Toshkent moliya instituti mavzu: banklarning kapitali va uning buxgalteriya hisobini yuritilishi
Tijorat banklarida kapital hisobining nazariy asoslari
Download 41 Kb.
|
Ismatov X kurs ishi
Tijorat banklarida kapital hisobining nazariy asoslari
Tijorat banklari kapitali bank boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning zarurligi - bank amalga oshirayotgan aktiv faoliyatda hamda operatsiyalar miqdorida bilinadi. Bank kapitali aktiv operatsiyalar orqali iqtisodiyotga joylashtirilgan miqdoridan daromad shakllanadi. Chunonchi, bank kapitali qancha ko‘p bo‘lsa, daromadi ham ko‘payadi. Banklarda kapital hisobini tashkil etish asoslari xalq xo‘jaligi turli tarmoqlariga qarashli korxona va tashkilotlarning buxgalteriya hisobi asoslari bilan deyarli o‘xshash. Banklarda kapital hisobini tashkil qilishda buxgalteriya hisobida umumqabul qilingan tamoyillardan foydalaniladi: buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usuli yuritish; uzluksizlik; xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarni pulda baholanishi; aniqlik; hisoblash; oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik); mazmunning shakldan ustunligi; ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; moliyaviy hisobotning betarafligi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi. Xususiy kapital ustav, qo‘shilgan, zaxiralar kapitaldan va taqsimlanmagan foydadan iboratdir. Zarur hollarda ustav, qo‘shilgan, zaxiralar kapitali tahliliy jihatdan hisobga olinadi. Buxgalteriya balansidagi xususiy kapitalning miqdori aktivlar qiymatini va majburiyatlarni baholashga bog‘liqdir. Moliyaviy hisobotda bank kapitali qiymatini aniqlashda bir qator turlicha usullardan foydalaniladi. Bu usullarga quyidagilarni kiritish mumkin: Tarixiy (Boshlang‘ich) qiymat. Aktivlar, ularni sotib olish vaqtida to‘langan pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari, yoxud ularga taklif etilgan haqqoniy qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Tiklash qiymati. Aktivlar, ularni sotib olish vaqtida hozirgi paytda huddi shunga o‘xshash aktiv sotib olingandagi to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari bo‘yicha aks ettiriladi. Sotish (qoplash) qiymati. Aktivlar, ularni odatiy sharoitda sotib olishda to‘lanishi zarur bo‘lgan pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari bo‘yicha aks ettiriladi. Diskontlangan qiymat. Aktivlar, ishlarni odatiy tartibda yuritilganini taxmin qilgan taqdirda, ushbu aktiv tomonidan yaratilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining bo‘lg‘usi sof kelib tushishini diskontlangan summalarida aks ettiriladi. Moliyaviy hisobotni tayyorlashda baholash asosi sifatida banklar tomonidan qabul qilingan eng ko‘p foydalaniladigan baho - bu tarixiy yoki boshlang‘ich qiymat hisoblanadi. Odatda, u boshqa baholash asoslari bilan birgalikda ishlatiladi. Masalan, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, odatda tannarx yoki sof sotish bahosidan eng past bahoda hisobga olinadi, bozorda aylaniladigan qimmatli qog‘ozlar ularning bozor narxida, nafaqa majburiyatlari esa ularning diskontlangan qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Tijorat banklarida kapitalni hisobga olish uchun passiv va aktiv-passiv hisobvaraqlardan foydalaniladi. Tijorat banklarida kapitalni hisobga olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 13- avgust 773–17–son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 17-iyuldagi № 578 qarori bilan tasdiqlangan va 1– 30–son o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan birga “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi”da keltirilgan hisobvaraqlardan foydalaniladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank operatsiyalarini hisobga olish bo‘yicha chiqarilgan me’yoriy hujjatlar asosida olib boriladi. Tijorat banklari yuqoridagi talablardan kelib chiqqan holda o‘z ishchi hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqadi va shu asosida o‘zlarida amalga oshirilayotgan operatsiyalar bo‘yicha aktiv moddasiga shaxsiy hisobvaraqlar ochadi, zarur bo‘lganda qo‘shimcha jurnal hisobi va reestrlar yuritilishi mumkin. Hisobvaraqlar rejasidagi 30000 – “Ustav kapital” bo‘limidagi hisobvaraqlar bank ichki hisobvaraqlari hisoblanadi. Shuning uchun, tijorat banklari Markaziy bank talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda ushbu hisobvaraqlarda analitik hisobni qanday yuritishni o‘zlari belgilaydilar. Bank kapitalining analitik hisobi bank faoliyatini boshqarish va soliqqa tortish tartibini hisobga olgan holda tashkil etiladi. 30300 Ustav kapitali; 30303 - Imtiyozli aksiyalar uchun obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismi (kontr-passiv); 30306 - Oddiy aksiyalar uchun obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismi (kontr-passiv); 30309 - Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali – Imtiyozli; 30312 - Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali – Oddiy; 30315 - Chiqarilgan ustav kapitali – Imtiyozli; 30318 - Chiqarilgan ustav kapitali – Oddiy; 30321 - Aksiyadorlardan qayta sotib olingan aksiyalar - Imtiyozli (kontr-passiv); 30324 - Aksiyadorlardan qayta sotib olingan aksiyalar - Oddiy (kontr-passiv); 30600 -Qo‘shimcha kapital; 30603 - Qo‘shimcha kapital; 30900 -Zaxira kapitali; 30903 - Umumiy zaxira fondi; 30904 - Kichik biznes korxonalarini imtiyozli kreditlash zaxira fondi; 30905 - Tekinga olingan mulklar; 30906 - Devalvatsiya uchun zaxira; 30907 - Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy qiymati o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan o‘zlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv); 30908 - Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi; 30909 - Pul oqimlarini xedjirlash natijasida hosil bo‘lgan foyda yoki zararlar; 30910 - Respublika korxonalariga berilgan investitsion kreditlardan olingan foyda hisobidan hususiy kapitalni oshirishga mo‘ljallangan zaxira fondi; 31200 -Taqsimlanmagan foyda; 31203 - Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv); 31206 - Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv). Ushbu passiv hisobvaraqlarning debet tomonida qoldiq va ko‘payishi, kredit tomonida esa kamayishi aks ettiriladi. Moliyaviy hisobot elementlaridan hisoblangan bank kapitalni hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirish yoki ularni tan olish hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi. Tijorat banklarining oʼz mablagʼlariga, uning faoliyatidagi moliyaviy barqarorlikni taʼminlash maqsadida hosil qilinadigan turli fondlar hamda oʼtgan va joriy yil faoliyatidan olingan, taqsimlanmagan foyda kiradi. Download 41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling