Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi fani


Download 126.28 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi126.28 Kb.
#1562255
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YaIMI

Kurs ishining tuzilishi :kurs ishimiz kirish qisim 4 bo’lim xulosadan iborat.

1.Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko’rsatgichlari.
Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.
Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.
Makroiqtisodiy jihatdan qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari; ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi; mazkur sub’ektlar ishlab chiqarish hajmlari, milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko‘rinishda quyidagi 1-chizma orqali tasvirlash mumkin.1
Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig‘imi va monopollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning yer maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.

Milliy iqtisodiyot



Iqtisodiy jihatdan nisbatan mustaqil birliklar


Korxonalar




Uy xo’jaliklari









Davlat (Ko’plab xo’

jalik yurituvchi birliklari bilan)







1-chizma. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi.


Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot– bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.Makroiqtisodiyot o‘z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.
Milliy iqtisodiyotning asosiy funksional ahamiyati mamlakat barcha aholisining doimiy ravishda o‘sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob’ektiv ravishda aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1) asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati va harakatini ob’ektiv aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi;
2) mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondashuv;
3) iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning ob’ektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralashuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash;
4) makroiqtisodiy nazariya muauyan mamlakatlarning iqtisodiyotini ob’ektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o‘ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish;
5) ishlab chiqarishni mamlakat barcha aholisining daromadlari va iste’moli darajasini o‘stirishga yo‘naltirish;
6) aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘sishining yagona manbai bo‘lib mamlakatning barcha aholisini ish joylari hamda daromadlarning oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o‘sishi ekanligini tushunish.
Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o‘sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi.
Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpiichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi.
Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.2
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qo`llaniladigan ko`rsatkichlardan farqli tarzda bu ko`rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha sub‘ektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o`tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo`jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.
Bu ko`rsatkichlarga quyidagilar kiradi:

  • Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste‘mol (C), Jamg`arish (S) ko`rsatkichlarining hajmi va o`sish sur‘atlari;

  • iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;

  • mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va o`sish suratlari;

  • resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko`rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);

  • davlat budjeti taqchilligi, deflator, iste‘mol baholari indeksi, inflatsiyaning o`sish sur‘atlari;

  • ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;

  • aholining moddiy ne‘matlar va xizmatlar iste‘moli hajmi, ularning jamg`armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.

Davlat budjeti taqchilligi va inflatsiya sur‘ati kabi ko`rsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo`llanilsa, YaIM, SIM, YaMD, SMD, ShD, ShTD, C, S ko`rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi.
Bu ko`rsatkichlar iqtisodiyotning barcha sub‘ektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi(MHT) tashkil etadi. MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o`tagani holda uning standartlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o`rganish, unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab o`tilgan barcha ko`rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama yondoshuvga yo`l qo`yilishi mumkin.


Download 126.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling