Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi
Tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirish
Download 419.37 Kb. Pdf ko'rish
|
XOLDOROV SHERZOD OYBEK OGLI tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni amalga oshirishtartibi
3.2. Tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirish
yo‘nalishlari Tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirilishi va zamonaviy usullarining oqilona qo‘llanilishi kichik korxonalar va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash iqtisodiyotni taraqqiy ettirishning, eng avvalo jamiyatni ijtimoiy va siyosiy yangilash, shuningdek aholi farovonligini va bandligini oshirish, ichki iste'mol bozorini milliy mahsulotlar bilan to‘ldirish, ishlab chiqarishni sifat darajasiga ko‘tarish va eksport salohiyatini oshirishning bosh dastagi hisoblanadi, tahlil va kuzatishlar asosida tijorat banklarining kreditlash amaliyotini takomillashtirish borasida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: 1. Tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasini shakllantirish orqali kreditlash salohiyatini oshirish. Tijorat banklari uzoq muddatli resurslarni jalb qilishda asosiy e’tiborni 64
nodepozit manbalarga qaratishi maqsadga muvofiq. Jumladan, tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi hajmini oshirish yo‘li bilan barqaror resurs bazani shakllantirish lozim. Banklarning qimmatli qog‘ozlaridan quyidagilarni emissiya qilish lozim: - banklar uzoq muddatli obligatsiyalarni muomalaga chiqarish yo‘li bilan subordinar qarzlarni jalb qilish amaliyotini kengaytirish; - banklar tomonidan uzoq muddatli ipoteka kreditlari uchun ipotekali qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish va uni aholi o‘rtasida joylashtirish; - tijorat banklari tomonidan muomalaga foiz to‘lovli va yutuqli depozit sertifikatlarini muomalaga chiqarish yo‘li bilan resurslarni jalb qilish, shuningdek, tijorat banklarining kreditlash salohiyatini oshirishning birlamchi omillaridan hisoblangan aholining muddatli va jamg‘arma depozitlariga nisbatan xorij amaliyotida qo‘llaniladigan antisipativ foiz stavkalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish lozim. Bu, birinchidan, aholi o‘rtasida muddatli va jamg‘arma depozitlardan olinadigan daromadlarga nisbatan qiziqish uyg‘otsa, ikkinchidan tijorat banklarining uzoq muddatli kredit resurslariga ega bo‘lishini ta’minlaydi. 2. Respublikamiz tijorat banklari kreditlash amaliyotida zamonaviy kreditlash shakllaridan keng foydalanish lozim. Tijorat banklarining kreditlash amaliyotida kreditlashning zamonaviy usullarini qo‘llash banklar va mijozlar uchun quyidagi ijobiy jihatlarni ta’minlaydi: * banklar jalb qilingan va o‘z mablag‘laridan samarali foydalanadi; * tijorat banklari mijozlari mablag‘larini bank talabiga ko‘ra kreditni qaytarishga yo‘naltirish mumkin; * tijorat banklari tomonidan kreditlar qayta-qayta berilishi hisobiga kredit taklifini oshirishga xizmat qiladi; * kredit hujjatlarini rasmiylashtirish tezkor va kredit olish imkoniyatlari yuqori; 65
* ushbu kreditlash shakllarining ko‘p maqsadliligi ishlab chiqarish korxonalarining aylanma mablag‘larini aylanishini tezlashtiradi va ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlaydi; * mijozlar foydalangan kredit miqdori va muddatiga muvofiq foiz to‘lovlarni to‘laydi; * kreditlash jarayonida resurslardan samarali foydalanish bilan birga, bank likvidliligini ta’minlaydi va boshqaradi; * tijorat banklari kreditlash faoliyatida kredit resurslari ma’lum davomiylik asosida berilishi hisobiga kredit riskini pasayishini ta’minlaydi. Tijorat banklari tomonidan kreditlashning zamonaviy shakllari va usullaridan foydalanish orqali respublikamiz banklarining kreditlash samaradorligi oshiriladi. Xususan, banklarning kredit operatsiyalari hajmi oshadi va kreditlardan olinadigan foizli daromadlarning barqaror o‘sishi ta’minlanadi. 3. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatliligi ko‘rsatkichlarini baholash tizimini takomillashtirish. Respublikamiz tijorat banklari amaliyotida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda muammolarni mavjudligi kredit portfeli sifatiga va uning barqaror o‘sishiga salbiy ta’sir qilmoqda. Mijozning kredit to‘loviga layoqatligining to‘g‘ri baholanishi kreditlarning o‘z vaqtida to‘la qaytishini ta’minlaydi. Fikrimizcha, tijorat banklari kredit siyosatini ishlab chiqishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim: - bank mijozlarining to‘lovga layoqatligi bilan birgalikda, banklarda kredit riski darajasini baholash tizimini shakllantirish va shunga mos ravishda beriladigan kredit bo‘yicha riskni boshqarish usullarini belgilash; - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni toifalarga ajratgan holda korxonalarning xususiyatlarini hisobga oluvchi, ya’ni qishloq xo‘jaligi, sanoat, savdo, aloqa va boshqa tarmoqlarni xususiyatiga qarab kredit to‘loviga layoqatlilikni baholashni joriy etish; - banklar mijozlarning kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlarini baholashda faqatgina korxona faoliyatiga tegishli ma’lumotlarga suyanib qolmasligi zarur. 66
O‘zbekiston bank amaliyotida kreditga layoqatlilikni mijozlar faoliyatiga tegishli moliyaviy hisobotlar, biznes reja va boshqa ko‘rsatkichlarning tahlilidan tashqari, tashqi ma’lumotlarga asoslangan holda baholashni joriy qilish bugungi sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi. Mijozlar haqidagi tashqi ma’lumotlarning unga tegishli bo‘lgan ichki ma’lumotlar bazasiga nisbatan shaffofligi yuqori sanaladi. Tijorat banklari mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda faqatgina moliyaviy koeffitsentlar asosida emas, balki xalqaro bank amaliyotida keng qo‘llanilayotgan reyting tizimlari, garov ob’ektlari reestrini yuritishi va boshqa ma’lumotlar bazasini shakllantirishi hamda ushbu ma’lumotlarga tayangan holda kredit riski darajasini baholashi maqsadga muvofiq. Muammoli kreditlar mijozning pul mablag‘lari inqirozining natijasi bo‘lib hisoblanadi, lekin kuchsiz moliyaviy intizomga ega bo‘lgan ba’zi mamlakatlarda kreditni qoplashga imkoniyati bo‘lsa ham uni so‘ndirishni qasddan xohlamaydigan mijozlar sinfi ham mavjuddir. Bunday holat 80-yillarning so‘nggida Bangladeshda kuzatilgan va bu vaziyat tartibga soluvchi organlar aralashmaguncha davom etib kelgan.
40 Pul mablag‘lari bilan bog‘liq inqiroz birdan boshlanishi mumkin, biroq asta-sekin rivojlanib keladi. Bank kredit bo‘limi xodimlari ehtimoliy zararlarga qarshi kurashish bo‘yicha birinchi darajali himoya vositasi bo‘lib hisoblanadi va rivojlanib kelayotgan inqirozning dastlabki belgilarini aniqlab, tahlil qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Kredit bo‘limi xodimlari mijozlar bilan qanchalik o‘zaro yaqin aloqada bo‘lsa, mijoz faoliyatining moliyaviy holati haqida shunchalik ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi. Bunday ma’lumotlar doimiy yangilab borilmasa, kreditning muammoliligini bildiruvchi belgilar sezilmay qolishi mumkin. Kredit berilgandan so‘ng u bo‘yicha zararlarni oldini olish uchun kerakli choralar ko‘rilishi lozim. Kredit bo‘yicha to‘plangan hujjatlar bankni mijoz to‘g‘risidagi barcha moliyaviy ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati bilan ta’minlashi zarur. Muammoli kreditlarni o‘z vaqtida aniqlash tizimini ishlab chiqish juda qiyin va bu yerda inson omili eng jiddiy to‘siqlardan biridir. Bunday 40 МакНотон Д. Банковскиэ учреждения в развиваюшчихся странах. I том.− Вашингтон., 1994. − C.77. 67 kreditlarga mas’ul xodimlar bankni og‘ir vaziyatga olib kelganligi uchun tanqid ostida qolishdan qo‘rqib, xavfli belgilarni yashirishlari mumkin. Bundan tashqari, amaliyotning dalolat berishicha, muammoli kreditlar aniqlanganganidan keyin vaziyat kredit bo‘limi xodimlari o‘ylagandan ham yomonroq bo‘lib chiqadi. Shu tariqa, qimmatbaho vaqt yo‘qotilmoqda. Biroq, bank boshqaruvi o‘z kredit portfelining muammolari to‘g‘risida bila turib, ularni yashirish bilan bir vaqtning o‘zida kreditlar bo‘yicha zararlar o‘rnini yuqori riskli kreditlar berish hamda boshqa faoliyatlar bilan qoplash orqali vaziyatni yanada qiyinlashtiradi. 41 Banklar bunday holatlarni oldini olish uchun kredit bo‘limi xodimlarining e’tiboridan chetda qolgan yoki yashirilgan muammoli belgilarni aniqlash maqsadida ichki audit bo‘limi orqali muntazam ravishda mustaqil hamda ob’ektiv tekshiruvlarni o‘tkazishi kerak. Shuningdek, nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlar ham muammoli kreditlarni aniqlab beradi. Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda tijorat banklari muammoli kreditlarning kelib chiqishini oldini olish hamda mavjud muammoli kreditlarni bartaraf etish jarayonini tizimli ravishda amalga oshirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Erta paydo bo‘ladigan moliyaviy qiyinchiliklarning belgilariga o‘z vaqtida ahamiyat berish bank uchun vaziyatni yaxshilash hamda bank manfaatlarini himoya qilish uchun muammoli kreditlar kelib chiqishini oldini olish choralarini qo‘llashga imkon beradi. Bu choralarni iloji boricha ertaroq, ushbu holatni nazorat qilib bo‘lmaydigan darajaga etib borishidan hamda yo‘qotishlardan qochib bo‘lmasligidan oldin qo‘llash kerak bo‘ladi. Tijorat banklarida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashni takomillashtirish, kreditlash samaradorligini oshirib banklarning barqarorligini ta’minlaydi. Natijada mamlakat bank tizimi barqarorligi oshiriladi va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ta’minlanadi. 4. Tijorat banklarmizni rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida mavjud bo‘lgan kreditlsh shakllarini tadbiq qilish lozim. Jumladan kontokorrent 41
де Жуан, Аристобуло. От хороших банкиров к плохим банкирам. I том. – Вашингтон: ИЕР МБРР, 1992, C.12. 68
kreditlash shakli, kredit kartalari orqali kreditlash, forfeyting kreditlarining huquqiy asoslarini yaratish va yo‘lga qo‘yish kerak, faktoring va overdraft kreditlarini taqdim etishni kengaytirish lozim va overdraft kreditlarini yuridik shaxslarga ham taqdim etishni yo‘lga qo‘yish lozim Bu orqali kredit operatsiyalarining jozibadorligi ortadi va xilma-xilligi ortadi. 5. Tijorat vaeksellarining muomalasini qayta tiklash lozim. Bundan 21 yil avval 1997-yilda veksellar muomalasi bekor qilingan edi ammo haligacha qayta tiklangani yo‘q. Veksellarning kreditlash operatsiyalari kengayishiga ijobiy ta’sir etadi, chunki o‘tkazma veksellar, ya’ni trattalar tijorat kreditlarining va biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan forfeyting kreditlarining obyekti bo‘la oladi. Bundan tashqari bilamizki faktoring kreditlarining obyekti sifatida faqatgina mol yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilar bilan tuzilgan shartnoma emas, balki trattalar ham olinishi mumkin bu esa mazkur zamonaviy kreditlash shaklining yanada ommalashishiga yo‘l ochadi. 6. Mamlakat va Markaziy bank tijorat banklarini himoya qiluvchi iqtisodiy siyosat olib bormog‘i kerak. Tijorat banklarini davlat dasturlariga jalb etishda ularning moliyaviy holatini hisobga olish lozim, ya’ni arzon resurslar yo‘q sharoitda ularni foiz stavkalari past bo‘lgan kreditlarni berishga majbur etmaslik lozim. Albatta arzon kreditlarga talab kata bo‘ladi va bu kreditlash operatsiyalarini ortishiga olib keladi ammo bankning foydasi kamayishiga va kelgusi faoliyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. 7. Sifatli kredit portfelini shakllantirish va kredit monitoringini puxta tashkil etish va olib borish lozim. Kreditlash operatsiyalarining hajmi ko‘lamdorligi bilan birgalikda ularning risklilik darajasi oshib ketmasligi va sifatining yuqori bo‘lishi ham lozim. Chunki agarda bank kreditlarining sezilarli darajada kata qismi bir sohada to‘planadigan bo‘lsa, bu sohadagi salbiy o‘zgarishlar kreditning qaytmasligiga, bu esa o‘z navbatida bank foydasi tushishiga olib keladi. Tijorat banklari sifatli kredit portfelini shakllantirish uchun avvalambor kreditlash jarayonini to‘g‘ri va sifatli olib borishi zarur. 69
Bank aktivlari va kredit portfeli sifatini oshirish, ular faoliyatidagi tavakkalchiliklarni, jumladan kredit tavakkalchiligini boshqarishni takomil- lashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kreditlar ajratish borasida qarorlar qabul qilishda banklarning kredit qo‘mitalari va mas’ul xodimlarining javobgarligini oshirish, kreditlardan foydalanish va qaytarilishi monitoringining mexanizmlarini bir xillashtirish, ular bo‘yicha tavakkalchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash, sifatli baholash va bartaraf etish, shuningdek, kreditlar bo‘yicha muammoli qarzdorliklarni paydo bo‘lishini oldini oluvchi choralar qabul qilish orqali tijorat banklarining kreditlash operatsiyalarini samarali tashkil etish va yuqorida berilgan barcha tavsiyalarni imkon qadar amaliyotga joriy etgan holda ularni takomillashtirish mumkin deb o‘ylayman.
Download 419.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling