Toshkent moliya instituti moliya fakulteti moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi kurs ishi


Download 0.88 Mb.
bet3/8
Sana14.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1357291
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ishlab chiqarish omillari

1.2 Moddiy ishlab chiqarish sohasi


Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning o‘zida ikkinchi bo‘limda va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo‘linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o‘z navbatida birinchi bo‘linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular o‘rtasida doimo iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo‘lib turadi.
Ammo shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish jarayoni jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xos bo‘lgan umumiy hodisa bo‘lsa-da, kishilar, sohalar, korxonalar o‘rtasida ma’lum shakldagi o‘zaro munosabatsiz amalga oshishi mumkin emas. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayoni hamisha ma’lum bir ijtimoiy shaklda, ya’ni shu davrda amal qilayotgan ishlab chiqarish munosabatlariga mos holda amalga oshadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o‘sish jarayonidir.
Har qanday mahsulot, shu jumladan bozor sharoitidagi yoki unga o‘tish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiymatiga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lib, jonli va buyumlashgan mehnat sarfining ma’lum miqdorini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu tovarning o‘zaro bog‘liq va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi mavzuda batafsilroq to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan o‘sishida ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni, ya’ni iste’mol qiymatni yaratish, ko‘paytirish va qiymatlarning o‘sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiymatni, ya’ni nafli tovarni yaratishdan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo‘lgan sifat va miqdorda iste’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo‘yishi uning ijtimoiy yo‘nalishini ifoda etadi. Lekin bu umumiy ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning manfaati bilan bog‘langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o‘tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda olishni, sarflangan vositalariga, pul mablag‘lariga nisbatan ko‘proq qiymatga ega bo‘lishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni bir tomondan, iste’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o‘sish jarayoni bo‘lib hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (3-chizma).
Ishlab chiqarish omillari — Bevosita ishlab chiqarish jarayonida qoʻllanadigan resurslar boʻlib; yer (tabiat), ishchi kuchi, kapital, tadbirkorlik faolligi (tadbirkorlik qobiliyati) kabi omillar hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi, miqdori ulardan foydalanish darajasiga boglik, boʻladi.Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma'noda — ishlab chiqarish vositalari ko'rinishidagi ishga qo'yilgan, ishlab turgan daromad manbai (ashyoviy K.). K.ning paydo bo'lishiga tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi. Bozorda o'ziga xos, alohida tovar — ish kuchining paydo bo'lishi bilan oddiy tovar ishlab chiqarish kapitalistik ishlab chiqarishga aylanadi, tovar ishlab chiqarishning shu davrida tovar muomalasidagi pul kapitalga aylanadi.
(3-chizma)


Kapital ko'p sikllar davomida ishlab chiqarishda ishtirok etadigan asosiy kapital va bir sikl davomida ishtirok etadigan va to'liq sarflanadigan aylanma kapitalga bo'linadi. Pul kapitali (sarmoya) — ashyoviy kapital sotib olish uchun sarflanadigan pul vositalarini ifoda etadi, ya'ni pul kapitalga aylanishi uchun ishlab chiqarishga avanslanadi. Iqtisodiy nazariyada kapital ishlab chiqarish omillaridan biri tarzida izohlanadi. Qiymatning ko'payishi inson mehnati (ish kuchi) va ishlab chiqarish vositalari (xom ashyo, mashina, stanoklar) birlashganda, ya'ni ishlab chiqarish sharoitida yuz beradi. Kapital sanoat kapitali, savdo kapitali, ssuda kapitali, sudxoʻrlik kapitali (tarixiy) shakllarida faoliyat ko'rsatadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kapitalning korxona, firma, banklar. K.i, turli aksiyadorlik jamiyatlariga tegishli aksiyadorlik kapitai, zahira kapitali, ustav kapital singari ko'rinishlari mavjud. Tadbirkor jismoniy shaxslarga tegishli kapital dastmoya deyiladi va har gal tovar olib sotishda ishlatiladi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling