Тошкент Молия институти меҳнат жамоасининг умумий йиғилишида маъқулланган, баённома №


III. Moddiy yordam to‘lash tartibi


Download 1.08 Mb.
bet32/32
Sana18.12.2022
Hajmi1.08 Mb.
#1032271
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
tatu farғona filialining 2022 2024 jillar uchun yangi zhamoa shartnomasi

III. Moddiy yordam to‘lash tartibi



  1. Ushbu Nizomda belgilangan asoslarga ko‘ra moddiy yordam ko‘rsatish direktor tomonidan chiqarilgan buyruqqa asosan amalga oshiriladi.

Buyruqqa asos bo‘lib xodim yoki talabaning sabablari ko‘rsatilgan holda direktor nomiga yozilgan arizasi asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ariza bosh buxgalter, kadrlar bo‘limi boshlig‘i va kasaba uyushmasi tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim. Arizaga unda keltirilgan sabablardan kelib chiqib, quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi: nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi, vafot etganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi, kasallik varag‘i nusxasi yoki shifokor tomonidan berilgan dori-darmon qog‘ozi. Talabalarning arizalariga qo‘shimcha ravishda fakultet dekani tomonidan beriladigan xulosa ham ilova qilinadi.

  1. Xodim yoki talabaning moddiy ahvoliga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa favqulodda vaziyat vujudga kelganda tarkibiy bo‘linmaning rahbari (fakultet dekani) moddiy yordam ko‘rsatish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan ariza bilan filial direktoriga murojaat qiladi. Arizada moddiy yordam ko‘rsatilishi uchun aniq sabablar ko‘rsatilgan bo‘lib, kadrlar bo‘limi boshlig‘i va kasaba uyushmasi tomonidan ham imzolangan bo‘lishi lozim.

Talabaning arizasi qo‘shimcha ravishda filial “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi tomonidan imzolanadi.


IV. Yakuniy qoidalar

1. Ushbu Nizomda belgilangan moddiy yordam ko‘rsatish holatining nazorati filiali direktor hamda bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi.


2. Mazkur Nizom kadrlar bo‘limi va dekanlar tomonidan barcha xodimlar va talabalar e’tiboriga yetkazilishi lozim.
Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling