Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan
O’zbekiston Respublikasida pul tizimi va amalga oshirilgan pul isloxotlari
Download 489.26 Kb.
|
kkkfkfk
O’zbekiston Respublikasida pul tizimi va amalga oshirilgan pul isloxotlari
Abdullayev A. J, Qayimova Z. A, Boltayev.SH.SH, Narziyeva D. Mning pul va banklar kitobidan O`zbekiston Respublikasining zamonaviy pul tizimi 1994-yil 1-iyulda milliy valyuta muomalaga kiritilgandan so`ng shakllandi. Chunki milliy valyuta har qanday mamlakat pul tizimining asosiy elementi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g’risidagi qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul massasining o`sishini nazorat qiladi. O`zbekistonda pul tizimi to`g’risidagi maxsus qonun 1993-yilda bekor qilingan, shu sababli hozirgi kunda pul tizimining me`yoriy huquqiy asoslarida bo`ladi. So`ngi yillarda milliy valutaning qadrsizlanish suratini ya`ni devalvatsiya su`rati yuqori ekanligi kuzatilmoqda. 2003-yilda so`mning AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanishsu`rati 11% foizni tashkil etdi. Milliy valutaning real almashinuv kursining oshishi mamlakat eksportini qimmatlashishiga sabab bo`ladi. O`zbekiston respublikasi pul tizimida naqd pul aylanmasini tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodchi olimlarning naqd pul aylanmasiga bag’ishlangan tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki respublika naqd pul aylanmasi bilan iqtisodiy faollik o`rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Naqd pullarga bo`lgan talabni qisqartirish maqsadida respublikada plastic kartochkalar muomalasini rivojlantirishga ustuvor yo`nalish deb qaralmoqda. Muomaladagi milliy pul birliklarining barchasi banknotalar hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi moliya vazirligi pul emissiyasi sohasida hech qanday vakolatga ega emas. «Milliy val-yuta–milliy iftixor, davlat mustaqilligi-ning ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Pulning barqarorligi deganda, pulning, sotib olish qiymatining o`zgar-masligi va valyuta doimiyligi tushuniladi. Pulning sotib olish qobili-yati shu pul birligiga to`g’ri keluvchi tovar va xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi. Agar tovar va xizmatlar bahosi barqaror bo`lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham barqaror bo`ladi. Agar pul o`zgarmagan sharoitda tovarlar bahosi oshadigan bo`lsa, bu holpulning sotib olish qobiliyati tushganini ko`rsatadi va aksincha, tovar va xizmatlar bahosining tushishi pulning sotib olish qobiliyatini oshganligidan dalolat beradi. Pulning qadri tovarlar va xizmatlar bahosiga teskari proportsional – narx pasaysa, pul qadri oshadi yoki narx oshsa pulning qadri tushadi. Pulning barqarorligini ta`minlashning asosiy yo`nalishlaridan yana biri byudjet taqchilligining bo`lmasligidir. Davlat byudjeti xarajat-larining daromadlaridan oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan byudjet taqchilligi muomalaga tovarlar bilan ta`minlangan pullar chiqarish hisobidan qoplanadi. Download 489.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling