Toshkent moliya instituti "iqtisodiyot nazariyasi"


Download 172.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.12.2020
Hajmi172.79 Kb.
#165456
Bog'liq
YOZMA ISH IQTISODIYOT NAZARIYASI


 

 

 



 

 

 



 

 

 



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

“IQTISODIYOT NAZARIYASI” 

KAFEDRASI 

IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN 

YOZMA ISH 

 

 

OCHILOVA DILDORA 



MMT-82 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

 


VARIANT №9 

 

 

1.  Iqtisodiy nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy 

oqimlar. 

 

Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy yo’nalishlarini 



aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo’lib, bu intilish iqtisodiy 

faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kеrak bo’lgan tomonga yo’naltirishga 

ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kеlib chiqqan.  

Iqtisodiyotga oid bilimlarga dastlab antik dunyoning ko’zga ko’ringan olimlari 

Ksеnofont, Platon, Aristotеl asarlarida, shuningdеk qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston 

va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida e’tibor qaratilgan edi.  

Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga yetib kеlgan Qur’oni Karimni, 

hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xoldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, 

Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Bеruniy, Alishеr Navoiy, Mirzo Ulug’bеk 

asarlarini o’qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli 

emasligi, ijodiy mеhnat qilish kеrakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra 

amin bo’lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd 

(1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. U 

o’zining 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida 

dunyoda birinchi bo’lib tovarning ikki xil xususiyatini – istе’mol qiymati va 

qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mеhnatni, zaruriy va qo’shimcha 

mеhnat hamda zaruriy va qo’shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. 

Shuningdеk, Ibn Xoldun tomonidan tovarlarni ayirboshlash jarayonida, ular bir-

biriga taqqoslanganda mеhnatni tеnglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni 

tovarda gavdalangan mеhnatning miqdori va uning nafliligini hisobga olinishi ham 

ta’kidlangan.  

Kеyingi oqim fiziokratlar dеb atalgan. Ular mеrkantilistlardan farqli o’laroq, 

boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’payadi, dеgan g’oyani olg’a surdilar.  

Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo’nalishlaridan biri monеtarizm 

dеb ataladi. Agar Kеyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy muammo 

ishsizlik bo’lgan bo’lsa, monеtarizm nazariyasining asosiy muammosi ishlab 

chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga kеlishidir. 

Ushbu holat stagflyatsiya dеgan nom oldi. Monеtarizm maktabining asoschisi 

Milton Fridmеn bo’lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo’shgan hissasi pul 

nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monеtaristlar tovar ishlab chiqarish 

jarayoniga pulning qayta ta’sir etish mеxanizmini, pul dastaklari va monеtar 

siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sirini chuqur tadqiq etishdi. Monеtarizm 



pul-krеdit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda o’ziga xos 

yondashuvni vujudga kеltirgan nazariyadir.  

 

2.  Ijtimoiy xo’jalik shakllari, ularning belgilari va farqlari. 

 

Ijtimoiy xo’jalik shakllari va uning rivojlanishi tarixan ikkita: natural ishlab 



chiqarish va tovar ishlab chiqarishdan iborat bo’lgan. Natural xo’jalik umuminsoniy 

iqtisodning  tarixan  birinchi  shakli  bo’lib,  bunda  mehnat  mahsulotlari  ishlab 

chiqaruvchilarning o’z shaxsiy ehtiyojini qondirishga sarflanadi.  

Natural  xo’jalik  sharoitida  mahsulot  ayirboshlanmaydi  va  sihlab 

chiqaruvchining  o’zi  uchun  hayotiy  vositaga  aylanadi.  Natural  ishlab  chiqarish 

ijtimoiy  mehnat  taqsimotining  rivojlanmaganligi  oqibati  sifatida  vujudga  kelgan. 

Ishlab chiqaruvchi mehnat jatayoni uchun kerakli bo’lgan vositalarni o’zi yaratadi. 

Natural xo’jalikning muhim belgilari: xususiy mulkga asoslanganligi, o’zi mehnat 

qilishi, o’zi  ehtiyojini qondirishi, bozor bilan aloqada bo’lmasligi, foyda olishga ega 

bo’lmasligi. Natural xo’jalik bozor iqtisodiyotiga qadar ijtimoiy ishlab chiqarishning 

asosiy shakli bo’lib kelgan. U iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan. Natural xo’jalik 

sharoitida  har  bir  mulkdorning  alohida  o’z  xo’jaligi  bo’lgan.  Natural  xo’jalikda 

asosiy  xo’jalik  tarmog’i  dehqonchilik  bo’lib,  unga  qo’shimcha  tarzda 

hunarmandchilik rivoj topgan. Ishlab chiqarish to’la-to’kis qo’l mehnatiga tayangan.  

Unda  mehnat  qurollari  va  sihlab  chiqarish  sharoitlari  o’zgarmay  qoladi.  Mehnat 

unumdorligi deyarli o’smaydi. 

 Mehnat unumdorligining o’sishi chegaralanganligi sababli iqtisodiy o’sish g’oyat 

sust bo’lib, asosan tabiiy omillar hisobidan o’sish oz bo’ladi. 

Shuni  aytish  kerakki,  natural  xo’jalikning  ba’zi  bir  ko’rinishlari  hozirgi 

rivojlangan iqtisodiyotda ham saqlangan.  

O’zini-o’zi  mahsulot  bilan  ta’minlash  hozirgi  qishloqda  ham  mavjud. 

Xususan,  dehqonlar  xo’jaligida  yetishtirgan  mahsulotning  bir  qismi  xo’jalikning 

o’zida iste’mol etiladi. 

Natural  ishlab  chiqarish  iqtisodiy  ravnaqni  ta’minlay  olmaganligi  uchun 

uning o’rniga tovar ishlab chiqarish keladi.  

Natural  va  yarim  natural  dehqon  xo’jaligi  davrida  tovar  ishlab  chiqarish 

garchi  ma’lum  darajada  rivojlangan  bo’lsada,  qishloqlar  o’rtasidagi  iqtisodiy 

munosabatlarning asosiy shakliga aylangan emas edi. Ammo u sekin-asta kengayib 

borgan va natijada ishlab chiqarishning asosiy shakliga aylangan. Tovar xo’jaligi 

natural  xo’jalikdan  farqli  o’laroq,  mahsulot  ishlab  chiqaruvchilar  bilan  iste’mol 

qiluvchilarning  bozor  orqali  tovarlarni  olish-sotish  orqali  aloqa  qilishini  taqozo 

qiladi. Demak, ishlab chiqarilgan mahsulotlar tovar sifatida bozorda pul vositasida 

oldi-sotdi  asosida  ayirbosh  qilinadi.  Tovar  ishlab  chiqarishning  paydo  bo’lishi 

qonuniy jarayon bo’lib, iqtisodiy zaruriyatni yuzaga keltirgan. 

Demak, tovar ishlab chiqarish ob’ektiv asosda  yuzaga keladi. Uning omillari: 


1. 

Mehnat taqsimoti, ya’ni mehnat turlari iqtisoslashadi, ma’lum bir xil 

mahsulotni  ishlab  chiqarishga  moslashadi.  Shunday  sharoitda  ehtiyojni  qondirish 

uchun  o’z  mahsulotini  boshqa  kerakli  mahsulotga  ayirboshlash  uchun  mahsulot 

bozorga chiqariladi va sotiladi.  

2. 


Ishlab chiqaruvchi o’zining mulkiga ega bo’lishi bilan alohida  mehnat 

faoliyatini amalga oshiradi. O’z mulkiga, korxonasiga ega bo’lishi bilan mustaqil 

harakat  qiladi.  Bozor  uchun  zarur  mahsulotlarni  ishlab  chiqaradi.  Hozirgi  bozor 

iqtisodiyoti sharoitlarida xususiy mulkka egalik qilish asosida tovar ishlab chiqarish 

keng    amalga  oshirilmoqda.    Hozirgi  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  tovar  ishlab 

chiqaruvchilar  qatoriga firma, birlashma, fabrika, yakka tartibda ishlovchi, fermer 

xo’jaligi,  tomorqa  xo’jaligi  sohiblari,  kooperativlar,  jamoa  va  davlat  xo’jaligi, 

jamoat tashkilotlari va boshqalar kiradi.   

         Mahsulot  tovar  bo’lishi  uchun  avval  kishilarning  ma’lum  talab-ehtiyojini 

qondira olishi zarur. Tovarning bu xossasi tovarning  iste’mol qiymati, deb ataladi. 

Har  bir  tovarning  nafligi,  foydaligi  uchun    insonlar  uni  sotib  oladilar,  ayirbosh 

qiladilar.  Tovarning  yana  bir  xossasi  almashuv  qiymatidir.  Har  qanday  tovarga 

mehnat  va  harajatlar  sarflanadi  va  shu  asosida  tovar  o’z  qiymatiga  ega  bo’ladi. 

Demak, tovar ikki xususiyatga, ya’ni iste’mol qiymati va almashuv qiymatga ega. 

Bu tovar xususiyatlari bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir.  

 

3.  Markaziy Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy qarashlari. 

 

Markaziy  Osiyo  azaldan  ilmiy  bilimlar  va  madaniyatning  qadimiy 



markazlaridan  biri  bo‘lib  kelgan.  Bu  o‘lka  mutafakkirlari  jahon  ilm-fani, 

madaniyati,  ma’naviyati  va  falsafiy  fikrlarini  o‘z  kashfiyotlari,  ilg‘or  ijtimoiy-

falsafiy,  axloqiy  qarashlari  bilan  boyitib  kelganlar.  Uning  taraqqiyotiga  samarali 

ta’sir ko‘rsatganlar. 

Mustaqilligimiz  sharofati ila jahon  ma’naviyati va  ma’rifati  saltanatida o‘z 

o‘rinlariga ega bo‘lgan ulug‘larimizni teran anglash, o‘rganish va ulug‘lash baxtiga 

muyassar bo‘ldik. 

Afsuski,  salkam  150  yillik  mustamlakachilik,  70  yillik  totalitar  tuzum 

hukmronligi  davrida  jumhuriyatimiz  navqiron  avlodi,  Islom  Karimov  aytganidek, 

necha yillar bizni tariximizdan, dinimizdan, ma’naviy merosimizdan g‘ofil etishga 

urindilar,  -  natijada  ular  o‘z  xalqining  tarixini,  uning  boy  tabiiy-ilmiy,  ijtimoiy-

falsafiy,  axloqiy  madaniyatidan  bahramand  bo‘lish,  o‘rganishdan  mahrum  bo‘lib 

keldi. 

Markaziy  Osiyoda  ilmiy  bilimlar  taraqqiyot  darajasini  ko‘rsatuvchi 



yodgorliklar  bizning  davrgacha  kam  etib  kelgan.  Ammo  yuqorida  qayd  etilgan 

manbalar  Markaziy  Osiyoda  qadimdan  astronomiya,  matematika,  geometriya, 

geodeziya,  fizika,  tibbiyot  va  boshqa  tabiiy-ilmiy  bilimlar  sohasida  birmuncha 


muvaffaqiyatlarga  erishganligidan  dalolat  beradi.  Bizga  qadar  saqlanib  qolgan 

Sug‘d kalendari, Beruniy asarlaridagi ma’lumotlar va boshqa manbalar Markaziy 

Osiyoda ilmiy bilimlarning, ayniqsa astronomiya borasidagi ilmiy bilimlar taraqqiy 

etganini ko‘rsatadi. Sug‘d, Xorazm va boshqa joylarda etishgan olimlar sayyoralar 

va  yulduzlar  turkumini  o‘rganib,  ularni  maxsus  nomlar  bilan  atab,  Burj  tizimini 

aniqlaganlar.  Hukmdorlar  saroyidagi  astronomlar  (ular  astrolog  ham  bo‘lgan) 

goroskoplar  tuzib  sayyoralar  dunyosini  tekshirganlar.  Ular  fizika,  matematika, 

falsafa,  tibbiyot  va  boshqa  ilmiy  bilim  sohalari  bilan  shug‘ullanganlar.  Markaziy 

Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardayoq sug‘orish inshootlari qurganlar, kanallar 

barpo  etganlar,  chig‘ir  va  koriz  usullari  bilan  suvsiz  qurg‘oq  erlarga  suv 

chiqarganlar.  Yulduzlarga  qarab  uzoq  erlarga  safar  qilganlar,  mustahkam  binolar 

qurganlar, toshni eritish yo‘li bilan shisha ishlab chiqarganlar va hokazo. Bularni 

ma’lum ilmlarsiz amalga oshirish qiyin edi. 

Ajdodlarimiz  e’zozlab  kelgan,  asrlar  qa’ridan  olib  o‘tilgan  falsafiy-axloqiy 

pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko‘zlab  yurgizilgan siyosat qurboni 

bo‘ldi, e’tibordan chetda bo‘ldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir 

o‘tkazdi.  Vaholanki,  Islom  Karimov  “O‘zbekistonning  o‘z  istiqlol  va  taraqqiyot 

yo‘li”  kitobida  ta’kidlaganidek:  “O‘tmishdagi  allomalarning  bebaho  merosi 

qanchadan-qancha  avlodlarning  ma’naviy-ruhiy  ongini  va  turmush  tarzini 

shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko‘rsatmoqda”. 

Mustaqillik  tufayli  o‘rganish,  tahlil  etish  imkoniyatiga  ega  bo‘lgach, 

ajdodlarimiz ma’naviy merosini chuqurroq o‘rganish bizning muqaddas burchimiz 

bo‘lib qoldi, inchunun o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi. “Ona 

zaminimizda  bundan  necha  asrlar  avval  yaratilib,  to  hanuz  yurtimizga  ko‘rk 

bag‘ishlab turgan qadimiy obidalar, osori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, 

kuch-qudrati,  bunyodkorlik  an’analari  haqida,  Vatanimizning  shonli  tarixi 

to‘g‘risida tasavvur va tushunchalar beradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har 

bir 


inson  qalbida  g‘urur-iftixor  tuyg‘ularini  uyg‘otadi”.  Prezidentimiz 

ta’kidlaganidek:  “...zaminimizda  yashab  o‘tgan  buyuk  allomalarimiz,  mutafakkir 

bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlar bugun 

ham jahon ahlini hayratga solayotganini g‘urur bilan ta’kidlash lozim”.  

YUqoridagilarni  hisobga  olib  mazkur  mavzuni  Markaziy  Osiyoda  ilmiy-

falsafiy bilimlar, ya’niki ma’naviyat va ma’rifat rivoji haqida qisqacha ma’lumot 

berishdan boshlashni lozim topdik. 

 

4.  “Harakatlar  strategiyasi”,  uning  asosiy  yo’nalishlari  va 

amalga oshirish vazifalari. 

 


Mamlakatimizda  mustaqillik  yillarida  amalga  oshirilgan  keng  ko‘lamli 

islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-

tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson 

huquq  va  erkinliklarini,  millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag‘rikenglik  muhitini 

ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, 

fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-

sharoitlar yaratdi. 

Iqtisodiyotda  ma’muriy-buyruqbozlikka  asoslangan  boshqaruv  tizimidan 

mutlaqo  voz  kechilib,  bozor  islohotlari  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilgani  va 

pul-kredit  siyosati  puxta  o‘ylab  olib  borilgani  makroiqtisodiy  barqarorlikni, 

iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari 

darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, 

fermerlik  harakatini  rivojlantirish  uchun  keng  imkoniyatlar  va  qulay  sharoitlar 

yaratilishiga xizmat qildi. 

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, 

bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida 

raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar 

bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab 

chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda. 

Olib  borilayotgan  islohotlar  samarasini  yanada  oshirish,  davlat  va 

jamiyatning  har  tomonlama  va  jadal  rivojlanishi  uchun  shart-sharoitlar  yaratish, 

mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  hamda  hayotning  barcha  sohalarini 

liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida: 

1.  Aholi  va  tadbirkorlarni  o‘ylantirayotgan  dolzarb  masalalarni  har 

tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or 

xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida 

ishlab  chiqilgan  hamda  quyidagilarni  nazarda  tutadigan 2017  —  2021-yillarda 

O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha 

Harakatlar 

strategiyasi (keyingi 

o‘rinlarda  —  Harakatlar  strategiyasi) 1-

ilovaga muvofiq tasdiqlansin: 

davlat  va  jamiyat  qurilishini  takomillashtirishga yo‘naltirilgan  demokratik 

islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning 

hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini 

isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron 

hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, 

jamoatchilik  nazorati  mexanizmlarini  amalda  tatbiq  etish,  fuqarolik  jamiyati 

institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish; 

qonun  ustuvorligini  ta’minlash  va  sud-huquq  tizimini  yanada  isloh 

qilishga yo‘naltirilgan  sud  hokimiyatining  chinakam  mustaqilligini  hamda 

fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  ishonchli  himoya  qilish  kafolatlarini 

mustahkamlash,  ma’muriy,  jinoyat,  fuqarolik  va  xo‘jalik  qonunchiligini, 

jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  va  huquqbuzarliklarning  oldini  olish  tizimi 

samarasini  oshirish,  sud  jarayonida  tortishuv  tamoyilini  to‘laqonli  joriy  etish, 

yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash; 



iqtisodiyotni  yanada  rivojlantirish  va  liberallashtirishga yo‘naltirilgan 

makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 

saqlab  qolish,  milliy  iqtisodiyotning  raqobatbardoshligini  oshirish,  qishloq 

xo‘jaligini  modernizatsiya  qilish  va  jadal  rivojlantirish,  iqtisodiyotda  davlat 

ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, 

xususiy  mulk  huquqini  himoya  qilish  va  uning  ustuvor  mavqeyini  yanada 

kuchaytirish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  rivojini  rag‘batlantirish, 

hududlar,  tuman  va  shaharlarni  kompleks  va  mutanosib  holda  ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti 

tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish; 

ijtimoiy  sohani  rivojlantirishga yo‘naltirilgan  aholi  bandligi  va  real 

daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini 

takomillashtirish,  xotin-qizlarning  ijtimoiy-siyosiy  faolligini  oshirish,  arzon  uy-

joylar  barpo  etish,  yo‘l-transport,  muhandislik-kommunikatsiya  va  ijtimoiy 

infratuzilmalarni  rivojlantirish  hamda  modernizatsiya  qilish  bo‘yicha  maqsadli 

dasturlarni  amalga  oshirish,  ta’lim,  madaniyat,  ilm-fan,  adabiyot,  san’at  va  sport 

sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;xavfsizlik, 

millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro 

manfaatli  va  amaliy  ruhdagi  tashqi  siyosat  yuritishga yo‘naltirilgan  davlatimiz 

mustaqilligi  va  suverenitetini  mustahkamlash,  O‘zbekistonning  yon-atrofida 

xavfsizlik,  barqarorlik  va  ahil  qo‘shnichilik  muhitini  shakllantirish, 

mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash. 

2. Quyidagilar: 

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 

ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasini  amalga  oshirish  bo‘yicha 

Milliy komissiya 2-ilovaga muvofiq; 

Harakatlar  strategiyasida  nazarda  tutilgan  O‘zbekiston  Respublikasini 

rivojlantirishning  ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha  komissiyalar 3 

— 7-ilovalarga muvofiq tuzilsin. 

3. Belgilab qo‘yilsinki: 

Harakatlar  strategiyasini  o‘z  vaqtida  va  samarali  amalga  oshirish  barcha 

davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  hamda  ularning  mansabdor  shaxslari 

faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi; 

 

 



 

Download 172.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling