Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «mikroiqtisodiyot. MAKROiqtisodiyot»
Raqobat . Monopoliya va mukammal raqobat
Download 423.8 Kb.
|
Ziyoda Kurs ishi1(2)
1.Raqobat . Monopoliya va mukammal raqobat
Raqobat — bozor subʼektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi. Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarning yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi Raqobat oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi Raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi. Raqobat isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. Raqobatda ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. Raqobat asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. Raqobat mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovarpul munosabatlarining , maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli R.ning asosiy sohasi bozor hisoblanadi. Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar Raqobat kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya Raqobatga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. Raqobat kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom Raqobatga boʻlinadi. Halol Raqobat bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. G’irrom Raqobatda taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol Raqobatni tan oladi. Raqobat iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib turadi. Raqobatdan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega. Raqobat olib borish usuliga koʻra, narx bilan Raqobat va narxsiz Raqobatga boʻlinadi. Narx bilan raqobatlashuv tovarlar yoki xizmatlarni raqiblarga Karaganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon narxda sotishni bildiradi (narxdan tashlamalar, ulgurji haridorlarga imtiyozlar va boshqalar)3, Narxsiz Raqobatga haridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday qonuniy usullari kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini uzaytirish, ekologik tozalik, xavfsizlik va boshqalar) Oʻz miqyosiga koʻra, Raqobat eng avvalo 2 turga — tarmoq ichidagi va tarmoqlararo Raqobatga boʻlinadi. Iqgisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi Raqobatning 4 ta shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. Bular erkin Raqobat, monopolistax Raqobat, monopoliya va oligopoliyatr Raqobatning amal qilishi uchun muayyan shartsharoitlar mavjud boʻlishi shart. Bu shartsharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda boʻlishi mumkin. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarining kuchayib borishi bilan Raqobat cheklanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o’z shakllarini o’zgartirib boradi. Narx - bozor mexanizmining muhim tarkibiy elementlaridan biri. U o’zining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromad iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bo’yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida «Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir»4 deb ta’kidladilar. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirib, sog’lom raqobat muhitining yaratilishiga kata ta’sir ko’rsatadi. Ushbu mavzuda biz narxning iqtisodiy mazmuni va vazifalari, shakllanish tamoyillari va uning darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, narx turlari bilan bir qatorda davlatning narx siyosati va uning O’zbekistondagi o’ziga xos jihatlarini ham ko’rib chiqamiz. Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat - bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Bu munosabatlarni qiymatning mehnat va naflilik nazariyalarini sintez qilish usulini davom ettirgan holda quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin. Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo’ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:
2) resurslarni joylashtirish vazifasi; 3) innovatsion vazifa; 5) taqsimlash vazifasi; 6) nazorat qilish vazifasi. Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi. Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko’rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo’naltarilgan bo’lib, ularning shunchaki o’zini-o’zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik faoliyati soxalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o’tishini bildiradi. Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi (Yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o’rtasida taqsimlakishiga bevosita va bilvosita ta’sir o’tkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa birishtirokchilar ustidan monopolistiq hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi. Mukammal raqobatdosh bozorlarga narx doim mahsuloning chegaraviy harajatiga teng. Shuningdek biz kordikki, uzoq muddatda kirish va chiqish iqtisodiy foydani nulga tenglashtiradi. Shundan kelib chiqib narx umumiy harajatiga tenglashadi. Biz Monopolistik korxonalar qanday qilib narxlarni chekli harajatdan yuqori ushlab turishi va bu pozitiv musbat iqtisodiy foydaga olib keladi va jamiyatda yoqotishlarga olib keladi. Mukammal va Monopolistik raqobat bozor tuzilmasining eng ohirgi shakllaridir. Raqobat bozorda koplab korxonalar deyarli bir hil maxsulotlarni taklif qilayotganda yuzaga keladi. Monopoliya esa bozorda faqat bitta firma bolsa paydo boladi. Mukammal raqobat va monoplliya bozorlar holatlari qanday ishlashi haqida bir necha kerakli fikrlarni tasvirlasada, iqtisoddagi koplab bozorlar ikkala holat elementlariga ham ega. Shunga kora, har biri ham tola tasvirlanmagan. Tipik firma iqtisodiyotda raqobatga yuz tutadi, biroq raqobat korxonani Korxonani narx oluvchiga aylantiradigandek qattiq qo`l emas. Tipik korxona shuningdek ma’lum darajada bozor kuchiga ega, lekin uning bozor kuchi Monopoliya modelida aniq korsatilgan korxona kabi unchalik qudratli emas. Boshqacha qilib aytganda, koplab tarmoqlar mukammal raqobatning markaziy xolati va monopliya ortasida turadi. Iqtisodchilar bu hodisani nomukammal raqobat deb atashadi. Nomukammal raqobatli bozorning bir turi bu Oligopoliya, unda bozor faqat bir necha sotuvchilarga ega va har biri boshqa sotuvchilardan unchalik farq qilmaydigan yoki oxshash maxsulotlarni taklif qiladi. Iqtisodchilar bozor xukumronligini statistik ataladigan konsentrasiya koffitsentiga ega korxonalarning kichik guruhlari orqali olchashadi. Konsentratsiya koffitsenti bu bozordagi umumiy maxsulot 4 ta yirik korxonalar orqali ta’minlanishidir. Lekin, ba’zi sanoatlarda, eng katta firmalar ustunroq rolni oynaydi. Yuqori konsentratsiyalangan sanoatlar oz ichiga galla ekinlari (konsentrasiya koiffeitsenti 83 %), samaliyot ishlab chiqadigan (aviasozlik korxonalari 85 %) Elektr lompochkalari 89%, uy jixozlari 90 % va sigaretlar 99% ni qamrab oladi. Ushbu tarmoqlar Oligopoliyaning eng zor tasvirlangan misollaridir. Nomukammal raqobat bozorning ikkinchi turi, Monopolistik raqobat deb ataladi. Bu bozor tizimidagi koplab korxonalar sotayotgan mahsulotlari oxshash lekin bir hil emasligi orqali tasvirlanadi. Monopolistik raqobatdosh bozorda har bir korxona ishlab chiqayotgan mahsuloti uchun Monopoliyaga ega. Lekin boshqa korxonalar bir hil iste’molchilar uchun kurashadigan oxshash mahsulotlar ishlab chiqaradi. Yanada aniqroq bolishi uchun Monopolistik raqobat bozorini quidagi xususiyatlarini tasvirlaydi. - Kop sutuvchilar: koplab firmalar bir xil guruhdagi xaridorlar uchun raqobatlashadi. -Mahsulot turliligi: har bir korxona boshqa korxonaga qaraganda eng kamida farq qiladigan mahsulot ishlab chiqaradi. Shunday qilib narx belgilashda, har bir korxona pastga qiyalagan talab chizigiga duch keladi. -Erkin kirish va chiqish: Firmalar cheklovlarsiz bozorga kirishi mumkin. Shunga binoan, korxonalar soni bozorda iqtisodiy daromad nolga yetganda ozgaradi. Daqiqali fikrlash quyidagi xususiyatlar bilan bozorni uzun royxatini ochadi: kitoblar, musiqalar, kinolar, kompyuter oyinlarlari, restoranlar, pianino darslari, pishiriqlar, mebel vah.k
Download 423.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling