Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning ikkinchi usuli, bu loyihani iqtisodiy baholash hisoblanadi. - Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning ikkinchi usuli, bu loyihani iqtisodiy baholash hisoblanadi.
- Loyihani iqtisodiy baholash o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi:
- 1.- Oddiy (yoki statistik) baholash;
- 2.- diskontlashga asoslangan baholash.
- Birinchi guruhga quyidagilar kiradi:
- - investitsiya qoplash muddati (Payback Period, PP);
- - investitsiya samaradorligi koyeffitsiyenti (Accountinq Rate of Return, ARR).
- Ko‘pchilik hollarda amaliyotda investitsiya samaradorligi koyeffitsiyentini (ARR) o‘rniga foydaning oddiy normasi (return on investmens, ROI) koyeffitsiyentidan foydalaniladi.
- Lekin bu ikki koyeffitsiyenti hisoblash algoritmi bir xildir.
Ushbu usulning asosiy afzalliklari koyeffitsiyentlarni aniqlashda bajariladigan hisob-kitob ishlarining qulayligi, oddiyligi va tushunarligidadir. - Ushbu usulning asosiy afzalliklari koyeffitsiyentlarni aniqlashda bajariladigan hisob-kitob ishlarining qulayligi, oddiyligi va tushunarligidadir.
- Bu guruh koyeffitsiyentining kamchiliklari shundan iboratki, bunda investitsiyalanadigan loyiha bo‘yicha vaqt omili hisobga olinmaydi.
- Ikkinchidan, investitsiya kapitalining qoplanishi ko‘rsatkichiga asos qilinib, foyda olinadi, ammo amaliyotda amortizatsiya ajratmalari ham investitsiya kapitalining qoplanishi uchun manba bo‘ladi.
- Shuning uchun investitsiya qoplash muddati koyeffitsiyentini (RR) hisoblashda, albatta amortizatsiya ajratmalarini hisobga olish zarur.
- Uchinchidan, bu koyeffitsiyentlar investitsiya loyihasi bo‘yicha bir tomonlama baholashni beradi, yaʼni u foyda va investitsiya summalari miqdoriga asoslangan bo‘ladi.
Investitsiya loyihalarining samaradorligini chuqur tahlil etish uchun ikkinchi guruh iqtisodiy baholash koyeffitsiyentilaridan foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: - Investitsiya loyihalarining samaradorligini chuqur tahlil etish uchun ikkinchi guruh iqtisodiy baholash koyeffitsiyentilaridan foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi:
- - Sof keltirilgan qiymat (SKQ) (Net Present Valuye, NPV) yoki sof joriy qiymat;
- - investitsiya rentabelligi (IR) indeksi (Profitability Index, PI);
- - foydaning ichki meʼyori (FIM) (Internal Rate of Return, IRR);
- - investitsiya diskontlangan qoplash muddati (IDQM) (Discounted Payback Period, DPP).
- Xulosa qilib, shuni aytish joizki investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda ikki usul, yaʼni moliyaviy va iqtisodiy baholashdan fodaylaniladi. Bu baholash usullari bir-biri to‘ldirib turadi va investitsiya loyihasining samaradorligini aniq va to‘liq baholashda muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |