Toshkent moliya instituti jo„rayev a. S., Safarov g„. A., Meyliyev o. R. Soliqlar va soliqqa tortish


-chizma.Soliq imtiyozlarining asosiy belgilari


Download 0.51 Mb.
bet27/50
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779678
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish

4.3.1-chizma.Soliq imtiyozlarining asosiy belgilari

Soliq imtiyozlari byudjetga tushumlarni kamaytirgani bois, fiskul nuqtai nazarda ularni amalda qo‘llash davlat manfaatlariga mos emas. Ammo, soliq imtiyozlari tufayli iqtisodiyot tarmoqlarida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishini va xo‘jalik yurituvchi subyektlar daromadining o‘sishi, o‘z navbatida soliq bazasining oshishiga, bu esa, byudjetga soliq daromadlari tushumining oshishiga olib keladi.


Soliq imtiyozlariga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 75-moddasida quyidagicha ta’rif be’riladi: —Soliq to’lovchilaming ayrim toifalariga boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni to‘lamaslik yoki ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyati soliq imtiyozlari deb e’tirof etiladi”
Soliq imtiyoziga iqtisodiy kategoriya sifatida ta‘rif beradigan bo‘lsak, imtiyozlar - bu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va ijtimoiy vazifalarni hal etish maqsadida soliq to‘lovchining soliq majburiyatlarini qonun tomonidan belgilangan shaklda butunlay yoki qisman kamaytirishning yo‘llari, huquqlari va majburiyatlari majmuidir.
Soliq to’lovchi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar vujudga kelgan paytdan e’tiboran ular amal qiladigan butun davr mobaynida foydalanishga haqli.
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar bo’shagan mablag’larni muayyan maqsadlarga yo’naltirish sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag’lardan belgilanmagan maqsadda foydalanilgan taqdirda, belgilanmagan maqsadda foydalanilgan summa o’rnatilgan tartibda penya hisoblangan holda byudjetga undirib olinadi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlar munosabati bilan bo’shagan hamda ushbu imtiyozlarning amal qilish muddati ichida foydalanilmagan mablag’larning summasi imtiyozlar berilayotgan chog’da belgilangan maqsadlarga mazkur imtiyozlarning amal qilish muddati tugaganidan keyin bir yil mobaynida yo’naltirilishi mumkin.
Xulosa qilib aytdigan bo’lsak, tahlillardan ko’rinadiki aksariyat hollarda imtiyoz berishdan byudjet zarar ko’rmaydi, uning qiymati boshqa soliq to’lovchilar zimmasiga tushadi xolos. Imtiyoz berish bilan kifoyalanmasdan, uning ishlashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi, soliq, pul-kredit siyosati, davlatning iqtisodiy bodhqaruv siyosati bilan muvofiqlashtirilishi lozim. Soliq mexanizmi soliq imtiyozlarining ishlashi uchun sharoit yaratushi lozim34.
Fikrimizcha, asosiy yo‘nalish ilmiy-texnika taraqiyotiga yuksaltirishga va uni ishlab chiqarishga joriy etishga, keng istemol tavarlarini rivojlantirilishiga qaratilishi lozim.
Bozor munosabatlari sharoitida mustaqil respublikamiz iqtisodiy
yerkinlashtirishni amalga oshirar ekan, iqtisodiyotni tartiblash va boshqarish jarayonida bir qator vositalardan foydalaniladiki, bunda soliq tizimining soliq stavkalari va imtiyozlaridan foydalanish eng samarali va oson usullardan biri bo‘lib yuzaga chiqadi.
Soliq imtiyozlaridan ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda, investitsiyalarni rag‘batlantirishda va boshqalarda keng foydalaniladi.
Soliq imtiyozlari rag‘batlantirish va samarali qo‘llanilishiga qarab quyidagi ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin:

  • soliqlardan butunlay ozod qilish;

  • yangi tashkil etilgan korxonalarga imtiyozlar berish;

  • soliq to‘lashdan vaqtincha ozod etish;

  • soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish;

  • soliqdan qisman ozod qilish;

  • xorijiy investitsiyalarga imtiyozlar berish;

  • eksportga imtiyozlar berish va boshqalar.

Soliq imtiyozlari vositasida iqtisodiyotni boshqarish, davlatni shunday faoliyati bilan bog‘liqki, u takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelgan nomutanosiblikni yo‘qotish uchun sharoit yaratadi. Boshqacha qilib aytganda, agar soliqlarning ba‘zi tizimi ishlab chiqarishni tartibga solishning davlat strategiyasini aniqlasa, taktikasi soliq imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozlarini soliq sub‘ekti, soliq ob‘ekti, soliqlarni undirish vositalari, muddatlari nuqtai nazaridan bir necha guruhlarga (turlarga) bo‘lish mumkin.
Soliq imtiyozlarini turli xil asoslar bo‘yicha guruhlash mumkin. Biz buni quyidagi tartibda asoslashga harakat qilamiz.
Bizga ma‘lumki, O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini huquqiy bazasi takomillashib bormoqda. Hozirga qadar qabul qilingan barcha soliqqa oid qonun hujjatlariga e‘tibor beradigan bo‘lsak, ularning barchasiga soliq imtiyozlarini belgilash bo‘yicha umumiy o‘xshashliklar mavjudligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ya‘ni, barcha qonun hujjatlarida soliq turlari bo‘yicha imtiyozlar asosan quyidagi shakllarda:

  • soliqdan batamom ozod etish;

  • soliqdan vaqtincha yoki qisman ozod etish;

  • soliq bazasini kamaytirish tarzida berilgan.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida soliq tizimini takomillashtirib borishda, xorijiy mamlakatlarda soliq stavkalarining qo‘llanish mexanizmidan foydalanish, soliqlarni to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushushini nazorat qilish tajribalarini o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda, investitsiyalar, ilmiy tekshiruv va tajriba konstruktorlik ishlarini rag‘batlantirish va tartibga solishda davlat tomonidan soliq imtiyozlaridan keng foydalaniladi. Soliq imtiyozlari rag‘batlantirish va maqsadga muvofiq yo‘llanilishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

  • ayrim korxona va tashkilotlarni butunlay soliq to‘lashdan ozod etish;

  • yangi tuzilgan korxonalar uchun soliq to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish. Bu imtiyozlar ishbilarmonlik va tadbirkorlik (agar mahsulot ishlab chiqarishga asoslangan bo‘lsa) rivojlanishga ijobiy ta‘sir etadi.

Soliq imtiyozlarini qo‘llash mexanizmidagi eng murakkab jarayon bu soliq imtiyozlarini belgilash mezonlarini adolatli tarzda belgilash hisoblanadi. Ammo, qayd etish joizki, soliq imtiyozlarini belgilash jahon amaliyotida har bir mamlakatning iqtisodiy siyosatining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib belgilanadi va shu jihatidan u turli davlatlarda turlicha bo‘ladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling