Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


Sh. Shodmonov va U. G’ulomov iqtisodiyot nazariyasi kitobidan


Download 489.26 Kb.
bet4/8
Sana23.04.2023
Hajmi489.26 Kb.
#1392896
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kkkfkfk

Sh. Shodmonov va U. G’ulomov iqtisodiyot nazariyasi kitobidan
Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma’lum. Pulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog'liq holda tushuntiriladi.
Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konsepsiyalari mavjud bo'lib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion konsepsiyalar muhim o'rin tutadi. -Ratsionalistik konsepsiya pulning kelib chiqishini kishilar o'rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog'ida qiymatlaming harakatlanishi uchun maxsus vositalar zaniriigiga amin bo'lishiga asoslanadi.
-Evolyutsion konsepsiyasiga ko'ra, ular ijtimoiy mehnat taqsimoti, ayirboshlash, tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin.
Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi. Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkalа tovar ham bir xil rol o'ynaydi-gandek ko’rinadi. Aslida esa, ularning roli turlichadir. Bir tovar o'z qiymatini
boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa, birinchi tovarning qiymatini o'zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya'ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo bo'ladi. Pulning paydo bo'lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlari muhim o'rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud. Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida ekvivalent rolini o'ynovchi ko'plab tovarlar ichidan ba’zi birlari o'zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi. Chunki ekvivalent rolini o'ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo'lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi. Keyinchalik umumiy ekvivalent rolini o'ynovchi tovarlar
ichidan maxsus tovar - pul ajralib chiqdi. Dastlabki vaqtda pul rolini o'zining qator xususiyatlariga ko'ra, mazkur vazifani nisbatan muvaffaqiyatli bajara oluvchi oltin va kumush metallar bajara boshladi. Bu qiymatning pul shakli vujudga kelganini anglatar edi.
Shunday qilib, pul - bu hamma tovarlar va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo'lgan umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovardir.



Download 489.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling