Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi


Download 419.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/42
Sana09.01.2022
Hajmi419.37 Kb.
#260484
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
XOLDOROV SHERZOD OYBEK OGLI tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni amalga oshirishtartibi

Uchinchi bob bo‘yicha xulosa

So‘ngi   bobda   e’tiborimizni   tijorat   banklarining   kreditlash   amaliyotidagi

mavjud   muammolar   va   ularning   yechimlariga   qaratdik,   ammo   banklarimizning

kreditlash   faoliyati   kamchilik   va   nuqsonlar   bilan   to‘la  degan   fikrdan   yiroqmiz,

albatta.   Muammolar   va   kamchiliklarni   o‘rganar   ekanmiz   ularni   ikki   guruhga

ajratishimiz mumkin: tijorat banklari mustaqil hal eta oladigan va mustaqil hal eta

olmaydigan   muammolar.   Veksellarni   muomalaga   kiritish   bilan   bogliq   masalad

tijorat banklarimiz ojiz sanaladi chunki buning huquqiy me’yor ishlab chiqilishi

lozim,   ammo   mijozlarga   kredit   taqdim   etishda   ularning   kreditga   layoqatliligini

aniq   va   to‘g‘ri   baholash   va   kredit   portfelini   sifatini   oshirish   kabi   masalalarda

yaxshi   natijalarga   erishish   tijorat   banklarimizning   o‘ziga   havola.   Kredit

operatsiyalariga   esa   iqtisodiy   o‘sishga   turtki   beruvchi   dastaklardan   biri   sifatida

qaraydigan   bo‘lsak,   bu   sohadagi   mavjud   muammolarni   hal   qilish   va   uni

takomillashtirish ayni damda bank tizimimiz uchun o‘ta zarurdir.  

70



XULOSA

Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar respublika iqtisodiyotida

muhim   o‘rin   tutishi   o‘z-o‘zidan   aniq.   U   jismoniy   va   yuridik   shaxslar   moddiy

texnika   bazasini   mustahkamlashga   ko‘maklashib,   asosiy   va   aylanma   ishlab

chiqarish fondlarini tuzish, tiklash va ko‘paytirish   manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Korxonalar va tashkilotlarga o‘z mablag‘lari bilan cheklanib qolmaslik, yangi pul

mablag‘larini   xo‘jalik   oborotiga   kiritish   imkonini   beradi   va   shu   bilan   ishlab

chiqarishning o‘sishi va jadallashishi uchun zarur iqtisodiy zamin yaratadi. Banklar

o‘z   navbatida,   iqtisodiyotning   turli   tarmoqlarida   qo‘shimcha   qarz   mablag‘lari

yuzaga   kelishining   asosiy   manbai   bo‘lib,   ishlab   chiqarish   jarayonini   qayta

tuzilmalash, faol iqtisodiy siyosat yuritish, tadbirkorlikni rivojlantirish va ishlab

chiqarish   samaradorligini   oshirish   uchun   qo‘shimcha   mablag‘larni   jalb   qilishga

yordam beradi.

Bitiruv   malakaviy   ishini   yozish   jarayonida   olib   borgan     tahlillar   shuni

ko‘rsatmoqdaki,   respublikamizda   foliyat   olib   borayotgan   tijorat   banklarining

kreditlash   salohiyatining   birlamchi   omili   hisoblangan   kapitali   hamda   ular

tomonidan jalb qilinayotgan yuridik shaxslarning depozitlari va aholi omonatlari

yildan-yilga   o‘sish   tendentsiyasiga   ega   bo‘lmoqda.   Davlatimiz   tomonidan   bank

tizimi   barqarorligini   oshirish,   ularning   resurs   bazasini   mustahkamlash   va

kapitallashuv   darajasini   doimiy   ravishda   o‘sishini   ta’minlash     xar   yili   ustuvor

vazifa  sifatida belgilanmoqda. Bu  esa    bevosita tijorat banklarining   kreditlash

salohiyatini   oshirishga   va   natijada   ularning    iqtisodiyotni  modernizatsiya  qilish

jarayonidagi  ishtirokini faollashuviga olib kelmoqda.

Tijorat banklarimiz ning kreditlash amaliyotini o‘rganar ekanmiz bu sohada

bir qancha muammolar borligini ko‘rib o‘tdik, bu sohani o‘rganishdan maqsad esa

unga to‘g‘ri xulosa tavsiyalar berishdan iborat.

Tahlillar natijasida quyidagi xulosalar shakllantirildi:

1.   Tijorat   banklari   tomonidan   real   sektorlarga   ajratiladigan   kreditlar

hajmining o‘sib boorish tendensiyasini ta’minlash lozim. 

71



Shu   bilan   birga   respublikamizdagi   barcha   banklarning   kredit   portifelida

iqtisodiyotni real sektor korxonalarini kreditlashга alohida e’tibor qaratsih lozim.

Real   sektor   korxonalarini  takomillashtirish   orqali  ishlab   chiqarish   salohiyati  va

eksport   qilish   hajmi   oshishi   bilan   bir   qatorda   yangi   ish   o‘rinlari   yaratilishiga

erishiladi.  Shu   bilan   birga   kreditlarning   milliy   iqtisodiyot   barqarorligini

ta’minlashdagi roli oshadi.

2.  Tijorat   banklari   kreditlarining   barqaror   sur’atlarda   o‘sishini   ta’minlash

maqsadida  birinchidan, muddati  o‘tgan  kreditlarning  barcha  kreditlar  hajmidagi

salmog‘ining  chegaraviy  darajadan  (5  %)  oshmasligini   ta’minlash,   ikkinchidan,

talab   qilib   olinadigan   depozitlarning,   ya’ni   nobarqaror   resurslarning   barcha

depozitlar hajmidagi salmog‘ini imkon qadar kamaytirish, chunki ular bank uchun

tekin resurs bo‘lgani bilan istalgan vaqt depozit egasi uni bankdan talab qilishi

mumkin.

3. Respublikamiz tijorat banklari iqtisodiyotning real sektori  korxonalarini

hamda   jismoniy   shaxslarnikreditlash  amaliyotida   zamonaviy   kreditlash

shakllaridan   keng   foydalanish  rivojlangan   mamlakatlar   tajribasidan   foydalanish

tavsiya etildi. 

Tijorat banklarining zamonaviy  kreditlash shakllaridan keng  foydalanishi,

birinchidan kredit taklifini oshirsa, ikkinchidan kredit xizmatlarining soni va sifati

jihatdan   o‘sishiga   zamin   yaratadi.  Buning   natijasida   xo‘jalik   sub’ektlari   va

jismoniy shaxslarning bank kreditlaridan foydalanish darajasi oshadi.

4.  Tijorat   banklari   mijozlarining   aksariyat   qismida   pul   oqimining

beqarorligini hisobga olib, banklarda mijozlarning  kredit to‘loviga layoqatliligini

baholashning moliyaviy koeffitsientlar usulidan to‘liq foydalanishni yo‘lga qo‘yish

lozim.

5.  Respublikamiz   tijorat   banklarida   uzoq   muddatli   resurs   bazani



shakllantirish   orqali   banklar   kreditlash   salohiyatini   oshirishning   asosiy

yo‘nalishlari asoslandi. O‘zbekiston   bank   amaliyotida   tijorat   banklarining

nodepozit   mablag‘larni   jalb   qilish   amaliyotini   kengaytirish   maqsadga   muvofiq.

Chunki,   uzoq   muddatli   ipoteka   qimmatli   qog‘ozlari,   obligatsiya   va   depozit

72



sertifikatlarini muomalaga chiqarish orqali banklar mustahkam resurs bazasiga ega

bo‘ladi.


6.  Tijorat   banklarining   kreditlash   salohiyatini   oshirishning   birlamchi

omillaridan   hisoblangan   aholining   muddatli   va   jamg‘arma   depozitlariga

nisbatan   xorij   amaliyotida   qo‘llaniladigan   antisipativ   foiz   stavkalaridan

foydalanishni   yo‘lga   qo‘yish.   Bu   birinchidan,   aholi   o‘rtasida   muddatli   va

jamg‘arma depozitlardan olinadigan daromadlarga nisbatan qiziqish uyg‘otsa,

ikkinchidan tijorat banklarining uzoq muddatli kredit resurslariga ega bo‘lishini

ta’minlaydi.  Tijorat   banklarining   resurs   bazasi   qanchalik   yuqori   va   barqaror

bo‘lsa   ularni   oqilona   joylashtirish   va   transformatsiya   riskini   kamaytirish

imkoniyati tug‘iladi.

Yuqoridagi   takliflar   tijorat   banklarining   kredit   faoliyatiga   joriy   etilishi

ularning   kreditlash   salohiyatini   barqarorlashtirishga,   banklarning   kreditlash

faoliyati   samaradorligi   oshishiga   va   natijada   ular   tomonidan   iqtisodiyotni

modernizatsiya   qilish   sharoitida   ustuvor   tarmoqlarni   moliyaviy   qo‘llab-

quvvatlashdagi   faolligini   oshirishga   o‘zining  ijobiy   ta’sirini  ko‘rsatadi   degan

fikrdamiz.

73




Download 419.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling