Toshkent moliya instituti magistratura bo’limi


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/38
Sana09.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1476231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish yollari

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqot ishining asosiy 
masalalari tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirishning nazariy asoslarini 
yoritib berish, kapital yetarliligining xalqaro me’yorlarini o‘rgangan holda 
amaliyotga tadbiq etish hisoblanadi. Tadqiqot ishining asosiy farazlari banklar 
kapitalini oshirishning optimal usullarini amaliy joriy qilish borasidagi 
muammolar yechimini ishlab chiqish hisoblanadi.  
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Biz ushbu 
mavzuni nazariy va amaliy jihatdan o’rganishda ko’plab xorij va mamlakatimiz 
olimlari asarlaridan foydalandik. .Banklarning kapitallashuv darajasini oshirish 
masalasini yoritishda izlanish olib brogan olimlar jumlasiga xorijlik olimlardan 
A.B.Borisov, Yu.S.Maslenchenkоv, V.M.Usоskin, Kris Dj Barlton, Diana Mak-



Noton, Kris D.Barilton, A.A. Malyutina, D Mak-Noton, O.Lavrushinlarni alohida 
ta’kidlab o’tish lozim 
3

Respublikamiz tijorat banklarining kapitallashuvi dinamikasini tahlil qilish, 
banklarimizning kapital tarkibini o’rganish natijasida yuzaga kelgan kamchiliklarni 
bartaraf etish yuzasidan o’z taklif va tavsiyalari bergan holda ilmiy izlanishlar olib 
borayotgan mamlakatimiz olimlaridan Sh.Abdullayeva, T.Qoraliyev, S.Norqobilov, 
A.Omonov, T.Boboqulov, D.Saidov kabi olimlarimizning ishlarini alohida 
ta’kidlab o’tishimiz lozim. Jumladan, A.V.Vaxabov, T.I.Boboqulov va 
B.T.Berdiyarovlar tomonidan chop etilgan “O’zbekiston Respublikasi bank 
tizimining kapitallashish darajasini oshirish yo’nalishlari” nomli monografiya va 
Sh.Abdullayeva va A.Omonovlarning “Tijorat banklari kapitali va uni 
boshqarish”nomli o’quv qo’llanma ma’lumotlari ushbu tadqiqot ishimizni nazariy 
va amaliy jihatdan boyitishda yordam berganini alohida ta’kidlab o’tmoqchimiz
4

Tadqiqot mavzusini yoritish davomida tijorat banklarining hisobot 
shakllaridan va davriy nashrlarda e’lon qilingan materiallardan foydalanildi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling