Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi


III   bob.   TIJORAT   BANKLARI   KREDITLASH   AMALIYOTINI


Download 419.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/42
Sana09.01.2022
Hajmi419.37 Kb.
#260484
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
XOLDOROV SHERZOD OYBEK OGLI tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni amalga oshirishtartibi

III   bob.   TIJORAT   BANKLARI   KREDITLASH   AMALIYOTINI

TAKOMILLASHTIRISH                                                 

3.1. Tijorat banklari kreditlash  amaliyotidagi  mavjud muammolar

58



Tijorat   banklari   kreditlash   amaliyotini   takomillashtirish   barcha   davrlarda

ham va hozirgi kunda ham dolzarb masalalardan biri sifatida qaraladi. Zero, tijorat

banklarining   kreditlashdan   maqsadi   bankning   biznes   rejasiga   muvofiq   mavjud

resurslarni   iqtisodiyotning   real   sektorini   moliyalash   va   ularga   tenglashtirilgan

jarayonlarga joylashtirish yo‘li bilan tegishli yil uchun daromadlarni ta'minlash,

xatarlarni   diversifikatsiyalash   va   ularni   kamaytirish   vositalaridan   foydalanish,

kredit   portfeli   sifatini   oshirish,   amaldagi   qonunchilik,   shuningdek   O‘zbekiston

Respublikasi Markaziy Banki me'yorlariga rioya qilishdan iborat bo‘ladi. 

Albatta,   sohani   takomillashtirish   zamirida   avvalo   undagi   mavjud

muammolarni aniqlash va puhta o‘rganish muhim ahamiyatga ega, shuning uchun

dastlab   tijorat   banklarimiz   kreditlash   amaliyotidagi   bir   qator   kamchiliklar   va

muammolarga nazar tashlasak, demak, hozirda quyidagi muammolar mavjud:

1. Respublikamiz tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarni kreditlash

amaliyotining takomillashma gani. 

Malakaviy   amaliyot   o‘tash   davomida   va   olib   borilgan   ishlar   asosida

jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyoti tahlil etildi. Shuningdek, mamlakatimiz

tijorat banklari tomonidan  jismoniy shaxslarga kredit xizmatlarini ko‘rsatish bilan

bog‘liq quyidagi muammolarni alohida ko‘rsatib o‘tish zarur:

- aholi ayrim toifasining to‘lov qobiliyati pastligi va oladigan daromadlar

etarli darajada emasligi;

- olingan kreditlarning ko‘pchilik holatlarda maqsadsiz ishlatilishi;

-

.



tijorat   banklarida   jismoniy   shaxslarning   kredit   qobiliyatini   baholash

bo‘yicha takomillashgan tizimning mavjud emasligi;

- banklarning etarli resurs bazasiga ega emasligi;

-

.



iste’mol krediti ob’ekti sifatida tanlangan tovar va xizmatlar bahosining

sun’iy ravishda oshirilishi.

Bundan tashqari, mamlakatimizda aholining asosiy qismi bank kreditlarini

olib   foydalanish   uchun   etarli   daromadga   ega   emas.   Respublikamizda   aholi

daromadlari yildan-yilga oshirilib borilmoqda, ammo shunga qaramay aholi real

59



daromadlari   darajasi   bank   kreditlaridan   foydalanish   darajasiga   salbiy   ta’sir

qiladi.Ushbu   muammolar   tijorat   banklarining   jismoniy   shaxslarni   kreditlash

amaliyotiga salbiy ta’sirini yuzaga keltirmoqda. 

Iqtisodiyotni   modernizatsiyalash   sharoitida   iste’mol   kreditiga   mamlakat

iqtisodiyotidagi ham ijtimoiy ham iqtisodiy muhim vosita deb qarash mumkin.

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan hisoblangan YaIMning yuqori sur’atda o‘sishi,

mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar realizatsiyasi

hajmining ko‘payishi bilan ta’minlanadi. Iste’mol krediti iqtisodiyotda naqd pul

aylanishini   qisqartirish   hisobiga   naqdsiz   to‘lovlar   salmog‘ini   oshiradi.   Ushbu

natijalar   mamlakatda   inflyatsiya   darajasini   jilovlash,   ishsizlikni   oldini   olish   va

yashirin iqtisodiyotning qisqarishini ta’minlaydi. Bundan tashqari bank kreditlari

tarkibida istemol krediti  o‘ziga xos daromadli va risk darajasi bo‘yicha past riskli

aktiv   hisoblanadi.   Chunki   iste’mol   kreditida   iste’mol   omonatining

rasmiylashtirilishi kredit riski darajasini pasaytiradi.

2. Respublikamiz tijorat banklari iqtisodiyotning real sektori korxonalarini

kreditlash  amaliyotida   kredit   shakllaridan   to‘laqonli   foydalanilmayotganligi.

Tijorat   banklari   faoliyatida   kreditlash   shakllaridan   optimal   foydalanish   muhim

hisoblanadi.   Chunki,   kreditlash   shaklining   to‘g‘ri   tanlanishi   kreditlash

samaradorligini   oshiradi,   mijoz   va   bankning   kreditlardan   ma’lum   darajada   naf

ko‘rishini ta’minlaydi. 

Xalqaro   amaliyotda   keng   qo‘llaniladigan   kreditlash   shakllaridan

mamlakatimiz   bank   amaliyotida   foydalanish   maqsadga   muvofiq.   Xususan,

kreditlashning kontokorrent, overdraft, forfeyting va faktoring kabi shakllaridan

keng miqyosda foydalanilmayapti. Bu esa tijorat banklari kreditlaridan foydalanish

imkoniyatini   pasaytirib,   ularning   iqtisodiyot   tarmoqlariga   yo‘naltirishda

muammolarni keltirib chiqaradi.

3. Respublikamiz tijorat banlarik amaliyotida mijozlar faoliyatiga taalluqli

ma’lumotlar bazasining to‘la shakllanmaganligi.

O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari amaliyotida mijozlarni kreditga

60



layoqatligini   baholash   va   ularni   kreditlash   jarayonida   yuzaga   kelishi   mumkin

bo‘lgan   omillar   bo‘yicha   informatsion   baza   shakllantirilmagan.   Bu   esa,

banklarning   kreditlash   amaliyotiga   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatib,   kreditlash

samaradorligini   pasaytiradi   va   bank   kreditlarining   muammoli   aktivlarga

aylanishiga olib keladi. 

O‘zbekiston   Respublikasi  Vazirlar   Mahkamasining   “Qarz   oluvchilarning

kredit   tarixi   to‘g‘risidagi   axborotni   hisobga   olish   tizimini   shakllantirish   chora-

tadbirlari   to‘g‘risida”gi   2004   yil  23   apreldagi   197-sonli  Qaroriga   muvofiq,

O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy   bankida   Kredit   axborotlari  milliy   instituti

tashkil   qilindi.   Bunga   asosan   banklarni   kreditlash   amaliyotida   kredit   tarixini

hisobga olish va kredit riskini belgilash zarur. 

4. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatliligi ko‘rsatkichlarini baholash

tizimining takomillashmaganligi.

Respublikamiz   tijorat   banklarining   kreditlash   amaliyotida   mijozlarning

kreditga   layoqatliligini   baholashda   kamchiliklarning   mavjudligi   kreditlashning

samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Mijozlar toifalari bo‘yicha, ya’ni jismoniy va

yuridik   mijozlarning   kreditga   layoqatliligini   baholash   bilan   bog‘liq   quyidagi

kamchiliklar mavjud: 

Tijorat banklarida yuridik mijozlarning kreditga layoqatligini baholashda 3

ta asosiy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bunda korxonaning faoliyat turi,

ixtisoslashuvi va uning oboroti hisobga olinmaydi, ya’ni fermer xo‘jaligi, savdo

korxonasi,   to‘qimachilik   va   oziq-ovqat   korxonasi   yoki   og‘ir   sanoat

korxonalarining kreditga layoqatligi bir xil usul asosida baholanadi. Fikrimizcha,

bunday   yondashuv   mijozlarning   kredit   to‘loviga   layoqatligini   etarli   darajada

baholash   imkonini   bermaydi.   Shu   bilan   birga,   yuridik   mijozlarning   kreditga

layoqatliligini pul   oqimi tahlili   asosida   baholashning tartibi   mavjud emasligi,

tijorat banklarida 

kredit   ta’minlanganligining   ikkilamchi   manbalariga   suyanib   qolishiga   sabab

bo‘lmoqda, bundan tashqari kreditlash amaliyotiga tijorat banklari xodimlarining

61



kredit oluvchi xo‘jalik sub'yektlari moliyaviy hisobotini to‘g‘ri va haqqoniy tahlil

etish   uchun   malaka   va   tajribasining   yetishmasligi   ham   ta'sir   ko‘rsatadi.   Bu

shubhasiz,   muammoli   kreditlarni   va   kredit   mablag‘larini   o‘z   vaqtida   unmaslik

holatini vujudga keltiruvchi bosh omillardan biridir. Chunki xo‘jalik sub'yektlari

bilan   amaliy   ishlash   tajribasiga   ega   bo‘lmagan   bank   xodimi   tomonidan

tayyorlangan kredit yig‘ma jildi doimo qo‘shimcha nazoratni talab etadi. Lekin

banklarda xizmat turlarining ko‘pligi va eng asosiysi, xo‘jalik sub'yektlari bilan

ishlashda   amaliy   tajribasi   bo‘lmagan   xodimlarga   murabbiylik   qiluvchi   ustoz

xodimlarning   yetishmasligi   natijasida   malaka   va   tajribasiz   xodimlar   xulosasi

asosida   moliyaviy   ahvoli   nochor   bo‘lgan   korxonalarga   kredit   berish   holatlari

yuzaga kelmoqda. Chunki, xo‘jalik sub'yektlari bilan ishlashda malaka va tajribasi

bo‘lmaganxodimlar   kredit   oluvchining   hisobotlarini   tahlil   etishda   ko‘proq

kompyuterga   joylashtirilgan   dasturlardan   foydalanadilar.   Bu   esa,   ularning   o‘z

malakalarini oshirishdan manfaatdorligiga putur yetkazadi

Mijozlar   tomonidan   ko‘pincha   o‘zlarining   kredit   to‘loviga   layoqatlilik

darajasini yuqori qilib ko‘rsatish maqsadida hisobotlardagi ko‘rsatkichlarni asossiz

o‘zgartirib taqdim etish hollari ham uchramoqda. Kompyuter bank xodimlari ishini

ancha   yengillashtirdi.   Lekin   kompyuter   inson   mehnatining   mahsuli   ekanligini

unutmasligimiz   kerak.   Chunki   kompyuterdagi   dasturlardan   ongli   ravishda

foydalanilgan taqdirdagina ish unumli bo‘ladi. Bank xodimlari korxonaning balans

hisobotlari to‘g‘ri tuzilganligini aniqlaganlaridan so‘nggina kompyuter dasturidan

foydalanishlari   zarur.   Lekin   bank   xodimlari   balans   hisobotlaridagi

ko‘rsatkichlarning haqqoniyligini, aktiv va passiv qismdagi qiymatlarning o‘zaro

bog‘lanish  asoslarini  tekshirmay  turib, kompyuter dasturlari  orqali  korxonaning

to‘lov qobiliyatini, kredit to‘loviga layoqatliligini aniqlaydilar. Natijada, korxona

tomonidan   ko‘rsatkichlari   haqqoniy   bo‘lmagan   hisobotlarning   taqdim   etilishi

mijozlarni  kredit to‘loviga layoqatlilikning  asossiz ravishda birinchi yoki ikkinchi

sinf  toifasiga  kiritilishiga  olib  kelmoqda.  Bank xodimi esa, kompyuter dasturida

aniqlangan   natijalar     asosida     kredit     qo‘mitasiga     ijobiy     xulosa     beradi.

62



Kredit qo‘mitasi ham bank kredit nozirining mazkur xulosasiga tayangan holda

kredit   berish   yuzasidan   ijobiy   qaror   qabul   qiladi.   Natijada,   bank   krediti   aslida

moliyaviy ahvoli qoniqarsiz yoki nochor bo‘lgan xo‘jalik sub'yektiga «ishonch»

asosida   yoki   nolikvid   ta'minot   asosida   beriladi.   Demak,   berilayotgan   kredit

mijozga   rasmiylashtirilayotgan   davridayoq   muammoli   kredit   mazmuniga   ega

bo‘ladi.  Tijorat   banklarida   mijozlarning   kreditga   layoqatliligini  baholashni

takomillashtirish,   kreditlash   samaradorligini   oshirib   banklarning   barqarorligini

ta’minlaydi.   Natijada   mamlakat   bank   tizimi   barqarorligi   oshiriladi   va   milliy

iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ta’minlanadi.

5. Byurokratiya ya’ni qog‘ozbozlik hujjatbozlik ishlarining ko‘p ekanligi

Tijorat banklari faoliyatida mijozlarni kredit olishdan qaytaradigan jihatlardan biri

ham   aynan   shu   byurokratiyaning   ko‘pligidir.   Hozirgi   vaqtda   banklar   garovga

olinayotgan mulklarni rasmiylashtirish uchun xaddan ziyod ko‘p hujjatlar taqdim

etilishini talab qilmoqda. Bu o‘z navbatida mijozlar tomonidan ko‘pgina norozilik

va   ovoragarchiliklarga   olib   kelmoqda.   Xozirda   mamlakatimiz   banklari   garovni

tanlab olish va baholash bo‘yicha ikki xil usulni qo‘llashmoqda:

1- usul bu - ko‘pgina tijorat banklari tomonidan garov ob'yektini xususiy

baxolash   kompaniyalari   tomonidan   baholanishini   talab   etmoqda   va   kompaniya

tomonidan   baholangan   obyekt   hisoboti   asosida   garov   mulki   summasini

aniqlamoqda.

2- usul bu - xususiy banklarimiz tomonidan qo‘llanilayotgan usul bo‘lib,

bunda bankning o‘zining garovga olish bo‘yicha mutaxassisi tomonidan baholanib

va uning xulosasi asosida ish qo‘llamoqda. Bu o‘z navbatida mijozga ko‘pgina

qulayliklar yaratmoqda.

6.   Mamlakatimizda   tijorat   veksellari   muomalasining   mavjud   emasligi.

Mamlakatimizda   tijorat   veksellarining   muomalasi   1997   –   yilda   tugatilgan

edi   ammo   undan   keyin mana   qariyb 20 yildan  ortiq  vaqt  o‘tdi  hamki   qayta

tiklanmadi. Tijorat veksellari xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarga  pul  mablag‘larisiz

ham   o‘z   faoliyatini   amalga  oshirish,  tovar  va  xom-ashyolar  sotib  olish  yoki

63



xizmatlardan   foydalanish   imkoniyatini   beradi   va   o‘tkazma   veksellar,   ya’ni

trattalar   ularga   asoslangan   kreditlash   shakli   forfeytingning   amaliyotda

vujudga   kelishiga   va   faktoringning   kengayishiga   sabab   bo‘ladi.   Bundan

tashqari   jahon   amaliyotida   markaziy   banklarning   asosiy   stavkalaridan   biri

hisob         stavkasining       ham       amalda     qo‘llanilishiga     imkon     yaratadi     va

veksellarni                      qayta hisobga olish yo‘li bilan tijorat banklariga Markaziy

bankning kredit                                           berish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yiladi, buning

natijasida esa tijorat banklarining likvidliligi oshishi mumkin.

Yuqoridagi   sanab   o‘tilgan   tijorat

banklarining  iqtisodiyotning real sektori   korxonalarini     kreditlash     amaliyoti

bilan     bog‘liq     muammolarni     bartaraf   etishda   ularning   kreditlash   salohiyatini

oshirish   yo‘llarini   takomillashtirish   ijobiy   natijalarga   olib   keladi   hamda

Respublikamiz   tijorat   banklari   tomonidan   real   sektorni   moliyaviy   qo‘llab-

quvvatlash   hamda   iqtisodiyotni   modernizatsiya   qilish   jarayonlarida   ularning

ishtirokining faollashuviga olib keladi.


Download 419.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling