Toshkent moliya instituti mavzu: banklarning kapitali va uning buxgalteriya hisobini yuritilishi


Download 41 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi41 Kb.
#1542187
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ismatov X kurs ishi

Bank kapitali tarkibi



Koʼrsatkichlar

2017 yil

2018 yil

Oʼzgarishi (+/-)

mln.soʼm

%da

mln.soʼm

%da

mln.soʼm

%da

1

Oddiy aktsiyalar

1999520

64,7

2453140

64,8

453620,0

0,1

2

Imtiyozli aktsiyalar

23952

0,8

22248

0,6

-1704,0

-0,2

3

Qoʼshimcha kapital

15433

0,5

21840

0,6

6407,0

0,1

4

Devalьvatsiya uchun zahira

136142

4,4

780046

20,6

643904,0

16,2

5

Taqsimlanmagan foyda

836609

27,1

510301

13,5

-326308,0

-13,6

6

Boshlangʼich qiymatga nisbatan
qayta baholashning oshgan qismi

79886

2,6

0

0,0

-79886,0

-2,6

7

Jami aktsionerlik kapitali

3091542

100,0

3787575

100,0

696033,0

0,0

Jadval maʼlumotlaridank koʼrinib turibdiki tijorat banklari aktsionerlik kapitali oʼtgan yilga nisbatan 696033 mln. soʼmga koʼpayib, 2018 yilda 3,8 trln. soʼmni tashkil etgan. Kapital tarkibida imtiyozli aktsiyalarning ulushi 2018 yilda 64,8 foizn tashkil etib, oʼtgan yilga nisbatan 0,1 foizga oshgan. Devalьvatsiya uchun zahira oʼtgan yilga nisbatan koʼpaygan, taqsimlanmagan foyda esa kamaygan.


Tijorat banklarining oʼz mablagʼlari tarkibida bank kapitali katta ahamiyat kasb etadi. Bank oʼz mablagʼlarining xususiyatli tomoni shundaki, bank resurslarida ularning salmogʼi kichik boʼlishiga qaramasdan, quyidagi zarur funktsiyalarni bajaradilar:
-birinchidan, bankni bankrot boʼlishdan himoyalaydi, yaʼni bank boshqaruvchilari yuzaga kelgan muammolarni hal qilgunlariga qadar joriy harajatlarni qolplash manbai boʼlib hizmat qiladi;
-ikkinchidan, depozitlarni yetarli miqdorda jalb qilgunga qadar bankni tashkil qilish va faoliyatini boshlash uchun zarur mablagʼ bilan taʼminlaydi;
-uchinchidan, bankning oʼz mablagʼlari mijozlarni bankka boʼlgan ishonchini oshiradi;
-toʼrtinchidan, bankning oʼz mablagʼlari bank rivojlanishi va yangi bank hizmatlarini joriy qilish uchun dasturlar taʼminoti hamda zarur mablagʼlar bilan taʼminlaydi;
-beshinchidan, bankning oʼz mablagʼlari bank rivojlanishining moliyaviy asosi boʼlib hizmat qiladi, yaʼni tijorat banklarini nazorat qiluvchi muassasalar bankning oʼz mablagʼlari salmogʼini ular tomonidan jalb qilinayotgan depozitlar va tarmoqlarga ajratilayotgan kreditlar hajmiga mos ravishda oʼzgarishini talabqilishadi. Ushbu talabdan kelib chiqib, har bir tijorat bankining faoliyati kengayib borgani sari, jami sarmoyalardagi uning oʼz mablagʼlari salmogʼi ham oshib borishi lozim. Bankda oʼz mablagʼlari holatini tartibga solish orqali, faoliyati mobaynida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan xavf-xatarlarning oldini olish imkoniyati tugʼiladi.
Ustav kapitalini kamaytirish hamda bank ustaviga tegishli oʼzgartirishlar kiritish toʼgʼrisidagi qaror aktsiyadorlar umumiy yigʼilishi tomonidan qabul qilinadi (davlat yagona muassisi hisoblangan bankda qaror Hukumat tomonidan qabul qilinadi). Bunda, qarorda ustav kapitalining kamaytirilishi sabablarini koʼrsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilandi.
Joylashtirilgan aktsiyalarni sotib olish yoʼli bilan ustav kapitalini kamaytirishda aktsiyadorlar umumiy yigʼilishining ustav kapitalini kamaytirish toʼgʼrisidagi qarorida sotib olinadigan aktsiyalar turlari, bank tomonidan sotib olinadigan har bir turdagi aktsiyalar soni, sotib olish narxi, toʼlov shakli va muddati, shuningdek, aktsiyalarni harid qilish muddati belgilanishi lozim.
Аktsiyalar nominal qiymatini pasaytirish yoʼli bilan ustav kapitalini kamaytirishda aktsiyadorlar umumiy yigʼilishining ustav kapitalini kamaytirish toʼgʼrisidagi qarorida aktsiyaning, yangi nominal qiymati, aktsiya narxi hamda aktsiyalar yangi nominal qiymati oʼrtasidagi farqni aktsiyadorlarga qaytarish shakli va muddati, shuningdek, ushbu farqni qaytarish muddati belgilanishi zarur.
Аktsiyalarni sotib olish (aktsiya narxi va yangi nominal qiymati oʼrtasidagi farqni qaytarish) 30 kundan kam boʼlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bank tomonidan oddiy aktsiyalarni sotib olish (aktsiya narxi va yangi nominal qiymati oʼrtasidagi farqni qaytarish) bozor narxiga muvofiq ravishda, imtiyozli aktsiyalar esa - jamiyat ustavida koʼzda tutilgan narxda amalga oshiriladi.
Ustav kapitalini kamaytirish uchun Litsenziyalash departamentiga quyidagilar topshiriladi:
- bank ustav kapitalini kamaytirish uchun rozilik berish toʼgʼrisida iltimosnoma;
- bank aktsiyadorlari umumiy yigʼilishining ustav kapitalini kamaytirish toʼgʼrisidagi qarori (davlat yagona muassisi hisoblangan bank uchun Hukumat qarori)



  1. Download 41 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling