Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


O`zbekiston Respublikasida mustaqil pul tizimining joriy qilinishi


Download 489.26 Kb.
bet8/8
Sana23.04.2023
Hajmi489.26 Kb.
#1392896
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kkkfkfk

O`zbekiston Respublikasida mustaqil pul tizimining joriy
qilinishi.

O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi uning mustaqil pul tizimiga ega bo`lishini taqozo qildi. Mustaqil pul tizimi
joriy qilinishining I bosqichi 1993 yildan boshlab «so`mkupon» larning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi.
O`zbekiston pul tizimini qurishning II bosqichi – 1994 yil iyuldan boshlab milliy valyuta–«so`m »ning muomalaga chiqarilgan.
Pul taqchilligi davom qilayotgan va Rossiya rubllari barqaror bo`l-magan sharoitda pul taqchilligini yo`qotish maqsadida ko`pgina respublikalar, jumladan, O`zbekistonda ham mustaqillikning birin-chi yillarida pul tizimini shakllantirish loyihasi tuzildi. Va O`zbekiston o`zining milliy valyutasini muomalaga chiqardi.

Pulning qadrini mustahkamlashga qaratilgan chora tadbirlar


Sh.R. Qobilov va Abdullayev A.J. QAYIMOVA Z.A, BOLTAEV
SH.SH, Narziyeva D. Mning pul va banklar kitobidan
Respublikada milliy valutani mustahkamlash ishida so’mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi. So’mning barqarorligini ta’minlashda undan ehtiyotkorona va tejab, tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘larning eng ko‘p samara berishiga, olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o‘rin tutadi.
Inflatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valutani mus-tahkamlashning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsiz-lanish darajasi ustidan qat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishida maqbul sur’atni tanlashga erishiladi.
Tovarlar taqchilligi mavjud bo’lib turgan hozirgi bosqichda giperinflatsiya-ning oldini olish uchun aholi iste’mol fondining o’sishini ishlab chiqariladi-gan mahsulot, ko’rsatiladigan xizmatning moddiy hajmi ko’payishiga bevosi-ta bog‘liq qilib qo‘yish zarur bo‘ladi. Ichki bozorni mollar va xizmatlar bilan to’ldirish, muomalaga o’rinsiz ortiqcha pul chiqarilishiga yo’l qo’ymaslik, milliy valuta barqarorligini ta’minlash va xalq turmush darajasini o’stirish-ning muhim shartidir.
Valuta birjalarida valuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. Milliy valuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatdagi sharti dastlabki bosqichda valutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko’paytirishga ustunlik berishdir

Pulning quvvatini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari:


• ichki bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirish;
• davlat xarajatlarini keskin qisqartirish, qat’iy moliya, bank-kredit siyosatini o’tkazish;
• eksport imkoniyatlarini keskin kuchaytirish; ortiqcha pul emissiyasiga, ya’ni pul bilan ta’minlanmagan ortiqcha pul muomalada bo’lishiga yo’l qo’ymaslik.
Pulning qadrini mustahkamlashni ta’minlashning vositalari:
• mamlakatning oltin zaxirasi bilan;
• mamlakatning butun boyligi bilan;
• tovar massasining hajmi va tarkibi orqali;
• talab va taklif o’rtasidagi nisbatni tartibga solish orqali;
• narx-navoni tartiblash orqali;
• pul muomalasi qonunidan foydalanish orqali.

Xulosa
Pul bozor tiziminmg universal va eng likvidli iqtisodiy vositasi sifatida iqtisodiy o'lchov, muomala va jamg'arish funksiyalarini bajaradi. Milliy pul yagona to'lov vositasi hisoblanadi, uning qadri, ya’ni xarid qurbi mavjud. Pul birligining xarid qurbini kerakli tovarlarni ko'paytirish yo'li bilan ta’minlanadi.
Milliy pul muayyan mamlakatga tegishli bo'lib, shu yerda muomalada bo'-ladi, uni himoyalovchi belgilari bor, bir pul boshqasidan ko'rinishi bilan far-qlanadi, o'ziga xos kupyura, tanga va chaqa pullardan iborat bo'ladi, pul birligining xarid qobiliyati uni bo ‘ladigan pul miqdori jami sotiladigan tovarlar narxining summasi
Pul miqdori keragidan ortib ketganda, inflatsiya paydo bo’ladiki, bu narx-larning muqim oshib borishi natijasida milliy pul birligining qadrsizlanishidir. Inflatsiyaning sabablari qo'shimcha pul emissiyasi, ishlab chiqarish qisqarib ketishi, xarajatlarning oshib ketishi, chet el valutasi zaxiralarining qadrsizlanishi kabilardan iboratdir.


Foydalanilgan adabiyotlar
1


Download 489.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling