Xodimning farzandlari, ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ini vafoti. Bu holatda moddiy yordam miqdori xodimning Filialdagi ish stajidan kelib chiqqan holda quyidagicha miqdorda belgilanadi:
№
|
Ish staji
|
Moddiy yordam miqdori
|
1.
|
5 yilgacha
|
Respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan 3 barobarigacha miqdorda
|
2.
|
5 yildan 10 yilgacha
|
Respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobaridan 5 barobarigacha miqdorda
|
3.
|
10 yil va undan ortiq
|
Respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobaridan 10 barobarigacha miqdorda
|
Xodim yoki talabaning moddiy ahvoliga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa favquloddagi vaziyatlar (uzoq muddat davom etgan kasallik, texnogen va turli baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlar). Ushbu xolatlarda xodimlar asoslovchi hujjatlar taqdim qiladi. Bu holatda moddiy yordam miqdori:
Xodimlar uchun ularning filialdagi ish stajidan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilanadi:
№
|
Ish staji
|
Moddiy yordam miqdori
|
1.
|
3 yilgacha
|
Respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida
|
2.
|
3 yildan 5 yilgacha
|
Respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan 3 barobarigacha miqdorda
|
3.
|
5 yil va undan ortiq
|
Respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobaridan 5 barobarigacha miqdorda
|
Talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining Oliy ta’lim muassalarida talabalarga to‘lanadigan stipendiya miqdorini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi 2020 yil 31 yanvardagi 59 sonli qarorining 7 bob tegishli bandlari asosida va “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 26 fevralda 2431-raqam bilan ro‘yxatga olingan)ning 34-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. Talabalarga moddiy yordam berishda Talabaning yashash joyida Maxallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oila ekanligi va Temir daftarga kiritilganligi to‘g‘risidagi Ma’lumotnoma , Filial direktori nomiga yozgan ariza va fakultet dekani tomonidan beriladigan xulosa asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |