Toshkent moliya instituti jo„rayev a. S., Safarov g„. A., Meyliyev o. R. Soliqlar va soliqqa tortish


Download 0.51 Mb.
bet13/50
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779678
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish

madadilashkar, boj, tansuqot, tuhfa va boshqa soliqlar amal qilgan.
XVII asr va XVIII asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyoda markazlashgan davlat uchta mustaqil davlatga: Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklariga bo‘linib ketdi. Ularning har biri o‘z chegarasi, davlat tizimi va xazinasi, o‘zining mustaqil moliyasiga ega edi.
XVI asrdayoq tashkil topgan Xiva xonligi inqirozni boshidan kechirar edi. Soliq yukining oghrligi dehqonlar, shaharliklar va ko‘chmanchi-turkman qabilalari zimmasiga tushardi. Turkmanlar yer-mulk solig‘i - hosilning o‘ndan bir qismini va o‘nlab ming bosh qo‘yni «xon qozoni» uchun soliq sifatida to‘lar edilar. Adoqli-xizr qabilasi xonga navkarlar yoki gvardiya etkazib berar edi. O‘lpon faqat xon uchun emas, balki xon sulolasining ayrim vakillari uchun ham undirilardi. Turkman qabilalari tez-tez qo‘zg‘olonlar ko‘tarib, vaqti-vaqti bilan muayyan mustaqillikka yerishardilar.
Xiva xonlari xazinasi XVII asrda alohida xazinachilar qo‘lida edi. Quyi ma‘muriy apparat arboblar (qishloq oqsoqollari) dan iborat edi. Qishloqlarda yer egalari zimmasiga ularga bo‘ysunuvchi aholi hisobidan yo‘ldan o‘tib boruvchi elchilarni oziq-ovqat bilan ta‘minlash majburiyati yuklangan edi. Xiva xonligida shu vaqtda xon xazinasiga daromadning asosiy qismi o‘troq va yarim ko‘chmanchi aholi ishlov beradigan haydaladigan yerlardan tushar edi. Xazinaga qarashli yoki davlat yerlarida yashaydigan dehqonlar forscha dahyak yoki arabcha ushr so‘zi bilan nomlanadigan xiroj, chig‘irlar yordamida sug‘oriladigan yerlardan hosilning beshdan bir qismi miqdorida to‘lagan. Xususiy mulk qilib berilgan yerlardan xiroj ular qanday toifaga bog‘liqligiga qarab olinardi. Xon yorlig‘i bo‘yicha muayyan mulk qilib berilgan xususiy mulk yorliq yerlari va azaldan xususiy mulkni tashkil etgan odatdagi xususiy mulk yerlar solg‘it deb nomlanuvchi, pul bilan to‘lanadigan yer solig‘iga tortilgan. Aday mulk (oddiy xalq tilida atay mulk) yerlaridan yer solig‘i emas, balki qura solig‘i undirilgan, bu soliqni to‘lovchilar o‘z mulkiy ahvollariga ko‘ra kiritiladigan toifaga muvofiq hisob-kitob qilingan va shu sababli daromad solig‘i xususiyatlariga ega bo‘lgan. Solg‘itni xazinaga va dahyakni o‘z vaqf muassasasi foydasiga kiritishga majbur bo‘lgan vaqf yerining ijarachilari eng og‘ir ahvolga tushib qolgan edilar. Sayyidlar, xo‘jalar, shayxlar va mansabdor shaxslarning yerlari maxsus xon yorliqlari bilan xiroj to‘lashdan ozod qilingan. Bunday shaxslar turkcha- forscha so‘z bilan yorliqdor deb nomlangan. Navkarlarga tegishli yerlar ham xirojdan ozod qilingan. Tovar bitimlar uchun soliqlar - zakot va tarozi yig‘imlari belgilangan. Xonlik savdo markazlari (Urganch, Xonqa, Xiva, Gurlan va boshqa shaharlar) savdogarlari bundan tashqari har yili xonga boy puli solig‘ini to‘lashgan. Uning hajmi xonning maxsus farmoni bilan savdo shaharchalariga yuborilib, har bir savdogarni xon xazinasiga go‘yo qaytarish sharti bilan muayyan summani taqdim qilishga majbur qilingan, biroq odatda bu summa hech qachon qaytarilmagan. Ana shu o‘ziga xos tarzdagi qarzlar bir yilda ikki-uch marotaba olingan. Ko‘chmanchi va chorvadorlardan xon xazinasiga chorva umumiy tuyog‘ining qirqidan bir miqdorida zakot olingan. Bundan tashqari Amudaryoning o‘ng sohilidagi chorva egalaridan olinadigan tarcho‘b yig‘imi ham bo‘lib, poda sohildagi to‘qaylar orasidan o‘tganida shox-shabbalardan kavshanganligi uchun ana shu soliq olingan. To‘qaydan o‘tgan har bir podadan bitta qo‘y olingan.
Xiva xonligida o‘lpon yig‘ish uchun hokimlar (okrug hukmdorlari), ularning noiblari yoki qozilar javob berishgan. Ular huzurida bojmonlar (boj yig‘uvchilar) va zakot yig’uvchilar, agar hududda davlat yerlari ham bo‘lsa, mushriflar (natura shaklida to‘lanadigan o‘lponlarni yig‘uvchilar) ham xizmat qilgan. Qishloqlarda ma‘muriy-mirshablik tarkibidagi barcha ishlar bilan oqsoqollar shug‘ullanib, ular aholidan o‘lponlar ham yig‘ishgan. Xonlikning ma‘muriy va moliya-soliq apparati pul bilan ta‘minlanmaganligi sababli, o‘lponlarni ayniqsa dahyakni yig‘ishda jiddiy suiste‘molliklar qilishga yo‘l qo‘yilgan.
XVIII-XIX asrlarda xonlikda turli ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta‘sirida ayrim soliqlarning nomi, mohiyati o‘zgarib turdi, yangi soliqlar va yig‘imlar joriy qilindi.
Masalan, Xiva xonligida solg‘it, solg‘it-kesma, cho‘p puli, changalak kabi soliqlar amal qilgan. Xonlikda salkam 25 ta mahalliy soliqlar undirilgan. Ular orasida lavozimlarni sotishdan ko‘riladigan daromadlar alohida ajralib turardi. Natura shaklida o‘lponlar boshqa xonliklarga qaraganda og‘irroq bo‘lgan. Masalan, qazuv - katta va kichik soylarni yig‘ilib qolgan loyqalardan tozalash 15-25 kun davom etgan. Ko‘chuv - suv toshqiniga qarshi inshootlarni barpo qilish 15 - 25 kun, begor - ko‘priklarni ta‘mirlash, xon va uning amaldorlari uchun saroylar qurish 12 kun va undan ortiq davom etgan.
Tarixiy manbalar Xiva xonligida quyidagi soliqlarning amal qilganligidan dalolat beradi: begor; qazuv (balo qazuv deb ataluvchi 6 kunlik majburiy mehnat va suv taqsimlovchi tarmoqlarni tozalash); qochuv (ehtiyot dambalarini qurish uchun safarbar qilish); olg’ut (bir yo‘la olinadigan yig‘imlar, solg‘ut bunga kirmaydi); solg’ut (er solig‘i); miltiq solig’i (qo‘shinga qurol-aslaha sotib olish uchun olinadigan pul solig‘i); arava oluv (aravalardan davlat ehtiyoji uchun safarbar qilish); uloq tutuv (tuya va otlarni, aholini safarbar qilish); qo‘nolg‘a (dehqonlar tomonidan amaldorlarga kechasi tunash uchun joy berish); so’ysin (uy egasining qo‘noqda qolgan kishini qo‘y yoki buzoq so‘yib mehmon qilishi); chopar puli (soliq yig‘ish xabarini etkazganlik uchun to‘lanadigan haq); tarozi haqi (soliq to‘lash jarayonida tarozibonga beriladigan pul); mirobona (mirob foydasiga beriladigan pul); darvozabon puli (yuk bilan shaharga kirganda shahar darvozaboniga beriladigan pul); otlanuv (xalq lashkari va xon qatnashadigan ovda majburiy qatnashish); ipak moli (aholi ipakchilik daromadining 1/40 qismini olish); mir tumon haqi (mahalliy hokim haqi); shig‘ovul puli; pul solig‘i to‘lash paytida xazinachiga to’lanadigan soliq; qo‘ruvbon puli (daraxt qorovuli yoki yaylovni nazorat qilib turuvchi shaxsga to‘lanadigan haq; mushrifona (hosilni tekshiradigan va miqdorini belgilaydigan kishiga beriladigan pul); afanak puli; chiviq puli; ommaviy ishlar o‘tkazish davrida ruhoniylar foydasi uchun yig‘iladigan pul va boshqalar16.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling