foiz stavkasiga ta’sir etish usulidan voz kechmaydi. Markaziy Bank bir vaqtning oʻzida ham pul massasini, ham foiz stavkasini oʻzgartirmasdan ushlab tura olmaydi. Pulga talab oʻsgan holatlarda maqsad foiz stavkasining barqarorligini ta’minlash boʻlsa Markaziy Bank pul taklifini oshirishga majbur boʻladi. Bu tadbir yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Pul massasining koʻpayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun pul taklifini cheklash siyosatini qoʻllash foiz stavkasining koʻtarilishiga olib keladi va bu siyosat qattiq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Agar pulga talab inflyatsiya taʼsirida koʻpaysa, qattiq pul kredit siyosatini qoʻllash maqsadga muvofiq boʻladi. Mabodo pulga talab ishlab chiqarish va daromadlarning oʻsishi oqibatida oshsa yumshoq pul kredit siyosatini qoʻllash oʻrinlidir. Pul kredit siyosatinig ishlab chiqarish hajmiga ta’siri birinchi paragrafda ta’kidlanganidek pul taklifi oʻzgarishining foiz stavkasi darajasiga, foiz stavkasi oʻzgarishida esa investitsiya xarajatlari hajmiga (bu bilan yalpi xarajatlar hajmiga ham) va yalpi xarajatlar oʻzgarishining ishlab chiqarish ya’ni yalpi taklif hajmiga ta’siri koʻrinishida bosqichma-bosqich roʻy beradi. Foiz stavkasining pul taklifi oʻzgarishiga tasirchanligi, yoki investitsiya xarajatlarining foiz stavkasi oʻzgarishiga taʼsirchanligi past boʻlishi pul kredit siyosatini amalga oshirishda muammolarni keltirib chiqaradi. Pul-kredit siyosati fiskal va savdo siyosatlari bilan chambarchas bogʻliq. Agarda Markaziy bank qayd qilingan valyuta kursini saqlab turishni maqsad qilib qoʻysa mustaqil (ichki) pul siyosatini olib borish mumkin boʻlmay qoladi. Chunki almashinuv kursini ta’minlab turish uchun valyuta zaxiralarini koʻpaytirib yoki kamaytirib turish iqtisodiyotda pul hajmiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Pul-kredit va fiskal siyosatlarni muvofiqlashtirish bilan bogʻliq qiyinchiliklar ham mavjud. Agarda hukumat iqtisodiyotni davlat xarajatlarini oshirish orqali qoʻllabquvvatlashni amalga oshirmoqchi boʻlsa, uning muvaffaqiyatli amalga 491 oshishi koʻproq pul-kredit siyosatining xarakteriga bogʻliq. Chunki, bu moʻljallanayotgan xarajatlar qimmatli qogʻozlar (ya’ni, obligatsiyalar)ni chiqarish evaziga amalga oshsa, pulga boʻlgan talab oshadi va natijada esa foiz stavkalari koʻtariladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Yoki Markaziy bank hukumatning yuqoridagi siyosatini qoʻllab-quvvatlash uchun pul taklifini ma’lum miqdorda koʻpaytirsa, pul qadrsizlanishi mumkin. Umuman, barqaror pul-kredit siyosati hukumat tomonidan olib boriladigan fiskal siyosatga hamma vaqt ham mos kelavermaydi. 3. Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari. Baholar darajasi va yalpi talab oʻrtasidagi teskari bogʻliqlik, quyidagi baho omillari bilan izohlanadi: 1. Foiz stavkasi samarasi; 2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi; 3. Import xaridlar samarasi. Foiz stavkasi samarasi shuni bildiradiki, yalpi talabning egri chiziq boʻyicha surilishi narxlar darajasi oʻzgarishining foiz stavkasiga boʻlgan ta’siriga bogʻliq. Demak, tovarlarning baho darajalari oshsa, iste’molchilarga xarid qilish uchun katta miqdorda naqd pul kerak boʻladi. Ishbilarmonlar uchun ham ish haqi va boshqa xarajatlarni toʻlashga katta miqdorda pul zarur boʻladi. Qisqacha aytganda, tovarlar bahosi darajalarining yuqoriligi pulga boʻlgan talabni oshiradi. Pul taklifi hajmi oʻzgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini koʻrsatilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori boʻlgan sharoitda ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga boʻlgan talabi pasayadi. Investitsiya xarajatlari yalpi talabning bir qismi boʻlganligi tufayli bu yalpi talab hajmining pasayishiga olib keladi, yaʼni: 447 P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓ Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi shuni bildiradiki, narxlar darajasining oshishi, jamgʻarilgan moliyaviy aktivlari (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi moliyaviy aktivlarning real qiymatini tiklash uchun joriy daromadidan iste’mol xarajatlar miqdorini qisqartiradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. soʻm boʻlsa, undan hech ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi, agarda inflyatsiya ta’sirida mashina narxi 12 mln. soʻmga koʻtarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. soʻm toʻplash uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan koʻproq qismini jamgʻaradi. Iste’mol xarajati yalpi talabning bir qismi boʻlganligi tufayli uning kamayishi ADning pasayishiga olib keladi. Moliyaviy P↑ → aktivlarning↓ → S↓ ( S↑ → AD↓ real qiymati Import xaridlar samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab kamayadi va oʻz navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga boʻlgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki YaIMga talab oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali yalpi talab hajmiga ta’sir koʻrsatadi. P↑→ X↓ ( M↑ →Xn↓ →AD↓ Yuqorida koʻrib oʻtilgan omillar yalpi talabning baho omillari deb ataladi. Bundan tashqari yalpi talabning bahoga bogʻliq boʻlmagan omillari ham mavjud. Bu omillardagi oʻzgarishlar yalpi talabning miqdorida oʻz aksini topadi va uning egri chizigʻini chapga yoki oʻngga siljitadi. 448 Yalpi talabning bahoga bogʻliq boʻlmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz: Iste’mol xarajatlaridagi oʻzgarishlar: a) iste’molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining oʻzgarishi; b) iste’molchilar kutishi; d) iste’molchilarning qarzlari miqdorining oʻzgarishi; e) iste’molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining oʻzgarishi. Investitsiya xarajatlaridagi oʻzgarishlar: a) foiz stavkasidagi oʻzgarishlar; b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda normasining oʻzgarishi; d) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining oʻzgarishi; e) yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi; f)zaxiradagi quvvatlar oʻzgarishi. Davlat xarajatlarining oʻzgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda: Sof eksport hajmidagi oʻzgarishlar: a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining oʻzgarishi; b) valyuta kurslaridagi oʻzgarishlar. Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari yalpi talabning narxlarga bogʻliq boʻlmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir. Yalpi talabning bahoga bogʻliq boʻlmagan omillari ta’sirida AD egri chizigʻi oʻngga yoki chapga siljiydi. Natijada ma’lum baho darajasiga mos keluvchi talab qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi oʻzgaradi. Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma’lum miqdorda pasayishi (bular eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri chizigʻining oʻngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha boʻlgan holatlarda AD egri chizigʻi chapga siljiydi. Download 18.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling