16-rasm. “O`zsanoatqurilishbank” ATB ning ta’lim kreditlari
dinamikasi
39
“O`zsanoatqurilishbank” ATB kreditlash amaliyotida yil sayin ta’lim
kreditlarining ham salmog‘i oshib bormoqda. Yuqoridagi diagramma
ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2014-yilda bank tomonidan berilgan
ta’lim kreditlari 2,3 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda ularning hajmi
deyarli 4 barobar oshib 9 trln so‘mga yetdi va o‘tgan yilga qaraganda 2,4 trln
so‘mga ortganligini ko‘rishimiz mumkin. Albatta, yoshlarning ta’lim olishiga
imkoniyatlar yaratishda banklarning bu kreditlash shakli muhim o‘rin tutadi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning kreditlash shakllaridan foydalanish
amaliyotini va ularning dinamikasini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Mazkur tijorat banki
mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’siri sezilarli bank hisoblanadi buni kredit portfeli
jihatidan barcha banklar orasida uchinchi o‘rinni band etib turganidan ham sezish
mumkin. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB zamonaviy kreditlash usullaridan faqat
faktoring kreditlarini mijozlarga taqdim etib kelmoqda ammo ko‘rsatilgan
39 http://www.uzpsb.uz
57
faktoring xizmatlari summasi bank kredit portfelida juda kam ulushga ega,
overdraft kreditlari esa joriy yil yanvar oyidan bank kartasiga ega jismoniy
shaxslarga taqdim etila boshlandi va kelgusida bu kredit ko‘lamini kengaytirish
ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |