Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «mikroiqtisodiyot. MAKROiqtisodiyot»


Oʻrta nuqta metodi: elastiklik va foiz oʻzgarishlarini hisoblashning yaxshiroq yoʻli


Download 0.62 Mb.
bet5/12
Sana19.12.2021
Hajmi0.62 Mb.
#181968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

Oʻrta nuqta metodi: elastiklik va foiz oʻzgarishlarini hisoblashning yaxshiroq yoʻli

Elastiklik va foiz oʻzgarishini hisoblashning yaxshiroq yoʻli bu talab egri chizigʻidagi 2 nuqta orasidagi talabning narx elastikligini hisoblasangiz, muammoni tezda sezasiz: A dan B nuqtagacha boʻlgan elastiklik, B dan A gacha boʻlgan elastiklikdan farqlidek tuyuladi.

A nuqta: Narx=4$ miqdor=120.

B nuqta: Narx=6$ miqdor=80.

A dan B gacha yurilsa, narx 50%ga koʻtarilgan, miqdori 33%ga pasaygan talabning narx elastikligi =33/50 yoki 0.66. Bunga zid holda B nuqtadan A ga yurilsa narx 33% ga pasaygan miqdor 50% ga koʻtarilgan talabning narx elastikligi 50/33 yoki 1.5. Bunda farqlar yuzaga keladi, chunki foizlar oʻzgarishi turli xil asosda hisoblanadi.

Bu muammoni yechishning 1 yoʻli elastiklikni hisoblash uchun oʻrta nuqta metodidan foydalanishdir. Foizning oʻzgarishini hisoblash uchun standart jarayon boshlangʻich bosqich orqali oʻzgarishlar boʻlishi mumkin. Bunga zid holda, oʻrta nuqta metodi boshlangʻich va soʻnggi bosqichlari orqali oʻzgaruvchilarni boʻlish orqali foizda hisoblaydi. Misol uchun 5$ 4$ va 6$ oʻrtasida oʻrta nuqta. Shuning uchun oʻrta nuqta metodiga koʻra 4 dan 6 ga oʻzgarish 40% li oʻsish deb hisoblanadi. (6-4)/5*100=40 %; shunga koʻra, 6 dan 4 ga oʻzgarish 40% pastlashni anglatadi.

Oʻrta nuqta metodi oʻzgarish yoʻnalishidan qat’iy nazar bir xil javobni bergani uchun u tez-tez 2 nuqta orasida talabning narx egri chizigʻini hisoblashda foydalaniladi. Bizning namunada, A va B oʻrtasida oʻrta nuqta: narx= 5$ miqdor=100 oʻrta qiymat metodiga koʻra, A dan B ga borganda narx 40% ga oshadi va miqdor 40% ga tushadi. Shu kabi, B dan A ga borganda narx 40% ga tushadi va miqdor

40% koʻtariladi. 2 yoʻnalishda ham talabning narx elastikligi 1 ga teng. Quyidagi formula 2 nuqta orasida talabning narx elastikligini hisoblash uchun oʻrta nuqta metodi boʻlib unda (Q1,P1) va (Q2,P2)lar belgilab olingan.


Talabning narx elastikligi =

Surʼat oʻrta nuqta metodi orqali hisoblangan miqdordagi foiz oʻzgarish. Mahraj oʻrta nuqta orqali hisoblangan narxda foiz oʻzgarishi. Agar sizga elastiklikni hisoblash shart boʻlsa, bu formuladan foydalanishingiz kerak.

Bu kitobda, biz kamdan – kam bu kabi hisoblashlarni koʻrsatamiz. Bizning maqsadimizning asosiylaridan biri elastiklik qanday ifodalanishidan koʻra nimani ifodalashi muhimroq.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling