Toshkent moliya instituti mavzu: banklarning kapitali va uning buxgalteriya hisobini yuritilishi


Tijorat banklarining bank kapitali va uning tarkibi


Download 41 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi41 Kb.
#1542187
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ismatov X kurs ishi

Tijorat banklarining bank kapitali va uning tarkibi

Har qanday bank tizimining barqarorligini, to’lovga qobiliyatliligini va ishonchliligini ta’minlashda, bank aktivlarini o’stirishda bank kapitali muhim vosita bo’lib hisoblanadi. Faqatgina yetarlicha miqdorda barqaror kapitalga ega tijorat banklari aktiv operatsiyalarini erkin amalga oshirishlari, talab etilgan darajada likvidlikni doimo saqlagan holda samarali faoliyat yuritishlari hamda moliya bozorlariga erkin chiqish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Bank tizimining barqarorligini yanada mustahkamlash, banklarning kapitallashuv darajasini, ularning resurs bazasini yanada oshirish orqali bank kredit tizimining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash, banklarning iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tijorat banklari kapitalining iqtisodiy mazmunini to’liq anglab etish va uning amaliyotdagi ahamiyatini tushunish bank kapitalini samarali boshqarishda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ham xronologik tarzda saqlanib kelayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida, aynan, tijorat banklari kapitalini samarali boshqarilishi va bank kapitalining yetarliligini ta’minlamay turib mijozlarning bank tizimiga bo’lgan ishonchini qozonish mushkul vazifa ekanligi yana bir bor o’z tasdig’ini topmoqda.
Birinchi Prezidentimizning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” deb nomlangan asarida global moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlaridan saqlanishda tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish, ularning iqtisodiyotning real sektoriga ajratmalarini qo’llab-quvvatlash, bank ishini yanada rivojlantirish masalalariga katta e’tibor qaratildi. Natijada so’nggi yillarda respublikamizning qator yetakchi banklarining kapitallashuv darajasi oshirilgan edi. Mazkur sohada olib borilgan ishlar natijasida bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi umumiy ko’rsatkichi umumiy qabul qilingan xalqaro standartlarga nisbatan 3 barobar yuqori bo’lishi ta’minlandi. Bu, o’z navbatida, mazkur banklar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga kreditlar ajratish imkoniyatini kengaytirdi.
Tijorat banklarining minimal kapitaliga qo’yiladigan talablarning ortishi bilan bir vaqtda tijorat banklarining salmog’i keskin kamayishi kuzatilishi jahon tajribasidan ma’lum. Qolaversa, tijorat banklari tomonidan yo’l qo’yiladigan iqtisodiy me’yorlarining buzilishiga oid xatolarning aksariyati bank kapitali yetarliligi va ularning majburiyatlari bilan bog’liq. Bunday sharoitda bank nazorat organlari tomonidan nazorat sezilarli darajada kuchaytirilishi talab etiladi. Xalqaro bank amaliyoti tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, bank kapitali yetarliligini ta’minlamasdan turib banklarning to’lov qobiliyatini mustahkamlash va aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchini saqlab turish mushkul vazifa hisoblanadi.Tijorat banklari “kapitalining yetarliligi” deganda, odatda bankning to’lovga qobilligi va likvidligini ta’minlash imkonini beradigan kapitalning zaruriy minimal darajasi tushuniladi.1 Markaziy bank har bir bankning va umuman, bank tizimining barqarorligini ustav kapitali hajmi bilan bog’laydi va ustav kapitalining eng kam miqdorini belgilaydi. “Kapital yetarliligi” termini o’zida bankning ishonchliligiga umumiy bahoni ifodalaydi. Unga ko’ra respublikamizda ustav kapitali yetarliligi kelgusi yillarda ham oshirilib, jahon standartlariga yetkaziladi. Shu bilan birga, tijorat banki asosiy kapitalining yetarlilik miqdori ularning faoliyatiga nisbatan qo’llanilayotgan iqtisodiy normativlarni aniqlashda ham asosiy iqtisodiy mezon bo’lib hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, tijorat banklarining regulyativ kapitali tarkibini o’rganib chiqsak madsadga muvofiq bo’ladi. Regulyativ kapital — bank faoliyatini tartibga solish va iqtisodiy me’yorlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisoblash yo’li bilan aniqlanadigan bank kapitalidir.2 Regulyativ kapital I darajali kapital va II darajali kapitalning yig’indisidan iborat.
Regulyativ kapital = I darjali kapital + II darajali capital Ko’pchilik adabiyotlarda regulyativ kapital deganda I darajali va II darajali kapital yig’indisidan iborat deb ta’kidlashadi. Lekin birinchi darajali kapital tarkibidan bir nechta elementlar chegirilgandan keyin ikkinchi darajali kapital bilan qo’shilib regulyativ kapitalni hosil qiladi. Buni quyida kapital tarkibida ko’rib o’tamiz. I darajali kapital I darajali asosiy kapital va I darajali qo’shimcha kapitalni o’z ichiga oladi. I darajali asosiy kapital bank regulyativ kapitalining 60 foizidan kam bo’lmasligi va o’z ichiga quyidagilarni olishi zarur: bankning to’liq to’langan oddiy aksiyalari;

  • qo’shilgan kapital — oddiy aksiyalarni birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori to’langan summa;

  • taqsimlanmagan foyda:

  • bank balansidagi avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan kapital zaxiralar va boshqa zaxiralar (tekinga olingan mulklar (30905) va boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi (30908) bundan mustasno);

  • to’lanmagan dividend summasidan tashqari o’tgan yillardan qolgan taqsimlanmagan foyda;

  • joriy yil zararlari;

  • ozchilik ulush egalarining bank yig’ma balansiga birlashadigan korxonalardagi ulushlari. Bu ulush sho’ba korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi;

  • devalvatsiya zaxirasi.

I darajali qo’shimcha kapital o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bunday aksiyalar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:

  • muayyan sotib olish sanasi yoki shartlariga ega emas;

  • egasining xohishiga ko’ra sotib olinishi mumkin emas;

  • bank aksiyadorlari umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq ularga doir dividendlar to’lanmasligi mumkin;

  • ular bo’yicha o’tgan davrdagi olinmagan dividendlar to’lanmaydi;

  • bank faqat O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan oldindan olingan ruxsati bilan va chiqarilganiga 10-yildan kam bo’lmagan aksiyalar va sotib olinadigan summani kapitalning o’sha turi yoki boshqa undan yuqoriroq turiga almashtirgandan so’ng yoxud bank kapitalining monandligi kapitalga qo’yilgan minimal talabdan yuqori ekanligini ko’rsatgandan so’ng, ularni sotib olishi mumkin bo’lgan.

  • qo’shilgan kapital — imtiyozli aksiyalarni birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori to’langan summa;

  • I darajali qo’shimcha kapitalga qo’shilish shartlariga javob beruvchi sho’ba korxonalarning ishtirok etish ulushi (sho’ba korxonalari tomonidan chiqarilgan va uchinchi shaxslar ixtiyorida bo’lgan kapitalga tenglashtirilgan vositalar).

  • Dividend stavkalari o’zgarib turuvchi imtiyozli aksiyalar yuqorida keltirilgan I darajali asosiy kapital va I darajali qo’shimcha kapitallarning shartlarini bajarishidan qat’i nazar, I darajali kapital hisob-kitobiga kiritilmaydi.3

II darajali kapital quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • joriy-yildagi sof foydasi, bankning oraliq moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan o’tgan bo’lsa — tasdiqlangan moliyaviy natijalaridan ko’p bo’lmagan miqdorda, aks holda bank hisobotidagi sof foydaning 50 foizi;

  • chegirmalardan so’ng tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasining 1,25 foizidan yuqori bo’lmagan miqdordagi standart kreditlarga (aktivlar) yaratiladigan zaxiralar;

  • chegirmalardan so’ng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali xususiyatlariga ega bo’lgan vositalar). Aralash turdagi majburiyatlar, shuningdek I darajali kapitalga kiritilmagan imtiyozli aksiyalar, agar ular quyidagi shartlarga javob bersa,

  • II darajali kapitalga kiritiladi:

  • to’liq to’langan;

  • garov bilan ta’minlanmagan;

  • bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari va bank boshqa kreditorlari talablari bajarilgandan so’ng qondiriladigan;

  • aksiya egasining tashabbusi bilan va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan berilgan roziligisiz to’lanishi mumkin bo’lmagan;

  • bankning barcha zaxiralarini qoplashi va bankni to’lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish huquqini bermaydigan;

  • agar bank oxirgi 3 ta chorak mobaynida foyda olmagan bo’lsa yoxud oddiy yoki imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar (foizlar) to’lamaslik to’g’risidagi qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlar (foizlar)ni to’lash muddati emitent xoxishiga ko’ra kechiktirilishi mumkin bo’lgan aksiyalar;

  • subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo’lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so’ng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz summasi to’lash muddati yetib kelgunga qadar oxirgi 5-yil davomida-yiliga 20 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • garov ta’minotiga ega bo’lmasligi;

  • bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo’yicha talablar depozitorlar va bankning boshqa kreditorlari talablari qondirilganidan so’ng amalga oshirilishi;

  • boshlang’ich to’lov muddati 5-yildan keyin bo’lishi;

  • muddatidan avval O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning ruxsati bilan qaytarilishi.

  • aktivlarning boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasining 45 foizi miqdori.

Kapitaldan chegirmalar kapital monandligi koeffitsientlari hisoblangunga qadar I darajali kapitaldan chegiriladi.
I darajali kapitalni hisoblab chiqarishda I darajali asosiy kapital va I darajali qo’shimcha kapital yig’indisidan quyidagilar chegiriladi:

  • nomoddiy aktivlar;

  • nomoddiy aktivlar — moddiy-ashyoviy ko’rinishga ega bo’lmagan, bir-yildan ortiq foydali xizmat muddatiga ega bo’lgan va bank xizmatlarini ko’rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda foydalaniladigan nomonetar, identifikatsiyalanadigan aktivlardir (dasturiy ta’minot, foydalanish huquqi, marketing va texnik ma’lumotlari, gudvill, muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari va boshqalar).

  • birlashmagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kapitaliga barcha investitsiyalar summasi, shu jumladan bunday xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kapitalini tashkil qiluvchi qarz majburiyatlari;

  • boshqa banklarning kapitaliga qilingan investitsiyalar.

Bunda I darajali kapitaldan chegirmalar tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilingan ishlab chiqaruvchi bankrot korxonalar mol-mulki negizida tashkil qilingan korxonalarga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalarni tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilish tartibiga muvofiq iqtisodiy sudlarning qarorlariga binoan kreditor banklar balansiga tugatish qiymati bo’yicha qabul qilingan ishlab chiqaruvchi bankrot korxonalar mol-mulki negizida tashkil etilgan korxonalarga banklarning investitsiyalari kiritilmaydi.4 Regulyativ kapital tarkibiga xavfsiz bo’lmagan va nosog’lom bank faoliyatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin bo’lgan shartlar (tashkil qilinadigan jamg’armalar/zaxiralardan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish, qarz majburiyatlarini chiqarish shartlari va boshqalar) bilan cheklangan kapital elementlari kiritilishi mumkin emas. I darajali kapital regulyativ kapitalning 75 foizidan kam bo’lmasligi lozim. II darajali kapital miqdori I darajali kapital miqdorining uchdan bir qismidan oshib ketsa, oshgan summa regulyativ kapital tarkibiga kiritilmaydi.




  1. Download 41 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling