Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «mikroiqtisodiyot. MAKROiqtisodiyot»


Talabning narx elastikligi va uning omillari


Download 0.62 Mb.
bet3/12
Sana19.12.2021
Hajmi0.62 Mb.
#181968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

Talabning narx elastikligi va uning omillari

Talab qonuni tovar narxining tushishi talab qilinadigan miqdorning oshishiga olib kelishini ifodalaydi. Talabning narx elastikligi – talab qilinadigan miqdor qancha boʻlganda narx oʻzgarishiga javob berishini oʻlchaydi. Agar talab qilinadigan miqdor narx oʻzgarishiga katta miqdorda ta’sir qilsa, tovar uchun talab elastik deyiladi. Agar talab qilinadigan miqdor narx oʻzgarishiga kichik miqdorda ta’sir qilsa, talab noelastik deyiladi.

Har qanday tovar uchun talabning narx elastikligi narx oshganda iste’molchilar kamroq tovar sotib olishga qay darajada tayyor ekanliklarini oʻlchaydi. Elastiklik iste’molchi afzal koʻradigan iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarga ta’sir etadi. Tajribaga asoslangan holda talabning narx elastikligini qanday omillar belgilab berishi haqidagi ba’zi umumiy qoidalarni koʻrib chiqamiz.

Oʻrin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. Oʻrin bosuvchi tovarlar koʻproq elastik boʻladi, chunki xaridor uchun bu tovardan boshqa tovarga oʻtish ancha oson. Masalan, saryogʻ va margarin oson oʻrin almasha oladi. Saryogʻ narxining kichik miqdorda oʻsishi margarin narxiga e’tiborimizni qaratadi va sotib olinadigan saryogʻ miqdorining kamayishiga sababchi boʻladi.

Teskari ravishda, tuxumning oʻrin bosuvchisi boʻlmaganligi sababli tuxum uchun talab saryogʻnikiga qaraganda deyarli elastik emas.

Qulay hayot kechirishga teskari muhumlik. Qulay hayot kechirishda elastik talab boʻlganligiga teskari ravishda muhimlik noelastik talabdir. Shifokor koʻrigining narxi oshgani bilan insonlar shifokor qabuliga yozilishni kamaytirishmaydi, hatto kamroq borishi mumkin boʻlsa ham. Bunga teskari ravishda talab qilinadigan qayiqlar miqdorining kamaytirishga olib keladi.

Bunga sabab koʻpchilik odamlar shifokor qabuliga muhimlik sifatida qayiqlarni esa qulay hayot kechirish sifatida baholaydi albatta. Tovar muhimlik yoki qulaylik sifatida baholanishi nafaqat tovarning

vaqtinchalik ma’lumotiga, balki sotuvchining afzalliklariga ham bogʻliq. Bunga ahamiyat bermaydigan qiziquvchi dengiz suzuvchisi uchun qayiqlar noelastik, doctor uchun qulaylik va elastik talab boʻladi.

Elastiklik – talab qilinadigan yoki taklif qilinadigan miqdorning uning omillaridan biriga ta’sirining oʻlchovi.

Talabning narx elastikligi – tovarning talab qilinadigan miqdori, shu tovarning narxiga qay darajada ta’sir qilishini oʻlchaydi va talab qilinadigan miqdorning oʻzgarish foizi narxning oʻzgarish foiziga nisbati bilan aniqlanadi.

Talabning narx elastikligi va uning aniqlovchilari

Tovar narxining pasayishi unga boʻlgan talabni oshiradi. Bu talab qonunidir. Talabning narx elastikligi narx oʻzgarganda talab qanday oʻzgarishini ifodalaydi. Biron-bir mahsulotga boʻlgan talab elastik deb yuritiladi, agar talab miqdori narxdagi oʻzgarishga sezilarli ravishda javob qaytarsa. Biron-bir mahsulotga boʻlgan talab noelastik boʻladi, agar talab miqdori narxdagi oʻzgarishlarga birozgina javob qaytarsa.

Har qanday mahsulot uchun talabning narx elastikligi oʻsha mahsulotning narxi oshganda iste’molchilarning xaridi qanday ekanligini hisoblaydi. Shunday qilib, elastiklik iste’molchi xohishlarini shakllantiradigan koʻplab iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarda aks etadi. Lekin, tajribaga asoslangan holda, biz talabning narx elastikligini nima aniqlab berishi haqida bir necha umumiy qoidalarini bayon qilamiz.

Yaqin oʻrin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. Oʻrnini bosuvchisi bor boʻlgan tovarlar koʻproq elastik talabga ega, chunki bir tovar oʻrniga boshqasini sotib olish iste’molchilar uchun osonroq. Masalan, saryogʻ va margarin bir-birini oʻrnini bemalol bosadi. Margarin narxi oʻzgarmaganda saryogʻ narxining biroz koʻtarilishi saryogʻning sotilish miqdori tushushiga sabab boʻladi. Bunga zid holda, tuxumning oʻrnini bosadigan tovar boʻlmagani uchun tuxumga boʻlgan talab saryogʻga nisbatan kamroq elastik boʻladi.

Zaruriyat hashamatga qarshi. Zaruriyatga boʻlgan talab odatda noelastik boʻladi, lekin hashamat elastik talabga ega. Shifokorlarga tashrif buyurish narxi oshgan vaqtda, odamlar ular bilan uchrashish sonini keskin kamaytirmaydi. Lekin yelkanli qayiq narxi oshsa, unga boʻlgan talab sezilarli darajada pasayadi. Chunki odamlar shifokorga zaruriyat uchun borishadi, yelkanli qayiq esa hashamat hisoblanadi. Albatta, tovarlarning zaruriyat yoki hashamat ekanligi ularning ichki xususiyatlariga bogʻliq emas, balki xaridorlarning xohishiga bogʻliq. Sogʻligʻiga kamroq munosabatda boʻlgan dengizchi uchun yelkanli qayiq talab elastikligiga ega boʻlgan zaruriyat boʻlishi mumkin va shifokorga borish elastik talabga ega boʻlgan hashamat boʻlishi mumkin.

Bozor tavsifi. Har qanday bozor talab elastikligi bozor chegaralarini qanday chizishimizga bogʻliq. Tor doirada aniqlangan bozor keng doirada aniqlanganidan koʻra elastikroq talabga ega, chunki tor doirada aniqlangan tovarlar uchun bir-birini oʻrnini bosuvchi tovarlar topish oson. Misol uchun, oziq-ovqat noelastik talabga ega, chunki oziqovqatning oʻrnini bosadigan tovar mavjud emas. Muzqaymoq elastik talabga ega, chunki disertga muzqaymoqdan boshqa narsa olsa ham boʻladi. Vanilin muzqaymogʻi juda ham elastik talabga ega, chunki muzqaymogʻning koʻplab boshqa tamlilari uning oʻrnini bosadi.

Vaqt birligi. Tovarlar odatda uzoqroq vaqtda koʻproq elastik talabga ega boʻlishadi. Benzin narxi oshganda, birinchi oylarda unga boʻlgan talab miqdori biroz kamayadi. Lekin, vaqt oʻtgan sayin, odamlar yoqilgʻi tejaydigan mashinalar sotib olishadi, jamoa transportidan koʻproq foydalanishadi va ish joylariga yaqin joyga koʻchishadi. Bir necha yil ichida benzinga boʻlgan talab sezilarli darajada tushadi.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling