Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


O’zbekiston Respublikasida pul tizimi va amalga oshirilgan pul isloxotlari


Download 489.26 Kb.
bet7/8
Sana23.04.2023
Hajmi489.26 Kb.
#1392896
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kkkfkfk

O’zbekiston Respublikasida pul tizimi va amalga oshirilgan pul isloxotlari
Abdullayev A. J, Qayimova Z. A, Boltayev.SH.SH, Narziyeva D. Mning pul va banklar kitobidan
O`zbekiston Respublikasining zamonaviy pul tizimi 1994-yil 1-iyulda milliy valyuta muomalaga kiritilgandan so`ng shakllandi.
Chunki milliy valyuta har qanday mamlakat pul tizimining asosiy
elementi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g’risidagi qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul massasining o`sishini nazorat qiladi.
O`zbekistonda pul tizimi to`g’risidagi maxsus qonun 1993-yilda bekor
qilingan, shu sababli hozirgi kunda pul tizimining me`yoriy huquqiy
asoslarida bo`ladi. So`ngi yillarda milliy valutaning qadrsizlanish suratini ya`ni devalvatsiya su`rati yuqori ekanligi kuzatilmoqda. 2003-yilda so`mning AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanishsu`rati 11% foizni tashkil etdi. Milliy valutaning real almashinuv
kursining oshishi mamlakat eksportini qimmatlashishiga sabab
bo`ladi.
O`zbekiston respublikasi pul tizimida naqd pul aylanmasini tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodchi olimlarning naqd pul aylanmasiga bag’ishlangan tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki respublika naqd pul aylanmasi bilan iqtisodiy faollik o`rtasida uzviy aloqadorlik mavjud.
Naqd pullarga bo`lgan talabni qisqartirish maqsadida respublikada plastic kartochkalar muomalasini rivojlantirishga ustuvor yo`nalish deb qaralmoqda. Muomaladagi milliy pul birliklarining barchasi banknotalar hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi moliya vazirligi pul emissiyasi sohasida hech qanday vakolatga ega emas. «Milliy val-yuta–milliy iftixor, davlat mustaqilligi-ning ramzi, suveren davlatga xos belgidir.
Pulning barqarorligi deganda, pulning, sotib olish qiymatining o`zgar-masligi va valyuta doimiyligi tushuniladi. Pulning sotib olish qobili-yati shu pul birligiga to`g’ri keluvchi tovar va xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi.
Agar tovar va xizmatlar bahosi barqaror bo`lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham barqaror bo`ladi. Agar pul o`zgarmagan sharoitda tovarlar bahosi oshadigan bo`lsa, bu holpulning sotib olish qobiliyati tushganini ko`rsatadi va aksincha, tovar va xizmatlar bahosining tushishi pulning sotib olish qobiliyatini oshganligidan dalolat beradi.
Pulning qadri tovarlar va xizmatlar bahosiga teskari proportsional – narx pasaysa, pul qadri oshadi yoki narx oshsa pulning qadri tushadi.
Pulning barqarorligini ta`minlashning asosiy yo`nalishlaridan yana biri byudjet taqchilligining bo`lmasligidir. Davlat byudjeti xarajat-larining daromadlaridan oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan byudjet taqchilligi muomalaga tovarlar bilan ta`minlangan pullar chiqarish hisobidan qoplanadi.

Download 489.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling