Investitsiya loyihalarining samaradorligini diskontlash asosida baholash usullari har qanday investitsiya loyihasining daromadliligini, samaradorliligini, foydaliligini hamda ularning jalb yetuvchanligini aniqlab bera oladi. Lekin ayrim hollarda investitsiya loyihalarini baholashda barcha usullarni qo‘llash zaruriyati bo‘lmasligi ham mumkin. Bu usullarning qo‘llanilishi tahlil qilinayotgan har bir loyihaning o‘ziga xos jihati va xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim. - Investitsiya loyihalarining samaradorligini diskontlash asosida baholash usullari har qanday investitsiya loyihasining daromadliligini, samaradorliligini, foydaliligini hamda ularning jalb yetuvchanligini aniqlab bera oladi. Lekin ayrim hollarda investitsiya loyihalarini baholashda barcha usullarni qo‘llash zaruriyati bo‘lmasligi ham mumkin. Bu usullarning qo‘llanilishi tahlil qilinayotgan har bir loyihaning o‘ziga xos jihati va xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
- Sof joriy qiymat (NPV) - investitsiyalash obʼektidan foydalanish davrida oldindan qatʼiy belgilangan va o‘zgarmas foiz stavkasida olinadigan daromadlar va qilinadigan xarajatlarning alohida muayyan davrdagi barcha kirim va chiqimlarning diskotlashtirilishi yo‘li bilan olingan va ular o‘rtasidagi farqni ifodalovchi qiymat. Uning mohiyati shundaki, yillik sof pul oqimi miqdori har bir davr uchun loyihani amalga oshirishning boshlang‘ich yiliga keltiriladi va u oqibatda o‘zini pul miqdorida sof joriy qiymat yoki sof diskontlashtirilgan daromad sifatida namoyon etadi.
- Uni hisoblash formulasi quyidagicha:
- bu yerda, NPV- sof joriy qiymat; d - diskontlash stavkasi; I0 -boshlang‘ich investitsiya; SG‘t - t davr oxirida kelib tushgan pul oqimi.
Foydaning ichki meʼyori usuli (IRR – internal rate of return) - bu pul tushumlarining diskont qiymati pul chiqimlarining diskont yetavkasiga teng bo‘lgandagi daromadlilik darajasi yoki bo‘lmasa loyihadan olingan sof tushumlarning diskontlangan qiymati investitsiyalarniig diskontlangan qiymatiga, sof joriy qiymat esa nolga teng bo‘lgandagi diskont meʼyoridir. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun sof joriy qiymatni aniqlashda ishlatilgan formuladan foydalaniladi va sof joriy qiymat nolga tenglashadigan minimal foiz stavkasi topiladi. Aynan shu foiz stavkasi foydaning ichki meʼyori usuli deb nomlanadi. Bu usul iqtisodiyotda rentabellikning ichki meʼyori, qoplash yoki samaradorlik koyeffitsiyenti, kapital qo‘yilmalarning chegaraviy samaradorligi deb ham yuritiladi. - Foydaning ichki meʼyori usuli (IRR – internal rate of return) - bu pul tushumlarining diskont qiymati pul chiqimlarining diskont yetavkasiga teng bo‘lgandagi daromadlilik darajasi yoki bo‘lmasa loyihadan olingan sof tushumlarning diskontlangan qiymati investitsiyalarniig diskontlangan qiymatiga, sof joriy qiymat esa nolga teng bo‘lgandagi diskont meʼyoridir. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun sof joriy qiymatni aniqlashda ishlatilgan formuladan foydalaniladi va sof joriy qiymat nolga tenglashadigan minimal foiz stavkasi topiladi. Aynan shu foiz stavkasi foydaning ichki meʼyori usuli deb nomlanadi. Bu usul iqtisodiyotda rentabellikning ichki meʼyori, qoplash yoki samaradorlik koyeffitsiyenti, kapital qo‘yilmalarning chegaraviy samaradorligi deb ham yuritiladi.
- Foydaning ichki meʼyorini aniqlash vazifasi birmuncha qiyin bo‘lib, investitsiyalarning bir yoki undan ko‘p marta amalga oshirilishiga, loyihadan olingan pul tushumlarining, xech bo‘lmasa, bir marta yoki boshida salbiy bo‘lishligiga va ushbu pul tushumlarining miqdoran bir xil bo‘lmasligiga asoslanadi.
- Uni hisoblash formulasini quyidagi tenglamada ifodalash mumkin:
- Agar investitsiya loyihasi bir necha yillar davomida moliyaviy resurslarning ketma-ket moliyalanishini talab yesa, unda (IRR)ni quyidagi formulada ifodalash mumkin:
- Bu yerda d miqdorini topish lozim bo‘ladi. Topilgan miqdor foydaning ichki meʼyori deb nomlanadi. Bu meyor sof joriy qiymat nolga teng bo‘lib, investitsiya loyihasi firmaning boyligi o‘sishini taʼminlamasligini va uning kamayishiga ham yo‘l qo‘ymasligini ko‘rsatadi:
- bu yerda IRR o‘rniga d miqdorni olsa ham bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |