Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
Mamlakatimiz tijorat banklari kreditlash amaliyotini tahlil qilish davomida
iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotganligi,
tijorat banklari asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining iqtisodiyotdagi ulushi ortib
borayotganligiga guvoh bo‘ldik va tijorat banklari kreditlarining keng miqyosda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga yo‘naltirilayotganligi va buning
natijasida bu sohada yaratilayotgan tovar va xizmatlarning yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi ortib borayotganligini ijobiy holat sifatida baholasak bo‘ladi.
Tijorat banklarimiz kredit portfeli sifat jihatdan ham me’yoriy talablarga javob
berib kelmoqda va muammoli kreditlar miqdori yuqori emasligi quvonarli
hol, albatta.
Tijorat banklarimiz kreditlash sahkllaridan foydalanishda asta sekin
jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribasini qo‘llashi va zamonaviy kreditlash
shakllaridan foydalanishni kengaytirishi va resurs bazasini oshirib borishi lozim.
Shu orqali tijorat banklari moliyaviy xizmatlarining jozibadorligi va
ommabopligini ta’minlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |