Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan
A. O’lmasov va A. Vahobovning iqtisodoyot nazariyasi kitobidan
Download 489.26 Kb.
|
kkkfkfk
- Bu sahifa navigatsiya:
- T.T. Jo’rayevning (2018) iqtisodiyot nazariyasi kitobidan
A. O’lmasov va A. Vahobovning iqtisodoyot nazariyasi kitobidan
Pul bozor aloqalarining hammabop va universal iqtisodiy vositasidir. Biz bilamizki bozor ishtirokchilarining hammasi puldan foydalanadi. Resurslarni sotganda, firmalar tovar sotib olganda, davlat soliq undirganda puldan foydalaniladi Shu puldan xonadonlar bozoridan istemol tovarlari sotib olinadi, firmalar resurslar oladi, soliq, badal va qarz kabi majburiyatlarni pul orqali to’lanadi. Xullas, pulsiz xech bir ish bitmaydi, hech kimning hojati chiqmaydi. Pul moliyaviy aktivlardan biri, boshqasi esa aksiya, obligatsiya va sertifikatlar. Biroq pul shunday aktivki, unga to’lov vositasi sifatida hamma vaqt xoxlagan tovarlarni va xizmatlarni sotib olish mumkun. Boshqa aktivlar vositasida esa bu ishni bajarib bo'lmaydi. T.T. Jo’rayevning (2018) iqtisodiyot nazariyasi kitobidan Pul tizimi. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari Pul tizimi – bu davlat tomonidan qonuniy tartibda o‘rnatilgan pul muomalasini tashkil qilish shakli va unga xizmat qiluvchi kredit muassasalaridir. Pul tizimining tarkibiy qismlari. Pul emissiya qilish tartibi muomaladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasalari. Naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirish tartibi va milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi Pul muomalasi - bu tovarlar aylanishiga hamda notovar tavsifidagi to’lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan aktivlarning harakati. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to’lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi Likvidlik – bu turli moliyaviy va moddiy aktivlarning har xil to’lovlarga zaruriyat bo’lganda naqd pullarga aylana olish layoqatidir. Pul mutloq likvidlik xususiyatiga ega. Boshqa barcha aktivlar kam yoki ko’p darajada bunday xususiyatga ega bo’ladi. Moliyaviy aktivlar likvidligi qancha kam bo’lsa, uning egasi uchun o’z ixtiyoridagi pulni zarur vaqtda olish imkoniyati bilan bog’liq yo’qotish tahlikasi shuncha yuqori bo’ladi. Yuqori inflyatsiya sharoitida pulning mutloq likvidligi ustuvorlikka ega Bo’lishdan to’xtaydi. Bunday sharoitda yuqori likvidli aktiv barqaror chet el valyutalari va ko’chmas mulklar bo’lib qoladi. Pul muomalasi o’ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning eng muhimi muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir. Muomalani ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagilarga Bog’liq. 1. Muayyan davrda, sotilishi lozim bo’lgan tovarlar narxi summasiga. Tovarlar qancha ko’p va narxi baland bo’lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko’p pul birligi talab qilinadi. 2. Pul birligining aylanish tezligiga. Pul bir xil bo’lmagan tezlik bilan aylanadi. Bu ko’p omillarga, jumladan ular ayriboshlanishiga xizmat qilayotgan tovarlar turiga bog’liq. 3. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori puldan to’lov vositasi sifatida foydalanishga ham bog’liq. Iqtisodiy fonda pul muomalasi to’g’risida bir qator nazariyalar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar: Klassik nazariya. Muomala uchun zarur pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlarning qiymat miqdori va ularning oltin asosiga teng kelishi g’oyasini ilgari suradi Miqdoriylik nazariyasi. Bu nazariyaga ko’ra muomaladagi pul miqdorining o’zgarishi tovarlar narxi ning o’zgarishiga olib keladi va bu o’z navbatida pulning sotib olish layoqatini o’zgartiradi Fisher yondashuvi. Bunda Fisher tenglamasi, pulning qadr-qiymati esa uning miqdoriga teskari mutanosiblikda bog’liq bo’lishini ko’rsatadi. Download 489.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling