Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «mikroiqtisodiyot. MAKROiqtisodiyot»
Raqobatlashgan bozordagi narx, o’rtacha va chekli daromad
Download 423.8 Kb.
|
Ziyoda Kurs ishi1(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Firma foydasini maksimallashtirish sharti ( E muvozanat nuqta), S korxona taklifi.
- Raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklifi
- Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini tanlash.
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Foydalanilgan internet saytlari.
Raqobatlashgan bozordagi narx, o’rtacha va chekli daromad.
Rasmdan ko’rinib turibdiki, raqobatlashgan bozordagi talabning narx bo’yicha elastikligi cheksizdir , ya’ni absolyut elastik. Bu degani, raqobatlashgan bozorda biror sotuvchi o’z tovari narxini kichik miqdorga oshirsa, u o’zining barcha xaridorlaridan ajraladi, agar narxni kichik miqdorga kamaytirsa, u o’ziga bozordagi barcha xaridorlarni tortadi. Misol. Raqobatlashgan bozorda bir xil sifatli apelsin sotilmoqda. Sotuvchining umumiy, o’rtacha va chekli daromadlarini hisoblaymiz. Ushbu hisob-kitoblar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Chekli daromad yalpi daromadning berilgan qiymatidan oldingisini ayirish bilan aniqlanadi. Maslan, . Firmaning tarmoqdagi ulushi uning chekli xarajatini, muvozanat narx bilan teng bo’lishini ta’minlaydigan ishlab chiqarish hajmi bilan aniqlanadi, ya’ni . Shunday qilib, raqobatlashgan bozorda qisqa muddatli oraliqda faoliyat ko’rsatayotgan firma (narx bozor tomonidan belgilanib o’zgarmaganda, talab chizig‘i gorizontal bo’lganda) muvozanat narx ishlab chiqarish hajmining barcha qiymatlarida quyidagi shartni qanoatlantirsa: , firma o’z foydasini maksimallashtiradi Firma foydasini maksimallashtirish sharti (E muvozanat nuqta), S korxona taklifi. Agar bozordagi muvozanat narx umumiy o’rtacha xarajatdan yuqori bo’lsa, firma normal foydadan tashqari ortiqcha foyda ham oladi. Agar bozor muvozanati narxi bo’lganda va talab chizig‘i taklif chizig‘ini va chiziqlari o’rtasida kesib o’tsa, ya’ni
bo’lsa, firma o’z yo’qotishlarini (zararini) minimallashtiradi. Umuman olganda, raqobatlashuvchi firma qisqa muddatli oraliqda ishlab
Yuqoridagi qoidalar firma uchun umumiy xarakterga ega. Raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklifi. Firmaning taklif chizig‘i har bir mumkin bo‘lgan narxlarda firma qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarib taklif qilishini ifodalaydi. Yuqorida ko‘rdikki, firma mahsulot ishlab chiqarishni narx chekli xarajatga teng bo‘lgunga qadar oshiradi va narx o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatdan kichik bo‘lsa, ishlab chiqarishni to‘xtatadi (firma yopiladi). Raqobatlashgan bozorda narxning oshishi bozordagi firmalarni ishlab chiqarish hajmini oshirishga undaydi, shuning uchun ham raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizig‘i o‘suvchi bo‘ladi.
bu yerda S1,S2,...Sn - firmalar taklifi chiziqlari; S - tarmoq taklifi chizig‘i. Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini tanlash. Uzoq muddatli oraliqda firma foydalanadigan barcha omillarini o‘zgartiradi, shu jumladan ishlab chiqarish quvvatlarini ham. Uzoq muddatli oraliqda firma o‘z kapitali hajmini o‘zgartirishi, ya'ni ishlab chiqarish quvvatini o‘zgartirishi mumkinligi firmaga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Firma ishlab chiqarish xarajatlarining qanday o‘zgarishi ishlab chiqarish masshtabi samaradorligining o‘sishi, o‘zgarmasligi va kamayishi bilan aniqlanadi. Yana shuni eslatib o‘tish kerakki, firmaning uzoq muddatli oraliqdagi faoliyatini tahlil qilganimizda uning o‘rtacha xarajatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Faraz qilaylik, firmaning ishlab chiqarish jarayonida barcha ishlab chiqarish hajmlari uchun o‘zgarmas masshtab samarasiga ega. Bunda ishlab chiqarish omillari sarfi ikki barobar oshganda ishlab chiqarish hajmi ham ikki barobarga o‘sadi. Demak, ishlab chiqarish hajmi oshgani bilan o‘rtacha ishlab chiqarish xarajatlari o‘zgarmaydi. Endi faraz qilaylik, masshtab samarasi o‘suvchi bo‘lsin. Ishlab chiqarish omillaridan foydalanishni ikki barobar oshirganimizda, ishlab chiqarish hajmi ikki barobardan ko‘proqqa oshadi (masalan, uch barobarga oshirishi mumkin). Bunday holda o‘rtacha ishlab chiqarish xarajatlari qisqaradi, nima uchun deganda, ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur'ati, omillar sarfi sur'atidan ko‘p. Xuddi shunday, masshtab samarasi pasayganda, ya'ni ishlab chiqarish omillari sarfini o‘sishi sur'atidan ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur'ati kichik bo‘lganda AC ortib boradi. Raqobatlashgan bozorda juda ko‘p sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi, shu sababli ulardan birortasi ham tovar narxiga ta'sir qilaolmaydi, narxni bozorning o‘zi talab va taklifga ko‘ra shakllantiradi. Sotuvchilar va xaridorlar bu narxni qabul qiladilar va shu narxga ko‘ra qancha mahsulot sotish kerak yoki qancha mahsulot sotib olish kerakligi bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Sof monopoliya raqobatlashgan bozorning aksi bo‘lib, bu yerda bitta sotuvchi va ko‘plab xaridorlar qatnashadi. Sof monopolistning raqobatchisi yo‘q. Firma monopol hokimiyatga ega bo‘ladi, qachonki u o‘zining sotadigan tovari narxiga ta'sir qilaolsa, ya'ni o‘zgartiraolsa. Monopol hokimiyat darajasi ushbu tovar o‘rnini bosuvchi tovarning mavjudligi va tovarning bozordagi ulushi bilan belgilanadi. Monopol hokimiyatga ega bo‘lish uchun firmaning sof monopolist bo‘lishi shart emas. Firma mahsulotiga bo‘lgan talab chizig‘i raqobatlashgan bozordagiday garizontal bo‘lmasdan, pastga yotiq bo‘lishi kifoyadir8. Agar talab chizig‘i pastga yotiq bo‘lsa, firma taklif hajmini oshirib yoki kamaytirib, mahsulot narxini o‘zgartirishi mumkin. Umumun olganda monopolist narxni nazorat qilishidan yutuqqa ega bo‘ladi. Monopolistning taklifi raqobatlashgan bozor taklifiga ko‘ra kam bo‘ladi, tovar narxi esa, raqobatlashgan narxga nisbatan yuqori bo‘ladi (monopol narx chekli xarajatdan yuqori). Tovarlarni monopol narxda sotilishi jamiyat xarajatini ko‘paytiradi, aholining turmush darajasiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Nima uchun deganda, ushbu tovarni sotib oluvchilar ko‘proq pul sarflaydi, shu tovarni sotib oluvchilar soni ham kamayadi. Shuning uchun ham monopoliyaga qarshi qonun, bozorlarni monopoliyaga aylantirishga yo‘l qo‘ymaydi. Raqobatlashgan bozorda firma maksimal foyda oladi, agar u chekli daromad chekli xarajatga teng holatni ta'minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsa, bunday mahsulot hajmi optimal bo‘ladi. Monopolist ham shu optimal ishlab chiqarish shartiga amal qilishi kerak bo‘ladi. Sof monopolist tovariga bo‘lgan talab ham bozor talabi hisoblanadi. Monopolist o‘z tovari narxini oshirsa unga talab kamayadi va aksincha, monopolist tovar narxini tushirsa unga talab ortadi. Xuddi shunday sof monopolist taklifi ham bozor taklifi hisoblanadi. Masalan tovar ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan xarajatlari oshsa, monopolist maksimal foyda olish uchun tovar hajmini qisqartiradi. Taklif hajmining qisqarishi va xaridorlar o‘rtasida raqobatning mavjudligi tovar narxini oshiradi. Raqobatlashgan bozorda firmaning chekli daromadi mahsulot narxiga teng va talab chizig‘i gorizontal bo‘lsa, monopol bozorda monopolist mahsulotiga bo‘lgan talab chizig‘i pastga yotiqroq va monopolistning chekli daromadi har doim narxdan kichik bo‘ladi. Monopol firmaning mahsulotiga talab bilan uning chekli va umumiy daromadi o‘rtasidagi bog‘liqliklarni quyidagi rasmda ko‘rish mumkin. P const Raqobatlashgan bozorni taҳlil qilganimizda bozordagi tovarlarni bir xil deb, ya’ni ularning sifati bir xil deb qaraymiz. (Amalda tovarning sifatiga qarab, ularning narxi ҳar xil bo’ladi, sifatli tovarning narxi sifati pastroq tovarning narxiga ko’ra yuqori bo’ladi). Xulosa Oʻzbekistonning jahon iqtisodiyoti bilan aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. Bu esa ichki bozorda raqobat muhitini taʼminlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatdoshligini oshirishni talab etadi. Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor bo’ladi, agar unda quyidagi shartlar bajarilsa: sotuvchi va xaridorlar bozorda maҳsulot narxi qanday bo’lsa, shunday qabul qiladilar va ular narxga ta’sir qila olmaydilar; bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni bozordan chiqishi cheklanmagan; sotuvchilar birgalikda ҳarakat qilish strategiyasini ishlab chiqmaydi; bozor sub’ektlari bozor to’ғrisida to’liq axborot olish imkoniyatiga ega. Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan bozor ҳisoblanadi yoki sof raqobatlashgan ҳamda raqobatlashgan bozor deb qaraladi. Raqobatlashgan bozorda ҳarakat qilayotgan firmaning raqobatlashuvchi firma deb qaraladi. Bundan keyin raqobatlashuvchi firma to’g’risida gapirilganda, biz raqobatlashgan bozorda ҳarakat qilayotgan firmani nazarda tutamiz. Demak, raqobatlashgan bozorda tovar narxi bozorda talab va taklif asosida shakllanadi va unga sotuvchi ҳam xaridor ҳam ta’sir qila olmaydi: Raqobatlashgan bozorda ҳar bir aloҳida sotuvchi tomonidan sotiladigan tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi ulushi juda oz bo’lgani uchun ҳam u tovar narxini o’zgartira olmaydi. Mukammal raqobatlashgan bozorda sotuvchilar ҳam xaridorlar ҳam ko’p. Davlatimiz rahbari O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga qat’iy o’tishi jarayonida raqobat masalasi prinsipial ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tganlar. Shu jumladan, barchaga a’yonki, raqobat bo’lmagan joyda rivojlanish ham vujudga kelmaydi. Kurs ishimga xulosa qilib aytganimda, raqobatdosh bozorlar mavjud bo’lmasa, sifat ham yaxshi bo’lmaydi va shuningdek, monopoliya vujudga keladi. Dunyo tarjibasidan ma’lumki, har bir sohada raqobat mavjud bo’lsagina, sifat ham bo’ladi va iqtisodiyot ham rivojlanadi. Misol uchun, Yaponiyadagi mashina korxonalari har yili o’z mashinalarini yanada takomillashtirishga harakat qilishadi. Buning natijasida, yangidan yangi qulayliklar paydo bo’ladi. Bizning yurtimizda ham bugungi kunda bosqichma-bosqich keng ko’lamli ishlar bu borada olib borilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmon . 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: O‘zbekiston -2017 “Mikroiqtisodiyot” I.A.Bakiyeva va boshq.2017y “Makroiqtisodiyot” Djumayev, 2017-y, Iqtisodiyot nazariyasi” – D.Tojiboyeva/ /2005y “Курсмикроэкономики” – R.M.Nuriyev/ /2005y .Amaliy iqtisodiyot (o`quv qo`llanmasi). Tarjimonlar I.Fozilov va boshqalar. T.: “Sharq”, 1996. 7. Butikov I. Qimmatli qog`ozlar bozori. T.: “Konsauditinform”, 2001. 8. Doklad o chelovecheskom razvitii. T. “O`zbekiston”,1993. 9. Kurs ekonomiki(uchebnik). M.: “Infra-M”, 2000. 10. Rasulov M. Bozor iqtisodiyoti asoslari. T.: “O`zbekiston”, 1999. 11.Ergashev T.,Ismatov R. Iqtisodiy savodxonlik asoslari. T.: “Sharq”, 2001 Foydalanilgan internet saytlari. http://www.cbu.uz https://uz.m.wikipedia.org https://t.me/moliya_kutub https://review.uz/uz https://www.spot.uz/ https://www.lex.uz/acts http://library.ziyonet.uz www.frbsf.org 1 Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 7-dekabr kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi nutqidan 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmon 3 “Iqtisodiyot nazariyasi” - Sh.Shodmonov, U.V.G’afurov /2005y 4 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: O‘zbekiston -2017 5 Iqtisodiyot nazariyasi” – D.Tojiboyeva/ /2005y 6 “Курсмикроэкономики” – R.M.Nuriyev/ /2005y 7 “Makroiqtisodiyot” Djumayev, 2017-y. 8 “Mikroiqtisodiyot” – K.R.Makkonel/ /2005y Download 423.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling